Telegram Web Link
#Qabul2024
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

🏢 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 19–20-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida test sinovlari o‘tkazildi.

🚦Test sinovlarida 40 897 nafar talabgor ishtirok etdi. 2 902 nafar talabgor qatnashmagan bo‘lsa, 83 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

🎙 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari bugun my.uzbmb.uz saytida e'lon qilinadi.

📱Talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin bo‘ladi.

Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.


Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov2024 #Abituriyent2024
⚡️Professional ta'lim muassasalariga tanlov davom etmoqda

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 27-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari mumkin.

❗️Abituriyentlarga tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirish imkoniyati beriladi.

🗓 Abituriyentlarning professional ta’lim muassasasiga tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

⭐️ Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun (2024-yil 24-avgust kuni) 19:00 dan 22:00 ga qadar Bilimni baholash agentligining uzbmb.uz, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlarida profilaktika ishlari olib boriladi.

Shu sababli bugun soat 19:00 dan 22:00 ga qadar uzbmb.uz, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlarida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Statistika

⚡️ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar

👨🏻‍🎓 Joriy yilda test sinovi natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

🙋🏻‍♂️ 96 516 nafari (51,6 %)erkaklar;
🙋🏻‍♀️ 90 355 nafari (48,4 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

🎓 Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarda ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan ko‘proq ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan:

👉 erkaklar — 18 572 nafar (45,1%);
👉 ayollar — 22 581 nafar (54,9%).

🟢 2024—2025-o‘quv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha yoshi 19 yoshni (erkak va ayollarda bir xil) tashkil etdi.

📌 Talaba bo‘lgan ayollarning eng yoshi 15 yosh bo‘lsa, eng yoshi kattasi 69 yosh, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 15 va 60 yoshni tashkil etadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat
Oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul bo‘yicha ovozli chat

📆
Bugun 11:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da  ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Audio
#Ovozli_chat   #Qabul2024   #Abituriyent

2024-yil 27-avgust kuni 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda

📆 2024-yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari o‘tkaziladi.

Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 15-avgustdan boshlab my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tmoqda. 14-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.

❗️Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlar bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravarida to‘lov qilishadi.
15-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi muddati sanaladi.

Eslatma: chet tillaridan malaka imtihonlarining 2024-yil 2-yarimyillik uchun jadvali tez kunlarda e'lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam)

2024-yil 18-sentabr kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi.

📍 Test sinovi QQR, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (119 000 so‘m) - ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🏢 Talabgorlarning ro‘yxatdan o'tishlari va https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 12-sentabr kuni soat 18:00 ga qadar to‘lov qilishlari lozim bo’ladi.

⚠️ Natijangizni 🤖 @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏢 Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formatining approbatsiyasi

Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish (ingliz, turk, fransuz, nemis, arab tillari) ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi.

🗺 Ushbu yangi formatdagi approbatsiya test sinovi 2024-yil 10-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Ilmiy o‘quv-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️ Approbatsya test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 8-sentabr kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service platformasi orqali ro'yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 8-sentabr soat 08:00 gacha
💰 Narxi: 25 000 so‘m.
🗓 To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 8-sentabr soat 10:00 gacha

📱 @bba_ilmiy_markaz
📱 https://www.tg-me.com/BaholashUz/6512
📞 (95) 507-70-72
📞 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Chet tillaridan yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 18-30-sentabr kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 16-sentabr kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefon:
(95) 515-68-68,
(95) 507-70-72.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 Aniq va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholash bo'yicha test topshiriqlarini shakllantirish o‘quv dasturi asosida malaka oshirish kurslari

Malaka oshirish kurslari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, darslar 18-30 sentabr kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 16-sentabr kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

🗃 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefon:
(95) 515-68-68

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon uchun to‘lov https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service “Ilmiy markaz” bo‘limi platformasi orqali amalga oshirilmoqda va 13-sentabr soat 10:00 ga qadar davom etadi.

❗️ Imtihon 14-sentabr kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni e‘lon qilinadi.

🌐 TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati taqdim etiladi (asl sertifikat 10 ish kunida yetib keladi).

💰 Imtihon topshirish narxi 1 050 000 so‘m.

🕯 Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

🔹 TOEFL ITP — ma’lumot (https://www.ets.org/toefl) | qo‘llanma (https://www.ets.org/content/dam/ets-org/pdfs/toefl-itp-test-taker-handbook.pdf)

📱 @dtmtoefl

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xorijiy til sertifikati borlar talaba bo‘lgan

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi 81-son farmoniga muvofiq 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

💯 Joriy 2024/2025 o‘quv yili qabulida ham fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha talabalikka tavsiya etilganlarning asosiy qismini xorijiy tildan sertifikatga ega abituriyentlar tashkil etadi. Jumladan, davlat grantiga yuz foiz (nemis va fransuz tilini istisno qilganda) chet tillaridan sertifikatga ega abituriyentlar tavsiya etilgan.

📌 Ma'lumotlar bilan rasmda batafsil tanishish mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihonlarini o‘tkazish sanalariga o‘zgartirish kiritildi

📆 Ma'lumki, joriy yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura va doktorantura)ga hujjatlarni qabul qilish 15-oktabrda yakunlanishi va talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda imtihon sanalariga o‘zgartirish kiritilmoqda.

📍 Shunga ko‘ra ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlari 21–22-sentabr kunlari o‘tkaziladi.

🖥 Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Bunda 9-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning, 10-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Professional ta'lim muassasalarining yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2024 #Natija

2024–2025-o‘quv yili uchun professional (kollej yoki texnikum) ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Abituriyentlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz saytida shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Jizzax viloyatidan 11 056 nafar yoshlar 2024-2025-o‘quv yili qabulida oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga talabalikka tavsiya etildi
#Qabul2024 #Natija

Avval xabar berilganidek, 2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari joriy yilning 17-avgust kuni e'lon qilindi.

📌 Yakuniy tanlov natijalariga ko‘ra, Jizzax viloyatidan jami 46 504 nafar abituriyentlar imtihonlarda ishtirok etgan bo‘lib, shundan 11 056 nafari (23,77 foizi) talabalikka tavsiya etildi. 35 448 nafar abituriyentlar yetarli ball to‘play olmaganligi uchun talabalikka tavsiya etilmadi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo'limining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook
⚡️ Chet tili imtihoni uchun 27–29-sentabr sanalarini tanlagan talabgorlar diqqatiga!

‼️ Chet tillaridan imtihon o‘tkazish sanalariga o‘zgartirish kiritilgani sababli 27–29-sentabr sanalarini tanlagan talabgorlar uchun ham imtihonlar 21–22-sentabr kunlari o‘tkaziladi.

📌 Talabgorlar aynan qaysi sana va smenada test sinovida ishtirok etishlarini shaxsiy kabinetlari orqali imtihon o‘tkazilish sanalaridan kamida uch kun oldin test sinovi ruxsatnomasi orqali bilib olishlari mumkin.

❇️ 27–29-sentabr sanalarini tanlagan talabgorlardan shaxsiy kabinetlarini kuzatib borishlari so‘raladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Talabalikka tavsiya etilgan Jizzaxlik abituriyentlarning 46,8 foizi ayollar
#Qabul2024 #Natija

👨🏻‍🎓 Joriy yilda test sinovi natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga Jizzaxlik 11056 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

🙋🏻‍♂️ 5 682 nafari (53,2 %)erkaklar;
🙋🏻‍♀️ 5 374 nafari (46,8 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

🎓 Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarda ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan ko‘proq ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan:

👉 erkaklar — 987 nafar (42,6%);
👉 ayollar — 1327 nafar (57,4%).

Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo'limining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook
2025/07/08 15:38:46
Back to Top
HTML Embed Code: