Telegram Web Link
QIZI BOR ONALAR

Ba'zida qiz bola òquvchilarimga "qiz bolani eng yaqin dugonasi onasi bòladi" desam aksariyatini ensasi qotadi.

Keyin òshalar bn alohida gaplashaman sababini bilish uchun.

Sabablar:

Ona oxirigacha eshitishni bilmaydi,

Ona eshitganini tezda eriga aytadi,

Eshitganda tòĝri qabul qilmaydi,

Tòĝri maslahat bera olmaydi.

Aslida qiz bola òta shaxsiy narsalarni onasiga yoki dadasiga aytishi bu, òsha qizni hali ham ota-onasidan boshqa hayotida hech kim yòqligini bildiradi. Bu esa juda zòr.

Bundan hursand bòlish òrniga ba'zi farosatsiz, ilmsiz ota-onalar buni tushunmaydi va òsha kunni òzidayoq qizini òzi uchun boshqa sirdosh topishga majbur qilishadi.

Qarabsanki bugun uning sirdoshi dugonasi, tez orada boshqa jins vakili.

P.s
Eslataman, faqat sabab va oqibatlar yozildi yechimlar emas. Qiziq bòlsa balki yozarman uni ham.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
SABAB va OQIBAT

Uzoq vaqtlardan buyon hali ham hammasi òsha-oshami. Aslida bunaqa bòlishi kerak emas edi. Chunki sen tinimsiz harakatdasan-ku! Sabab va oqibat nimaligini bilasanmi?

Kitob òqimasliging bu oqibat, sabab esa muammoyinga mos kitob tanlamaganing.

Moddiy yetishmovchilik bu oqibat, sabab esa tejashga berilib tushumni unutganing.

Ulgurmayotganing bu oqibat, sabab esa òzinga bergan vadani bajarmaslikga òrganib qolganing.

Ijtimoiy tarmoqlarga kòp kirayotganing bu oqibat, sabab esa deyarli cheksiz trafik va yoningda doim bòladigan smartfon.

Ilmsizliging bu oqibat, sabab esa bilmasligingni tan olmasliging yoki kòp bilaman deb òylashing.

Yaxshi kòra olmasliging bu oqibat sabab esa ulardan kutilmang òta yuqoriligi.

Ibodatda sustliging bu oqibat, sabab esa tavbasiz davomiy mayda gunohlar qilishing.

P.s
Barchasini òzimda sinadim, ayniqsa "smartfon" haqidagi ohirgi sinovimdan òtdi.

Knopkali telefonda asosiy sim karta, smartfonda keyingisi. Uyda wifi, ishlarimni laptopda qilaman. Xohlasam ham ortiqcha narsaga vaqt va imkon yòq.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
KATTALAR VA KICHKINALAR

Hamma katta insonlar ham aslida qalban yosh bola bòladi. Yosh bola qilgan ishni qilgisi keladi.

Endi bizni yosh boladan ajratib turadigan yagona xususiyatimiz bu qaror qabul qilishimiz.

Ya'ni katta insonlar hayoliga kelgan ishni birinchi filtrlab kòradi. Qiladigan ishim kimga foyda, kimga zarar va oqibati nima bòladi.

Agar biz kichkintoylar bilan kòp muloqotda bòlsak ayniqsa ota-ona yoki òqituvchi bòlsak farzand yoki òquvchilarimiz oldida òzimizni ular uchun eng ideal insonlardan biri sifatida gavdalantirishimiz shart.

Bilaman bu juda qiyin ish. Buning uchun kòp kitob oqish kerak, qilgin kelgan kòplab ishlarni oqibatiga qarab bekor qilishing kerak, gapinga amaling mutanosib bòlishi kerak va.h.k.hullas bir sòz bilan aytganda KATTA bòlishing kerak.

Ana òshanda, yosh bolaligicha qolib ketgan "kattalar" ming òĝiz gapirib yòlga sola olmagan bolalarni sen bir oĝiz chiroyli sòz bilan tòĝri yòlga yònaltirib qòyasan. Albatta Alloh xohlasa.

Sababi ular seni hafa qilib qòyishdan va seni e'tiboringdan qolishdan qòrqishadi. Chunki sen ular uchun ideal insonsan.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
PODA PSIXALOGIYASI

Kimlarni maslahati bilan qaror qabul qilyapsan, qanaqa kitoblar òqiyapsan, kimga havas qilyapsan va atrofingda kimlar bor hammasini bugun òylab kòrishing shart.

Insonda yomon illat bor. Bu kopchilikdan kelib chiqib qaror qabul qilish, hatto ba'zida aniq notòĝriligini bilsa ham. Bu esa poda psixalogiyasi deyiladi.

Chunki kòpchilik qilgan ish, hatto tòĝri emasligini bilsang ham òzingni haqiqatingni senga shubhali korsatadi.

Odamlar nima deydi, hamma qilyaptiku, kòpchilik bekorga qilmas, atrofingdagilar shunaqa qilishyapti va h.k

Rasululloh (ﷺ) "Odamlarning 1000 tadan 999 tasi Jahannamda, bittasi Jannatda bòladi" deganlar.

Bu degani hamma qilgan ishni qilmagin degani emas, shunchaki hamma qilgan ish ham har doim tòĝri degani emas.

Qur'on va Sunnatni chetga surib qabul qilingan qaror bizni 999 ta ichida bòlishimizga sabab bòlad Alloh saqlasin.

Atrofingdagilarni saralayotganingda taqvodorlarni òzinga hamroh tut. Atrofingda hozircha unaqalar bòlmasa òzing shu ilmlarni talabida bòl, lekin poda bòlma.

Òzim yaqindan shu terminni òrgandim va biroz atrofni kuzatdim. Rostan ham kòp biladiganlarimizga amal qilmasligimizga poda psixalogiyasi sabab bòlarkan.

P.s
Atrofdagi eski qadirdonlaring yoningda qolishlari uchun podacha fikrlashdan chiqarmoqchi bòlasan va aksariyat holda yomon kòrilasan. Buni narmal qabul qil menga òxshab)

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
IKKINCHI VARIANT SENI DUSHMANING

Seni doim asosiy maqsadingdan chalĝitadigan bitta asosiy omil bor, bu ham bòlsa sen uchun ikkinchi variantning borligi.

Masalan:

Juda kòp pul ishlashing kerak, bunga halal beradigani, kòpi bilan 1.5 barobar òshishi mumkin bòlgan stabil oyliging.

Katta maqsadlar bilan yangi loyiha boshlaysan, lekin asosiy fokusing sen uchun ikkinchi variant hisoblangan seni "boshqaradiganlar" buyruqlarida.

Top 100 talik universityga topshirshni òylaysan va kirolmay qolishdan qòrqib òzimizga topshirish variantini ham òylab qòyasan.

Bitta til òrganishni boshlaysan va òrta darajaga yetganingda tabiiy ravishda qiyinlik qilganida, undan ham muhimroq "boshqa til" ligini bilib qolasan.

Yoshi 30 ga kirib ham òziga juft topa olmayotganlarning muammosi unga mos juft yòqligida emas, aksincha variant juda kòpligida))

Bòldi bugundan dinimni mukammal òrganib, unga tòliq amal qilaman deysanu boshingni kòtarib atrofga qaraganingdan seni "dunyo" nomli ikkinchi variant yana asosiy maqsadingdan chalĝitib qòyganini bilmay qolasan.

va.h.k

Aksariyat muvaffaqiyatli insonlar hayotini òrgansek ularni dastlabgi davri majburlikdan va boshqa imkoni yòqlikdan boshlangan.

Boshqa variantning borligi, òzi shundoq ham intizomsizlikdan qiynalib turganingda nafsga yordamga keladigan dushmaning.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
YAXSHI KÒRGANINGDAN SINALASAN

Tayyor tur. Sen juda ham qattiq yaxshi kòrgan narsalar, insonlar va ishlaringdan sinalasan.

Qattiq yaxshi kòrganlaring sen uchun ideal obrazda bòladi va undagi tabiiy ravishdagi kichik kamchilik ham seni undan eng kamida zerikishinga olib keladi.

Endi savol tuĝiladi. Sinaladigan darajaga yetgan qattiq yaxshi kòrish chegarasini qanday bilsam bòladi?

Yaxshi kòrgan narsalaring, ishlaring va insonlaring seni sen bilgan Allohni buyruqlaridan aylanib òtishga sabab bòlishidan.

Gaplashish xatoligini bilasan, lekin gaplashasan. Tayyor tur òsha insondan tez orada sinalasan.

Qattiq hurmat qilasan, hatto unga ideal inson obrazida kòrishni boshlading. Tayyor tur òsha insondan sinalasan.

Juda qattiq yaxshi kòradigan ishing bor, agar ibodatni òsha ish sabab biroz ortga surish darajasida bòlsa tayyor tur tez orada òsha ishingdan sinalasan.

Farzandlaringni qattiq yaxshi kòrasan hatto ular uchun halol va haromga ham e'tibor bermaslik darajasiga yetding. Endi tayyor tur yaqin yillarda òshalardan sinalasan.

va.h.k

Sinov vaziyatga qarab turli xil va yaxshi kòrganlaring sababidan bòlganligi uchun alamliroq ham bòladi.

Nimagadir qattiq muhabbat qòyishdan oldin taroziga qòy va ikkinchi pallasiga qara. Òsha narsalar sal bòlsa ham ikkinchi tomondan yengilroq bòlsa bu narmal muhabbat.

www.tg-me.com/javokhir_toshpuatov
9-sinf(gacha) bòlib qolsam..

Shu fikrlashim bilan 7, 8, 9-sinf bòlib qolsam, 2023-yil uchun quyidagicha maqsad qòygan bòlardim.

1. 15 ta kitob òqish.

2. English: Beginner va Elementary darajani o'rganish

3. Arab tili: Tajvid va qiroat òrganish.

4. Matematika: Elementar matematikani 30 foizini òrganish.

5. Qur'oni karimni 4 marta hatm qilish.

Yozilgan maqsadlar òsha yoshdagi bolaning aqliy va jismoniy holatidan kelib chiqib yozilgan. Undan tashqari futbol òynash, playstation va boshqa qiziqishlarga ham vaqt qoldirdim.

(Faqat ❤️ ga emas. Agar bu bòlsa hamma maqsadlar 2033-yilga qolish ehtimoli bor)) )

Qòshimcha:

"Òzgartirishim kerak bòlgan hulqlarim" degan punktini yozmadim, sababi 15 ta kitob òqish davomida u albatta shakllanadi.

Buyoĝi endi ota-onamning himmati💸. Chunki bu maqsadlarga maktabdagi ustozlar bilan erisha olmasdim.

P.s
Umuman kitob òqimagan, ingliz tilidan 0, matematikadan 0 bòlgan 9-sinf(gacha) bògan men uchun yozilgan.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
Bugun live stream qildim. Òzim biladigan mavzularni òquvchilarimga òrgatmoqchi bòldim. Buni juda oddiy ish deb qalbimdan biroz kibr aralash xotirjamlik òtgandi.

Oddiylik kòchada probkada qolib ketishimdan boshlandi. Wifi òchib qolishi-yu, tinimsiz telefon kelishlari bilan tugadi.

Yakun men oddiy deb òylagan narsa, natijasiz tugadi. Subha Alloh, biz juda ojizmiz, hatto Alloh xohlamasa tinimsiz sayraydigan tilimiz bir sòz aytolmay qoladigan darajada..

inshaAlloh yil boshida maktab òquvchilarim bilan 1 ta darsni shu mavzuga baĝishlashga va qoganlar uchun 1 ta video shaklida chiqarishga harakat qilaman.

Bu aqillik emas aslo, bunaqa maqomga loyiq inson emasman. Shunchaki qachondir qilmaganim uchun afsuslanganim yoki qilib foyda topganimni bòlishmoqchi bòlaman.
Қасамки, умринг туғилган кунингдан эмас, балки Аллоҳ таолони таниган кунингдан бошланади.

Ибн Атоуллоҳ Сакандарий раҳимаҳуллоҳ
NIMALARNI KÒP DEB ÒYLAYSAN?

Òzi "kòp" deb òylayotgan narsalaring orasidasan, agar hozircha unday bòlmasa tez orada qòshilasan.

Insonni biror harakatga undovchi asosiy omil bu "bitta men emasmanku, bundaylar juda kòp" degan ichki ovoz.

Bu ovoz yaxshi odatlarni shakllantirish uchun, biror ilmni òrganishing uchun hatto natijasi aniq yomon bòlgan voqelikka ham bilmaga holatingda yetishib qòyishinga ham yordam beradi.

Agar ovoz qalbingdan kelsa, u aniq statistikani ham rad etadi. Aql bu ovozning buyruĝiga yòl qidiradi, vujudingni yòldagi barcha qiyinchiliklarga tayyorlaydi..

Masalan:

IELTS 7+ olganlar tengdoshlaring orasida kòp deb òylasang, seni olish ehtimoling kattaroq.

Kitob òqiydiganlar juda kòp deb òylasang, sen ham kitobxon bòlish ehtimoling kattaroq.

Qori va qoriyalar kòp deb òylasang, sen ham bòla olish ehtimoling kattaroq.

OTM ga òqimasdan ham yaxshi yashayotganlar kòp deb òylasang, seni ham kirolmaslik ehtimoling kattaroq.

Nafl ròza tutadiganlar va Tahajjud òqiydiganlar kòp deb òylasang, sen ham buni odatga aylantira olasan katta ehtimol.

Yaxshi insonlar kòp deb òylasang, sen ham yaxshi insonlar toifasidasan katta ehtimol. Tan olish qiyin-u, aksi bòlsa sen ham aksisan.

va.h.k

(Misollar juda kòp, chòzilib ketmasligi uchun tòxtatdim)

Niyatinga qarab atrofingni Alloh shu turdagi hodisalar bilan boyitib qòyadi. Zero niyatinga erishishing oson bòlishi uchun. Qanday niyat qilishing bu seni tanloving, qolgani esa vaqt masalasi.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
QANDAY YASHAGAN BÖLARDING?

Agar 1 yil, 1 oy, 1 hafta umring qolsa qanday yashagan bölarding?

Shunga öxshash savollarni köp eshitgansan, lekin tösatdan sendan shu savolni sörashsa katta ehtimol javobing topilmaydi.

Lekin shu savol seni, qanday yashashni xohlashing-u, aslida qanday yashayotganingni farqlab beruvchi savol böladi.

Savol: ... umring qolsa qanday yashagan bölarding?

Javob: Falon ishlarni qilardim(hozir qilayotgan ishlarimdan farqli)

Demak sen hozir aniq notöğri tomonga ketyapsan. Masalan, kimnidir erishib bölganlarini ketidan quvib. Özi sen buni yurakdan xohlamasding.

Aslida javob: "Hozir qanday yashayotgan bölsam huddi shunday yashashni davom etardim" bölishi kerak edi.

Chunki umring, savoldagi muddatdan ham kamroq qolgan bölishi mumkinku, yoki unday emasmi?!
www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
2 haftalar oldin Texnomartdan printer olganim uchun bonusga termis bergandi. Hayolimdan bu nega kerak degan savol ótgandi. Hozir telefonimdan kóproq foydasi tegyapti.

Yana nimadir olgani bormoqchiman ósha yerga, bonusga fonar bermasmikin😉)
#joke
SINGLIMGA MASLAHATIM

1. Qiz bola qiladigan 1-xato va 2, 3, 4-xatolar orasi juda yaqin. Birinchisidan ehtiyot ból.(24:26)

2. Iffating va obróyingni saqla. "Dunyoning ózi matoh, lekin  bu matohning eng yaxshisi soliha ayol" ta'rifiga loyiq ból.

3. Farosatli ból. Umringni oxirigacha yashaydigani farosat, husningga esa rozi bólaver. Birinchidan bunga majbursan ikkinchidan uning umri qisqa.

4. Ózing dunyoni ózgartirishga urinma, dunyoni ózgartiradigan insonning umr yóldoshi va shunday insonning onasi bólishga harakat qil.

5. Sening eng yaqin dugonang bu onang. Sirdoshing va dardkashing onang bólsin. Insonlardan boshqa hech kim.

6. Tahajjudga uyğonib, duoda sóraydigan insonlarga loyiq bólgin. Aks holda umring zulmatda ótish ehtimoli katta.

7. Katta masofa saqlashing kerak bólgan erkaklar bular mahramlaringdan boshqa har qanday erkak. U kim bólsa ham.(33:32)

8. Ilm óqi. Ishlagani qóymasachi dema. Ishla demadim. Ilm – qizlar uchun ishlash uchun emas, tepadagini hammasiga bir vaqtda ega bôlish uchun kerak.

P.s
Singlim yóq, lekin bólganida shu sifatlar sohibasi bólishini xohlardim.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
ABITURIYENTLAR KASALI

Bugun dars zör böldi. Motivation 100!

Oldin ovqatlan, keyin dars qilasan.

Biroz instagram(YouTube)ga kir keyin dars qilasan

Oradan 2 soat ötdi

Sal uyqim keldi, baribir ertaga dars yöqku hozir uhla ertalab voxli turib qilasan

Ertalab soat: 7:00. Maktab ketish kere, maktabga qilasan.

Maktabda qiziq suhbatlar. Uje yana kech böldi.

Uff ulgurish kere.. Ustoz qanaqa tushuntirgandi. Ulgurmasam keree

Buncha qiyin. Kimdan yordam sörasam ekan. Telegram kiraman. Kimdandir message kegan. (Yana 30 minut yozishdim)

Uje motivation 0.

Özi nega kirgandim? Haaa, esimga tushdi dars qilish kere.

Uyqiyam keldi.. Ertalab voxli turib qilarman.

Ertalab 06:00. Boshladik... Yarmini qildim. Qolganini maktabda qilarman.

Yana öyin, kulgu, shovqin. Bu shovqinda kallaga kirmaydi. Darsga vaqtli borib qilaman.

Darsga keldim, ulgurmadim. Ustoz indamas, yarmini qilganmanku.

Ustoz: Vazifa nega töliq emas!?

Menda 2 ta yöl qoldi. Ikkalasi ham yolğon.

1. Ulgurmadim.
2. Tushunmadim mavzuni.

Ayni shunaqa öquvchilar köpligi uchun Abituriyent guruhlarimda 1-oyning oxirida saralash imtihoni ötkazib shu turdagi öquvchilar bilan sekin hayrlashaman.

Bunday öquvchilarni öqitish qurigan daraxtga suv quyishdek bemani ish. Undan tashqari bu kasallik guruhdagi masulyatli öquvchilarga ham yuqadi.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
TIL

Ertalab xursand uyğonding. Hammasi yaxshi boshlandi doimgidek.

Ishga (öqishga) bording, turli uchrashuv va shaxsiy ishlar. Hullas kech ham böldi, hozir xorğinsan. Nimagadir kayfiyating yöq.

Seni jismoniy mehnat ham, aqliy mehnat ham charchatgani uchun tushkun emassan.

Kerakli joyda gapirmaganing yoki keragidan ortiq gapirganing uchun hatolaring miyyangda aylanib yuradi.

Undan köra ötir, jiddiy öyla va bugungi hatolarim: 1) 2) 3) ... deb yoz. Aksariyati tildan ekanini bilasan.

Til orqali tushkun bölasan, qachonki qalbingdagi bilan tilingdagi qarama-qarshi kelsa. Aslida tilinga kelayotgani qalbingdan chiqadi.

Bular hali tiling senga yetkazadigan bir kunlik zahmatlari. Oxiratdagisi esa öta daxshatli. Bular haqida batafsil keltirilgan "Til ofatlari" kitobini albatta öqi.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
KÓNGILGA EHTIYOT BÓL

Jahli chiqsa óziga kelib qoladi,

Hafa qilsang kechiradi,

Kónglini qoldirsang bu munosabat hech qachon oldinkidek tiklanmaydi.

Bu uchalasini farqini anglamay qolishing mumkin, ehtiyot ból.

Aslida sendan kimnidir kóngli qolsa bilgin, sen u uchun qalban yaqin bólgan insonlaridan bólgansan.

Afsus endi uning qalbidagi qora róyhatdagi insonlaridan bólding.

Zohiran unday kórinmasligi mumkin, lekin rostan ham butun umrga shunday.

Insonsan, xato qilasan lekin bu sifating seni uchinchisini qilishinga uzr bólmasin.

Shu uchalasi orasidagi farq bu qadar yaqinligini bilganimdan keyin,

Hatto órinli tanqidlarimdan keyin ham qarshimdagi insonim yuzida hafalik sezsam albatta vaqtida toxtatib uzr sóraydigan bólganman.

Maqsad munosabatni saqlash emas, usiz ham hayot ózgarishsiz davom etishi mumkin.

Men uchalasini farqini anglay olmayman. Dilozorlik mo'minga hos hislat emas(2:264)

Jabrlanuvchi rólida bólmasliging uchun feedback:

Hech qachon biror buyumga, ishinga yoki biror insonga qalbingni tóliq topshirma. Biz keragidan ortiq yaxshi kórganlarimizdan sinalamiz.

Qalbimiz band qilinishi kerak bólgan ketma-ketliklar róyhati allaqachon bizga órgatilgan.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
UZOQDAN OSON KÖRINADI

Maqsadlaringa uzoqdan qaraganingda undagi faqat ziynatlar kórinadi. Yaqinlashganing sari rivojlanib borasan va undagi risklar kórinishni boshlaydi.

Masalan

1. Iphone 14 pro max olishni niyat qilib oylar davomida 1400$ yiğasan. Pul tayyor, endi óylaysan "shuncha pulga bitta telefon?!"

2. Elementary level(gacha) bölgan öquvchilarning deyarli hammasi IELTS 7.5+ niyat qiladi. Intermediate levelda esa ularning 20% shu niyatida qoladi. Qolgani öziga kerak bölgan score ga harakat qiladi yoki toxtatib qöyadi.

3. Kichkina boladan, katta bölguncha bölgan vaqtdagi maqsadlarini diogramma qilinsa bu katta ehtimol pastga qarab ketgan böladi.

Prizident bölaman, diplomat bölaman, bankir bölaman, biznesmen bölaman, dasturchi bölaman,...Oxiri qayerga bölsa ham kirsam böldi.

4. Biznes trenerlarning özini biznesi yöq, undan nimaniyam örganarding?! Bu notöğri fikr. Ularning biznes qilishiga bilmagani xalal bermaydi aksincha ular har qanday biznesdagi risklarni oldindan köra olishgani ularni qörqitadi.

5. Hali uylanish yoshiga yetmading. Bu juda osondek, uylanish uchun nomzod qizlar köp(dek).

Endi vaqti keldi. Özingcha kriteriyalar yaratishni boshlaysan.Özing taniydigan 5 ta qizni yaxshi sifatlarini bitta qizda jam bölishini xohlab yuraverasan amma, holalaringdan bekinib.

Ayniqsa farzandingni sendagi haqlaridan biri unga soliha ona topishdan boshlanishini bilganingdan keyin yoshlikdagi dux qani deging keladi))

Shu joyida ota-onalarga lifehack:
Öğlingiz bölsa "aqli yöğida" va sözingiz ötadigan paytda uylantirib qöying)

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
SODIQLIK

Insonlarga 9 ta yaxshilik qil va 10-sini qila olmading. Ularni sen haqingdagi fikrlari 10-siga yöq degan javobing bilan boğliq böladi.

Insonlarga doim yaxshi muomila qil va bir safar nimadir sabab bölib doimgidek muomila qila olmasang sen "özgargan" hisoblanasan.

Insonlarni köplab hatolariga köz yumasan va oxiri tanbeh berding. Endi sen ular uchun, ularni boricha qabul qila olmaydigan sabrsiz insonsan.

Shu uchala kategoriyadan ötkan insonlar men uchun sodiq hisoblanadi. Farqi yöq, ular öquvchim, döstim va orttirgan boshqa yaqinim.

Va bundaylar juda kam. Balki özim ham bunaqa emasdirman...

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
20/80 qoidasi

Sen qilayotgan 20% ishlaring, natijalaringni 80% ini ta'minlaydi

Qolgan 80% ishlaring esa, natijani 20% ini.

Bu hamma narsada

u ishda, öqishda, shaxsiy rivojlanishda va h.k

Kompaniyaning 20% ishchisi kompaniyaning rivojini 80% iga sababchi

Qachonlardir qilgan yoki qilayotgan 20% ishlaring seni shu darajaga yetishishingni 80% iga sabab böldi.

Seni hayotingni keskin(80%) ózgartirgan voqealar ham, sodir bólgan 20% voqelik sabab

Demak kunlik plan tuzish jararoyonida oldin óyla. 20% ishlarni 40% ga oshir. Shunda natija 80% • 2 = 160% bóladi

Faqat bu qoidani bitta no tomoni bor:

20% insonlarga qarab 80% insonga nisbatan xulosaga kelinadi.

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
Qaysi zamondamiz ózi

Ilm olishga ta'lim dargohlari tósqinlik qilsa

Telefon olib qóyish jazo darajasiga yetgan bólsa

Kitob óqish uchun kitoblar óqilsa

Ergashilsayu yónalish unutilsa

Isrof vaqtdan boshqa hamma narsa uchun isrof hisoblansa

Masulyat va farosat noyoblashsa

Ilm talabidagilarga ilm yalingudek berilsa

Ğarbga qarichma-qarich ergashilsa

Ilm qadri narxiga qarab belgilansa

"Eng yaxshi kitob qaysi?" degan savollar musulumonlar orasida yangrasa

Jannat bashoratini olganlarni qóyib, haqiqiy baxt nimadaligini hali ózi ham bilmaydiganlardan órganilsa
.
.
.

Bilmadim qaysi zamondaman ózi..

www.tg-me.com/javokhir_toshpulatov
2025/07/05 10:22:34
Back to Top
HTML Embed Code: