Telegram Web Link
— Sizni televizor ko'rishga undovchi omillarni sanang.

— O, millar...

@janobsatirik
🤣45😁13
Hozir bitta yaxshi reels ko'rdim. Do'stimga yubormoqchi edim, lekin video oxirida "shunaqa do'stlaringizga yuborib qo'ying" degan yozuv chiqmadi. Yuborolmadim. Do'stim, kechir. U blogerdan esa keyingi safar e'tiborliroq bo'lishini kutib qolaman.

@janobsatirik
🤣44
Roppa-rosa 1 oydan so‘ng EKG STAND UP ning yangi sonida siz bilan ko‘rishamiz, do‘stlar.

Chiptalar: https://www.tg-me.com/sahnastandup_bot?start=68a1c734dd40a_uz

18+

@janobsatirik
🔥11🍾5👍3
Nimaga hamma ko‘zoynak taqadiganlar ko‘ztomchi dorilarni ko‘zga tomizish bo‘yicha yaxshi tajribaga ega bo‘lishadi deb o‘ylayveraman?

@janobsatirik
😁20🤣5👍2
Sun‘iy intellektda mushuklar xiyonat qiladigan multfilm yasashni to‘xtatinglar. Hammasiga chidab, ko'rib kelayotgandim. Lekin pichoq borib suyakka qadaldi. Bugungi seriyasida homilador pishak fil tug'di.

@janobsatirik
🤣66😁2🔥1
— Haydovchilik guvohnomasi uyda qolib ketgan haydovchilar DAN xodimlariga qanaqa qo'shiq aytib beradi?

— "Prava u doma"

@janobsatirik
🤣27😁8
Foodblogerlar reklama qilayotgan kafesida ovqatni og'ziga tiqib, hali chaynamasdanoq "mmmmm" deb sound effekt berishiga mazza qilaman-da...

@janobsatirik
🤣57👍2
Doʻstim qarz soʻraganida bermasam, u:
🤣40😁7
Tepasida birortasi naushnik taqib tomosha qilib turmagan videolarni koʻrgim kelmay qolibdi.

@janobsatirik
🤣36👍1
Reels koʻrishni kamaytirmasam boʻlmaydi. Tanishlarim man allaqachon koʻrib boʻlgan reelslarni tashlayapti.

@janobsatirik
😁42🤣20
1 soatdan keyin boshlanadigan Manchester City - Brayton uchrashuvida Husanov asosiy tarkibda tushayotgani haqida eshitdinglarmi? Yoki manam alohida post qilib yozaymi?

@janobsatirik
🤣32💔2
😁6
1 oy ichida 2 ta naushnikni ham bir qulog'i ishlamay qoldi. Ikkalasida ham bir xil tomon buzilyapti. Demak quloqdan bo'lishi ham mumkin. Van Gogni ishini qilaman shekilli.

@janobsatirik
😁361
Seshanba bugun oʻzini dushanbadek his qilyapti.

@janobsatirik
😁36🤣12💯3🔥2
Kim sizlarni odam o'rnida ko'rmay qolishidan qo'rqasizlar?

Man korzinka eshiklari odam sifatida mani tanimay qolishidan qo'rqaman.

Hammaga ochilib, manga ochilmay qolsa. Dahshat...

@janobsatirik
1😁36🤣721
Nashriyotda ishlashimni aytganman. Shu kunlarda nashriyotning kitob do'konini ochganmiz. Do'konda ham o'zim ishlab turibman. Do'kon va kitob savdosi haqida postlar yozsam tomdan tarasha tushgandek bo'lmasin deb shu postni yozyapman. Orada nimadir yozsam tushunarsiz bo'lib qolmasligi uchun.
👍6
Bugun do'konga "Yapon tilida lug'at bormi?" deb so'rab kirishdi. Uchinchi marta.

Man esa "Yo'q, lekin xitoycha lug'atimiz bor" deb javob berdim. Uch marta ham.

Nega bunaqa qilyapman? O'zim ham tushunmay qoldim.

@janobsatirik
😁36🔥1
Skrinshotdagi kitobni qidirib kelgan odamga skrinshotdagidan boshqa hech qanaqa kitobni oʻtkazolmaysan. Hatto oʻsha kitobning boshqacha muqovadagi nashrini ham.

@janobsatirik
😁352💯2
2025/10/25 19:18:18
Back to Top
HTML Embed Code: