Hojiko'l – Tutqora – Zarshox – Hojiko'l

#togyurish #parkent
Javohir Izzatulloh | blog
Photo
Yakshanba kuni Parkent tumaniga tog'yurishga chiqdik. Davronbek Tojialiyev to'ram boshchiliklarida Hojiko'ldan (xaritada Achchiqko'l) boshlab Tutqora va Zarshox cho'qqilarigacha borib qaytdik. Jami sal kam 11 soat davomida 26+ km yurib, 1,200+ metr balandlikka ko'tarildik. Bu qadar go'zal tabiat va anvoi hidlarni anchadan beri uchratmaganimga badanim zo'riqsa-da, ruhim yangilandi go'yo.

Hayotimda o'zi ikkinchi marta uzoq masofaga tog'yurishga chiqishim bo'lishiga qaramay, boshida ham, o'rtasida ham deyarli qiynalmadim. Faqat tezligim sekinroq bo'ldi. Sizga qo'shilib sekinroq yuradigan yo'ldoshlar bo'lsa, boshqalardan orqada qolishingizdan ko'p xavotir qilmas ekansiz. Davronbek akam ham meni mehmon deb ikrom qilib, atay sekin yurib berdilar shekilli. Orada yetishib-yetishib yurdik.

Pastga tushish kutganimdek qiyin bo'ldi. Oyoq kiyimning yaxshisini olmaguncha bu davom etadi shekilli. Oxirgi 2 km masofani ancha qiyinchilik bilan bosib o'tdim: oyoqlarimda majol qolmadi. Kamiga biz orqada qolayotganimiz sababli ikki nafar sherigim oxirgi chamasi 800 metr masofa uchun adirni aylanib o'tirmay, adirning o'ziga tirmashishni taklif qilib qolishdi. O'sha paytdagi jismoniy holatimdan kelib chiqsak, o'zimga qo'ysa, aslo rozi bo'lmaydigan ishimga sheriklarning qistovi va ruhlantirishi bilan rozi bo'ldim.

Safar uchun ham, hayot uchun to'g'ri hamroh tanlash naqadar muhimligini shu kuni chuqurroq anglagandekman. Yana tushunib yetganim, inson o'zining naqadar matonatli ekanligini o'ziga eslatmoqchi, yangi ishlar uchun g'ayrat qilmoqchi bo'lsa, albatta o'zini qiynaydigan mana shunday safarlarga chiqishi kerak ekan. Barchaga tavsiya qilaman!

Safar videosi: https://youtu.be/iLyNzGZGjCY?si=RTf-8-iB3Gh-sWKn

📌 @javharuz 📌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zgalarning haqqini hurmat qilish masalasi!

💭 Toshkent shahri havosining ifloslanishi haqida bot-bot takrorlaveramiz-u, ko’chalarni chiqindilarga to’ldiraveramiz.

❗️ Jamoa joylarini ozoda saqlash, tabiatni himoya qilish vazifasini bajarishimiz boshqalarning haqqini hurmat qilishdir.

Bu holatni ortiq davom ettirib bo’lmaydi. Tabiat va havoning ifloslanishiga o’zimiz qarshi kurashishimiz lozim.

Bunda esa bizda yechim bor. Javob YANGI LOYIHA!

🚩 Yangi loyihamizni kuzatib boring:
@yangi_loyiha_2025
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Savodxonlik darajasi nimaga qarab o'lchanishi kerak!

🇺🇿 O‘zbekistonda savodxonlik darajasi rasmiy manbalarda 99,99% yoki 100% deb ko‘rsatiladi. Ammo bu faqat o‘qish-yozishni bilish darajasidir.

Aslida esa insonning farovon hayot kechirishi uchun tibbiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa sohalarda ham savodli bo‘lishi zarur.

🥲 Afsuski, bu borada aniq statistika mavjud emas, bo‘lganda raqamlar boshqacha chiqardi.

Bunda esa bizda yechim bor. Javob YANGI LOYIHA!

🚩 Yangi loyihamizni kuzatib boring:
@yangi_loyiha_2025
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uzoq kutilgan yangilikka oz qoldi… 😇

🚩 Yangi loyihamizni kuzatib boring:
@yangi_loyiha_2025
Yangilikni e’lon qilishimizga 1 kun qoldi! 🥳

@yangi_loyiha_2025
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Toshkentda yangi avlod maktabi – Jahon School”

👨‍👩‍👧‍👦 Farzandingiz xavfsiz, zamonaviy va ilhomlantiruvchi maktabda o‘qishini xohlaysizmi? Jahon School — Toshkentdagi eng ilg‘or ta’lim maskanlaridan biri. Bu yerda bola faqat bilim emas, balki hayotga ham tayyorlanadi.

🏫 Maktab 1.5 gektardan ortiq hududda joylashgan. Keng va shinam bino, yopiq xavfsiz hudud, ochiq-yopiq sport majmualari, tabiiy fanlar laboratoriyalari, “SkillDev” dasturi asosidagi to‘garaklar va alohida kitobxonlik darslari mavjud. Metroga yaqin joylashuvi esa yana bir katta qulaylik.

😮 Eng muhim yangilik — Jahon School maktablar ichida ilk bor yetakchi brendlar bilan hamkorlikda ishlaydi: ingliz tili uchun Cambridge, IT — Najot Ta’lim, qandolatchilik — Safia, kutubxona — Qamar va sog‘liq nazorati — Akfa Medline. Bularning barchasi — ideal maktabni aynan shu yerda yaratganimizni ko‘rsatadi.

Biz bilan bog'lanish
📞 78 777 07 07
🌐 jahonschool.uz

@jahon_school
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, yaxshilar.
Yaxshimisizlar?

Xabaringiz bor, men hozir Jahon School maktabida direktor bo'lib ishlayapman.

Bu maktabda biz tarix yozyapmiz. O'zbekistonda eng ilg'orlaridan biri bo'lishi kutilayotgan ta'lim loyihasi uchun tizim shakllantiryapmiz.

Jamoamiz kun sayin kengayib boryapti va ayni kunlarda menga to'liq bandlik asosida ishlay oladigan shaxsiy yordamchi zarur.

Asosiy talablar:
- Kamida 1 yil korporativ muhitda ish tajribasi;
- Ko'p miqdordagi data bilan ishlay olish;
- Tadqiqot va tahlil ko'nikmalariga ega bo'lish;
- Google Docs, Sheets dasturlaridan professional darajada foydalana olish;
- Ingliz tilini kamida IELTS 6.5 darajada bilishi zarur. IELTS sertifikati bo'lishi shart emas.

Kunduzgida o'qiydigan talabalar emas, balki sirtqida o'qiydigan talabalar ko'rilishi mumkin. HR, xususan, rekruting yoki ta'lim jarayonlarini boshqarish sohalarida tajribasi bo'lsa, bu katta ustunlik beradi.

Vakansiya ta'lim sohasi jonkuyarlari, ayniqsa, o'z kelajagini xususiy ta'lim sohasi bilan bog'lashni istagan nomzodlar uchun juda mos!

Nomzod menga shunchaki yordamchi emas, balki shogird maqomida bo'ladi. Shu sabab nomzodda katta o'sish bo'lishi mumkin.

Oylik 4 - 6 mln. so'm orasida, aniq summa yakuniy suhbat natijasiga ko'ra belgilanadi. Shartnoma 1-oktyabrgacha tuziladi. Ta'limga aloqador tajriba bilan kelgan nomzod keyinchalik alohida kelishuv asosida maktabda faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Vakansiyaga topshirish uchun Telegramda @javohirga_murojaat_bot manziliga 16-may 23:59 ga qadar "resume" va "cover letter" yuborish so'raladi.

Shu vakansiyaga mos tanishlaringiz bo'lsa, bu e'lonni ulashib qo'ysangiz ham bo'ladi. Oldindan rahmat. )

📌 @javharuz 📌
9 yoshli Shirinabonu og‘ir suyak kasalligi — raxit bilan og‘rimoqda. Bu kasallik natijasida uning oyoqlari deformatsiya bo‘lgan va yurishida jiddiy muammolar bor.
Shifokorlar unga temir qo‘yish orqali jarrohlik amaliyotini zudlik bilan o‘tkazishni tavsiya qilishgan.

Shirinabonunung onasi — ijarada yashovchi, yolg‘iz ona. Mablag‘ yetishmasligi sababli
Sizning saxiyligingiz Shirinabonuning sog‘ligi, kelajagi va umidini saqlab qolishi mumkin!

Ehson qilgan saxiy insonlar
Alloh sizdan rozi bo‘lsin!

“Ehsonning mukofoti faqat ehsondir”.

Platik kartalar onasining nomida Isakova Z.
HUMO: 9860 0824 9457 8568
UZCARD: 8600 3141 4740 5817

Bog‘lanish uchun tel.: +998919905660
Qo'rquv insonga kerakli hislardan biri deb o'ylayman. Inson bu hayotda nimadandir qo'rqishi kerak.

Yo uzoq jazodan (ilohiy qonunlar);
Yo yaqin jazodan (dunyoviy qonunlar);
Yo odamlardan (shaxsiy obro'siga putur yetishi);
Yo qiyinchilikdan (pulsiz qolish/ishsiz qolish, qarovsiz qolish va hokazodan) qo'rqsagina, u o'z xatti-harakatlariga e'tiborli bo'ladi. Qilayotgan ishlari uchun javobgarlik hissini anglaydi.

Hech nimadan qo'rqmaydigan, hech nimaning farqi yo'q odamni hech nimaga majburlab bo'lmaydi. Unday odamda na subut bo'ladi, na mas'uliyat.

Qo'rquvsiz yashab bo'lmaydimi? Usiz ham go'zal inson bo'lish mumkin emasmi? Hali unaqasini ko'rmadim.

📌 @javharuz 📌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Jahon School’da imtihon asosidagi qabul boshlandi!

📌 1-sinfdan 9-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar maktabga qabul qilinmoqda.

📚 Imtihondan maqsad — poydevor fanlardagi bilimni aniqlash va teng bilim darajasidagi o‘quvchilarni birlashtirish.

🔹 1-sinf: Suhbat orqali (ustoz va psixolog ishtirokida)
🔹 2-3-4-5-sinflar: Matematika, Ona tili/Rus tili, Tabiatshunoslik yoki O‘qish
🔹 6-7-8-sinflar: Matematika, Tarix, Ona tili, Ingliz tili
🔹 9-sinf: Aniq, Tabiiy yoki Ijtimoiy yo‘nalish asosidagi fanlardan imtihon topshiradilar.

📅 Imtihon sanasi: 25-may
📍 Ishtirok etish uchun maktabga tashrif buyurib shartnoma tuzish talab etiladi!

🎓 Jahon School — Jahon tajribasiga asoslangan milliy ta’lim!

📞 +998 78 777 07 07
🌐 jahonschool.uz
Ilm o‘rganilgan ma'lumotlarning aql bilan charxlanishi, qalbda tasdiqlanishi va fe'lda aks etishidir.

©️ Saidkomil Muhammadkarim

📌 @javharuz 📌
Javohir Izzatulloh | blog
Ilm o‘rganilgan ma'lumotlarning aql bilan charxlanishi, qalbda tasdiqlanishi va fe'lda aks etishidir. ©️ Saidkomil Muhammadkarim 📌 @javharuz 📌
Bu o'z navbatida barcha ustoz maqomidagi insonlarga katta mas'uliyat yuklaydi. Chunki ilm fe'lda aks etsa, keyin insonda qaror topgan hisoblanadi. Ustozning vazifasi shu ishni imkon qadar oxiriga yetkazishdan iborat.

📌 @javharuz 📌
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi

Namanganlik Jamshidbek Izzatullayev hozir 19 yoshda. 2025 yil boshida u AQShning Vanderbilt universitetidan to‘liq grant yutdi. Mazkur OTM endi uning 4 yillik o‘qish xarajatlarini qoplash uchun 372 ming dollar mablag‘ ajratadi. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Jamshidbek universitetni to‘g‘ri tanlash, hujjat topshirish jarayonlari hamda inson miyasi ishlashini erta yoshdan o‘rganish orqali qanday natijalarga erishish mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Serqirra mutaxassis, biolog olim va yozuvchi Baxtiyor Abdug'afur akamizning yangi kitoblari sotuvga chiqibdi.

Baxtiyor aka o'zaro uchrashuvlarimizda "Azal muhri" nomli kitob haqida aytib bergan edilar. Judayam qiziqqan edik!

Intellektual triller janrida yozilgan bu asar xalqimizga muborak bo'lsin!

P.S. Xarid qilish uchun quyidagi havola orqali Akademnashrga murojaat qilasiz.

📌 @javharuz 📌
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
9 yoshli Shirinabonu og‘ir suyak kasalligi — raxit bilan og‘rimoqda. Bu kasallik natijasida uning oyoqlari deformatsiya bo‘lgan va yurishida jiddiy muammolar bor.
Shifokorlar unga temir qo‘yish orqali jarrohlik amaliyotini zudlik bilan o‘tkazishni tavsiya qilishgan.

Shirinabonunung onasi — ijarada yashovchi, yolg‘iz ona. Mablag‘ yetishmasligi sababli
Sizning saxiyligingiz Shirinabonuning sog‘ligi, kelajagi va umidini saqlab qolishi mumkin!

Ehson qilgan saxiy insonlar
Alloh sizdan rozi bo‘lsin!

“Ehsonning mukofoti faqat ehsondir”.

Platik kartalar onasining nomida Isakova Z.
HUMO: 9860 0824 9457 8568
UZCARD: 8600 3141 4740 5817

Bog‘lanish uchun tel.: +998919905660
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😇 Jahon School yurtimizning eng malakali ustozlari uchun bo'sh ish o’rinlarini e’lon qiladi!

Maktabimizda ustozlar uchun barcha qulaylik va sharoitlar yaratilgan:

🔸20 million so’mgacha raqobatbardosh maosh
🔸Yozgi mehnat ta'tili uchun 100% kompensatsiya
🔸Farzandingiz uchun Jahon School’dan maxsus chegirma
🔸Bog’chadagi farzandingiz uchun moliyaviy yordam
🔸Bepul tushlik va transport uchun maxsus karta hamda bir qator qulayliklar.

❗️Agar siz 5 yillik tajribaga ega malakali ustoz bo'lsangiz, jahonschool.uz/vacancy saytimiz orqali ariza topshiring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston futbol terma jamoasi o'z tarixida ilk bor jahon chempionatiga yo'l oldi.

Bayram ustiga bayramlar muborak, do'stlar! 🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📌 @javharuz 📌
2025/06/28 10:18:19
Back to Top
HTML Embed Code: