Telegram Web Link
🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️

📚 Umumta’lim fanlaridan milliy test tizimi uchun ona tili, tarix, matematika va fizika fanlaridan repetitsion test sinovlari (diagnostik test) uchun ro‘yxatga olish boshlandi

📖 2024-yil 13-noyabr kuni soat 9:00 da Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Umumta’lim fanlaridan milliy test tizimi uchun 🇺🇿 ona tili, 🏛 tarix, matematika va 🌓 fizika fanlaridan navbatdagi diagnostik test sinovi o‘tkaziladi.

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lovni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🗓 Ro‘yxatga olish muddati – 7- noyabr 10-00 ga qadar.
💳 To‘lov qilish muddati – 7- noyabr 10-00 ga qadar.
👥 Test o‘tkazish kuni – 13-noyabr.

⚠️ Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68.

llmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz
🇺🇸🇺🇸🇺🇸 😊😊😊

Chet tilini (🇺🇸 ingliz, 🇩🇪 nemis, 🇸🇦 arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi

2024-yil 13-noyabr kuni soat 9:00 da Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi.

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🗓 Ro‘yxatga olish muddati – 7-noyabr 10:00 ga qadar.
💰 To‘lov qilish muddati – 7-noyabr 10:00 ga qadar.
📆 Test o‘tkazish kuni – 13-noyabr.

⚠️ Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68.

🏢 @IlmiyMarkazUz
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 21-oktabrdan 5-noyabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 13–15-noyabr kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari

📆 Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2024-yil 17-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari 1 smenada tashkil etilib, 10:00 dan 13:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan o‘tkaziladi.

Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.

👨🏻‍💻 Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqt (soat 08:30)dan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari o‘tkazildi

📆 2024-yil 17-noyabr kuni Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari o‘tkazildi.

📌 Test sinovlarida 3 351 nafar talabgor ishtirok etdi.

📚 Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan o‘tkazildi.

📌 Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Test sinovi aprobatsiyadan o‘tkazildi

❇️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son farmonida ko‘zi ojiz shaxslarga xorijiy tillarni o‘rganishda qulay va maqbul muhitni yaratish vazifasi qo‘yilgan edi. Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan maxsus format ishlab chiqilib, aprobatsiyadan o‘tkazildi.

🏛 Aprobatsiyada respublikaning turli hududlarida istiqomat qiluvchi I va II guruh nogironligi bo‘lgan 90 nafar ko‘zi ojiz talabgor ishtirok etdi.

Aprobatsiya sinovi natijalari Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan tahlil qilinib, yanada takomillashtiriladi hamda ko‘zi ojiz shaxslar uchun xorijiy tillar bo‘yicha sertifikat imtihonlari kelgusida alohida formatda o‘tkaziladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️test sinovining yozma qismi — 23–24-noyabr kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 25-noyabrdan 13-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-11-20

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 1-dekabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 2–3-noyabr kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi

Bilimni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

📚 Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari mumkin.

📍 Diagnostik test materiallari har hafta barcha hududlarga yetkaziladi va talabgorlar test materiallarini agentlikning hududiy bo‘limlaridan olib ketishlari mumkin bo‘ladi.

👨🏻‍💻 Mazkur xizmatdan foydalanish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishlari mumkin.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🖥 2024-yil 2-dekabrdan ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 8-dekabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️9-dekabr
– to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda

📅 28-29-dekabr kunlari o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda.

➡️ Ro‘yxatga olish 14-dekabrga qadar;
➡️ To‘lov qilish 15-dekabrga qadar;
➡️ Test sinovlari o‘tkaziladigan kunlar 28-29-dekabr;
➡️ Tillar: Ingliz, nemis, fransuz, ispan, uyg‘ur va hind.


❗️Ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlarida ishtirok etib, kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga qabulda chet tili fanidan test sinovlarisiz maksimal ball beriladi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo'limining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook
Umumta'lim fanlaridan milliy sertifikat navbatdagi test sinovlari 21-22-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi

📅 21-22-dekabr kunlari o‘tkaziladigan umumta'lim fanlaridan milliy sertifikat test sinovlari uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda.

🔴 Ro‘yxatga olish 2-8-dekabr kunlari;
🔴
To‘lov qilish 9-dekabrga qadar;
🔴
Fanlar: Ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot;
🔴
To‘lov miqdori 506 250 so‘m;
🔴
Natijani e'lon qilish 2025-yil 23-yanvar.

❗️Ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz orqali amalga oshiriladi.

Sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔵 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔵 B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔵 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

BBA Jizzax viloyati bo'limining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook
2025/07/13 01:40:50
Back to Top
HTML Embed Code: