Telegram Web Link
1 oy ichida 2 ta naushnikni ham bir qulog'i ishlamay qoldi. Ikkalasida ham bir xil tomon buzilyapti. Demak quloqdan bo'lishi ham mumkin. Van Gogni ishini qilaman shekilli.

@janobsatirik
😁361
Seshanba bugun oʻzini dushanbadek his qilyapti.

@janobsatirik
😁36🤣12💯3🔥2
Kim sizlarni odam o'rnida ko'rmay qolishidan qo'rqasizlar?

Man korzinka eshiklari odam sifatida mani tanimay qolishidan qo'rqaman.

Hammaga ochilib, manga ochilmay qolsa. Dahshat...

@janobsatirik
1😁36🤣721
Nashriyotda ishlashimni aytganman. Shu kunlarda nashriyotning kitob do'konini ochganmiz. Do'konda ham o'zim ishlab turibman. Do'kon va kitob savdosi haqida postlar yozsam tomdan tarasha tushgandek bo'lmasin deb shu postni yozyapman. Orada nimadir yozsam tushunarsiz bo'lib qolmasligi uchun.
👍6
Bugun do'konga "Yapon tilida lug'at bormi?" deb so'rab kirishdi. Uchinchi marta.

Man esa "Yo'q, lekin xitoycha lug'atimiz bor" deb javob berdim. Uch marta ham.

Nega bunaqa qilyapman? O'zim ham tushunmay qoldim.

@janobsatirik
😁36🔥1
Skrinshotdagi kitobni qidirib kelgan odamga skrinshotdagidan boshqa hech qanaqa kitobni oʻtkazolmaysan. Hatto oʻsha kitobning boshqacha muqovadagi nashrini ham.

@janobsatirik
😁352💯2
Bir narsa bir narsa kelin degan trendlardan uje koʻngil ayniy boshladi. Undan koʻra oʻsha novellalarni originalini koʻrib immunitetimni oshirganim yaxshi.

@janobsatirik
😁37👍4
Hozir kodeks so'rab kirgan odamlarga komikslarni ko'rsatib, rosa maqtabman-da.

Qissadan hissa, naushnikdan foydalanishni kamaytirishim kerak.

@janobsatirik
🤣25
Odatda "Bu yozuvchi kim?", "Bu asar nima haqida?", "Bu kitoblarni nima uchun chiqargansizlar?", "Bolalar uchun bunday kitoblar to'g'ri kelmasa keragov?" degan savollarni qalashtirib berishni boshlaydigan xaridorlar yakunda hech qanaqa kitob olmasdan chiqib ketishadi.

@janobsatirik
🤣193😁3🔥2
CAFA cup finalidagi g'alabadan so'ng, "Epizod"dagi bir hazilcha o'z aktualligini yo'qotdi.
😁9
Bugun juma. Bunday yaxshi kunda savoblarni ko'paytirish kerak.

Chunki odamdan faqat yaxshiliklar va EKG standup uchun xarid qilingan biletlar qoladi.
😁201
Chatlashib turganingizda suhbatdoshingiz chat skrinshotini sizga yubordimi, demak u adashib ketdi.

@janobsatirik
😁40🔥2💯1
🔥2
EKG Stand Up

📍“Sahna” klubi

📅 19-sentabr, 19:00

Dasturda EKG rezidentlari Izzatilla Chorixoʻjayev, Abbos Serobov, Azizjon Karimov, Azimbek Xushmamatov va mehmon komiklar Bob Kobilov, Doniyor Nazarov hamda Jamshid Botirov chiqish qiladi.

💳 Chipta narxi 50 000 so'm. 

https://www.afisha.uz/uz/standup/2025/08/18/ekg-concert

Telegram | Instagram | YouTube
2
Yoningizda berilib saqich chaynaydigan odamlardan yomoni yoʻq. Qulogʻingizni qomatga keltirgani yetmagandek, kerakmas vaziyatda ishtahangizni ham ochib yuboradi.

@janobsatirik
😁18
Hozir bir xonandaning jonli konsertini tingay turib bir fikrga keldim: qo'shiqning naqaroti, eng shirali joyi kelganida muxlislarga mikrofon tutib, ularga ayttirish, shu joyinigina eshitish uchun kelgan boshqa muxlislarga nisbatan hurmatsizlik.

Qolaversa, muxlislar xonandadan tinglash uchun kelgan, birinchi qatorda o'tirib tomoq yirtadiganlarni ovozini eshitish uchun emas.

Agar siz ham biror konsertga tushganingizda, naqaroti kelganda siz o'tirgan tomonga mikrofon tutilsa, baqirmang, hech bo'lmasa keyinchalik bu konsertni youtubedan ko'radiganlarga rahm aylang.

O'zing ayt deb baqiring. Keyingi safar boshga taqiladigan mikrofon ishlat deng.

@janobsatirik
😁23👍7💯4
18 ta qizga gap otib, 39 marta “rad” javobini olgan doʻstim:
😁27🤣192
Yosh ona “Baqirmaydigan onalar” kitobini oʻqib tugatdi-yu, biroz oʻyga toldi.

Keyin xonadagi yosh bolasi yodiga tushib, atrofga qaradi. Bu paytda bolakay bankadagi murabboni gilam bilan yuzlashtirib turgan edi.

Ona kitobga taxminan yarim soatdan keyin qat’iy amal qilishga oʻziga soʻz berdi va fursatdan unumli foydalanishga kirishdi.

@janobsatirik
🤣57😁7
1-oktyabr — Ustozlar va murabbiylar kuni tadbirlari boshlanibdi. 2-3 ta tanishlarim storislarida bayram tadbirlaridan lavhalar koʻrdim. Namunch kech boshlashgan? 15-avgustdan boshlash kerak edi.

Boʻlar ish boʻlibdi. Tezroq tugatvolishsin-da. 2-oktyabrdan yangi yil shukuhini boshlashimiz kerak.

@janobsatirik
🤣31😁10
Forwarded from EKG
👍21
2025/10/21 21:12:04
Back to Top
HTML Embed Code: