Oxirgisi emas
Insonlarning kichik amallariga qara. Katta amallariga ham shu yondashuvni ko’rasan.
Shaxs bitta, qadriyat bitta. Biroz kuzat, xulosa qilishing uchun ko’p holatda shu yetarli.
Men hali ko’rmadim:
Matematikani zo’r o’qigan o’quvchini qolgan fanlarga mutlaqo e’tiborsizligini. Yoki teskarisini ham;
“Hudoni o’zi kechirsin” deb yolg’on gapirganlarni qaytib yolg’on gapirmaganini;
Bir uchrashuvga ogohlantirmasdan kech qolganlarni, bu vaziyatni qaytib takrorlamaganini;
Munosabatlarimizda qo’pol xato qilgan insonlarni qaytib shunday xato qilmaganini;
Umuman hammasida..
“Bir marta bo’laveradi” degan odam uchun bu aniq birinchisi emas. Va katta ehtimol oxirgisi ham bo’lmaydi.
@javokhir_toshpulatov

Yoqtirilmaslik
6 yoshimgacha eng yomon ko’rgan odamim qo’shnimiz hamshira xotin bo’lgan. U kishining “aybi” kasal bo’lganimda kelib ukol qilganlari.
Bu mening 6 yoshgacha bo’lgan fikrlashim. Bir insonga zarar va foyda nima ekanligini tushunmasdan qo’ygan bahoyim.
Kasallarni og’riqsiz davolash imkonsiz. Biologik og’riqlarni tuzatish uchun jismlar og’tirilsa, ruhiy, aqliy va irodagagi kasalliklarni tuzatish uchun esa nafs og’ritiladi.
Tarbiya va ilm berishda ham huddi shunday og’riqlar berishga to’g’ri keladi(Gap jismoniy og’riq haqida emas).
Og’riq ko’rgan nafs egalari bunga sabab bo’layotgan insonlarni ba’zida yomon ko’rishadi. Bu norma. Kasallikning asosiy belgilari ham ayni shu.
Bunda ikkita yo’l qoladi.
1. Yomon ko’rayotgan “kasallar”ni o’z holiga tashlab ularga bugun yaxshi ko’rinish.
2. Bugun yomon ko’rilsada oxirigacha sabr qilib, o’zgargan aqilli insonning ko’p yillab xotirasida qolish.
Tarixda qolgan ijobiy o’zgarishlar ham ko’p yillab qilingan sabr natijasi bo’lgan. Payg’ambarlar tutgan yo’l bunga misol.

Singlimga maslahatlarim
1. Qiz bola qiladigan 1-xato va 2, 3, 4-xatolar orasi juda yaqin. Birinchisidan ehtiyot ból(24:26).
2. Iffating va obróyingni saqla. "Dunyoning ózi matoh, lekin bu matohning eng yaxshisi soliha ayol" ta'rifiga loyiq ból.
3. Farosatli ból. Umringni oxirigacha yashaydigani farosat, husningga esa rozi bólaver. Birinchidan bunga majbursan ikkinchidan uning umri qisqa.
4. Ózing dunyoni ózgartirishga urinma. Dunyoni ózgartiradigan insonning umr yóldoshi va shunday insonning onasi bólishga harakat qil.
5. Sening eng yaqin dugonang bu onang. Sirdoshing va dardkashing onang bólsin. Insonlardan boshqa hech kim.
6. Tahajjudga uyğonib, duoda sóraydigan insonlarga loyiq bólgin. Aks holda umring zulmatda ótish ehtimoli katta.
7. Katta masofa saqlashing kerak bólgan erkaklar bular mahramlaringdan boshqa har qanday erkak. U kim bólsa ham(33:32).
8. Ilm óqi. Ishlagani qóymasachi dema. Ilm – qizlar uchun faqat ishlash uchun emas, tepadagini hammasiga bir vaqtda ega bôlish uchun kerak.

Senga boshqaning aybini aytyapmanmi, boshqalarga sening ham aybingni aytaman.
Sening foydang uchun boshqaga adolatsizlik qilyapmanmi, qachondir boshqani foydasiga senga ham adolatsizlik qilaman.
Sening guvohligingda boshqani uzrsiz aldayapmanmi, senga ham qachondir yolg’onlar gapiraman.
Menga ishonilgan sirlarni “yaqinimsanku” deb senga aytyapmanmi. Sirlaringni menga ishonma. Senikini ham saqlay olmayman.
Shaxsiy muammolarim haqida ko’p gapiryapmanmi? Insonlarning achinishidan rohatlanadigan kuchsiz odamman.
Mening asl xulqimni jahlim chiqqanida ko’rasan. O’sha haqiqiy men. Boshqa paytdagisi emas. Qiyin paytda asl yuzlar ochiladi.
Hech kimni eshitmasdan ko’p biladigandek gapiryapmanmi, o’sha mavzudagi bilimimga shubhalan. Ko’p bilganimda ko’p gapdan tiyilar edim.
So’ramasang ham yutuqlarim haqida gapiryapmanmi, demak yutuqlarim juda kam.
Har xil turdagi insonlarga qilayotgan muomilamga qara. Kuchliga, kuchsizga, kattaga va kichikka. Mansabdorga va mansabsizga.
Darajaga qarab muomila qilayotgan bo’lsam munosabatlarda samimiyligim yo’q. Maqsad faqat shaxsiy manfaatlarim bo’lishi mumkin.
Xatolarimni ko’rsang o’zimga ayt. Qabul qilsam yaxshilanish niyatidaman. Eshitishni xohlamasam atrofimdan uzoqroq yur.
Sababi hali o’zgarish niyyati yo’q bo’lgan johil odamman. Senga ham zararim tegib qolishi mumkin.

Madaniyatli dialog
Odamlarning bergan savollari o’zlari haqida gapirib turadi.
O’rinli savolni o’rnini topib so’rash uchun ham kamida farosat bo’lishi kerak.
Uylanganmisan? Farzandlardan nechta? Oyliging qancha? va.h.k
Shunga o’xshash savollarni bermaydigan tanishlarim, beradiganlaridan ko’p jihatdan oldinda ekanligini ko’raman.
Agar seni yaqini deb bilsa bu haqida o’zi xabardor qilardi. Qilmadimi demak hali tinch. Yoki aytishni shunchaki muhim emas deb biladi.
Aqilli savollar faqat aqilli odamlardan chiqadi.
Insonlarga shaxsiy hayotlari haqida savol bermoqchisan. Avval o’ylab ko’r:
* Javobdan unga yordam kerakligini sezganingda, buni qila olasanmi? Ha bo’lsa so’ra. Bo’lmasa u mavzu haqida gapirma.
Aks holda uni yolg’on gapirishiga, muammolarini qayta eslashiga yoki kamida hijolat bo’lishiga sabab bo’lasan.
Shunchaki qiziqishingni qondirish uchun javob berishga hech kim majbur emas!
Agar so’rashda shu* filtrlar bo’lganida shaxsiy hayot haqidagi savollar kamroq so’ralar edi. Bu esa madaniyatli dialog uchun yo’l ochadi.

Katta ko’rinayotgan kichkina sonlar
Ko’zimiz kichkina raqamni ko’rgani bilan ongimiz katta muddatni tasavvur qiladi.
1 yilning o’tishi biz uchun sekindek. Birgina yil o’tgani bilan seni 365 kuning yo’q endi.
Bu kunga qo’shilib, zehning, quvvating va sog’ligingni ham bir qismi ketti. Yomoni esa u qaytmaydi.
Taxminan 30 yil umring bo’lgani seni hotirjam qiladi. Shuni kunlarga o’tkazsang 10950 kun. Kutilmagan o’limni chetga surib qo’ydik.
50 ga kirgan ota-onangni ko’rasan. Gaplashishga ulguraman deb o’ylaysan.
Maksimum 10 yil qolgan bo’lsachi? Haa, hali ancha ekan, ulguraman. 10 yil bor yo’g’i 3650 kun. Shuni o’yla.
Kim uchundir asabiylashib o’tirganingda;
Vaqt ajratishing kerak ishlarni aqlan bilib ammo ortga surayotganingda;
Muvaffaqiyat ehtimoli yuqori bo’lib, tavakkal qilishga qo’rqib turganingda;
Kitob va instagram o’rtasida tanlovda qiynalganingda;
Boshinga mushkulot tushgani seni foydali amallardan to’sayotganida;
Umringni kunlarga o’tkaz. Iloji bo’lsa soatga ham. Katta ko’rinayotgan kichkina sonlarga aldanma.

Poklanish oyi
Dunyodagi eng katta baxt bu qalb hotirjamligi. Bunga esa ruhiy tarbiya bilan erishiladi.
Ruhning tarbiyasi uchun eng qulay oy keldi.“Shayton yo’ldan uryapti” ni ishlatishga hayo qilinadigan oy keldi..
Nafsning o’zi ham 70 ta shaytonni kuchiga teng. “Biz nega Ramazonda ham yomon ishlarni to’xtatishga qiynalamiz” degan savolga shu javob.
Sen bu qiyinchilikka yengilma. Qolgan oylarnikiga nisbatan bu qiyinchilik osonroq.
Nima yomon odatlaringni tark qilib, o’rniga yaxshilarini shakllantirmoqchi bo’lsang mana senga Ramazon oyi. Keyingisiga yetasanmi, yo’qmi.
O’zing bilan adolatli kurashish uchun bu qulay oy. Bu kurashda faqat sen va nafsing. Shaytonlar esa kishanlangan. Bu kurashda senga omad tilayman.
Ramazon oyi muborak!

Qayerga kirgani muhim
OTMlar reytingi o’z bitiruvchilarini necha foizi ishga joylashganligiga qarab belgilanadi.
4-kursning oxirgi oylarida edim. Diplom olishim kerak. Dekanat mendan ishga qabul qilinganlik haqida hujjat olib kelganimdan keyin diplom berilishini aytgan.
Ishga borsam esa avval diplom olib kelishimni so’ragan. Mantiqan bunisi to’g’ri.
Hullas bir amallab diplomsiz (vaqtincha) ishga joylashdim. Maqsad ishlash emas, diplomimni olish.
Keyin tushundim. Shu ta’lim sifati bilan bizning universited qanday qilib Respublikada yuqori uchtalikda ekanligini.
Ustoz, maktab va universited tanlayotganda bitta narsaga aldanma. Sonlarni sun’iylashtirish mumkin lekin sifatni sun’iylashtirib bo’lmaydi.
Ularning nechta bitiruvchisi o’qishga yoki ishga kirganiga qarab emas qayerlarga kirganiga qarab tanlagin.

“Sevimli” ustoz bo’lish
1 haftada faqat 2 soatim bo’sh. Shulardan birida tashqarida o’tirganimda ustozi darsga kirmagan 3-sinflar darslariga kirishimni so’rashdi. 1 ta darsga kirdim.
O’shandan buyon shu sinf o’quvchilari meni ko’rishganda doim men dars o’tishimni so’rashyapti. Buni chetdan ko’rganlar darsni qoyillatibdi deb o’ylashadi. Umuman unaqa emas. Lekin buni haqiqiy mutaxassislar tushunadi.
Nega o’quvchilarning barchalari uchun darsim qiziqdek tuyuldi?
1. Menda bu dars uchun yelkamda mas’uliyat yo’q edi. O’zi bitta darsku. Shundoq ham ustozi yo’q ediku.
2. Yelkamdagi mas’uliyat yo’qligi darsda faqat o’yinlar bilan o’tishga imkon berdi. 10 ta ma’lumot berishga imkonim bo’lib turib 2-3 ta bilan cheklandim.
3. Dars faqat o’yinlar shaklida bo’lgani uchun ular erkin o’tirishdi. Partani ustiga chiqib olganda ham, bir-birovini qo’ynida o’tirganda ham bor ovozda baqirishganda ham deyarli hech narsa qila olmadim. 8 dan 11-sinfgacha o’qitganim uchun bu holatni birinchi marta ko’rayotgan edim.
4. Kam narsa o’rgatganim uchun ularga uy ishi ham bera olmadim. Berganimda ham so’ray olmasdim. Qaytib kira olmaganim uchun emas. Kam narsa o’rgatganim uchun. O’yin bilan darsni o’tkazganim uchun.
5. Mendan keyingi ustozga ham zarar berdim. O’quvchilar taqqoslashibdi. Javohir ustoz zo’r o’tar ekanlar deyishibdi. Bu gaplar ustozga stress beradi. Sababi u o’quvchilar uchun mehnat qilib eshitmagan maqtovni men o’ynatib eshitib kettim.
Bu darsim haqida o’zimning xulosam: Men 3-sinflarni eplay olmadim. Ammo sevimli bo’lib qo’ydim. Qoyilmisiz)
“Sevimli” ustoz bo’lishning eng oson usullari:
1. Masuliyatni o’zingizga olmaysiz. Bu hotirjamligingizni taminlaydi.
2. Hammani qiziqtirish uchun yuklama bermasdan dars o’tasiz.
3. Uy ishi bermang. Maqsad ular fanni o’rganishi emas 100% qiziqtirish edi. Chalg’imang.
4. Xatolar qilishsa jiddiy ogohlantirmang. Yoqtirmay qolishlari mumkin. Ularning bu xatolar bilan uzoq yillar qiynalgani “sevimli ustoz” bo’lishingizdan ko’ra muhim emasku.
Bu to’rt xulosa sezganingizdek sarkazm. Haqiqiy xulosani keyingi postda yozaman.

Ustoz
Yangi o’quvchilar kelishganda ularning bilimi, xulqi, irodasiga qarab mendan oldin o’qitgan ustozining mehnat sifatini ko’raman.
Ba’zilari 30 minut bir joyda o’tirib mavzu o’rgana olmaydi. 10 ta misolni ketma-ket yechishga toqati yo’q. Mustaqil 1 soat o’z ustida ishlashdan ko’ra sabablar romanini to’qib kelishni afzal ko’radi.
Bu bugun bo’lib qolmadi. Bu shunchaki fandagi ilmsizlik emas. Bu insonni butun umr o’ziga va atrofdagilarga zarari tegadigan irodasizlik harakteri.
Meni o’ylantiradigani shu. Matematika bilmasa ham yashab ketar. Ingliz tili bilmasa ham o’qishga kirar. Fizika o’rganmasa ham muhandis bo’lar.
Lekin birinchi kelgan qiyinchilikdan maqsadini qayta ko’rib chiqaversa;
Maqtov eshitishni yoqtirsayu lekin shunga munosib yoki munosib emasligini o’ylab ko’rmasa;
Bir yutuqqa loyiq bo’lishdan oldin uni past baholab tursa;
Muvaffaqiyat yashiringan xatorlardan qo’rqsa-yu soatlab vaqtni va zehnini telefon orqali o’ldirishdan qo’rqmasa;
Xatolarini aytganda o’ylab ko’rish o’rniga aytuvchini o’ziga dushman bilib tursa.
Bu harakatergan aylanish jarayonida bo’lgan odat.
Bunday o’quvchilarning xatolari ustozlarning eslatma va prinsiplari orqali bugun to’g’irlashga xarakat qilinishi shart.
Bugun hotirjamlik uchun e’tiborsiz qoldirilsa bu o’quvchilar ertaga boshqa ustozni undan keyin ota-onasini kelajakda esa o’zini va qo’l ostidagilarni qiynaydi.
Eng kuchli o’qituvchilar:
O’quvchilariga fanning o’zini berishdan tashqari shu fan orqali ularga kuchli harakter shakllantirishga ko’mak beradigan insonlar. Shu o’qituvchilar ustozlar bo’lishadi.
Balki shular: “Albatta, ulamolar payg‘ambarlarning vorislaridir.”
Abu Dovud (3641) shu maqomga tushishar.
Sababi yo’lda qarshiliklar ko’p uchraydi. O’quvchining o’zi, ba’zida ota-onalar va hatto maktab. Qilingan mehnat samaralarini esa shogirtlari yillar o’tib tushunishadi.

Gap va amal
15 daqiqa kech qolgan o’quvchilarimni, qolganlarning vaqtiga xiyonat qilganlikda aybladim. Vaqt qadri haqida o’zimcha nimalarnidir tushuntirdim.
O’sha kuni, o’sha darsda qolgan 30 minut va undan keyingi shu sinfdagi 1 soat darsimni qo’shib o’zimga bog’liq bo’lmagan sabab bilan o’ta olmay qoldim.
Muhim ish bilan chaqirib qolishdi. Yangi mavzuni esa matematikani to’liq tugatgan o’quvchimdan o’tib qo’yishini aytib yubordim.
Aslida bu norma. Lekin bu ko’p yillik o’quvchilarim tomonidan qarasa norma. Chunki ular bilishardi men darsimni shunchaki tark qilmasligimni.
Lekin hali o’qitayotganimga bir yil bo’lmagan o’quvchilarim uchun bu holat hurmatimning bir parchasi ketishiga sabab bo’ladi.
Endi men bu sinfdan kamida 3 ta xato qilish imkoniyati qarz bo’ldim. Aniqrog’i: Endi bu sinf o’quvchilarini darsga vaqtida kelishlarini talab qilishim qiyinlashadi.
Voqealar ildizida albatta sabablar bo’ladi. Kim uchundir muhim sabab kimlar uchundir arzimasdek.
Vazifa qilmagan o’quvchida ham, kech qoladiganiga ham, hatto darsga kirmagan o’quvchida ham o’zi tomondan qarasa sabab bor.
U uchun muhim sabab, holis baho berganda muhim bo’lmasligi mumkin. Bu o’sha insonning mas’uliyati va o’ziga nisbatan talabchanligidan kelib chiqib belgilanadi.
Xulosa
1. O’zimizga nisbatan talabchan bo’la olmasak, qo’l ostimizdagilarga nisbatan ham talabchan bo’la olmaymiz.
2. Ba’zi insonlarning noroziligidan qochib ko’plab haqdorlarning haqqini unutib qo’yamiz.
3. Gapimiz bilan amalimiz to’g’ri kelmasa gapimiz ta’siri ham, e’tibori ham bizni hurmat qiladiganlar oldida yo’qolib boraveradi.

Loyiqlarni rozi qil
Shunday insonlar bor, agar o’zing xohlamasang ulardan foyda olmasliging mumkin lekin norozi qilsang aniq zarar ko’rasan.
O’quvchilarimga ham tez-tez eslatib turaman. Falonchi ustozni rozi qil, falonchini darsiga kech qolma, bu fanni yaxshi o’qi, bunisini hurmatini joyiga qo’y..
Hamkasbim sifatida qaysi ustozlarimiz o’quvchilar uchun eng ko’p qayg’uradi, O’quvchilarini kelajagini ko’proq o’ylaydi, ishiga rostakam masuliyat bilan yondashadi, o’quvchilarini nafsiga yoqmasa ham negativlarga chidab ularni yaxshisiga majburlaydi va.h.k.
Ularning mehnati o’quvchilarga bugun sezilmasligi mumkin, biroq bir xil faoliyatda bo’lganligimiz uchun bizga tezda ko’rinadi.
Eng ko’p mehnat qilayotgan faningdan yaxshi natija xohlaysanmi? O’sha fanni zo’r o’qish bilan birga;
Maqsadlaring orasida bo’lmagan fanni ham, uztozlarini ham eng kamida hurmatini joyiga qo’yishing shart.
Agar ular senga o’z fanlarini o’rgatish uchun pok niyyat bilan harakat qilayotgan bo’lishsa ularni norozi qilishing qimmatga tushadi.
A tomondagi natija, B tomondagi roziliklarga bog’liq bo’lishini yillar davomidagi tajribamda ko’rdim. Ko’ryapman ham.
Xulosa
Muvaffaqiyat nafaqat harakatdagilarga, balki loyiqlarni rozi qilganlarga ham ergashadi.

Natija gapirsin
Odatda ishini sifatsiz qiladiganlar, sifatlilari soni kam bo’lganligi uchun uni e’tirofiga o’zi shoshadi.
Bu huddi: Vazifalarini odatda to’liq bajarmaydigan o’quvchilar, to’liq bajarganda tekshirtishga shoshganidek.
O’z fazilatini o’zi e’tirof e’tib turgan insonlarning fikrlarini mayli eshit. Lekin xulosani eshitganinga qarab qilma.
Fazilatlilar o’z fazilatlarini gapirmaydi. Gapirolmaydi. Bunga ehtiyoj sezmaydi. Sezishyaptimi shaxsiy manfa’atlar ko’zlanyapti. Kamida e’tibor yoki obro’.
5-sinf o’quvchim bo’lar edi. Qur’on hofizi ekanligini 2 yil o’qitganimdan keyin bilganman. Shunda ham o’zidan emas.
Boshqa o’quvchimni 2 pora yodlagan ekanligini aynan o’zidan bir necha marta qayta eshitganman. So’ramasam ham)
Ishingni doim sifatli qil. Kimdir ko’radimi, ko’rmaydimi farqi yo’q. Sifatli bo’lsa natijasini xohlasang ham berkitolmaysan.
Endi qilayotganlaring haqida gapirmasdan tura olmayapsanmi, niyyatlaringni qayta ko’rib chiq. Nimadir нито.(31:18)

O’qituvchi tanlash
Vazifalar bermayapman. Yoki berganimda ham davomiy bajarmayapsan. Men esa hali ham jimman:
Unda darsimni o’ta sifatsiz o’tyapman. Darsimda borimni berganimda, vazifalar qilinmasa indamay tura olmas edim.
Dars qoldiryapsan, kirmayapsan, kechikyapsan shunda ham jahlim chiqmayapti:
Fanimni ham o’zimni ham va seni ham hurmat qilmaydigan o’qituvchiman.
Fandan tashqari ham kamchiliklaringni ko’ryapman, lekin uni noto’g’riligini senga aytmayapman:
Seni kelajaging menga umuman qiziq emas.
Muammolaringni eshitish, unga yechimlar berish o’rniga doim o’zimnikini gapirish bilan ovvoraman:
O’zimdan mazlum yasab maza qiladigan, shaxsiyatsiz o’qituvchiman. Meni eshitma.
Xulosa
1. Sen uchun yaxshisini xohlagan ustozlar, nafsing bilan kurashishga senga yordamchi bo’ladi. Bu kurash yoqimli bo’lmasligi o’ta tabiiy.
2. O’ziga nisbatan talabchan bo’lgan insonlarning asosiy belgisi: Atrofdagilarga nisbatan ham talabchan bo’ladi. Ular ko’nmaydi. Ko’nolmaydi.
3. Eng ko’p vaqt o’tkazadigan ustozlaring senga fanidan tashqari, qadriyatlarini ham singdiradi. Shu asosida haraktering shakllanadi. Shuni hisobga olib ustoz tanla.

O’quvchilarimga eslatma
1. 2 yildan buyon 3 ta fan o’qiyotgan tengdoshing uchun ham, 1 ta fanni o’rganishni orqaga surayotgan sen uchun ham shu 2 yil bari-bir o’tdi.
O’rganish boshida azob, natija ko’rinishni boshlagach rohatga aylanadi. Qisqa muddatlik azobdan qochib o’rganishni tashlab ketish, butun umr yomon hissiyotlarni beradi.
2. O’qishing uchun ustozing tushuntiradi, urushadi, jazolaydi va hatto iltimos ham qiladi. Ammo o’qishing o’zing uchunligini his qilmasang sifatsiz dars qilishing davom etaveradi.
Sifatli dars qilish o’ziga go’zal natijani, sifatsizi esa pushaymonlikni ergashtiradi.
3. Bugun qilmayapsan. Ertaga natija seni hafa qilsa taqdirni ayblama. U senga sinov emas bugun qilmaganing jazosi bo’ladi.
4. Kunlik 2 soatlik dars qilishing seni hotirjam qilmasin. Sen uchun fantastika bo’lgan kunlik 8-10 soat vazifa qiladiganlar sen bilan raqobatlashish kunini kutib o’tirishibdi. Va ular juda ko’p.
5. Dunyo sen o’ylaganchalik adolatsiz emas. Bu yerda sen qancha eslatmalarga qaramasdan dankasalik qilganingda u yerdagi karrasiga ko’p shug’ullanadigan o’quvchilar natijasiz qolsa.
6. Bugundan sifatli o’qi. Kimlardir majburlashini kutma. Majburlikdan yolg’on bilan chiqish oson. Bu yolg’on ularni emas o’zingni aldab qo’yadi.
10 yildan keyin bugun majburlaganlar atrofingda bo’lishmaydi. O’qimaganing uchun o’rningga ular emas, ilmsiz qolgan o’zing qiynalasan.

Himmatli bo’l
Shanba yoki yakshanba kunlari dars qo’ysam hamma kelishi shart.
Imtihon yoki olimpiadalarga yaqin qolganda ertalab 06:30 da ham qo’shimcha darslar qo’yaman. Unda ham kelish majburiy.
Bunday vaqtlarda dars o’tishimiz muhimligini avval tushuntiraman. Rozi bo’lishsa undan keyin dars qo’yaman.
Rozi bo’lib darsga kelmaganlarni tushuna olishim qiyin bo’ladi. Odatiy darslarimga kela olmaganlardan ko’ra ko’proq hafa bo’laman.
Dam olish kunlari o’zimga vaqt ajratishim uchun eng qulay kunlar. 06:30 ham nimadir o’rganishim uchun barakali vaqt.
Majburiyatimga kirmaydigan vaqtdan tashqari dars o’tishim bu sen uchun. Natijang uchun. Raqobatchilaringni kamida harakatimiz bilan yengishimiz uchun.
Sen uchun boshqalar himmat qilganda, o’zing uchun o’zing himmat qila olmasang hech qanday natijaga loyiq emassan.

“Tezroq oila qur!”
Uylanmagan do’stlarim bilan suhbatlashamiz. Ular oila, farzand tarbiyasi va erkaklik burchlarini ba’zi uylanganlardan ko’ra yaxshiroq his qilishadi.
Biz ta’limdagi insonlarmiz. Uylanib farzand tarbiyasini eplay olmasdan farzandi qanchalik ularni qiynayotganini ko’ramiz.
Bog’bonni xatosini bog’mon, sartaroshnikini sartarosh va tarbiyadagi xatolarni esa tarbiyachi ko’radi.
Hayotni kichik sinovlarini kuchli zarbadek qabul qilib ajrashayotgan oilalarni ko’ramiz. Qiynalayotganlar esa bolalar.
Ayolni eri oldidagi haqqi, erni esa ayolini oldidagi. Bularga e’tibor bermasdan yashab kamiga nima bo’lsa ham tezroq oila qurishni maslahat berayotgan insonlarga,
Oilasi parokanda. Ammo turmush o’rtoq tanlashni o’rgatayotgarga esa chidab bo’lmaydi. So’ralganda berilgan maslahat bu boshqa.
Bularni har kuni ko’rib yashayotganlar tabiiy ehtiyot bo’lishadi. Bu degani ular harakat qilmayapti degani emas.
Ular ehtiyotkor bo’lishadi.
Bu ularni oila masuliyatidan qochayotganini bildirmaydi. Hadisga e’tiborsizligini ham.
Shunchaki jamiyat qilayotgan ba’zi xatolardan xulosalar olib harakatlanayotgan bo’lishi ham mumkin.
Oddiy va umumiy qoida bor. Loyiq bo’lganing keladi. Moddiyat qo’rquviga o’xshab ko’rinayotgan harakatlar Ohirat qo’rquvidan bo’lishi ham mumkin.
Oilasizlarni orzusidagiga loyiq bo’lib olishlari uchun vaqt bering.

Mehrga muhtoj bo’lmaysiz
10 yildan buyon Toshkentdaman. Onam Qarshida. Onam bilan telefonda har kuni kamida 45 daqiqa suhbatlashamiz. Ba’zida 2 soatdan ham oshib ketadi.
Shunday qilishim kerakligi uchun emas, balki suhbatlashib huzur-halovat topganim uchun.
Bu yaqindan boshlab bo’lmadi. Kichikligimdan onam bilan eng yaqin do’stlarim bilan gaplashgandek erkin gaplashardim.
Xatolarimni tushuntirganlar. Ishlarim o’xshamay qolganda, ishi yurishayotganlar bilan taqqoslamaganlar.
Ketma-ket muammolarga kirib qolganimda motivatorim ham onam bo’lganlar. Hozir ham shunday.
Bitta uyda yashab kuniga 15 daqiqa ota-onasi bilan suhbatlashmaydiganlar ko’p. Bu muammo. Bunga faqat bitta tomon sababchi bo’lmaydi.
Bu yillar davomida yig’ilib kelgan ota-onalar xatosi. Farzandning xatosi esa vaqt ajratishi shartligini bilsa ham buni qilish uchun o’zini majburlay olmayotgani.
Qariganingizda, yolg’iz qolganingizda farzandingiz ajratayotgan vaqt, berayotgan mehr bu har qanday hadiyadan karrasiga ustun turadi.
Bu uchun farzandingiz kichikligidanoq harakatni qilib qoling. Ular yoshligidan vaqt ajrating, suhbatlashing. Maqsadlariga ishoning. Tushuning. Xato qilsa tushuntiring. Hech qachon “Yaxshiroq”lar bilan taqqoslamang.

Bitta ustozni o’zi kamlik qiladi.
Bir ustozni o’quvchilariga fanni o’rgatishi uchun vaqt, sabr, bilim va tajriba kerak bo’lsa,
Ularni kuchli harakterli, intizomli va tarbiyali qilish uchun doimiy darsga kiradigan kamida 2 ta ustozni yordami ham kerak bo’ladi.(Ota-ona effekti u boshqa masala)
Ulardan talab qilinadigani:
To’g’ri maslahat, o’quvchilardan keladigan maqtovlarga behojatlik hissi, o’rinsiz etirozlarga e’tiborsizlik immunitedi, mas’uliyat va amali bilan kuchli shaxsiyat.
Agar shunday ustozlar atrofingizda topilmasa o’quvchini o’zgartirish karrasiga qiyinlashadi. Bilimi o’saveradi, qolgani turaveradi.
Xususiy maktabda dars o’tishni endi boshlaganman. O’quvchilarni maktabga kelmaganidan davomat pastligi masalasida rahbariyat bilan ko’p talashardim. Menga berilgan eng noto’g’ri maslahat esa:
“Javohir o’ylamang. Hamma matematik bo’lmaydiku”. Bu fakt. Lekin sabablarga javobgarmiz natijaga emas. Aynan o’sha o’quvchilar birorta fanni o’rganmasdi.
Ularga nisbatan bo’lgan shunaqa munosabat o’quvchilarni shu ahvolga tushurganini keyingi 4 yillik tajribamda ko’ryapman.
Ustozlarning bundan keyingi vazifasi faqat fanni o’rgatish emas. Fan o’rgatish davomida fan atrofidagi barcha narsani o’rgatish. Aks holda o’rgangan fani hech qanday foyda bermaydi.
Bular: Mas’uliyat, farosat, intizom va to’g’ri qadriyat.

Kamtarroq bo’l.
Suhbatlashganimda eng maza qiladigan suhbatdoshlarim kamtar insonlar. Amallari sifatli inson amalini gap bilan habada qilishdan tiyiladi.
Kamtarlik ilmsizlik belgisi emas. Ko’p gapirish esa ilmlilik beligisi emas.
Shu oddiy qoidani ko’pchilik tushunmaydi. O’zini e’tirof etib o’tiradigarni eng zo’rlari deb o’ylashadi.
Ishoning unaqa emas!
Qanchalab ilmli insonlarni ko’rdim, suhbatlashdim birga ishladim. Ular gapirishdan ko’ra eshitishni afzal ko’rishadi.
So’ramasangiz o’zlari haqlarida gapirishmaydi. O’zlari qoyillatgan ishlardan misollar keltirishmaydi.
Gap ochilganda tajribasiz paytida qilgan xatolarini bemalol ayta olishadi. Ularga seni ular haqidagi fikring muhim emas.
Har 8 ta gapidan 7 tasida o’zini maqtaydiganlar bilan suhbat boshlansa tugashini kutaman.
Yaqinim bo’lsa argumentlar so’rab tasdiqlab olaman. Yaqinim bo’lmasa “hmm” deb bosh chayqab turaveraman. Bu ishonganim emas tugatishini kutayotganimni bildiruvchi signal.
Xulosa
1. Yaxshi suhbatdosh bo’lishingiz uchun o’zingiz haqingizda kamroq gapiring. Ayniqsa yutuqlaringiz haqida.
2. So’ramasangiz ham o’zini e’tirof etadiganlar e’tiborsiz qolgan insonlar bo’lishadi. Ko’pi o’zlaridan eshitganingizdek bo’lmaydi.