Forwarded from Bilimni baholash agentligi
⚡️ Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun tanlov
📣 Bilimni baholash agentligi 2025-yilda Agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun 2-tanlovni e’lon qiladi.
✅ Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣-bosqich — nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.
2️⃣-bosqich — nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va yakuniy nazorat sinovi o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
3️⃣-bosqich — nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.
📌 Mazkur tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
📆 Buning uchun talabgorlar 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining "Guruh nazoratchiligiga 2-tanlov" bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
❗️ Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣 Bilimni baholash agentligi 2025-yilda Agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun 2-tanlovni e’lon qiladi.
✅ Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣-bosqich — nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.
2️⃣-bosqich — nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va yakuniy nazorat sinovi o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
3️⃣-bosqich — nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.
📌 Mazkur tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
📆 Buning uchun talabgorlar 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining "Guruh nazoratchiligiga 2-tanlov" bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Bilimni baholash agentligi
Munosabat
Ma’lumki, 25–26-yanvar kunlari kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilgan edi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda talabgorlar tomonidan turli munosabatlar bildirildi. Shundan kelib chiqqan holda Bilimni baholash agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Talabgorlarga umumta’lim fanlaridan bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori bilan tartibga solinadi.
Mazkur qarorning 3-bandiga asosan umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni berish uchun tuziladigan test savollari davlat ta’lim standartlariga mos ravishda hamda ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilishi belgilangan va savollar talabgorlarning bilim darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan.
Test topshiriqlari fan ekspertlarining ijod mahsuli hisoblanadi va u darsliklar emas, balki o‘quv dasturlari asosida shakllantiriladi.
Pedagogik o‘lchovlar nazariyasiga ko‘ra faqat qiyinlik darajasi past bo‘lgan test topshiriqlari bilan talabgorlarning bilim darajasini baholashning imkoni mavjud emas. Shu sababli nafaqat O‘zbekiston Respublikasida, balki rivojlangan mamlakatlar tajribasida ham bilim darajasi maqsadga muvofiq bo‘lgan meʼyorda - turli qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari bilan aniqlanadi. Bundan tashqari standartlik va qiyinlik darajalari meʼyorini taʼminlash uchun test variantlarida test topshiriqlari spetsifikatsiya asosida dasturda qamrab olingan mavzular va qiyinlik darajalari bo‘yicha taqsimlanadi.
Xususan, biologiya hamda kimyo fanlaridan qisqa javobni talab etuvchi ochiq test, kengaytirilgan javobni talab etuvchi ochiq test (ya’ni yozma ish), yopiq test topshiriqlaridan foydalanilgan.
Test tuzuvchilar test topshiriqlarini kiritayotganda bu topshiriqlarni bajarish uchun qanday ko‘nikmalar (malakalar, kompetensiyalar) ishga solinishi lozimligini tahlil qilishadi, bu ko‘nikmalar testning maqsadi bilan qay darajada mos ekanligiga baho berishadi.
Xorij tajribasini o‘rganish hamda aprobatsiya natijalarini hisobga olgan holda kimyo va biologiya fanlaridan milliy test sinovi tizimi uchun test spetsifikatsiyasi qayta ishlab chiqildi va Bilimni baholash agentligining 2024-yil 24-dekabrdagi 9-son Ilmiy-metodik kengashida tasdiqdan o‘tkazildi.
Yozma ishlarni bajarish uchun ketadigan vaqt me’yorlari xorij tajribasini o‘rganish hamda aprobatsiya natijalarini hisobga olgan holda (3 ta yozma ish uchun 80 daqiqa) belgilangan.
Test sinovi natijalari Rash modeli asosida ilmiy tahlil qilinadi, tahlil natijalariga ko‘ra test topshiriqlarini takomillashtirish, Rayt xaritasiga ko‘ra test variantida har bir qobiliyat darajasiga mos test topshiriqlari mavjud bo‘lishi yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi. Mazkur takliflar Bilimni baholash agentligining Ilmiy-metodik kengashida muhokama qilinadi. Ilmiy tahlillar asosida test topshiriqlari qayta ishlanadi. O‘tkazilgan har bir milliy sertifikat imtihonidan so‘ng talabgorlarning test natijalari tahlil qilinadi va tahlil natijalari agentlikning rasmiy veb-saytida talabgorlar diqqatiga havola qilinadi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:

#Uchrashuv
Yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
❇️ Joriy yilning 4-fevral kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo‘limi xodimlari tomonidan Baxmal tumanidagi 1-sonli umumta'lim maktabi bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda umumta'lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari hamda o‘qituvchilar ishtirok etdi.
✅ Uchrashuvda yoshlarga quyidagilar haqida batafsil ma'lumotlar berildi:
🔴 Oliy ta'lim muasasalari bakalavriatiga qabul jarayonlaridagi yangiliklar;
🔴 Chet tilidan milliy sertifikat imtihonlari haqida;
🔴 Umumta'lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari haqida;
🔴 Repetitsion-diagnostik test sinovlari to‘g‘risida.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, yoshlar tomonidan qolaversa o‘qituvchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi hamda ularning taklif va mulohazalari tinglandi.
BBA Jizzax viloyati bo'limining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Youtube

⚡️Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga qabul boshlandi
✅ Huquqni muhofaza qilish akademiyasi 2025-2026-o‘quv yili uchun "Tergov faoliyati" bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga qabul boshlanganini e'lon qiladi. O‘qishga qabul qilish shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishsh mumkin:
👉 https://proacademy.uz/uz-cyr/news/view?alias=2261
—
✅ Правоохранительная академия объявляет о начале приема на направление бакалавриата "Следственная деятельность" на 2025-2026 учебный год. С условиями приема можно ознакомиться по ссылке:
👉 https://proacademy.uz/ru/news/view?alias=2261
📣Akademiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Facebook | Instagram | Twitter | You Tube

Oliy ta'lim muassasalariga qabul jarayonlari bo‘yicha uchrashuv
❇️ Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo‘limi xodimlari tomonidan 2025-yilning 5-fevral Baxmal tumanidagi 6-sonli umumta'lim maktabining bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
✅ Uchrashuvda yoshlarga quyidagilar haqida batafsil ma'lumotlar berildi:
🔹 Oliy ta'lim muasasalari bakalavriatiga qabul jarayonlaridagi yangiliklar;
🔹 Chet tilidan milliy sertifikat imtihonlari haqida;
🔹 Umumta'lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari haqida;
🔹 Repetitsion-diagnostik test sinovlari to‘g‘risida.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, yoshlar tomonidan qolaversa o‘qituvchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi hamda ularning taklif va mulohazalari tinglandi.
BBA Jizzax viloyati bo'limining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Youtube
Oliy ta'lim muassasalariga qabul jarayonlari bo‘yicha uchrashuv
❇️ Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo‘limi xodimlari tomonidan 2025-yilning 5-fevral Baxmal tumanidagi 6-sonli umumta'lim maktabining bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
✅ Uchrashuvda yoshlarga quyidagilar haqida batafsil ma'lumotlar berildi:
🔹 Oliy ta'lim muasasalari bakalavriatiga qabul jarayonlaridagi yangiliklar;
🔹 Chet tilidan milliy sertifikat imtihonlari haqida;
🔹 Umumta'lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari haqida;
🔹 Repetitsion-diagnostik test sinovlari to‘g‘risida.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, yoshlar tomonidan qolaversa o‘qituvchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi hamda ularning taklif va mulohazalari tinglandi.
BBA Jizzax viloyati bo'limining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Youtube
Forwarded from Bilimni baholash agentligi
#natija_chet tili
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2025-yil 19-yanvardan 31-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 8–12-fevral kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2025-yil 19-yanvardan 31-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari davom etmoqda
✅ Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarini o‘zlashtirganlik darajasi test sinovlaridan o‘tkazilmoqda.
📅 Test sinovlari 21-fevralga qadar davom etadi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
✅ Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarini o‘zlashtirganlik darajasi test sinovlaridan o‘tkazilmoqda.
📅 Test sinovlari 21-fevralga qadar davom etadi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Bilimni baholash agentligi
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
✏️imtihonning yozma qismi — 15-16-fevral kunlari;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 17-fevraldan 11-martga qadar bo‘lib o‘tadi.
📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-02-12

👨🦯 Ko‘zi ojiz talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini baholash malaka imtihoni o‘tazildi
❇️ Joriy yilning 14-fevral kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ko‘zi ojiz hamda zaif ko‘ruvchi talabgorlar uchun qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan maxsus dastur yordamida chet tilini bilish darajasini baholash malaka imtihoni o‘tkazildi.
⏰ Test sinovlarida talabgorlarning Tinglab tushunish hamda Gapirish ko‘nikmalari baholanib, test sinovlarini bajarish uchun talabgorlarga jami 45 daqiqa vaqt ajratiladi.
Test sinovlari jarayonida talabgorlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. Har bir talabgor uchun tashkiliy masalalarda ko‘maklashish uchun 1 nafardan guruh nazoratchisi biriktirildi.
Talabgorlar test sinovlarining tashkillashtirish jarayoni haqida hamda imtihon o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan maxsus dasturning imkoniyatlari haqida ijobiy fikrlarni bildirdilar.