Telegram Web Link
Berishing shart emas!

Markazimdagi o’quvchilarim bilan gaplashdim. Bitiruvchilar pul yig’ib direktorga sovg’a olib berishar ekan. Sovg’a ham juda katta. Kamiga sinf rahbarga ham. Bu paytda harajatlari 5x bo’ladi o’zi.

Sinf rahbar mayli, lekin direktorga nega? Seni maqsading bilan hisoblashib, qo’shimcha kurslaring harajatini kamaytirishing uchun maktabdan ustoz biriktirdimi?

Yoki hech bo’lmasa maqsading yo’lidagi harakatlaringa ulgurishing uchun qiziqishing yo’q fanlardan biroz yengillik berdimi?

Shunaqa paytda hamma, hammadan ajralib qolmaslik uchun beradi. Men ham shunaqa qilganman. Dadam tushuntirmoqchi bo’lsalar, mendan pulni ayayaptilar deb o’ylaganman.

Pul beradigan yaqinlarimni o’ylamasdan, hayotim uchun zarracha foydasi tegmagan insonlar uchun mantiqsiz qarorlar qabul qilganman.

Na samimiylik bor, na muhtojligi uchun yordam, na shaxsiy manfa’ating va na erishadigan obro’ying.

Agar o’zingdan so’raganingda yuqoridagilarni birortasiga ijobiy javob topilmasa, qaroringni yana bir o’ylab ko’r.

Obro’ degan javob kelsa aldanma. Bu orqali erishilgan obro’ tez esdan chiqadi. Hullas isrof qilgan bo’lasan.

Undan tashqari, bu summa sen uchun katta emasdir lekin hamma bergani uchun berishga majbur bo’lib ota-onasini qiynab qo’yadiganlar bor.

@javokhir_toshpulatov
Uzulish bo’lmasin

“Ko’payib boradigan foizlarning birinchi qoidasi, hech qachon uni behudaga to’xtatmang” – Charli Munger

9 oyda ingliz tili o’qib, darajang Intermediatega ketgan. Orada muammolar sabab ingliz tilin 1 oy to’xtatding. Endi Pre-intermediatedan qaytadan boshlaysan.

Matematikani 1 yil bosim bilan o’qiding, orada muhim sabablar bilan 1 oy to’xtatding. Qayta takrorlab olib, davom etishing uchun 2-3 oy kerak.

3 oydan buyon har kuni 50 betdan kitob o’qirding. Orada 1 hafta o’qimading. Endi yana 50 betga chiqishing uchun 2-3 hafta kerak.

Ramazon oyida Shavvol oyining 6 kunlik ro’zasini ham tutishing oson tuyulgan. Agar 5-6 kun kuch yig’ib keyin boshlayman degan bo’lsang katta ehtimol 6 kun to’liq tutolmagansan.

Qur’oni karimni 30 sahifa o’qishni odatga aylantirgan bo’lsang-u orada uzrsiz sabab bilan 3-4 kun o’qimagan bo’lsang, 30 sahifaga qaytishing uchun kamida 7-10 kun kerak.

Umuman olganda qaysidir yaxshi odatlarni yo’lga qo’ygan eding, orada muammolar sabab davom etish qiyinlashyapti. O’sha payt to’xtatma.

Oradagi qisqa muddatdagi uzulish natijani kamida 40% ga kechiktiradi. Ko’p holatda esa butkul unutishinga sabab bo’ladi.

Xulosa

Bir marta odatni o’tkazib yuborish bu kutilmagan hodisa, ikkinchi marta o’tkazib yuborish esa bu yangi odatning boshlanishi.

@javokhir_toshpulatov
O’ZI KO’P YASHAMAYMIZ

Ko’zimiz kichkina raqamni ko’rgani bilan ongimiz katta muddatni tasavvur qiladi.

Chunki 1 yilni o’tishi biz uchun sekin. Lekin birgina yil o’tgani bilan seni 365 kuning yo’q bo’ldi.

Bu kunga qo’shilib, zehning, quvvating va sog’liging ham bir qismi ketti. Yomoni esa, u qaytmaydi.

Taxminan 30 yil umring bo’lgani seni hotirjam qiladi. Shuni kunlarga o’tkazsang 10950 kun. Kutilmagan o’limni chetga surib qo’ydik.

50 ga kirgan ota-onangni ko’rasan. Gaplashishga ulguraman deb o’ylaysan.

Maksimum 10 yil qolgan bo’lsachi? Haa, hali ancha ekan, ulguraman. 10 yil bor yo’g’i 3650 kun. Shuni o’yla.

Kim uchundir asabiylashib o’tirganingda,

Vaqt ajratishing kerak narsalarni aqlan bilib ortga surayotganingda,

Muvaffaqiyatni hidi kelib turib, lekin tavakkal qilishga qo’rqib turganingda,

Boshinga mushkulot tushganida,

Kitob va instagram o’rtasida tanlovda qiynalganingda, umringni kunlarga o’tkaz. Iloji bo’lsa soatga ham. O’zi ko’p yashamaymiz.

Xulosa

Katta ko’rinayotgan kichkina sonlarga aldanma.

@javokhir_toshpulatov
SINGLIMGA MASLAHATIM

1. Qiz bola qiladigan 1-xato va 2, 3, 4-xatolar orasi juda yaqin. Birinchisidan ehtiyot ból.(24:26)

2. Iffating va obróyingni saqla. "Dunyoning ózi matoh, lekin  bu matohning eng yaxshisi soliha ayol" ta'rifiga loyiq ból.

3. Farosatli ból. Umringni oxirigacha yashaydigani farosat, husningga esa rozi bólaver. Birinchidan bunga majbursan ikkinchidan uning umri qisqa.

4. Ózing dunyoni ózgartirishga urinma, dunyoni ózgartiradigan insonning umr yóldoshi va shunday insonning onasi bólishga harakat qil.

5. Sening eng yaqin dugonang bu onang. Sirdoshing va dardkashing onang bólsin. Insonlardan esa boshqa hech kim.

6. Tahajjudga uyğonib, duoda sóraydigan insonlarga loyiq bólgin. Aks holda umring zulmatda ótish ehtimoli katta.

7. Katta masofa saqlashing kerak bólgan erkaklar bular mahramlaringdan boshqa har qanday erkak. U kim bólsa ham.(33:32)

8. Ilm óqi. Ishlagani qóymasachi dema. Ishla demadim. Ilm – qizlar uchun ishlash uchun emas, tepadagini hammasiga bir vaqtda ega bôlish uchun kerak.

P.s
Singlim yóq, ammo bólganida shu maslahatlarni bergan bo’lardim.

@javokhir_toshpulatov
Ilmsiz beshchi

Ilm bir ajib narsa. Bilganing sari bilmaganlaring ko’pligini bilib boraverasan. Bu esa seni ortiqcha gapdan tiyib turadi.

Bilimsizroq o’quvchilarim, bilimlilaridan ko’ra o’zini ko’proq bilishini iddao qiladi. Bilimsizroqlari imtihondan keyin o’zini yaxshi yechgan deb o’ylaydi. Bilimlilari esa doimgidek hayajon bilan natijani kutadi.

Natija chiqadi va u esa yana bir bor o’ziga yuqori baho qo’yganlarning fikriga tupuradi.

O’quvchilarini ilmi bilan maqtanadigan ustozlarning eng kuchli o’quvchisi, o’quvchilaridan umuman ko’ngli to’lmaydigan ustozning o’rtacha o’quvchisidan kamroq bilganiga o’zim guvoh bo’ldim.

Bir biznes trener bor. Uni gaplarini mulohaza qilmasdan eshitgan tinglovchi, uni ko’p gapirishidan juda aqilli deb o’ylaydi. Yaqinda boshqa haqiqiy ilmli trener bilan bo’lgan intervyu uning darajasi qanchalik pasdaligini ko’rsatib qo’ydi.

Ilm shovqinni yomon ko’rib, sukunatni yaxshi ko’radi. Buning g’aybiy sabablari ham bor. Lekin insonga bog’liq tomoni shuki, inson o’ziga qo’ygan bahosi uni harakatga undaydi.

O’zi uchun beshchimi, bo’ldi to’xtadi. Chunki undan katta baho yo’q. A’lochilar endi istalgancha gapirsa bo’ladi.

Ammo baho qo’yishga shoshmasdan ilm olishni davom etadigan inson bilgani sari beshga loyiqmasligni anglashni boshlaydi.

Bilmaganlari oldida bilganlari juda kamligi uni o’ziga yuqori baho qo’yishdan tiyadi. Natijada besh uchun jimgina harakatda davom etadi.

Xulosa

1. Kimnidir baholamoqchi bo’lsang quloqlaringa emas, ko’zlaringa ishon. Ko’zlar natijani ko’rsatadi.

2. Gap bilan natija teskati proporsional bo’ladi

@javokhir_toshpulatov
Ayblarini ochmang

Bir insonni ayblarini bilasan. Seni bilmaydi deb o’ylaydi. Seni bilishingni xohlamagan ayblarini bilsang ham bilishingni o’ziga bildirma.

Istalgan inson o’zining xatosini seni bilishingni xohlamagani bu u insonning oldida seni qadring borligini bildiradi. Aks holda sening u haqidagi fikring unga qiziq bo’lmasdi.

Maktabda bir 6-sinf bola bor. Uni sinfdoshlari, ustozlari va boshqa sinfdagi bollar ham uni yoqtirishmaydi. Rostdan ham xatolari ko’p.

Hamma uni xatosini yuziga solgani uchun uni hech kimga yaxshi ko’rinishga ehtiyoji yo’q. “Hamma meni yomonligimni biladik-u, bo’lganim shu..”

Katta tanaffusda meni oldimga keladi, juda ko’p gaplashamiz. Muammolarini aytadi. Unga darsga kirmaganim uchun meni u haqida hech narsa bilmaydi deb o’ylaydi. Shu sababdan menga doim o’zini yaxshi tutib beradi.

Eski maktabimda ham huddi shunaqa ko’pchilik uchun muammoli 8-sinf bola bo’lardi. Unga darsga kirmasam ham unga ta’sirim kuchliroq edi.

Ikki xil holat, mohiyat bir xil. Men ularni yaxshi deb qabul qildim va samimiy yaxshi ko’rdim, huddi ayblarini bilmaydigandek. Ular shunga loyiq bo’lish uchun harakat qilishdi.

@javokhir_toshpulatov
Katta hayot muborak

Dunyo hayotini 4 ta muhim qismi bor. Birinchisi tug’ilishdan to maktabni tugatishgacha bo’lgan davr(16–17 yil). Afsuski bu davr sen uchun bugun tugadi.

Ikkinchisi amaliy ilmlar, o’zlikni topish, insonlar-u dunyo haqida umumiy ta’surotlarga ega bo’ladigan va keyingi ikkita bosqichni qay tartibda ketishini belgilaydigan davr(25-26 yoshgacha)

Unchinchisi o’rta yosh davri. Bu davrda vaqtingni istaganingdek sarflay olmaysan. Mutloq tavakkal qila olmaysan. Chunki yo’qotish faqat senga emas oilanga ham zarar keltirishini o’ylab tavakkaldan chekinasan.

Kayfiyating, hotirjamliging, sog’liging deyarli u paytdagi o’zinga bog’liq bo’lmaydi.(Bu tahminan 50-55 yoshgacha)

To’rtinchi davr keksalik. Agar yetib kelsang ikki xil hayot kutyapti. Birinchisi ezozda, hayotda orttirgan tajribalaringni bo’lishishinga zor bo’lgan insonlarga ulashib yashash. Ikkinchisi hech kimga keraging bo’lmay xor bo’ladigan vaqtlar.

E’tibor ber, keyingi ikkitasi hosil yig’adigan davr. Buning uchun bahorda ekin ekish kerak. Ekilgan ekinlarni mehr bilan parvarish qilish kerak.

Mehnati qiyin. Rohati ham shunga yarasha albatta. Agar bahorni o’tkazib qo’ysang kuz va qishda boshqani ekinzoriga ishlab o’zing istamagan hayotda yashashga majbur bo’lasan.

Sen uchun bugun bahor. 9–11 yilni qay tartibda o’tkazding bilmadim. Lekin muhim qismdan biri ketti. Qisqagina bo’lgan yana 9–10 yiling qoldi. Haraktingni qil.

Maktabni bitirganingda ko’zingdan chiqadigan yoshlaring vaqtingni 11 yil bekor o’tkazganing uchun bo’lsin. O’yin kulgular va qo’shiq qilib kuylanayotgan “1-sevgingdan” uzoqlashayotganing uchun emas.

Hayotingizni eng muhim qismi bo’lgan ikkinchi davriga xush kelibsiz bitiruvchi uka va singillarim!

@javokhir_toshpulatov
Idishni to’g’ri tanla

Bir xil meva, navi ham bir xil. Lekin narxlar har xil bo’lganini ko’ramiz. Bunga sabab o’lchami va sifati bo’yicha saralab qo’yilganida.

Saralashlarsiz qilingan har qanday aralashma, umumiy narxni pasaytiradi. Sababi sifat eng quyisiga qarab intiladi.

Chirigan olma, bir idishda turgan qolgan sog’lom olmalarni chirishini tezlashtiradi.

Umumiy maqsadlar bo’yicha saralanmagan har qanday tanishlar, maqsadlaringdan chalg’itadi.

Saralanmagan o’quvchilar, maqsadli o’quvchilarni ham maqsadidan dastlab chalg’itadi. Keyin unuttiradi.

Saralanmagan hodimlar, yillar davomida parvarish qilib kelingan kompaniya obro’sini tushuradi. Keyin butkul ko’madi.

Xulosa

1. O’quvchi bo’lsang, saralangan maktab, litsey va universitedga bor. Loyiq bo’lmasang, tayyorlan.

2. Hodim bo’lsang, saralab olinadigan joy uchun harakat qil. Tajribang yetmasa, oshir.

Aks holda bugun sog’lomsan, ertaga sen ham chirigan olmaga aylanasan.

@javokhir_toshpulatov
Sog’ligingni asra

Maktabda o’qiganimda onam shapka kiyishga majburlar edilar. Ko’chamni boshigacha kiyib chiqib, keyin sumkamga solib olardim. Maqsad “prichoskam” buzilmasligi bo’lgan.

9 yildan buyon Toshkentda yashayman. Onam bilan gaplashganimda doim ovqatlanganimni so’raydilar. Jiddiy olmasdan shuncha yildan buyon noto’g’ri vaqtda nosog’lom taomlanib keldim.

Ta’sirchanligim, shoshqaloqligim uchun arzimas narsalarga, arzimaydigan hodisalarga va hatto arzimaydigan insonlar uchun ko’proq asabimni ketkazardim. Zararligini bilardim, lekin asorati sezilmagani uchun e’tiborsizlik qilganman.

Yaqinda shifoxonaga bordim. Shifokor menga ba’zi narsalarga nisbatan qo’ygan cheklovlari, ba’zi narsalar uchun esa allaqachon kech bo’lgani haqida aytganida esa o’ylab qoldim…

Bugun kasal bo’lganingda senga qaraydigan insonlar atrofingda bor. Lekin vaqt o’tadi bular soni kamayishni boshlaydi. Eng yomoni qariganda birovga muhtoj bo’pqolish. Ayniqsa bu birovlar ota-onadan boshqalar bo’lganida.

Oila qurarsan, farzandli bo’larsan, nevara va chevarali ham bo’larsan lekin kasal bo’lganingda ota-onangchalik hech kim seni parvarish qilmaydi. Ishon hech kim!

Inson fitratida joylangan bir hislat bor. Farzandga bo’lgan mehr ota-onaga bo’lgan mehrdan ko’proq bo’ladi. Shuning uchundir, ota-onaga qilingan yaxshilikning ajri ham ulug’roq bo’lishi.

Senga jiddiy maslahatim:

1. Sog’lom taomlan. Mevalar yegin. Undan bugun kerakli vitaminlarni olmasang, qachondir dorilar orqali olishga majbur bo’lasan. Lekin ta’siri mevanikidek bo’lmaydi.

2. Sport bilan doimiy shug’ullan. Kamida yengil bo’lsa ham har kuni yugur. Trendda bo’lgani uchun emas. Qariganda o’limingni kutib yotmaslik uchun.

3. Asabiylashma. Yurak va miya faoliyatiga jiddiy ta’siri bor. Har bir asabiylashish albatta qachondir ta’sirini bildiradi. Asabiylashib umringni qurbon qilishga arzirlik hech qanday voqelik yo’q.

4. Yoshi kattalar sog’ligingni o’ylab bergan maslahatiga amal qilaver. Ular bugun qiynalishyapti. Chunki qachonlardir senga o’xshab kattalar maslahatiga amal qilishmagan.

@javokhir_toshpulatov
Yangi challange yoxud o’zim haqimda qisqacha

1996-yil 07.07 da tug’ilganman. Qarshi shahrida.

Bog’chaga bormaganman. Sharoit sababli emas. Onam eng muhim paytdagi tarbiyamni begonalarga ishonmaganlari uchun. Buning uchun onamdan alohida minnatdorman

39-maktabni 2012-yil tugatdim. 5-sinfgacha hammaga o’xshab a’lo o’qiganman. 5-sinfdan boshlab yana hammadan qolmaslik uchun fanlardan ko’nglim qolgan.

Kollejga kirish majburiy edi. O’qish 3 yil bo’lgan. Shu paytgacha hech kim yiqilmagan yo’nalishdan 18 ball bilan men yiqilganman. Bilimim shunga loyiq bo’lgan.

Kimyo texnalogiya yo’nalishiga o’tkazib yuborishgan. Tushunmasdim, shu sohada qobiliyatim bormi yoki bu soha jamiyatga shunchalik kerak emasmi?

2012-yildan boshlab 3 yil kollejga bormasdan Matematika va Fizika bilan yashadim. Mazza. 5-9-sinfga qaytib ustozlarimga bilimimni maqtangim kelardi.

2019-yil TATUga kirdim. Kampyuter injineringi yo’nalishi. 1.5 yil kuchli ustozga shogirt tushdim. Web dasturlash o’rgandim. Uncha qizimadim.

Pul kerak edi. Pul topishga yordam beradigan qobiliyatlarimni qidirdim. Bu matematika edi. Dars o’tdim, pulim berilmadi. Qarasam yana o’tishga roziman. Demak, shu soha meniki.

2019-yilgacha 4 ta o’quv markazda ishladim. Oxirgi maoshim 3 mln bo’lgan. Bu men uchun katta pul edi. Lekin o’smayotganimni sezardim.

2019-yil. Boshlanishiga 1 mln maoshga rozi bo’lib merit educationga ishga o’tdim. Bu hayotimdagi eng ahmoqona ko’ringan aqilli qarorim bo’lgan.

2020-yil Merit school tashkil etildi. 2020-yildan 2024-yil 29-apreligacha shu maktabda dars o’tdim. Juda ko’p narsalar oldim. Hatto berganimdan ham ko’proq.

Yaqindan boshlab Rahimov schoolda o’tkan yili chala qolgan faoliyatimni qaytadan boshladim. O’qituvchilikka yaqin bo’lgan, ammo yangi sohada. Men uchun yangi challange. O’rganganlarimni esa sizlar bilan instagramda ham bo’lishib boraman.

@javokhir_toshpulatov
O’zinga ham qara

Prioritedlar o’zgarib turishi bu normal. Lekin ular orasida sog’liging va o’zingga bo’lgan e’tibor paslab ketishi bu yaxshi emas.

Turmushga chiqqan qizlarni 1-2 yildan keyin ko’rsang aksariyatini tanimaydigan ahvolga kelib qoladi. Uni tanlagan inson hozirgi ahvolga kelib qolishini bilganda balki tanlamagan bo’lardi.

Uylangan odamga o’zinga qarab yur desang, “kimdir kuyov qilarmidi” deydi. Bu ahvoli bilan kuyov qilganlarni allaqachon afsuslantirib qo’ygan bo’lishi ham mumkin.

Tashqi ko’rinishing boshqalarga sen haqingda beradigan birinchi signal. Ozoda va o’zinga yarashgan kiyim, yuvilgan soch(yoki ro’mol), cho’miltirilgan tana, qo’yilmagan qorin va h.k

O’zinga bo’lgan ishonchni oshiradigan instrumentlardan biri bu, imkoning doirasida o’zinga qarab yurishing. Bu Sunnat ham.

@javokhir_toshpulatov
Baholash kriteriyasi

Sartaroshning ishini sifatiga haqiqiy bahoni, sochning olingan kundagi holatiga qarab baho berilmaydi. Bir muddat o’sish davomida formani saqlab qolishiga qarab baho beriladi.

Quruvchilarning ishini sifatiga qurgan kundagi holatiga qarab emas, qurgan kundagi sifati vaqt bilan sinalganiga qarab baho beriladi.

Shogirt/o’quvchi bo’lsang ustozlaringa bugun senga yoqadigan qarorlari va sifatlariga qarab baho berma. 95% holatda nafsinga aldanib noto’g’ri baho berasan. Ularni maslahatiga amal qilib, natijasiga qarab baho ber.

Umuman hamma holatda: buyumlarni, hizmat ko’rsatishlarni, insonlarni vaqt bilan sinamasdan turib baho berishga ham, boshqalarga tavsiya qilishga ham shoshilma.

Xulosa

Sifat vaqt bilan sinaladi.

@javokhir_toshpulatov
Aniq bo’lsin.

Menga aniqlik yoqadi. Balki matematik bo’lganim uchundir.

Men uchun fikri muhim insonlarim soni aniq.

Bugun qilishim kerak bo’lgan ishlarim aniq. O’xshamasa B plan ham bor. Uyam bo’lmasa C.

Men yaqinlashishni xohlaydigan insonlarimning aniq kriteriyalari bor.

Yaqinlashishni xohlamaydiganlarimniki ham.

Nimalar qilgim keladi lekin qilsam zararli, nimalar qilgim kelmaydi lekin qilsam foydali. Ular ham aniq.

Bugun aniq bo’lganlari ertaga o’zgarib turishi bu normal.

Muhimi bugungi vaziyating aniq bo’lsin. Bo’lmasa oson ergashasan.

@javokhir_toshpulatov
5/5 odati

Kuchli shaxs jamoasiga qisqa tanaffusdan so’ng yana qo’shildim. Avvalgidan ancha rivojlanibdilar. Gaplari yana ham kamayib, faqat amallari bilan o’rnak bo’lyaptilar.

Bir insonning gaplari ta’sirli bo’lib, amallariga mutanosibligini ko’rsang u insonga rostakam havas qilar ekansan. Chunki bunaqalar hozir kam.

Bu turdagi insonlarni qolganlardan yaqqol ajratib turgan bitta umumiy sifati bor. Bu ham bo’lsa doimiylik.

Bajarish yoqsa yoqmasa, kayfiyati bo’lsa bo’lmasa, vaziyat to’g’ri kelsa kelmasa imkon topib doimiylikni saqlab qolishadi.

Kuzatishlarimdan so’ng o’zimni taxlil qildim. Kamchiliklarimni ko’rdim. 3 kun o’ylab, o’zimga moslab bitta qonuniyat yaratdim.

Shuni senga ham ilinmoqchiman. Faqat sharti, foydali deb bilsang sen ham kimgadir ulash.

Amal qilish uchun vaqtim yo’q dema, menda ham vaqt kam. Nega ikkalamiz ham o’zimizdan 24 soatni 5 soatini qizg’anishimiz kerak!?

Tushuntirishga o’taman. 5/5 odatingni ro’yhatini tuz. Bu nima? 5 ta odat uchun 5 soat. Qaysi biriga qanchadan va qaysi paytlarda taqsimlashingni o’zing hal qil.

Faqat o’lguningcha har kuni qil(qo’pollik uchun uzr). Orasidan natijaga maksimum erishganlaringni boshqasiga almashtirib tur. Qaytaram vaziyat qanday bo’lsa ham faqat har kuni qil.

Sen bilan shu mavzuda roppa rosa 1 yildan keyin yana suhbatlashamiz inshaAlloh. Bugun 11.06.2024-yilning yarim tuni. Vaqt ketti..

P.s
Qo’shimcha vaqti yo’qlar uchun: 5 soatni o’zingizni ijtimoiy tarmoqlardan cheklab topsangiz ham bo’ladi.

@javokhir_toshpulatov
Muhimlarini top

Hammani birdek rozi qilish mutlaqo imkonsiz..

Kimlardir yaxshi ko’rsa, kimlardir yomon ko’rishi tabiiy.

Ba’zi narsalarni xohlashing-u, ba’zilarini xohlamasliging ham.

Nechchi baho qo’yayotganlaridan ko’ra, nima kriteriyalar bo’yicha kimlar baholayotganlari muhim.

Kim va nimaga degan savollar javobi senda bo’lmasa hayoting qiyinlashadi. Bular:

1. Aynan qanday turdagi insonlar hurmatida bo’lishni xohlayman?

2. Qaysi sifatlarimga qarab hurmat qilishlarini xohlayman?

Arzimaydigan insonlar fikri uchun arziydiganlar oldidagi hurmating tushadi.

Qo’yilgan baholar seni haqdan chalg’itadi. Hotirjamliging ketadi.

Yuqoridagi savollarga javoblarni top. Safingni aniqla. Qolganlarning xohishlari-yu sen haqingdagi fikrlariga “shunchaki kulib qo’y”)

@javokhir_toshpulatov
17 yoshli qizni turmushga berishda,

Qizni o’zi: Maqsadlarimchi..

Ota-ona: Yaxshi bola ekan.

Doda, buvi: To’y ko’rmasdan o’tamanmi?

Qaynona: Tarbiyalab olasan.

Kuyov: Baraka bo’ladi.

Meditsina: Aqliy holati tayyor, jismoniy holati noma’lum.

Ustozlari: O’qishchi?

Fikrlar har xil. Manfa’atlar esa o’zlikka qaratilgan.

Insonni maqsadlar birlashtiradi. Ular turlicha bo’lsa, mustahkam munosabat asliyat ko’ringunicha bo’ladi.

@javokhir_toshpulatov
Ko’rganinga ishon

Yangi maktab. Yangi o’quvchilar. Vazifamdan kelib chiqib ilk kunlardanoq barcha o’quvchilardan imtihon oldim.

Ularni imtihondan keyingi reaksiyasi meni hayron qoldirdi: “Siz yaxshi ustoz ekansiz, bizga keyingi yil siz kirasizmi?”

Odatda o’quvchilarga hech narsa bermasdan turib ulardan nimadir talab qilgan ustoz, o’quvchilar tomondan yaxshi qabul qilinmasligi kerak.

Shunchaki imtihon vaqtidagi bir ikki og’iz qisqa dialoglarni hisobga olmasak ular meni tanimaydi ham. Hali dars ham o’tmadim.

Ularni avvalgi maktabidagi sinfdoshlari borishimdan oldin men haqimdagi iliq ta’surotlarni aytishgan ekan.

Markazimga kimnidir tavsiyasi orqali kelgan o’quvchilarning deyarli barchalari oxirigacha o’qishadi. Reklama orqali kelganlari esa 2-3 oy dan keyin to’xtatishadi.

Yomon ta’surotga ham huddi shunaqa ishonamiz. Eshitganimizga sabab qidiramiz. Yaxshi ta’surot uchun ham yomon ta’surot uchun ham sabab doim topiladi.

Natijada biz ko’rganimizni adekvat baholashimiz uchun, undan oldingi eshitganlarimiz halal beraveradi.

Xulosa

Ko’rmaguningcha eshitganlaring haqida xulosa qilma. Insonlar bo’rttirishni yaxshi ko’rishadi.

@javokhir_toshpalatov
O’qituvchilik varianti

1. Qo’rqitib qaytarish oson. Qo’rqqanlariga bildirmastan qilish undan ham oson.

2. Kimdan yolg’on eshitgan bo’lsam 90% holatda o’zim sababchi bo’lganman. Achchiq haqiqatlardan ko’ra, shirin yolg’onlarni ustun qo’yganman.

Bu o’qituvchilik faoliyatim davomida tarbiyaga oid shakllangan ko’plab xulosalardan eng muhim ikkitasi.

O’qituvchilik menga o’rgatish bilan birga o’rganishni o’rgatdi. Bollarni yaxshi ko’rishni, ularni eshitishni va tushunishni o’rgatdi.

Tushunganlarimga ko’nikishni, ko’nika olmaganlarim bilan esa kurashishni o’rgatdi.

Qaysi sohani tanlashni bilmayotgan o’quvchilarimga doim o’qituvchilikni tavsiya qilaman.

Bunga sabablar ko’p. Qizlar uchun esa eng muhim ikkita sohadan biri ham shu. To’siqlar kamroq, rivojlanish esa tez.

Boshqa sohada o’qib ham chuqurroq bilgan bitta mutaxassisliging bo’yicha o’zingni sinab ko’rsang bo’ladi. Katta ehtimol yoqib qoladi.

Amaliyot paytida o’sishdagi qiyinchiliklar uchun immunited mustahkam bo’lsa bas.

Agar prioritedlaring orasida pul yuqoriroq tursa ham shu soha yaxshiroq variant. Keyingi 3 yil ichida jamiyatimizdagi eng qimmat sohalardan biri bo’lish ehtimoli ham o’ta yuqori.

Bunga esa aniq sabablar yetarlicha. Keyingilarida shu sabablar haqida yozaman.

@javokhir_toshpulatov
Ko’z yoshlar aldaydi

Bir tanishim olamdan o’tdi. Janozaga kelganlar xayron qolib so’rashardi.

“Ertalab do’kondan kulib, nabiralariga sovg’alar olib berayotganini ko’rgandim. Kutilmaganda ketibdida?!”

Bu holat kutilmagan emasdi. Shunchaki 3 yil davosiz kasalligini oyoqda o’tkazdi. Kasalligidan foydalanib qo’llarga qarab yotmadi.

Kasallik esa oilaviy og’ir sinovlar sababidan paydo bo’lgandi.

U hursand emasdi. U shunday ko’rinib berdi..

Balki bu ham jasoratdir..

Bundan ikkita xulosa olganman:

1. Istalgan joyda tayyor turadigan ko’z yoshlarga ishonaverma. Bundaylar odatda manipulyatsiya yo’lida foydalanishadi.

2. Shunday insonlar borki ularni yaxshilab kuzatish va xolini tez-tez so’rab turish kerak. Chunki yig’lashga yetarlicha sababi borlar ko’z yoshlarini bekitishadi.

@javokhir_toshpulatov
Adolat qidirayotganlar

Yo’lbars kiyikni quvlayapti. Buni ko’rib kiyikka rahmimiz keladi. Yetolmasligini xohlaymiz. Lekin yo’lbarsni ham 1 haftalik ochlik va ochlikdan tinkasi quriyotgan bolalari kutyapti. Buni hisobga olsak, balki yetib olgani yaxshidir degan fikr keladi..

Shunday o’quvchilarim bor eng zo’r OTM ga loyiqman deb o’ylaydi. Harakatini ko’raman va hatto o’zimni o’quvchim bo’lsa ham adolat bo’lishi uchun o’rniga loyiqlar kirishini xohlayman.

Shunday hodimlar bor maoshini kamligini adolatsizlik deb biladi. Lekin berayotgan qiymati va mutaxassisligi yo’lidagi harakatlariga qarab shu maoshga loyiqligini tushunasan.

Umuman hamma, hammasidan adolat izlaydiganlar aslida adolatni faqat o’zlarini foydalariga bo’lishini xohlashadi.

Adolat kimnidir xafa qilib kimnidir suyuntiradi.

Adolatsizlik og’ir sinov. Lekin dunyo sen o’ylaganingchalik adolatsiz emas. Senga kelayotgan va senga yoqmayotgan ishlar ortida ham adolat turgandir balkim.

Chunki adolat, biz xohlaganimizga erishganimizda emas loyiq bo’lganimizga erishganimizda yuzaga chiqadi. Buni esa tan olish hammaga ham emas..

@javokhir_toshpulatov
2025/07/01 07:20:29
Back to Top
HTML Embed Code: