Telegram Web Link
⚡️Turk tilidan milliy sertifikat imtihonlari ko‘p darajali shaklda o‘tkaziladi

❇️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-son qaroriga asosan turk tilidan milliy sertifikat imtihonlari ham ko‘p darajali (multi-level) shaklda o‘tkazilishi belgilandi. Shunga ko‘ra 2025-yildan boshlab Bilimni baholash agentligi tomonidan turk tilidan milliy sertifikat imtihonlari (multi-level) shaklda tashkil etiladi.

📆 Talabgorlar 2025-yil 1-yarmida turk tilidan o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlarining o‘tkazilish jadvali bilan ushbu havola orqali tanishishlari mumkin.

🖥 Shuningdek, turk tilidan milliy serifikat testining yangi formati, namunaviy test topshiriqlari hamda baholash mezonlari bo‘yicha agentlikning rasmiy veb-sayti orqali ma'lumot olishlari mumkin bo‘ladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Guruh nazoratchiligiga nomzodlar diqqatiga!

📣
Ma’lumki, 2024-yil 6-dekabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun birinchi tanlov e’lon qilingan edi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar bilan 2025-yil 6-7-yanvar kunlari suhbat o‘tkaziladi.

📱 Nomzodlar suhbat kuni, joyi hamda vaqtini my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga birinchi tanlov” bo‘limi orqali bilishlari va suhbatda ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

‼️Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan xizmat ko‘rsatish shartnomasi rasmiylashtiriladi.

🔗 Havola: https://my.uzbmb.uz/service/32

Izoh: tanlovning suhbat bosqichiga kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Talabgorlar diqqatiga!

❇️ Ma’lumki, 2025-yildan boshlab kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari yangi formatda o‘tkaziladi. Talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida kimyo va biologiya fanlaridan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi, baholash mezonlari hamda namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi.

❇️ Mazkur fanlardan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar quyidagi havolalar orqali spetsifikatsiya, baholash mezonlari hamda namunaviy test topshiriqlari bilan tanishishlari mumkin:

👉 kimyo fanidan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi va baholash mezonlari;

👉 biologiya fanidan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi va baholash mezonlari;

👉 kimyo fanidan namunaviy test topshiriqlari;

👉 biologiya fanidan namunaviy test topshiriqlari.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Talabgorlarga qulaylik!

❇️ Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz sayti orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin.

❗️Bunda talabgorga Bilimni baholash agentligining hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori qaytariladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🎄YANGI YILINGIZ QUTLUG' BO'LSIN!

❄️ Bilimni baholash agentligi Jizzax viloyati bo'limi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy muborakbod etadi.

❄️2025-yil jonajon O'zbekistonimiz uchun yanada barakotli bo'lishini, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar yurtimiz ravnaqi, uning taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo'lida xizmat qilishini tilaymiz!

Aziz vatandoshlar! Yangi yilingiz qutlug' bo'lsin!!!
⚡️ Diqqat TANLOV!

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq kimyo va biologiya fanlaridan A+ va A darajali sertifikatga ega bo‘lgan fan mutaxassislarini Bilimni baholash agentligi tanlov asosida jamoatchi (tashqi) ekspertlikka taklif etadi.

Murojaatlar 2025-yil 6-yanvarga qadar qabul qilinadi.

👉 Kimyo fani uchun batafsil: https://forms.gle/Q3L4wYKPTg8F9G4p8

👉 Biologiya fani uchun batafsil: https://forms.gle/LHiJ4v66w3dDrRGL9

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram (https://www.tg-me.com/BaholashUz) | Facebook (https://www.facebook.com/dtmuzb/) | Instagram (https://instagram.com/dtmuzb/) | YouTube (https://www.youtube.com/@BaholashUz)
Fanlar majmuasi 2025-2026 o‘quv yili qabuli uchun.pdf
228 KB
#abituriyent_2025
#fanlar_majmuasi

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

📚 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi.

📌
Mazkur fanlar majmuasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.


👉 Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ovozli_chat
Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha ovozli chat

📆
2025-yil 6-yanvar kuni soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz)da  ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi formati bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Diagnostiktest
Oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun test sinovlariga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?

❇️ Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

♻️ Oliy ta'lim muassasasiga kirish orzusidagi abituriyentlar, ustozlar va ota-onalar! Tayyorgarlik jarayonida egallagan bilimingizni sinab borishingiz va test materiallari bilan tanishib borishingiz uchun albatta diagnostik test materiallaridan foydalanishingiz zarur bo‘ladi.

Diagnostik test materiallaridan foydalanish uchun my.uzbmb.uz/service/10 ga murojaat qilinadi.

Test materiallari va test topshiriqlari aynan test sinovlarida foydalaniladigan formatda ishlab chiqilgan.

Ro‘yxatdan o‘tib buyurtma berishda biror muammoga duch kelsangiz 72 226 12 96 telefon raqami orqali yoki @dtm_jizzax_bot bot manziliga yozib bizga murojaat qiling.

BBA Jizzax viloyati bo'limining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Youtube
#Ovozli_chat
Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha ovozli chat

📆
Bugun soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz)da  ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi formati bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tili(turk tili) imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

🔔Chet tili(turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 12-yanvar kuni;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 13-yanvardan 22-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-01-08

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#video_chat
Kimyo fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha videochat

📆
Bugun soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz)da  videochat o‘tkaziladi.

Videochat kimyo fanidan milliy sertifikat imtihonining yangi formati bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kimyodan milliy sertifikat
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat

2025-yil 9-yanvar kuni kimyo fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat

2025-yil 9-yanvar kuni kimyo fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Testsinovlari
Turk tilidan milliy sertifikat imtihoni o‘tkaziladi

📆 Ma'lumki, 12-yanvar kuni Turk tilidan milliy sertifikat test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Turk tilidan milliy sertifikat imtihoni ham endi ko‘p darajali formatda otkaziladi.

Jizzax viloyatida test sinovlari Jizzax politexnika institutining ma'ruzalar zali binosida o‘tkaziladi.

📌 Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/KtxE7az2CQFDvi4d9

Hurmatli talabgorlar test sinovlari o‘tkaziladigan binoga ruxsatnoma ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmasdan kelishlaringiz so‘raladi.
Kelish vaqti:
1-smenada soat 07:30 ga qadar;
2-smenada soat 12:30 ga qadar.


BBA Jizzax viloyati bo'limining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Youtube
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 19-yanvar kuni;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 20-yanvardan 31-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-01-15

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 25–26-yanvar (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Talabgorlar diqqatiga!

❇️ 2025-yildan boshlab kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari yangi formatda o‘tkaziladi. Talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida kimyo va biologiya fanlaridan namunaviy test topshiriqlari(o‘zbek tilida) e’lon qilingan edi.

❇️ Mazkur fanlardan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar quyidagi havolalar orqali qoraqalpoq va rus tillaridagi namunaviy test topshiriqlari bilan ham tanishishlari mumkin:

👉 kimyo fanidan namunaviy test topshiriqlari;

👉 biologiya fanidan namunaviy test topshiriqlari.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Biologiya milliy sertifikat 2
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat

2025-yil 21-yanvar kuni biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat

2025-yil 21-yanvar kuni biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 01:37:32
Back to Top
HTML Embed Code: