Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
#Eʼlon #HayʼatYigʻilishi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at yig‘ilishi

2025-yil 15-mart kuni Jizzax shahridagi Jizzax politexnika institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hayʼat yigʻilishi oʻtkaziladi.

👥 Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizim tashkilotlari mutasaddilari, barcha oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirok etadi.

Shuningdek, institut hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bogʻi”da koʻchat ekish marafoniga start beriladi.

Yig‘ilish qatnashchilari muqobil energiya manbalarini tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi va Jizzax yoshlar texnoparki faoliyati bilan tanishtiriladi.

Kun yakunida esa “BYD Uzbekistan” va “ADM Jizzakh” korxonalarida dual ta’lim jarayonlarini namoyish etish rejalashtirilgan.

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Forwarded from Edu.uz
2025/07/04 14:30:53
Back to Top
HTML Embed Code: