Telegram Web Link
ҚИЗЛАРГА ЎРГАТИНГ!

Сендан кейин эркак киши бўлса нарвонга чиқма. Бир четда тур. Эркак чиққанидан сўнг ундан кейин сен чиқ!

Лифтда бегона эркак бўлса лифтга чиқма. У чиқсин. Кейинги сафар сен чиқ!

Амакингни ўғли, тоғангни ўғли, холангни ўғли билан қўл бериб кўришма!

Гаплашадиган кишинг билан доимо керакли масофани сақла!

Қанчалик яқин бўлмасин, кишилар билан муомала қилганингда чегарани сақла. Виқорингни муҳофаза қил!

Йўлларда дугоналаринг билан кулишиб гаплашма. Кўча одобини сақла!

Сен бор жойга катталар кирса диққатли бўл. Катталарни ҳурмат қил. Қарияларга ўрнингни бер!

Кўчада отадан бошқа эркаклар бегонадир. Улар билан гаплашиш шарт эмас. Қариндош бўлсада, қалби касаллар кўп!

Бирор дўконда оғирроқ нарсани кўтармоқчи бўлсанг рукуъ қилгандек эгилма. Олдин ўтириб кейин кўтар. Мана шу яхшироқ бўлади. Кўринишинг хуник бўлмайди!

Автобус ёки таксида бутун ҳаётингни достон қилма. Овозингни кўтарма!

Баъзилар юқоридаги ишларни йўқолиб кетган эскилик сарқитлари деб қарайди. Аммо бизга тушгани уларни ўз ўрнига қайтаришдир. Булар буюк динимизнинг асл ўзакларидандир!

Аллоҳ хотин-қизларимизни фитналардан асрасин!

© Muhammadloiq qori

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
ÒZGARTIRISHING SHART!

Hayotingni yaxshi tomonga yaxshi odatlar òzgartiradi. Yaxshi odatlarni bajarish uchun yomon odatlaringdan voz kechishing shart!

Chunki sen havas qiladigan insonda ham bir kunda 24 soat bor va senda ham. U bilan farqing vaqtni qay darajada qadrlashingda!

Demak ishni, virus odatlarni topish va òsha odatlarni òsishinga sabab bòladigan yangi odatlar bilan almashtirishdan boshla, masalan shu postga amal qilishdan )

P.s
Gapdagi "sen" sirashni hurmatsizlikka yòymaysiz. Yozayotganlarim avvalo òzimga eslatmaligi uchun keyingi postlar ham shu yònalishda yoziladi.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
ĜIYBAT

Ĝiybat qilishni istasalaring ota-onalaringizni ĝiybat qilinglar, toki hasanotlaringiz begonaga ketmasin!

©Abdulloh ibn Muborak
USTOZLARNING ÒQUVCHILARI OLDIDA QACHON HURMATI BÒLADI

Yoshi katta insonlar bilan maktab va òqituvchilar haqida suhbatlashganimizda, avvalgi ustozlarning kòpchiligi òquvchilarni yaxshigina bòyin sundira olgani mazmunidagi gaplarni aytishadi.

Hozir esa bu ustozlarni anchagina qiynaydigan va natijada kasbidan sovib ketishiga olib kelayotgan muammolardan biri.



Òqituvchilarning òquvchilari oldida qachon hurmati bòladi?

1. Ustoz kuchli prinsipli bòlsa.

Buni 1-darsdanoq boshlashi kerak!

Gapirgan gapini ustidan doim chiqsa. Xoh u raĝbatlantirish ma'nosidagi gaplar bòlsin, xoh jazolash ma'nosidagi gaplar bòlsin.

Ma'lum qoidalar asosida qat'iy vaqtlarda belgilangan imtihonlar olib tursa va òquvchilar harakatidan va bilimidan kelib chiqib HAQQONIY baholashni amalga oshirsa

Darsga doim vaqtida kelishi bilan bir qatorda, uni va òquvchilarini kim chaqirishidan qat'iy nazar òsha insonni dars tugashigacha kutishga majbur qilsa.(òta zaruriy holatlardan tashqari)

2. Mas'uliyatli bòlsa

Yangi mavzu tushuntirayotganda òqituvchilar, òquvchilar orasidan tushunishi jihatdan eng sekin bòlgan òquvchi tushunadigan darajada dars òtishi kerak.

Ustozi chin dildan ularga nimadir berishga harakat qilayotganini kòrgan òquvchilar fanga qiziqmasalarda, ustozi mehnatini hurmatidan bòlsa ham mavzuni tushunishga harakat qiladi.

Unda yaxshi biladigan va tez tushunadiganlari nima qilsin? Ular zerikib qoladiku?

Shunday òquvchilarga mavzu bòyicha qòshimcha topshiriqlar berib qòyish kerak, tamom.

3. Òquvchi va òqituvchi orasida 2 ta chegarani faqat bittasinigina buza olsa.

❗️Agar ikkala chegarani ham buzilishiga imkon bergan òqituvchi, òz òquvchisidan tahminan shunaqa gaplarni kutaversin;

–ustoz vazifa qimadim kecha òrtolarim bilan playstationga borgandim,
–ustoz turmushga chiqqanmisiz,
–ustoz instagramdan manga подьписка tasheng,
– ustoz sizni ham maktabda yoqtirgan qiziz bòlganmi?

Buning eng yomoni bunaqa ustozlar, aynan shu òquvchilar bilan ishlaydigan boshqa ustozlarga ham òz ta'sirini òtkazadi.

❗️Agar ikkala chegara ham saqlanib qolsa.

Aksariyat òquvchilar darsda fan bòyicha kòp savol berishga, aktive qatnashishga botina olishmaydi va tushunmaganligini ochiq ayta olmaydi.

Natijada ustozini toshbaqa uchadi degan fikrini ham tasdiqlab òtiraveradi. Bu esa faqat uning yonida bòladi, orqasidan "chiroyli sòzlar" bilan siylashadi.

❗️Endi bitta chegarani saqlab, ikkinchisini olib tashlasa. Bunda haqiqiy yevropacha sifatli ta'lim bòladi.

Buning uchun nima qilishi kerak:

Mavzu tushuntirayotganda ochiq yuzli va sabrli bòlishi kerak.Chunki barchaning zehni bir xil emas!

Shunga yarasha berilgan topshiriqlarni har bitta òquvchidan jiddiy talab qilishi kerak.(prinsiplar haqidagi qoidaga ham tushadi bu)

Meyorni saqlagan holda umumiy hazillar qilib turishi.(bachkanalik qilmasdan)

Òquvchilari uchun doim sirli bòlib qolishi(buzilmasligi kerak bòlgan chegara aynan shu), lekin òquvchilarining qiziqishi va maqsadlari haqida ular bilan suhbatlashib, agar qòlidan kelsa maslahatlar ham berib turishi kerak.

4. Ota-ona ustozlar tomonida bòlsa(hatto bazi hollarda ustoz nohaq bòlsa ham)

Shartlar orasida eng qiyini shu!

Hozirgi aksariyat ota-onalar farzandlariga haddan tashqari ishonib yuborish natijasida, kòp holatlarda farzandlari haqidagi ustozning e'tirozlarini e'tiborsiz qoldirishadi.

Bu esa òquvchilarda ustoziga nisbatan bepisandlikni keltirib chiqaradi.

Bunday bòlishini oldini olish uchun òqituvchi haqiqiy jonkuyarligini ota-onalarga ham kòrsatib bera olishi kerak.

Qanday qilib?
Yuqoridagi 3 ta qoidaga tòliq amal qilib. Agar eplay olsa, òquvchisi uyiga bitta quloĝi bilan ketsa ham ota-ona muammo òzining farzandida ekanligini tan oladi.

Chunki uyda ham bazida darslar va òqituvchilar haqida ota-onalar bilan suhbatlar bòlib turadi ayniqsa принципlilari haqida

P.s:
Men òz faoliyatimda shaxsiy yaratgan qoidalarim shular va bunga doim amal qilishga harakat qilaman. Menga yaxshigina qòl kelgan, yoshi kattaroq abituriyentlarim bilan ham maktab òquvchilarim bilan ham.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
www.tg-me.com/gauss_school
KETAYOTGANINGDA ESHIKNI SEKIROQ YOPIB KET!

Abituriyentligimda mening Matematika va Fizika ustozim, Yashin aka kòp yillik bir òquvchilari òzidan mukammal matematik chiqdi degan fantaziya bilan oliy matematikadan habari bor "boshqa ustoz" ga ketayotganida ònlab òquvchilar oldida ustozimni behurmat qilib ketayotgandi. Tabiiy-ki ustozim bundan ranjidilar va buni bildirmagan holda biroz kulimsirab aytgan gaplari:

"Shohruh ketayotganingda eshikni sekinroq yopib ketgin!"

Òz davrida Matematika va Fizikadan olimpida darajasida bòlgan mendan 2 yosh katta òquvchini 3-kursligimda universitedimda kòrdim. Afsuski òqiyotganini emas arxivlar bòlimidan 5-marta ham yiqilganligi uchun hujjatlarini qaytarib olib ketayotganini.

Ishdan bòladimi, òqishdanmi yoki oilaviy muammo sababmi hatto biror shaxsiy munosabatlar uzilayotgandami eshikni sekinroq yopib keting, sababi 2 ta:

1. Òsha vaziyatda kim haqligini siz aniq anglamagan bòlishingiz mumkin. Agar nohaqligingizni anglasangiz kechirim sòrashga hijolat bòlasiz yoki bu imkon berilmasligi ham mumkin.

2. Men haq edim desangiz-u, bilgan hunaringizni kòrsatib ketsangiz, qachondir yana qaytishga majbur bòlmasligingizni hech kim kafolatlamagan.

"Bir munosabat buzilsa qaytib ilk munosabatdek mustahkam tiklanmaydi" deydiganlar, ketayotganida eshikni sekin yopmaganligi sababli shu fikrdalar deb òylayman, yana ham Alloh bilguvchi

P.s
Shunchaki rozi qilib ket, bari-bir ketarkansan-u! Kamida hotirjam bòlasan chunki qaytishinga tòĝri kelib qolsa eshikni tepib kirishing uchun)

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
kecha, BUGUN, ertaga

Tushkunlikka tushgan bòlsang – òtmish bilan yashayapsan,
Nimadandir bezovtamisan – demak, kelajak bilan yashaypsan,
Xotirjammisan – unda, hozir yashayapsan!

Inson miyyasi ham kompyuter tezkor xotirasi(оперативка)ga òxshaydi. Ya'ni 3 ta progarammani bir vaqtda ishlatgandan kòra 1 tasini ishlatish ishlash tezligini va sifatini почти 3 marta oshiradi.

Ertaga bugunni òylab siqilmasliging uchun:

• Qadringni bilganlarni bugun, hozir qadrla ertani kutma. Menda erta kelmagan(
• Taklif bòladimi yoki e'tiroz, gaping ichingda qolmasin. Gapir!
• Urunib kòrmoqchimisan òxshamasa ham qilib kòr. Kelajakda qilinmaganlari tinchlik bermaydi qilganlaring esa yoki òxshaydi yoki tajriba beradi. Buni mendan yaxshi bilasan.

Bugun ertani òylab siqilmasliging uchun:

• Ĝayb ilmidan faqat Alloh taolo habardor. Buni yòli ham dinimizda mukammal kòrsatib qòyilgan. Ikkilanyapsanmi Istixora namozini òqi. Bilmasang òrgan, ixlos qil. Agar shu kungacha amal qilib kòrmagan bòlsang, qilgin òsha befoyda ikkilanishlar bilan òtkan kunlaringa achinasan.

Bòldi оперативка bòshadi endi bitta dasturni bemalol ishlataver, menimcha qotmasa kerak!😁

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
TAYYOR TUR

Sen qattiq xohlab, intilayotganing bir karobkada keladi. Karobkani ochdingmi, faqat sen sòraganingni òzinigina ola olmaysan, ya'ni:

• Ilm yòlidamisan, qiyinchiliklarga tayyor tur,

• Mashhur bòlmoqchimisan negative larga tayyor tur,

• Boy bòlmoqchimisan ba'zi sohta insonlar atrofingda kòpayishlariga tayyor tur,

• Biznes boshlamoqchimisan, odamlar yomon kòrishlariga va kelishmovchilig-u riskga tayyor tur,

• Chiroyli qizga uylanmoqchimisan, ma'lum muddat rashkda yashashga tayyor tur.

va h.k

Shuning uchun ham hamma ilmli, mashhur va boy emas.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
KASBING YOQADIMI?

Yoqtirgan ishingni qil yoki qilayotgan ishingni yoqtir!

Dunyoda 70% odam òz ishini yoqtirmas ekan. Senchi? Dushanbadan qòrqmaysanmi?

Ishingdan kòngling qolishiga sabab bòladigan shu kungacha men kòrgan sabablarni keltirib òtaman.

1. Kasb tanlayotganingda faqat daromadi yoki kompaniya obròsi uchungina tanlashing.

2. Ishingni yoqtirasan, kòp mehnat qilsan-u mehnatinga yarasha maosh olmasang.

3. Ishxonada jamoa a'zosi emas shunchaki buyruq bajaruvchi robot tizimi bòyicha ish borsa. Bu tizimda, kompaniya rivoji uchun sening takliflaringni hech kim eshitmaydi.

4. Ishxonada ish sifating 2-òrinda turib faqat sarflagan vaqting bòyicha qadrlashsa. Sen sifatni sot, vaqtingni emas!

5. Potensialingdan tòliq foydalanmaslik. Buni sababi yuqoridagi sabab bilan boĝliq. Ya'ni faqat vaqt uchun pul tòlaydigan kompaniyalarda doimiy ishlash oqibati shakllanadigan instinkt.
...............................................................

Bir kunda kamida 8 soat ishxonada vaqt òtkazamiz. Bu degani umrimizni 3 dan bir qismi.

Agar ishingni yoqtirmasang, sababini yaxshilab òylab kòr. Agar yoqtirgan ishingni topsang, daromad òzing ham kutmagan holda oshib boraveradi.(Odatda bu xususiy sektorlarda tez bòladigan jarayon).

Undan ham muhimi sen barcha kundan birdek zavq olasan, hayotingga ma'no kiradi. Shunda dushanbadan qòrqib, faqatgina maosh olish uchun oy boshini kutib yashashdan qutilasan.

P.s
Balki ishonmasligingiz mumkin, menga shanba va yakshanbadan kòra ish kunlarim kòproq yoqadi.

Chunki doim jarayondan zavqlanish yòllarini qidiraman, shunda barchasi davomiy bòladi.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
ÒZIMGA MASLAHATLARIM

Yana bir yil yashadim alhamdulillah (07.07.1996) va shu bir yil yashagan umrimdan òzim uchun olgan xulosalarim:

Munosabatga oid

1. Atrofingdagilarni boricha qabul qil, òzgartirishga kirishdingmi avvalo duodan boshla, tez òzgarishlarini talab qilma.

2. Insonlarga juda ham yaqin bòlib ketma, doim haddingni bil va shunda qoganlar ham sen bilan munosabatda haddilarini bilishadi.

3. Hech qachon insonlarga baho berishga shoshilma.

4. Atrofdagilaring sonidan kòra ularning Dunyo va Oxirating uchun beradigan qiymatini ustun qòy.

Xatolar

Tòĝirlash deyarli imkonsiz bòlgan bitta xato bor, ayniqsa yoshlarga taluqli.

Hech qachon insonlarni qalbini oĝritma, hech qachoon!
Chunki shunday kun keladi agar Alloh nasib qilgan bòlsa sen taqvoning chòqqisida bòlasan. Shunda Alloh va sening òrtangdagi gunohlarga Allohdan qattiq tovba qilasan va endi hotirjam tortganingda bandalarga qilgan nohaqliging esinga tushadi va qiyomatda banda bilan banda òrtasiga Alloh ham tushmasligini bilgan holda, haqdorlar haqlari bir birovlariga olib berilishini òylaysan va qilayotgan solih amallaring ajrlari seniki bòlmay qolishi mumkinligidan qattiq istirobga tushasan.

Haqiqiy òzingni anglab ol

Alloh taolo seni bitta yònalishda aniq boshqalardan ustunroq qilgan. Hozir ustun bòlmasang ham harakat qilsang qolganlarga nisbatan aniq natijaga tezroq erishasan. Òshani top. Hatto Abu Ali Ibn Sino ham tabobatda yetakchi bòlib, falsafani òrganishni qattiq harakat qilib bir kitobni 40 martalab ham òqib hech narsani tushuna olmagan paytlari bolgan ekan. Xullas vaqtingni òz òrnida, tòĝri yònalishga sarfla.

P.s
Aslida juda kòp xulosalarim bor, lekin yaqinlarimni ham ogohlantirishni qattiq xohlaganlarim shular edi.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
TANLOV MONOPOLIYASIDAN VOZ KECH!

Òzinga hush kelmaydigan bir odatni tark qilish uchun 2 ta narsa yordam beradi:

1. Aniq maqsad,
2. Vaqtincha boshqa muqobil variant.

Masalan:

* Gazli ichimliklar(Cola-Cola, Fanta, Pepsi va h.k,)ni tark qilmoqchisan avval ma'lum muddat gazsiz yaxna ichimliklar, keyinchalik ma'lum muddat limonli montella va bòldi.

* Ijtimoiy tarmoqlardan kamroq foydalanishni istaysanmi. Avvalo keyin qoladigan bòsh vaqtda nima qilishing kerakligini aniq bilib ol.Aks holda "Bòsh qop tik turmaydi" degan gap borku))

* Vaqtingni òsishing uchun sarflamoqchimisan avvalo YÒQ deyishni òrganishdan boshla(ota-ona bundan mustasno). Inson maqsadidan chalĝib, òziga bergan vadasini buzishida 90% holatda atrofdagilar ta'siri sabab bòlar ekan.

* Harajatni kamaytirmoqchimisan? Umm... bunga yechim topishdan kòra tushumni kòpaytirish yòllarini òylaganing maqulroq. Shunisi aqldan bòladi va aynan shuning iloji bor bizda, deyarli birinchisini emas🙃

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
Forwarded from Aziz Rahimov
O'qilgan kitoblar

Shkafdagi tugatgan kitoblarimga qarab o’zimni yomon his qilardim.

O’qiganman. Tugatganman. Lekin 1-2 ta g’oyadan tashqari hech nima esimda qolmagan.

Ba’zilarida shuni ham eslolmayman.

“Kitob o’qishim maqtanish uchunmi?” Savol tug’ilardi ichimda.

O’tgan oy shogirdimiz maslahat so’rab keldi.

Xarakterning ishxonadagi o’rniga qiziqdi. Xarakteri og’irligini aytdi. To’g’rilash yo’llarini so’radi. Savolni boshlaganida javobini bilmasam kerak deb o’yladim.

Lekin, tugatishi bilan, unga Pol Gremning Ronco prinsipi, Rey Delioning xarakter jadvali, Spiridonovning xarakterga baho berish usullari, Kerol Dweckning xarakter o’zgartirish bo’yicha maslahatlari, Rosulimiz (s.a.v) sahobalarning xarakterlari bilan qanday ishlaganliklarini gapirib berdim.

Gapirib bergunimcha bularni gapirib bera olishim mumkinligini bilmasdim. Ehtiyoj tug’ilishi bilan, o’qigan ma’lumotlarim ketma-ket esga tushishni boshladi.

Ilm olinganda neyronlar orasida yangi bog’lanish yuzaga keladi. Bu bog’lanish shu ilmga qayta murojaat qilinganda yanada kuchayadi (miyelinatsiya). Miyelin qatlam qalinlashgach esa ilm avtomatlashadi.

Endi shkafga qaraganimda o’zimni yaxshi his qilyapman.

2ta xulosa:

1. O’qiyotgan kitoblarimiz foydasi darrov bilinmaydi. Kerak bo’lganda, olingan bilim o’zi chiqib keladi.

2. Olingan ilm yaxshiroq yuqishi uchun, uni ishlatish, takrorlash va eng yaxshisi o’rgatish kerak.

Yana qiziq joyi, maqolani boshlaganimda neyronlar haqida yozaman deb o’ylamagandim. Lekin ilm qolishini tushuntirishga ehtiyoj tug’ildi va esga tushib shu haqida ham yozdim)

@azizrakhimov_blog
KUNNI QANDAY REJALASHTIRISH KERAK

Oxirgi paytlarda "time management" deb ataladigan termin haqida turli maqola va tavsiyalarga kòzing tushgan. Qaysi biriga amal qilishni bilmayotgan bòlsang quyida bu borada maslahat berishga rosmana haqli inson:

Mazhab boshimiz IMOMI A'ZAM RAHMATULLOHI ALAYH hazratlarining shogirtlari bòlmish, ABDULLOH IBN MUBORAK hazratlariga kunni rejalashtirish bòyicha bergan maslahatlari:

"Kuningni mendek rejalashtir, ammo uxlashni tark etma(òzlari 20 yil (ba'zi manbalarda esa 40 yil deb keladi) xuftonning tahorati bilan bomdod òqiganlar, bu shuncha yil tunda uhlamaganlarini anglatadi).

Qòyning kòpayishiga sabab ham, ular erta tongda uyĝoq bòladi. Marab egasini uyĝotadi. Ular quyoshni uyĝotadi. Sen ham quyoshni uyĝotishdan toxtama, chunki sahar vaqtida baraka bor.

Endi kuningni rejalashga kelsak, hozir ba'zi qilishing kerak bòlgan ishlarni aytaman.

Avvalo bomdodni òqiganingdan sòng kunlik zikrlaringni qil, Qur'oni Karim òqi va Hadisi sharif yodla. Keyin tijorat qil. Peshin namozini òqiganingdan keyin darslarimni tingla. Asrdan sòng yana tijoratinga qara, uluĝlarni ziyorat qil. Shom òqigach, masjiddan chiqib uyingga bor va tafakkur qil. Huftondan oldin bugungi kuningni hisob-kitob qil. Savobing kòproqmi gunohingmi, aniqla. Dangasalik qilma, òrinlaringni belgilab qòy. Fiqhni Hadisi sharif sharhlashni, tafsirni òrgan va iloji bòlsa kitob yoz.

Unda sòng ertangi kuningni rejalab ol. Rejalashtirishga ketgan vaqting kuningni tejab beradi. Xuftonni òqigach, òrgangan bilimlaringni bir takrorla. Tahoratli holda uhla.

Besh vaqt namozini òrinlatib qòymagan odamning boshqa ishlarni qoyil qilishiga ishonmayman. Namozga ehtiyot bòl!"
degan ekanlar.

"Savdogarlar ustozi" kitobidan

P.s:
Mana aslida biz kimlarga ergashishimiz kerak. Harakat qilayotgan bòlsang-u insonlar tavsiyalari sen uchun besamar ketayotgan bòlsa, tavsiya berishga haqli insonni topmabsan hali. Sen harakat qilsang, amalli insonning maslahati besamar bòlishi mumkin emas!

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
RIVOJLANISHINGIZ SABABCHILARI

Sizda ham bòlganmi? Bir paytlar eng yaqin qadirdonlar davrasi, qarindoshlar hattoki oila a'zolariz bilan bòladigan suhbatdan zerikib qolish, ba'zi yiĝinlarga bormaslik bahonalarini izlash va h.k

1 yilda 2–3 marta Qarshiga kelganim uchun kòp his qilaman.(Shu kunlarda ham shuni qis qilganim uchun bu post yozilyapti)

Buni 2 ta, yaxshi va yomon tomonlari bor:

Yaxshi tomoni: Siz òsyapsiz. Chunki Endi sizga dabdabali tòy, falonchi aka hotinini haydab yuborgani, choyxonada yiĝilishlar, serial yoki kòrsatuvlar muhokamasi va h.k lar qiziq emas.

Yomon tomoni: Siz bu bilan atrofdagilar uchun aksariyat holatda yomon ta'surot qoldirasiz. Aslida bu ham yaxshi chunki endi siz òzingiz qiziqqan ishlarga va insonlarga vaqtingiz kòproq bòladi. Chunki "eski qadirdonlar" uchun ham siz endi qiziq emassiz.

Unda yomon tomon nima deyishingiz mumkin? Bu òzingiz bilmagan holda ota-onangiz bilan ham sodir bòladigan procces. Boshqa yaqinlardan farqi ota-ona "Falonchi òzgarib ketibdimi òzicha" deb emas, "Farzandimni juda ham ishlari kòp, mayli soģ bòlsa bòldi" deb qòya qolishadi.

Tòģri ota-onangiz sizdek òsishmadi chunki ular sizni òsishingizga òzlarinikini qurbon qilishgan.

Buni qayerdan bilasan desa? Bir paytlar tahminan 2 oy oila boshliģi sifatida va bòlajak ota obrazida yashab kòrdim. Òsha paytda hamma maqsadlarimni bitta kòp maoshli lekin òsishim uchun vaqtim bòlmaydigan va deyarli òzim qiziqmaydigan ishni qilishga majbur bòlishimga sal qolgandi.

P.s
Rivojlanayotganingizni rivojlanishingiz asl sababchilariga istalgan payt ular uchun vaqt ajrata olishingiz bilan kòrsating.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
TAQDIR HAQIDA TUSHUNCHA

Ilmsiz inson òzini tarbiyalashi juda qiyin jarayon. Buni sababini òylab kòrsam erinchoqlik, qobiliyatsizlik va nafs tòsqinligi kamdek, bitta chalkash tushuncha halal berar ekan, u ham bòlsa:

"Bu seni taqdiring, òzgartira olmaysan!"

Alloh taoloning inoyati bilan bir Ahli Ilm ustozimiz sababli shu chalkash tushunchamni tòĝirlab oldim. Shuni kòrib chiqamiz:

Sening taqdiring 2 turga bòlib yozilgan.

1. "Hukm" bòlib
Sen ta'sir òtkaza olmaydigan.
Ya'ni:
• Qayerda tuĝilganing
• Qanday sharoitda esingni taniganing,
• Ota-onang kimligi,
• Tashqi kòrinishing(ranging, soching, kòzing va h.k menimcha aynan semiz ozĝinliging bunga kirmasa kerak), va h.k

2. "Vasf" bòlib
Sen ta'sir òtkaza oladigan.
Ya'ni:
• Ilm yòlida yoki johiliyatda,
• Hidoyatda yoki ma'siyatda,
• Yaxshi insonlar davrasida yoki adashganlar orasida,
• Vaqting qiymatini anglab yoki uni behuda sarflab,
• Beruvchi qòl bòlib yoki oluvchi bòlib,
• Maqsadlaringa erishib yoki maqsadlilarni hizmatchisi bòlib, va h.k

Sen ham òzgartirishing zarur deb bilgan narsani òylab kòr "Hukm"mi yoki "Vasf"mi. "Vasf" bòlsa duoda bòl, qòlingdan kelgan hamma harakatni qil. In shaa Alloh òsha sòraganing sen uchun hayrli bòlsa albatta amalga oshadi, sharti:
shoshma, shoshirma va shubha qilma.

P.s:
Sòraganda hushyor bòl, niyatingni tòĝirlab ol. Amallar niyatlarga boĝliqdir.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
ÒZIGA BÒLGAN ISHONCHNI OSHIRISH

Òzinga bòlgan ishonchni nima oshiradi bilasanmi?

Òzinga bergan va'dangni bajarish!

Sheriklaring hatto yaqin dòstlaring ham senga 3 marta va'da bersa-yu bajarmasa, 4-marta ular va'dasiga kamida shubha bilan qaraysan.

Ba'zida atrofdagi muhim insonlar uchun, ularni ishonchlarini oqlash uchun qòlingdan kelganini qilasan. Va'dangni bajara olmasang ular oldida qattiq hijolat bòlasa va bu yaxshi.

Nega endi doim òzinga bergan va'dangni bajarmasang ham òzinga bòlgan ishonching yuqori bòlishi kerak ekan!?

Sening ichingda òzliging yashaydi. Òzingni oldingda hurmating qay darajada bòlsa atrofdagilardan ham huddi òsha muomilani kutaver.

Òzinga va'da berdingmi? Uni bajar! Va buni kopaytir. Shunda òzing sekin sen haqingda òylab kòradi. "Demak biz inson qòlidan keladigan istalgan ishni bajara olar ekanmiz" deb.

Chunki inson hayoliga keladigan ilk ĝoyalarini avval òzi bilan maslahatlashadi. Javob ijobiy bòlsa u tashqariga chiqadi, aks holda amalga oshmagan yuzlab orzular qabristoniga kòmiladi.

Amaliyot:
Kuningni rejalashtir, boshida oddiy ishlardan bòlsa ham kunlik plan tuz, kechgacha ularni bajarish harakatida bòl. Va natijaga qara, mana kòrasan kayfiyating ham natijaga mutanosib bòladi.

P.s
Yuqoridagi "Amaliyot" haqida keyinroq batafsil yozaman in shaa Alloh.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
SENING KUNING BUGUN

Kechagi kun uchun afsuslanib, ertangi kun uchun qayĝurmasdan bugungi kunimdan maksimal foylanishimga yordam beradigan 3 ta shiorim bor. Sizlarga ham ilindim, balki foydasi tegib qolar:

1. Ertaga deb tanlanadigan yòlni tanlasang, bu yòl seni hech qayer degan mamlakatga olib borib qòyadi.

2. Bugungi kunining haqqini tòlaligicha ado qilgan insongina òzining kelajagidan yaxshilikni umid qilishi mumkin.

3. Umuman òlmaydigandek maqsad qòyib, huddi ertaga òlib qoladigandek harakat qil.

Kecha òtib ketti, ertaga bormisan yòqmi buni ham bilmaysan, sening kuning BUGUN. Yuqoridagilarga amal qil kam bòlmaysan in shaa Alloh. Ular meni emas uluĝ ustozlarning nasihatlari.

P.s:
Shu 3 ta nasihat sabab deyarli barcha postlar shu vaqtda bòlsa ham yozilaveradi. Shu paytgacha bu ish uchun vaqt ajrata olmayman.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
NAMOZDAGI HUSHU'

Urva ibn Zubayr roziyallohu anhuning oyoqlariga qora son kasali tushdi. Tabiblar oyoqni sonidan kesib tashlanmasa, dard butun tanaga tarqab, halokatga olib keladi degan qarorga kelishdi.

Urva ibn Zubayr r.a: "Unday bòlsa kesib tashlanglar", dedilar.

Tabiblar: "Buning uchun sizga banj berishimiz kerak" deyishdi.

U kishi: "Banj harom, uni iste'mol qilmayman" dedilar.

Tabiblar: "Unday bòlsa, oyoqni kesib tashlashning iloji yòq", deyishdi.

Urva ibn Zubayr r.a: "Iloji bor. Siz asboblaringizni tayyorlang. Men namoz òqiyman. Bir maromga yetib, badanim titray boshlaganida bilganingizni qilavering, hech narsa bòlmaydi", dedilar.

Keyin u kishi namozga turdi. Badani titray boshladi. Tabiblar òsha davrning uslubi ila qorason tushgan oyoqni sonidan kesishdi. Sòngra kesilgan sonni qaynab turgan yoqqa solib, oqayotgan qonni tòxtatganlarida Urva ibn Zubayr r.a namozni tugatib, hushlaridan kettilar.

"Ruhiy tarbiya" 1-juz

Namozdagi hushu' haqida òqib eng ta'sirlangan voqeam shu bòldi..😔. Shuni sizlarga ham ilindim.

Payĝambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
"Yerdan eng avval kòtariladigan narsa hushu'dir" dedilar.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
ILM QADRI (bizdagi)

Hammasi tòydan boshlanadi.

Kelib bir tayinli ish qilmaydigan artistga 500–1000$ lab beradi. Kerak bòlsa òshani vaqtiga qarab tòy kunini ham belgilaydi.

Aslida òsha tòyning asosi Nikoh. Endi 20 yillab umrini ilmga baĝishlagan, 2 ta umuman bir biriga nomahram bòlgan insonlarni bir-biriga nikoh orqali halollab beradigan ustoz, ahli ilmlarga pul berishga kelganda boshlanadi masala!

Qancha pul berishim kerak, òzi pul beriladimi?

Davomi bor...

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
АГАР ЎЛИКЛАР ГАПИРСА...

Агар ўликлар гапирса нима юз берар эди?

– Агар ўликлар гапирса, бенамозлик - абадий хорлик, деб айтишар эди.

– Агар ўликлар гапирса, бу яшаётган дунёингиз фақат Аллоҳ учун бўлса яшашга арзийди, деб айтишар эди.

– Агар ўликлар гапирса, Аллоҳ учун қилинган сажда ва тундаги ўқилган икки ракат намоз қабрларингизда нур таратувчидир, деб айтишар эди.

– Агар ўликлар гапирса, ғийбатчи ва одамларни обрўларини тўкиш учун гапирадиганларни сўзлашдан тўхташга буюришар эди. Чунки, қабрда танҳо ётилганида бу нарсалар фойда бермайди. Балки, фойда берадиган нарса Аллоҳни зикридир, деб айтишар эди.

– Агар ўликлар гапирса, фаноликка юз тутувчи ҳовлиларни бунёд қилиш ўрнига солиҳ амалларингиз билан қабрларингизни обод қилишга киришинглар. Ахир умрингизнинг аксар қисмини ўша ҳовлингизни безаш учун зое қилдингизку? деб айтишар эди.

Хўш, нега ўликлар гапирса дейиляпти?!

Чунки инсон қабрга кирганида, хоҳ у кофир бўлсин, хоҳ мусулмон, асл ҳақиқат унга етади. Ҳақиқий ҳаёти бошланганини сўзсиз тушуниб етади.

Аммо Аллоҳ бизга яхшиликни ирода қилдики, биз буни ўлимдан олдин билдик. Тавба қилиб, солиҳ амаллар қилсакгина ютуқдамиз.

Зеро, бахт ҳам, бадбахтлик ҳам танловдир.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
YAXSHILIKLAR DAVOMIYLIGI

"Savob bòlsin deb unga falon yaxshilikni qilgandim bilmadi nomard!"

Savol:

Òzi rostan savob uchunmidi yoki qandaydir evaz uchunmidi?

° Savob uchun qilgan bòlganingda biladimi yòqmi savob olasanku, qolgani bilan nima ishing bor.

° Niyating aksincha bòlsa sen undan kutilmangni olasanmi yòqmi lekin bari-bir savobsiz qolasan.

° Da tòĝri, bir vaqtda yaxshilikga yarasha javob qaytsa ham ajr olsang yaxshi-yu lekin bu yòl bilan yaxshilik qilish seni yaxshiliklaringni davomiyligini ta'minlamaydi-da.

(Chunki òzing ham senga qilingan ònlab balki yuzlab yaxshiliklarga mos javob qaytarmagansan, ba'zida behostan ba'zida esa qastdan)

Agar yaxshiliklaring insonlar rahmati-yu atrofdagilar olqishi bilan quvvatlanayotgan bòlsa bir tafakkur qil balki ajrsiz qolayotgandirsan!

Niyatni tòĝirla birodar! Chunki holis qilingan amal davomiy bòladi. Zero amallar niyatlarga boĝliqdir.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
2025/07/05 23:38:42
Back to Top
HTML Embed Code: