Telegram Web Link
#Qabul2025 #Abituriyent2025

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2025-2026-o‘quv yili
da oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️ 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi.

📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

⚡️ Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

❗️Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

⭐️ Barcha abituriyentlardan ruxsatnomalarini yuklab olishlari so‘raladi!!!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
format tafsilotlari va namunaviy topshiriqlar.pdf
273.7 KB
📢 DIQQAT! Yozish bo‘limi formati yangilanmoqda

📅 2025-yil oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha ko‘p darajali (multilevel) tizimning yozish bo‘limi formati va baholash mezonlarini yangilash rejalashtirilmoqda.

🧪 Yangi format 2025-yil avgust oyida aprobatsiyadan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📄 Yuqorida siz yangi format bo‘yicha topshiriqlar tafsilotlari va namunaviy topshiriqlar bilan tanishishingiz mumkin.

✉️ O‘z fikr va mulohazalaringizni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025 #Abituriyent2025

📌 Test sinovlarini o‘tkazish tartibi (o‘zbek tilida)

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025 #Abituriyent2025

📌 Test materiallaridan foydalanish (o‘zbek tilida)

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2025 #Abituriyent2025

Hurmatli abituriyentlar!


Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!

📱 2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:

🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.

❗️ Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.

📌 Yodingizda bo‘lsin:

Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.

❗️Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2025 #Abituriyent2025

Test sinovi o‘tkaziladigan binolar

📌 Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar:

👉 https://uzbmb.uz/page/test_2025

👨🏻‍💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.

⚡️ Hurmatli abituriyentlar! Test sinovlariga kech qolmang! O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) ASLINI va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2025 #Abituriyent2025

DIQQAT! DIAGNOSTIK TESTLAR ISHGA TUSHIRILDI

📌 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qo‘llanilishi rejalashtirilgan test topshiriqlari asosida onlayn diagnostik testlar ishga tushirildi.

🧾 Diagnostik testlar quyidagi fanlar bo‘yicha:
▪️ tarix
▪️ matematika
▪️ fizika
▪️ biologiya
▪️ kimyo
▪️ geografiya
▪️ ona tili va adabiyot
▪️ chet tili
▪️ davlat va huquq asoslari
▪️ majburiy fanlar

📥 Testlarda ishtirok etish uchun havola:
👉 https://my.uzbmb.uz/service/43

📊 Test natijalari yechilgan zahoti onlayn tarzda ko‘rsatiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025 #Abituriyent2025

📌 Работа с тестовыми материалами (на русском языке)

Смотреть на YouTube (в HD-формате)


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

14-iyulidan 23-iyuliga qadar respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari tashkil etiladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kengaytirilgan yigʻilish bo‘lib o‘tdi

🔹 Bugun Bilimni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich rahbarligida Agentlik markaziy apparati hamda hududiy bo‘limlar xodimlari ishtirokida 2025–2026-o‘quv yili uchun oliy va professional taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarini yuqori saviyada o‘tkazishni ta’minlashga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📄 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–81-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qaroriga muvofiq, test sinovlarini amaldagi tartib-qoidalarga qat’iy rioya etgan holda, xavfsiz, adolatli va shaffof tarzda tashkil etish bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🖥 Shuningdek, test sinovlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari, jumladan test sinovlari o‘tkaziladigan binolarning yakuniy holati yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilish yakunida Agentlik xodimlari zimmasiga test sinovlarini abituriyentlarning xavfsizligini taʼminlagan holda, tartibli, adolatli va shaffof tarzda o‘tkazish vazifasi yuklatildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📌 #Qabul2025 | #Abituriyent2025

Test sinovlarida ishtirok etmaydigan abituriyentlar haqida

🧾 Joriy yilda 678 nafar abituriyent fanlar majmuasiga mos milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgani sababli test sinovlaridan ozod qilingan hamda ularga ruxsatnoma shakllantirilmagan. Ular quyidagi ballar bo‘yicha taqsimlangan:

▪️ 189 ball – 361 nafar
▪️ 180–189 ball oralig‘i – 207 nafar
▪️ 170–180 ball oralig‘i – 57 nafar
▪️ 160–170 ball oralig‘i – 46 nafar
▪️ 150–160 ball oralig‘i – 3 nafar
▪️ 126 ball (ijodiy imtihon topshiradi) – 3 nafar
▪️ 96 ball (ijodiy imtihon topshiradi) – 1 nafar

🗓 Test sinovlari yakunlangach, ushbu abituriyentlar qabulning ikkinchi bosqichida, 15 kun davomida quyidagilarni tanlaydi:

Oliy ta’lim muassasasi
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
Ta’lim shakli
Tanlov ustuvorligi

⚠️ Eslatma: Belgilangan muddatda tanlovni amalga oshirmagan yuqoridagi toifaga kiruvchi abituriyentlar oliy ta’lim bakalavriati tanlovida ishtirok eta olmaydi va talabalikka tavsiya etilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hurmatli abituriyentlar!

Ertadan barcha hududlarda 2025–2026-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlanadi.

Test sinovlari har kuni ikki smenada:

1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📝 Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi!

Shu sababli test sinovlariga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport (ID-karta)ning asli va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishni unutmang!

Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2025.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

Barchangizga omad!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2025/07/14 02:49:48
Back to Top
HTML Embed Code: