Telegram Web Link
YASHASH QIYIN

Amallar niyatlarga bog’liqligini o’rganasan.. Niyating ustida ishlashni boshlaysan. Lekin boshqa manfa’atlaring ustun kelishni boshlaydi. Sobit turish qiyin.

Til ofatlari haqida o’rganasan, muammolaringni aksariyati shu sababidan ekanini bilasan va tilni tiyishga harakatni boshlaysan. Lekin gap oqib kelaveradi.

Riyo, suma’, kibr va shunga o’xshash qalb kasalliklari haqida o’rganishni boshlaysan. Shu illatni o’zingda ko’rasan. Muolajani boshlaysan, juda qiyin.

Chinakam tavakkul haqida o’rganasan. Payti keladi. Bir narsaga qattiq ehtiyoj sezsang, shoshasanu yana so’raydigan yo’nalishni o’zgartirib yuborasan.

Ilm o’rganishni boshlaysan. O’rganish birinchi qiyinchilik, undan qiyini seni kutayotganini bilib turasan. Bu esa unga amal qilish.

Lekin bularsiz oliy maqsadga yetishni iloji yo’qligini ko’rasan va bilasanki:

Haa, bejizga bu dunyo mashaqqat maydoniga-yu, pashshani qanotichalik qadrsiz buyumga tenglashtirilmaganiga amin bo’larkansan..

@javokhir_toshpulatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BAXT

Baxt = Haqiqat – Kutilma

Javob 0 dan katta chiqsa, baxtlisan

Javob 0 dan kichik chiqsa esa baxtsiz.

Masalan:

• Maosh olishga yaqin qoldi. Hisoblashni boshlading. 800$ kutding. 700$ berildi, noto’g’ri hisoblagan ekansan. Hafa bo’lasan.

600$ hisoblab yurganding, 700$ berildi. Hursandsan

• Maqtov eshitaman deb borganding, shunchaki eslab o’tildi. Rahmat esa yo’q. Qanday nohaqlik?!

Hech kim eslamasa kerak degan niyatda bording. Eslab rahmat aytishdi. Endi quvonchga to’lasan.

• 6 oy kutib moshina olding. Baxtlisan.

Ertasiga shu moshinani turtib olding. Endi esa sendan baxtsiz odam yo’q.

Baxt kim uchundir uzoq kutilgan farzand, yana kim uchundir oddiy iphone 15, kim uchundir esa ko’rish yoki eshitish. Yana kim uchundir esa hotirjamlik.

Hullas, baxt nisbiy tushuncha. Baxt bu kutilmangni amalga oshishi.

@javokhir_toshpulatov
MUVAFFAQIYAT TAROZISI

Muvaffaqiyating darajasi qancha stress ko’tara olishinga qarab belgilanadi.

Stressni aylanib o’tish yo’llari uchun maksimum harakat qilinadi. Bular:

O’qish, o’rganish, maslahatlashish, amalda qo’llash, duo va tavakkul.

Shunda ham kelsa, buyog’i endi sabr qilasan. Sabr imunitetingni shakllantirasan. Toxtagan joying seni darajang.

Ko’plab muvaffaqiyatli insonlar hayotini o’rganish natijasida shuni bildimki, ularda ham:

Stress, depressiya, oilaviy muammolar, ishi yurishmaslik, kasalliklaru shunga o’xshash qiyinchiliklar doimiy kelib turadi. Og’irroq keladi.

Ularni, qolgan ko’p sonli insonlardan farqi, ular maqsad yo’lida yuqoridagi muammolar bilan parallel yashashadi. Ular stress ko’tara olishadi.

Eng og’ir sinovlar ham Anbiyolarga kelgan.

@javokhir_toshpulatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TO’G’RI SAVOL

Nimagadir erishishni niyat qilgan bo’lsang 3 ta savolga quyidagi ketma-ketlikda aniq javob topishing kerak:

1. Nima uchun?
2. Qanday qilib?
3. Voz kecha oladiganlarim?

Boshlaganingni yarim yo’lda qoldirib ketishingni, “mativatsiya” yo’qolishini sababi ham shu. Ya’ni:

Sen faqat “qanday qilib?” degan savolga javob topish bilan ovvorasan. Aslida bu savolni javobi hozirgi kunda eng arzon javob. Hamma shunga javob beryapti.

1-savolga javob topish eng muhumi. Bu esa qalbdan keladi, kuchli ustozlar bilan maslahat orqali topiladi.

1-javobdan kelib chiqib 2-savolga javob izlaysan.(Qaytaraman 2-savolga javob istalgancha)

3-savolga javobda endi sen, erishishing uchun nimalardan voz kechishga tayyorligingni aniqlash bilan bo’ladi. Qiyinroq joyi shu.


* Misol keltirmadim, cho’zilib ketmasligi uchun. Mobodo tushunmasangiz misolini ham beraman commentda.

@javokhir_toshpulatov
O’ZIM BILAN SAVOL JAVOB

Kim bilandir ziddiyatga bording, kechirib yubor.

Aybdor bo’lsachi?

Atayin qilgani yo’q!

Atayin qilgani aniq bo’lsachi!

Atayin qilish hukmini bilmagani uchun qilgan!

Uni ham bilib, atayin nohaqlik qilgan bo’lsachi?

Unga rahming kelsin, unga qiyinroq. Jazosini olarkan unda.

Qachon oladi?

Buni kutayotgan bo’lsang, o’sha jazoga sen ham loyiqsan!

Xulosa

“Qanchalik kechirimli bo’lishim kerak?

Alloh seni qanchalik kechirishini xohlasang, o’shancha.”

@javokhir_toshpulatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AHMOQLAR

O’zing uchun bir experiment o’tkaz:

Umumiy davrada eng ko’p gapiradigan odamni kuzat. Ixtiyoriy mavzudan savol berib ko’r. Unda qisqa vaqtda javob doim topiladi.

Odatda bu javoblar fact-checkingsiz, shaxsiy tushunchalari gapirilgan javob bo’ladi. Eshitding, lekin olma.

Biror mavzu yuzasidan ilmi ko’p odam, miyyada axborot ko’pligi hisobiga ko’plab ma’lumot ichidan eng optimalini tanlashga biroz vaqt sarflaydi.

“Ahmoqligingni bekitishning eng yaxshi yo’li bu hech kimga gap bermasdan faqat o’zing gapirishing” - Janob Ahmoq

Ahmoq odamni aqilli ko’rinishni ikta yo’li bor. Biri oson ikkinchisi qiyin.

Qiyini: Ko’p ilm olib, rostan aqilli bo’lish,

Osoni: Kam gapirib, axmoqligini bildirmaslik.

Xulosa

Hamma jim turadiganlar ham ahmoq emas, hamma ko’p gapiradiganlar esa aqilli emas.

@javokhir_toshpulatov
KURKALAR

Kurka 200 kun davomida faqat don-dun, ovqat, suv berib boqilyapti. 201-kun so’yildi.

200 kun davomida kurka mehribonliklar ichida yashadi. Odamlar haqida tushunchasi juda ijobiy edi. Lekin bu 201-kungacha..

201-kun hammasi aniq bo’ldi. 200 kunlik mehribonlik aslida uni zarariga edi.

Hayotimizda biz kutmagan shunday voqeliklar borki aslida biz tayyorlanib kelinamiz. Aql yuritmasak haligi kurka kabi tasurotlarimiz uchun afsuslanamiz.

Taqdir haqidagi tushunchalarni o’rganishmiz kerak. Uni bilmaslik huddi, ko’zni bekitib hammasini taqdirga qoldirib moshina yo’ldan o’tishga o’xshaydi.

Ps
Falsafiy bilimlarni o’rganganim sari, hech narsa bilmasligimni bilib boryapman..

@javokhir_toshpulatov
ZARAR BERMASANG BAS

Bozorda odam gavjum joydan o’tyapman. Oldimda bir qari kishi. Yo’l juda tor. Bozordan chiqishgacha 150-200 metr bor.

Menda ikta yo’l qoldi:

1. Iltimos qilib chetlaridan bir amallab o’tib ketish.

2. Orqalaridan sekin yurib darsimga kech qolish.

Shu payt hayolimga shunday fikr keldi:

Biz atrofdagilar uchun ko’p holatda ularga foyda ham, zarar ham keltirmaydigan holatlar uchun o’zimizga zarar berib qo’yamiz.

Keyin men birinchisini tanladim.

Xulosa

Odamlarga foyda keltirishni iloji yo’q lekin zarar bermasliging aniq bo’lgan vaziyatda o’zingni foydangni o’ylayver.

@javokhir_toshpulatov
BILMAYDIGANIMIZ MUHIM

Biror dardni oldini olish uni davolashdan ko’ra yaxshiligini hamma biladi, lekin profilaktika choralari uchun kamdam-kam odam minnatdor bo’ladi.

Biz sodir bo’lgan voqelikni ko’ramiz, minglab sodir bo’lmay qolganlarini o’ylamaymiz ham.

Tarixdan qanchadan-qancha qahramonlar borki ular insoniyatni katta muammolardan chiqishiga sabab bo’lishgan. Shu sababdan nomi bizgacha yetib kelyapti,

lekin yana qanchalari borki muammoni oldini olib qo’ygan, lekin ularni hech kim tanimaydi ham. Achinarlisi ularni o’zlari ham bilishmagan kelajak uchun qanchalik muhim ish qilishganini.

Masalan

Titanik aysberkka urildi, unda halok bo’lganlar biz taniydigan qahramonlar.

Agar kapitan ularni oldilarida aysberk borligini aniqlab yo’nalishni o’zgartirganida va to’qnashuv bo’lmaganida, Kapitanni tanirmidik?

O’sha payt o’zi ham bilmasdi qanchalik muhim ish qilib qo’yganini.

Xulosa

Muammoyimiz shuki, faqat diqqatimizni o’zimiz biladigan narsalarga qaratishimiz bizga ko’p holatda halaqit beradi.

@javokhir_toshpulatov
QIZLAR

13–16 yoshli qizlar “kimnidir yoqtirib qolganini” onasiga ayta olishi, bu ona-qiz munosabati to’g’ri yo’lga qo’yilganini bildiradi.

Gap bu ish to’g’ri noto’g’riligi haqida emas, tarbiya haqida ketyapti.

Qizlar o’ta shaxsiy sirlarini onasiga ayta olmasligi bu unda sir yo’qligi bildirmaydi. Shunchaki sirlar onaga ishonilmasligini bildiradi.

Onalar qizlariga o’ta yaqin bo’lishmas ekan, qizlari aqli yetilmagan tengdoshidan maslahat so’rab adashishda davom etaveradi.

Ularni eshitishni xohlamaslik, yoki eshitiboq jazoga tortaverish bu huddi: “Nima qilsang qilaver men bilmasam bo’ldi” degandek gap.

Ularni eshiting, ularni eng yaqini siz onalarsiz. Ularni birinchi xatosi 2-3-4… xatolariga yaqin bo’ladi. Qizlarga sabab, oqibat va yechimlar berish kerak.

Yechim:

Ular kichikligidan ko’p gaplashish, maqsadlariga qiziqish, muammolariga yechim berish.

@javokhir_toshpulatov
Oddiylikdan qochayotgan oddiylar.

Biz oddiylikdan qochayotgan oddiylarmiz. Ko’pchilik hamma qatoriligini tan olgisi kelmaydi. O’zini boshqachaman deb biladi.

Insonda kamchiliklar umumiy bo’ladi, yutuqlari esa individual. Uni topgan kam sonli insonlar oddiylar safidan o’zlari ham bilmagan holda chiqib qolishgan.

O’zingni kamchiliklaring bilan ovora bo’l. Oddiylikni saqlagan holda yetuklikka intil. Yo’l-yo’lakay, o’zingni taniysan. O’zingni tanidiging degani, ustunroq jihatingni topding degani.

Hayotimda nechta yetuk insonlarni ko’rgan bo’lsam oddiylikni mahkam tutishgan. Aksi, oddiylikdan qochib, yetuklikni davo qiladiganlar esa aslida oddiy bo’ladi. Balki undan ham quyiroq.

Xulosa

Oddiylikda gap katta.

@javokhir_toshpulatov
EHTIMOLLIK

Odamlar ehtimolligi kam, lekin katta yo’qotishlarga olib keladigan hodisalarni e’tiborsiz qoldirib,

ehtimolligi yuqori ammo kichik yo’qotishlarga olib keladigan hodisalar bilan ovvora bo’lishadi.

Munosabatlarda, maqsad qo’yayotganda va har qanaqa kattayu kichik qarorlarda.

Shu joyida, Stalinni bir iborasi esimga tushdi:

“Bir o’lim fojia, milliontasi esa statistika. Statistika senga hech narsa demaydi”

Xulosa

Kechikishdan qo’rqib, peshxodga yetmasdan yo’ldan o’tmoqchi bo’lma😉 Qolgan xulosa o’zizdan va ular juda ko’p..

@javokhir_toshpulatov
YAXSHI KO’R

Yaxshi ko’rilishni istasang, avval yaxshi ko’rishni o’rgan. Yaxshi ko’rinishni emas, samimiy yaxshi ko’rishni!

Farqini tushuntiraman:

Yaxshi ko’rinish uchun yaxshi ko’rishda, ulardagi kutilmang kelmaydi. Boshqalarni obro’sizlantirish evaziga obro’ qozonmoqchi bo’lasan va adashasan.

Tilanchidek e’tibor istaysan va huddi tilanchiga qilingan muomilani ko’rasan. Afsuski bunga loyiqsan. Bilasan xatoligini lekin davom etaverasan.

Samimiy yaxshi ko’rishda sen, berasan va berganing qiymatiga mosini kutmaysan. Yaxshi ko’rilish sen uchun ahamiyatsiz.

Chunki sen odamlarni yaxshi ko’rishlari uchun emas, yaxshi ko’rilishga munosib bo’lgan zot uchun yaxshi ko’rasan. Va bo’ldi

Yomon ko’rsang ham maksimum, odamlarni amallarini yomon ko’rasan. Maqsading ularni yaxshi ko’rganlaring safida saqlab qolish.

Yaxshi ko’rish, eshitishdan boshlanadi. Diqqat bilan eshitishdan. Oxirgi 1–1.5 yildan buyon odamlarni, o’quvchilarimni ko’proq eshityapman. Ko’p narsa o’rganaman. Kamida yomon ko’rmaslikka sababni ko’raman.

@javokhir_toshpulatov
TOSHBAQA, TIPRATIKAN VA BOLALAR

Toshbaqa havf sezishi bilan uni himoyasi bo’lmish toshini ichiga kirib oladi. Qo’rqitib chiqarib bo’lmaydi.

Oldiga o’t qo’yib, suv qo’ygandan keyin biroz kutish kerak. Keyin chiqadi.

Tipratikan atrofdan havf sezsa qochadi. Qo’lga tushsa tikaniga o’ranib, dumaloq bo’lib oladi.

Uni chiroyini ko’rish uchun, biroz yerga qo’yib kutish kerak. Yuzchasi rostan ham chiroyli.

Bolalar ham toshbaqa va tipratikandek himoyalana olishadi. Ulardagi tosh va tikan vazifasini bajarish vositasi yolg’on.

Ulardagi asl chiroy, kamchilik va muammolarini ko’rish uchun erkin qo’yish kerak, sizdan havf sezishi kerak emas. Sezdimi darrov himoyalandi.

Xulosa

Rostini bilish uchun, rost gapni eshitishni o’rganing. Nafaqat bolalardan, hammadan. Himoya hammada bor.

@javokhir_toshpulatov
NEGA? GA JAVOB

“Nega?” degan savolga o’zim aniq javobni bilmasam o’quvchilarga shu masalada taqiq qo’ymayman.

Sabab va oqibat tushurib qoldirilgan har qanday eslatma tez orada esdan chiqadi. Huddi aytilmaganidek.

Hamma sendek bo’lishga majbur emas. Sen to’g’ri deb bilgan narsani qilishga ham. Hatto unga foydali bo’lsa ham.

Toki u, o’zi qilayotgan ishni xatoligini samimiy tan olmas ekan, atrofdagilar qilayotgan harakatlari samarasiz.

Samimiy tan oldirish uchun esa, shunchaki to’liq “karta”ni ochib ko’rsatish kerak. Buning uchun ilm kerak. Mutaxassislikdagini o’zi juda kam.

Xulosa

Olim odam hamma ilmdan nimadir va bitta ilmdan esa hamma narsani bilishi kerak.

@javokhir_toshpulatov
KO’RINMAYDIGAN OQIBATLAR

2001-yilda AQSHdagi egizak binoning samalyot bilan to’qnashuvi natijasida 2500 odam halok bo’lgan.

Bu halok bo’lganlarning oila a’zolari turli xayriya tashkilotlari tomonidan ma’lum muddat qo’llab quvvatlab turilgan.

Shu vaziyatdan keyin, samalyotga uchish havfidan qo’rqib odamlar avtomobillarda manzilga borishni boshlashdi. Keyingi 3 oy ichida odamlarning 1000 ga yaqini avtohalokat oqibatida vafot etgan.

Ularni hech kim eslamadi ham.

Minglab odamlarga davo bo’lgan dori, qaysidir bemorga noto’g’ri ta’siri sabab o’sha odam halok bo’lsa,

Bu dorini tavsiya qilgan shifokor ham, o’sha dorini o’zi ham barchani esida yomon ta’surot bilan qoladi.

Minglab foydasi unutiladi.

Ko’pchilik tasdiqlagan habarlarga ishonamiz. Tekshirib ham o’tirmaymiz. Yuzaki o’ylaymiz. Aniq ma’lumotlar biz uchun, shov-shuvli yetkazish va qabul qilishga qulay bo’lgan “zarqog’oz”ga o’ralgan bo’ladi.

Xulosa

Tanqidiy fikrlash kerak. Biz mavhum va ko’rimaydigan oqibatlarni emas balki aniq ko’rinadigan oqibatlarni ko’ramiz. Biroq deyarli har doim ko’rinmaydigan oqibatlar muhim bo’lib chiqadi.

@javokhir_toshpulatov
NIMA QILMASLIKNI O’RGAN

“Kambag’al bo’lishning 10 ta siri”

“Xor bo’lishning oltin qoidalari”

“Ingliz tili o’rganolmaslik sari 5 ta qadam”

“Vaqtni isrof qilishning foydali oqibatlari”

“Kitob o’qimaslik oqibatlari haqida 60 yillik hayot yo’lim”

“Qariganda, qariyalar uyiga borishni istaganlar uchun ko’rsatmalar”

Bunaqa kitoblar sotuvga chiqsa o’qirmidik? Menimcha, aslo.. Lekin bularni safida bo’lib qolish ehtimolimiz kattaroq.

Muvaffaqiyatli insonlar hayotini o’rganamiz. Huddi o’sha amallarni qilamiz. Natija ularnikidek bo’lmaydi.

“Nima ularnikidek qilinmayapti?” degan savollarni berishni boshlaymiz. “Hammasini ular qilgandek qildimku!”

Sen deyarli bir xil yo’ldan ketgan va minglagan muaffaqiyatga erisha olmaganlarni ko’rmading, bitta erishganni ko’rding. Muvaffaqiyat haqida tushunchang, uni bergani.

Bu hayot uchun o’ta normal hisoblangan bir ming birinchi bo’lding. Kimdir sendan buni sirlari haqida intervyu oladimi? Erisha olmaslik tajribalaring kimgadir qiziqmi?!

Xulosa

Ilm faqat berilmaydi. U olinadi ham. Nima qilishni o’rganish bilan parallel, nima qilmaslikni ham o’rgan. Aks holda 1001-bo’lib qolishing ehtimoli ming barobar kattaroq.

@javokhir_toshpulatov
2025/07/03 09:00:19
Back to Top
HTML Embed Code: