NATIJA O’ZGARMAYDI
O’rgatish oson, loyiq bo’lish qiyin,
O’rganish oson, amal qilish qiyin,
Buyurish oson, tushuntirish qiyin,
Farzand ko’rish oson, tarbiyasi qiyin,
Kuzatish oson, tog’ri saralash qiyin,
Muhokama oson, o’zlikni ayblash qiyin.
Biz birinchisini qilishga moyilmiz. Sababi, o’sha oson. Atrofga qaraymiz, omma ham o’sha bilan band.
Shu sababdan ko’pchilik harakatda, natijalar esa kam. Go’yo tasodif bilan omad kelishib olib aynan seni aylanib o’tayotgandek.
Aslida o’zing, natijani chiroyiga mahliyo bo’lib “oson” degan yo’ldan ketib natijasiz qolyapsan.
Xulosa
Vaqt faqat zararimizga ishlaydi, agar amallarning qiyinidan qochib, faqat osoni bilan ovvora bo’lib yuraversak.
@javokhir_toshpulatov

O’ZI KO’P YASHAMAYMIZ
Ko’zimiz kichkina raqamni ko’rgani bilan ongimiz katta muddatni tasavvur qiladi.
Chunki 1 yilni o’tishi biz uchun sekin. Lekin birgina yil o’tgani bilan seni 365 kuning yo’q bo’ldi.
Bu kunga qo’shilib, zehning, quvvating va sog’liging ham bir qismi ketti. Yomoni esa, u qaytmaydi.
Taxminan 30 yil umring bo’lgani seni hotirjam qiladi. Shuni kunlarga o’tkazsang 10950 kun. Kutilmagan o’limni chetga surib qo’ydik.
50 ga kirgan ota-onangni ko’rasan. Gaplashishga ulguraman deb o’ylaysan.
Maksimum 10 yil qolgan bo’lsachi? Haa, hali ancha ekan, ulguraman. 10 yil bor yo’g’i 3650 kun. Shuni o’yla.
Kim uchundir asabiylashib o’tirganingda,
Vaqt ajratishing kerak narsalarni aqlan bilib ortga surayotganingda,
Muvaffaqiyatni hidi kelib turib, lekin tavakkal qilishga qo’rqib turganingda,
Boshinga mushkulot tushganida,
Kitob va instagram o’rtasida tanlovda qiynalganingda, umringni kunlarga o’tkaz. Iloji bo’lsa soatga ham. O’zi ko’p yashamaymiz.
Xulosa
Katta ko’rinayotgan kichkina sonlarga aldanma.

BO’YNING OG’RISHIGA CHIDA
Bo’yning og’rishidan qo’rqib, atrofni tengdoshlaring yoki pakanalar bilan to’ldirasan. Sen uchun tepaga qarab yurishdan ko’ra, pasga qarab yurish qulay,
Balandroqdagilarga yaqinlashishga qo’rqasan. Bo’yning og’rig’ini ulardagi “ayblar”ni ortiga bekitasan.
Qo’rquving sababi esa tinimsiz harakat, intizom va nafsing xohlaganlardan kechish. Xullas, raqobatdan qochasan.
Bo’yning og’risa ham, teparoqdagilarga yaqin yuraver. Oradan biroz vaqt o’tadi, sen hali ham tepaga qarab yurgan bo’lishing mumkin lekin pakanalar safidan aniq chiqqan bo’lasan.
Hamma tushungan bo’lsa ham eslatib ketaman. Bo’y ko’chma ma’noda ishlatildi)

HIKMAT
Bir xatoni qildi. Xulosa chiqarmasdan, o’sha xatoni yana qiladi. Bu odam ahmoq.
Bir xatoni qildi. Xulosa chiqardi, endi bu xatoni qayta qilmaydi. Bu odam aqilli.
Boshqalarni xatosidan xulosa qilib o’zi shu xatoni qilmaydi. Bu odam hikmatli.
Atrofga qara, xatolarga to’la. Xulosa chiqarishing uchun o’zing qilishing shart bo’lmagan xatolar juda ko’p.
Xato topa olmayapsanmi. Biogirafiyalar o’qi. Tarix o’qi. Jamiyatlar rivojlanish bosqichlarini o’qi.
Bizga oldingi qavmlar qilgan ishlar oqibatlari va undan keyin keladigan mukofot-u jazolar bejizga eslatilmadi. Xulosa chiqarish vaqti kelgandir.
Xulosa
Tarixni o’rganish kerak. Hikmat, tarixdan qilingan to’g’ri xulosalarda.

QIMMAT BO’LASAN
Do’kondan olgan narsalarim pulini kassirga berganimda, 400 so’m qaytar ekan. Unga 2 ta gugurt berdi.
1 ta gugurt 200 sòm. Hatto 1 daqiqada shimib qo’yiladigan qurt 1000 so’m bo’lgandaya.. Gugurt aniq foydali qurtdan.
Juda arzon. Beradigan foydasidan 100 karradir balki. O’ylab qarasam bunaqa narsalar ko’p ekan.
Tirnoq oladigan 5000 so’m
Koptokga dam solish ignasi 1500 so’m
Setramon 1000 so’m
Tuz 5000 so’m
Ruchka 2000 so’m
va.h.k
Bularni narxini, beradigan foydasidan ancha pasaytiradigan omil bu ularning foydali ish koiffitsenti yoki raqobati emas shunchaki ularning tarkibi arzon.
Bizning narximizni doim ham beradigan foydamiz emas, tarkibimiz ya’ni olgan ilmimiz sifati va uning qiymati belgilaydi.
Xulosa
Kamyobroq va qiyinrog’ini o’rganishdan qo’rqma. Qimmatli bo’lasan.

NOTO’G’RI BASHORAT
Archa olib berishlarini 1 oy kutganman. Olib berishgandan 3 kundan keyin 1 oy so’rashimga arzimasligini bilganman.
Vilosiped olib berishlarini 2 oy kutganman. 2 hafta uchganimdan keyin faqat do’konga chiqib-kelishga foydalanardim.
Kampyuterda futbol o’ynashni yoqtirardim. 9-sinfligimda tovuqlarimni sotib, akam bilan pul tashlab kompyuter olganmiz. 1 oydan keyin tovuq biznesimni tikishimga arzimasligini tushunganman.
Bunday noto’g’ri bashoratlarning yaxshi va yomoni tomoni bor.
Yaxshi tomoni. Quvonchli voqeani abadiy quvonch beradigandek ko’rsatib, sodir bo’lish paytigacha o’zingni baxtli his qilishinga yordam beradi. Harakatga undaydi.
Yomon tomoni. Bunday gumonlar, oldindagi salbiy voqelikda ham huddi yuqoridagidek bo’rttirib senga namoyish etadi. Natijada vaximaga tushishga arzimasligini sodir bo’lgandan keyin bilasan.

BIRINCHISIDAN EHTIYOT BO’L
Elektronka chekadiganlar ma’lum vaqtdan keyin ta’siri kuchliroq qora doriga o’tirib qolarkan.
Ayolini so’kishni boshlagan erkak, ma’lum vaqtdan keyin qo’l ko’tarishni ham boshlarkan.
Stavka qilib 10$ yutgan qimorboz, 500-1000$ yutqazmaguncha bu yo’ldan qaytmas ekan.
Namozga kirgandan keyin 1 vaqtini sababsiz qazo qilgan namozxon, keyingilarini yengil qazo qilarkan.
Ota-onasiga bir marta qattiq gapirgan farzand uchun ota-onasi bilan talashish odatga aylanib qolar ekan.
Bilib qilingan xatolaringni birinchisidan ehtiyot bo’l. Birinchisi-ku dema. Birinchi xatolaring bilan keyingilari orasi juda yaqin bo’ladi.
Hammasidan qaytishga ulgurarsan. Lekin ota-onang bilan munosabatlaringni vaqtida to’g’irlab ol.
Odatda buni xatoligini, ularni yo’qotgandan keyin yoki ularning rolida bo’lganda anglanadi.
Keyin bu anglashning foydasi yo’q. Chunki kech. Xatosini kech anglagan farzand sifatida eslatdim holos..

AQLING BILAN NAFSINGNI QIYNA
Meni asl xulqim yaxshi odamlarni oldida emas, 10 yillik do’stlarim oldida bilinadi. Bu faqat menda emas, senda ham. Hammada.
Yaxshini oldida yaxshi ko’rinishga moyilligimiz bor. Xulqingni bilmoqchi bo’lsang eng yaqinlaringni oldida o’zingni kuzat.
Yaqinlar oldida, miyadagi filtr o’chadi. Qalbdan kelgani aql ishtirokisiz chiqaveradi. Nega? “Bular bilishadiku meni. Nima qilaman kimdir bo’lib ko’rinib”
Davosi bormi? Bor!
Har bir odamni oldia aqlingni ishlat. Qadirdoning, farzanding, ayoling, ustozing va dunyodagi eng paskash odamni oldida ham. Aql nafsni qiynaydi. Chida.
Bular sekinlik bilan *odobdan **xulqga ko’chishni boshlaydi inshaAlloh
*Zohiriy(tashqi) bo’ladi
**Botiniy(ichki) bo’ladi

QORA OQQUSH NAZARIYASI
10 yosh edim, yaqinda olingan подставка oynasini sindirib qo’ydim. Dadam ishdan kelgunlaricha qattiq daxshatga tushganman. Kelganlar, hech nima demaganlar.
Tarixdan 2 olganimda 2 hafta siqilib yurganman. “Dadam kundalik tekshirsalar tamom”. Negadir o’shandan keyin umuman tekshirmaganlar.
Kecha bir voqea bo’ldi. “Qora oqqush” nazariyasi, taqdir tushunchasi va yoshligimdan to hozirgacha bo’lgan voqeliklar miyamda bog’landi.
Ya’ni bir kishi kecha telefon qilgan, darsda edim va ko’tarmaganman. Bu inson 2 ta katta muammo bilan qilgani aniq edi. Hayolimda yechimlar qidirdim. Qaytib qilsam umuman boshqa masala..
Endi o’tirib eslang. Qaysi kutgan muammolaringiz sodir bo’lgan? Sodir bo’lgan taqdirda ham, siz hayolizdagi tasavvur darajasida sizga chidab bo’lmas og’riqlar berganmi?
Endi yana o’ylang. Hayotingizni o’zgarishiga sabab bo’lgan qaysi kulfat-u quvonchli voqealarni siz kutgansiz? Menimcha hech birini..
Xulosa
Biz, sodir bo’lish ehtimoli kam bo’lgan voqealar bilan ovora bo’lib, sodir bo’lish ehtimoli yuqori bo’lgan hodisalarni e’tiborsiz qoldiramiz. Shuning uchun xulosalarda adashaveramiz..

PAQILDOQ
9-sinfimgach har yili kamida 10–12 pochka paqildoq olardim. To’g’rimizda amakim yashaydilar.
Amakimni o’g’illari va men paqildoq bilan har xil eksperimentlar o’tkazardik. Balki yangi yil shuning uchun qiziq bo’lgandir..
Biz paqillatardik, qo’shni yoshi kattalar bizni urishishardi. Biz esa “jonga tegdi shular, qachon qutularkanmiz bizni ko’rolmaydiganlardan” derdik.
Bizga faqat qilmasligimiz, ovozi ularga yoqmasligi, yana qilsak o’zimizdan ko’rishimiz va uzoqda paqillatishimiz buyurilardi.
Bu do’q po’pisalar bizga keyingisini paqillatishga yana ham mativatsiya berardi. Farqi endi bizligimizni bildirmasdan qilish)
Aslida xatoni biz qilganmiz lekin, birorta bizni to’xtatmoqchi bo’lganlar biz bilan o’tirib gaplashib ko’rmagan. Hamma urushgan, so’kkan, qarg’agan.
Hozir 3-etajda yashayman. Pasimizda bir dona paqillasa, endi 27 yosh bo’lsam ham ovozidan cho’chib tushaman. Yoqmaydi. Endi yoshi 60 dan oshga biz qiynagan qarilar ko’z oldimga keladi..
Xulosa
1. Hamma urushish ham johillik emas, hamma indamasliklar ham ojizlik emas.
2. Kimnidir to’xtatish uchun o’zizni foyda yoki zararizni aytganiz boshqalarga qiziq emas. Uni foyda yoki zararini ko’rsating.

NEGA O’QISH KERAK
Maktabda 9 yil o’qidim. Boshlang’ich 4 yilda hamma qatori hammasi yaxshi edi. Akam, opam va onam supporterlarim bo’lishgan.
Keyingi 5 yillikda o’qishdan maqsadchalarim:
Tarixdan, 2 olmaslik uchun,
Aniq fanlarni, dadam xohlaganlari uchun,
Ingliz tilini, yosh ustozga yoqish uchun,
Ona-tili adabiyotni, ustoz qo’shnim bo’lganligi uchun,
Kimyoni, ustozdan qo’rqqanim uchun,
Biologiyani esa rasm chizish yoqqanligi uchun o’qidim.
Maqsadchalarga e’tibor bering, birortasi o’zimning foydam uchun emas. Shuning uchun maktabni bitirganimda deyarli hammasi 5, bilimim esa 0 edi.
Qisqa muddatli maqsadlar uchun o’rganilgan ilm juda tez esdan chiqadi.
Ustozlarning xatosi shu. “Nega o’rganishi kerak?” degan muhim savolga javob berishmaydi. Achinarlisi 98% ustozlar o’zlari ham bilishmaydi..(ko’rganlarim orasida)
Umumiy hisobda 10 yildan buyon matematikani ichida bo’lsam oxirgi 1 yillikda matematikani o’zimga bergan foydasini anglashni boshladim.
Shu xulosalarimni matematikaga qiziqadiganlar bilan bo’lishishni niyat qildim. Fikrlar o’ta subyektiv, foydasi esa umumiy.
Suhbat 2-yanvar 20:00 da gauss online kanalida bo’lib o’tadi. Qiziq bo’lsa marhamat qo’shilib oling.
Suhbat mavzusi: Matematikaning foydasi

QIYINLARINI HAM YECH
Ba’zi imtihonlarda savollar darajasiga qarab ball beriladi. Osoniga kamroq, qiyiniga ko’proq. Chunki, qiyinlarini haqiqiy bilimdonlar, osonini esa o’rtachalar ham yechadi.
Yuqori ball olish uchun, qiyinlarini tavakkal qilish kerak emas. Shunda barchadan ko’proq ball to’playmiz. Imtihondan o’tishga loyiq bo’lamiz.
Bir kuni Tarohev namozida odam ko’pligidan joy talashayotgan odamlarga qaratib Xoji bobo aytdilar: “Birodarlar Bomdod namoziga ham huddi shundek joy talashinglar! Masjid deyarli bo’sh bo’lyapti”
O’zimizni ovutamiz. “Chanqagan itga suv bergani uchun Jannatga kirgan foxisha” voqeasi bilan. Bu qissaning asl maqsadi nima edi o’zi?!
Qiyinlarini yechgan odam osonini ham aniq yechadi. Qiyinlarini ham o’rganish payti kelgandir. Har xolda “bir yilga qariding”
Osoni - Atrof to’g’ri qilsa ham no’to’g’ri qilsa ham ularga ergashish.
Qiyini - Atrof bilan ishing bo’lmasdan, aniq to’g’rilarini bajarish.
P.s
Ko’chadagi “otishma”lardan uyg’onib ketib yozdim.

O’ZIMIZNI ALDAYMIZ
Biz o’zimizga katta zulmlar qilamiz. O’zimizni ovutamiz, aldaymiz va yana qayta qilaveramiz.
Iphone 15 ishim uchun zarur deymiz. Qarzga bo’lsa ham olamiz. Ishdan boshqa hamma narsa uchun ishlatamiz.
“Oila qurgandan keyin ideal inson bo’laman” deymiz. Ungacha harakat yo’q. O’sha kun keldi, bitta vadaboz 2 ta bo’ladi.
2024-yil kuchli harakat qilaman deymiz, maqsadlar yozamiz. 3 oydan keyin maqsad daftarini chang ostidan topamiz.
Biz bilamiz. Lekin o’zimizni aldayveramiz. Huddi, Umraga borganda “rasmni faqat esdalik uchun oldim” deb, ularni glavni va istoriyada saqlagandek.

REYTINGINGNI KO’TAR
Har birimizni ongimizda biz taniydigan odamlarimizni reytingi bor. Kimnidir 5 ta, kimnidir 4 ta va yana kimnidir undan ham kamroq yulduzcha bilan taqdirlaganmiz.
Bu taqdirlash ularni bizni oldimizdagi harakatlariga qarab bo’lgan. Biz qaysi qadriyatga qarab yashasak shu qadriyatli insonlar biz uchun reytingi baland.
Kimnidir oldida reytingingni yuqori tutishga harakat qilar ekansan, oldin u odamni o’ziga qara. Qaysi qadriyat bilan yashaydi. Seni qaysi kriteriyalar bo’yicha baholayapti.
Shunday yulduzchalar bor ularning bittasi, o’nlab yulduzchalardanda muhimroq. Ularni kim berganiga qarab qadri oshadi. Shunday insonlar ongida reytingingni ko’tar.
“Insonlarga yoqish uchun harakat qilmayman” deymiz. Shunday insonlar borki ular ongidagi har bir yulduzchalar uchun, sen yaxshi tomonga o’zgarishga majbursan. Buyam seni foydanga aslida..
Xulosa
Muhim insonlar ongida reytingni saqlashga harakat qil. Tushsa ko’tarishing qiyin. Yomoni, tushganini bildirishmaydi.

YO’QOTISHDAN OLDIN ASRA
Toshkentga taksida qaytyapman. Shafyorni ukasining moshinasi GAIga tushibdi. 4.5 mln jarima. 3 soat qattiq siqilib keldi. Tanish topib 1 mlnga xal qildi.
3 soat oldinkidanda baxtli. Aslida u hozir 1 mln zararda, lekin kimdir 3.5 mln bergadek hursand.
Bir kursdoshim ba’zi sabablar bilan o’qishdan haydalishga buyruq chiqarildi. 1 hafta o’ta tushkun yurdi. Keyingi hafta haydalmasligi aniq bo’ldi.
Huddi o’qishga endi kirgan abituriyentga o’xshab husand yurdi. O’zi 3 yildan buyon o’qirdi shu joyga.
Bir kuni diplomlarimni 2 soat rosa qidirdim, topa olmadim. Hayolimga har xil fikrlar keldi. Barcha hujjatlarim bilan birga edi. Umidimni uzdim..
Anchadan buyon ishlatmaydigan sumkamda ekan. Huddi yangi diplom olgandek hursand bo’ldim.
Bunaqa misollar hayotimiz davomida minglab bo’ladi.
Hursand bo’lishga arziydigan juda ko’p narsalarimiz bor. Faqat ularni yo’qotib, qayta topganimizda bilamiz. Afsus, yo’qotganlarimizni hammasi qayta topilavermaydi..
Xulosa
Bor narsalaringni yo’qotishdan oldin ehtiyotini qil.

TANQIDIY SAVOLLAR
Shunaqa tanqidiy savollar beramiz, bu savollar o’zimizdan boshqa hammani tanqid qiladi.
Nega u 2000$ topadi, sifatliroq ishlaydigan men 300$ olaman,
Nega mendan kichkina jiyanimni 2 ta farzandi bor, men haliyam oilasizman,
Nega uni bemani kontentlarini 40k odam ko’radi, meniki foydaliroq lekin 1k ham ko’rilmaydi,
Nega u 2 soat dars qilib mavzuni, 5 soat dars qiladigan mendan yaxshi tushunadi,
Nega uni maqsadlari amalga oshadi,meni harakatim ko’proq bo’lsa ham natija ko’rinmaydi,
va.h.k
Harakatning barchasi ham bugungi yutuqlar bilan to’g’ri proporsional bo’lavermaydi.
Xulosa
Boshqalarni yerlariga mahliyo bo’lib, bugun o’zingni yeringni qarovsiz qoldirma. Uzoq yillarda hosilga kiradigan daraxtlar mevasi qimmatroq bo’ladi.

XATOYIMIZ CHALG’IYMIZ
Uhladim. Tushimda qora ilondan 4-5 soat qochdim. Qo’rqib uyg’ondim va tush ta’siridan ancha vaqt chiqa olmadim.
Soatga qarasam uhlaganimga endi 1 soat bo’lgan ekan. Instagram va telegram kirishim bilan haligi ilonlar tez unutilib ketti.
O’zimcha reallikka qaytdim. “Hayotingda yo’qku, hotirjam bo’l” degandek. “Balki shu yo’ldan ketayotgandirman?” degan savollar miyamdan chiqib ketti.
Bizni chalg’ishimiz, g’ofil qolishimizga sabab bo’ladi. Bu xatoni umrimiz davomida qilaveramiz, ya’ni:
Yaqinda biror tanishimiz olamdan o’tsa, qachondir aniq uni o’rnida bo’lib qolishni juda tez unutamiz,
Qo’limizni kuydirib olsak, qachondir butun tanamiz ham kuyushi mumkinligini o’ylamaymiz ham,
Ilonlarni tushda ko’rsak, hayotda bo’lmasligi bilan hotirjam bo’lamiz. Aslida bular bilan juda ko’p ogohlantirilganmiz,
va.h.k
Har bir voqeani tahlil qilsang, o’zinga to’g’ri signallarni olaverarkansan. O’zimizcha “reallikka” intilamiz. Huddi biz ko’rganlarimiz reallig-u, ko’rmaganlarimiz sarobdek.
Xulosa
Mukofotsiz qolishing seni harakatga undamayotgani normal hol emas-u, hech bo’lmasa tayin bo’lgan jazolarni bilib qo’ygin.

ISHONCH, XURMAT, BARAKA
Yillar davomida so’zimiz bilan erishgan ishonchimizni bitta amalimiz bilan yo’q qilamiz.
So’zga emas amallarga e’tiborli bo’l.
Uzoq muddatga “maskamiz” bilan erishgan hurmatni, uni bir marta uyda qoldirganda butun umrga hurmatsiz qolamiz.
Doim maskasiz yur, yoki maskani hech qachon uyda qoldirma.
Ma’lum masofani bosib o’tishdagi tezlik oshgan sari, vaqt qisqaradi. Oddiy fizik qonuniyat, chuqur falsafiy ma’no..
Tezliginga ishonma. Tezlik baraka belgisi emas.
Xulosa
Ishonch ≠ vada
Hurmat ≠ gap
Baraka ≠ miqdor
P.s
Uchalasi orasida bog’liqlik qidirishiz shart emas. Shunchaki bugun shu haqida o’quvchilarim bilan soatlab gaplashdim va shu yerga ham yozib qo’ya qoldim.

BERISHGA MAJBUR EMAS
Odamlarga nimadir ehtiyojim tushganda, doim o’zimga bir narsani eslatib turaman: “Bu odam iltimosimni bajarishga majbur emas!”
Boshqalarga qo’yilgan majburlik hissi, undan kutganingni olmasang, o’sha odamga nisbatan norozilik va nafratni uyg’otadi.
Odamlarda doim tanlov bor. Uni cheklab qo’ya olmaysan va bunga haqqing ham yo’q:
Shunchaki xohlaganing uchun, seni yaxshi ko’rishga hech kim majbur emas,
Qilgan yaxshiliging uchun, o’shani evaz qilib yordam so’raganingda kutganingni berishga hech kim majbur emas,
U uchun kimlar/nimalardandir kechganing uchun, u ham sen uchun kimlar/nimalardandir voz kechishga majbur emas,
va.h.k
Imkoni bo’la turib kutganingni bermayotgani uning muammosi, lekin shu uchun undan hafa bo’lishing bu endi seni muammoying.
Xulosa
Insoniyligi yo’q bo’lganlarga qarshi borib, insoniyligingni yo’qotma. Shunchaki evaz kutma.

TARQOQ FOKUS
Bizni qiladigan ishlarimizdan ko’ra, qilishimiz kerak bo’lganlarining o’ylovi charchatadi.
Ingliz tilidan 8 soat dars qilib, 2 soat dars qilgan do’stimdan ko’ra kam maqtov, ko’p dakki eshitardim.
To’liq semestir harakat qilib, oxirgi 2 haftada sifatliroq harakat qilgan kursdoshlarimdan ko’ra sessiyadan qiynalibroq o’tardim.
5 kunlab tayyorlangan syomkaga, operator kelib kamerani yoqishi bilan hammasini esdan chiqarib yuborardim.
Qarasam umrim kam, lekin shu ham natijasiz harakatlar bilan o’tyapti. Muhim ishlarga esa vaqtim yo’q. Stoop!
3 oydan buyon:
Syomkadan yarim soat oldin tayyorlanaman. Ungacha muhimroq ishlarim bilan band bo’laman.
Shanba kun muhim uchrashuvim bo’lsa. Juma kuni kechga yoki shanba kuni ertalab tayyorlanib olaman. Ungacha o’ylamayman.
Mayda chuyda ishlarim bo’lsa, kechishni iloji bo’lsa kechaman. Bu variant bo’lmasa hozir bajarib qutulib qo’yaman.
Falon kundan keyin yig’inga aytilsam, borish yoki bormasligimni hozir hal qilaman. Boshqa bu mavzuga qaytmayman.
Hozir fokusingni yig’ib qil yoki qilish paytigacha miyangni tinch qo’y. Uni boshqa ishlari bor.
Xulosa
Tarqoq fokus bilan qilingan harakat, natija keltirmaydi. Ajratilgan vaqtning ahamiyati yo’q.