Telegram Web Link
Tasavvur qil, yaqin odamingga tugʻilgan kuningga quruq kelmasligi uchun ishora qilib ushbu kitob rasmini yubording. U esa sovgʻa sifatida shu kitobni olib keldi.

@janobsatirik
🤣32
Suhbat qizib ketdi, shekilli, umuman qimirlashmayapti.

@janobsatirik
🤣33😁12💔41
Biz ishlatib yurgan lupa 🔍, aslida zreniyasi past sikloplar uchun ishlab chiqarilgan koʻzoynak emasmikan?

@janobsatirik
😁27
Oʻrta asrlarda qoʻshinlar bilan bir-biriga jang qilishgan. Qoʻshinda harbiylar bir xil rangda kiyinishgan boʻlsa, jang kuni dushman forma rangi bilan bir xil boʻlib qolsa nima qilishgan? Yoki ularda ham uy-mehmon liboslari boʻlganmikin?

@janobsatirik
🤣27😁51
Bir kuni 5XL mayka M maykani yaxshi ko'rib qolibdi. M mayka 5XLning sevgisini rad etibdi. Juda semiz va beso'naqaysan debdi.

Alamdan siqilib qolgan 5XL mayka instagramda reklamasini ko'rgan ozdiruvchi maykani sotib olibdi. U ozdiruvchi mayka esa 5XL ga sig'mabdi.

Qissadan hissa shuki, maykaning ustidan mayka kiyishga harakat qilmang.

@janobsatirik
🤣23😁72
Janob Satirik
EKG 9-konsertni chiqardik. O'tib ko'rvorarsizlar: 📹 https://youtu.be/bSlvyIw0TQc?si=pD5WbiSBHTsFS8Zx
Bu videoga 7 ta komment yozgandim, 6 ta boʻpqoptimi?

Komment koʻpaytiraylik, hashar - elga yarashar
😁24🤣4
Turk tili: Qizlar orasida ommalashishimga sabab, mendagi jozibadorlik va romantikaga moyilligim boʻlsa kerak.

Magistratura: Haa..

@janobsatirik
🤣34😁20
Qassobga “goʻsht bering, iltimos, suyaksiz boʻlsin” deyishadi.

Lekin qassob faqat til sotmaydi-ku!?

@janobsatirik
😁30🔥4
1000 lik dovonga Ronaldo birinchi yetib borarmikin yoki @janobsatirik ?
🤣27
Turkiyani oʻzbekcha soʻzlashuvda ham Turtsiya deb talaffuz qilib aytadiganlarga qanaqadir ma’muriy javobgarlik qoʻllash iloji yoʻqmikin?

@janobsatirik
😁19💯4🤣3👍1
Oʻzi haqidagi videoga befarq boʻlolmadi. Respekt!

@janobsatirik
🤣483👍1
Har safar mashina eshigini yopayotganimda tok uraverishi jonga tegdi.

“Qachon oʻzing mashina olasan?” degan ishoramikin yo?

@janobsatirik
🤣26😁3
Telegramda 7 yildan beri kanal yuritaman, shunchaki qiziqishga. Hech qanday daromad qilolmaganman, keyin qiziqmay qo'ygandim. Telegramdan daromad topish man uchun borgan sari ro'yodek bo'lib bordi.

Bugun esa... Bugun pochin ochildi.

Xullas, ishxonada hisobot yozib borish uchun yangi guruh ochib, eskisi shunchaki o'chib ketib qolganiga hamkasblarni ishontirishim kerak.

@janobsatirik
🤣502
Ertalab tursang, erta tongda Messi xetrik qilgan xabarni o'qiysan. Barvaqt uyg'ongan kishining ishi yurishadi degan gapning amaliy ifodasini Messi ko'rsatib beryapti.

@janobsatirik
😁29👍1
Kitob do‘konga, umuman har qanday do'kon-marketchalarga mijozlar oqimi to'xtab qolganda, mijozlarni jalb qilish uchun marketologlar turli strategiyalarni taklif etishadi.

Man kitob do'konda sotuvchi bo'lib ishlab ko'rgan odam sifatida bir usulni ishlab chiqdim. Bu uslub doim ishlashiga ishonaman. Keyinchalik ommalashsa, "Serobov strategiyasi" deb fanga kiritsa ham bo'ladi. Endi usulni tushuntiraman.

Tasavvur qiling, yarim soat, bir soat o'tyapti hamki, do'konga hech kim kirmayapti. Tushkunlikka tushmang. Sekin ovqatmi, biror yegulikmi olib yeb boshlang. Iloji bo'lsa gapirolmaydigan darajada og'zingizga majburlab tiqing va kuting. Xuddi shu paytda mijozlar oqimi boshlanadi. Savollarga tutishadi, xaridlar yana yurishib ketadi.

Albatta sinab ko'ring. Rahmat shart emas.

@janobsatirik
🤣19😁123
Hech qanaqa yomonlik qilmagan bo'lsa ham yomon ko'radiganlaringiz bormi sizlarda ham?

Ba'zida o'zimdan uyalib, o'zimdan jahlim chiqib ketadi. Nega yomon ko'raman?

Manga nima yomonlik qildi eski ellikmingtalik, o'nmingtalik va beshmingtaliklar?

@janobsatirik
🤣18😁4
— "Bu bizga qiziq" turkumidagi kitoblar bormi?
— Yo'q edi,
— Nega yo'q?
— Chunki bu bizga qiziq emas...))

@janobsatirik
🤣12😁6🔥1
Bu kitob ayni paxta yig'im terimi bahonasida tashkil etilgan tuman hokimining selektor majlisidan chiqqan fermerlarga bag'ishlanadi.

@janobsatirik
🤣8😁53
2025/10/23 21:49:37
Back to Top
HTML Embed Code: