Telegram Web Link
Fanlar majmuasi 2025-2026 o‘quv yili qabuli uchun.pdf
228 KB
#abituriyent_2025
#fanlar_majmuasi

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

📚 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi.

📌
Mazkur fanlar majmuasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.


👉 Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ovozli_chat
Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha ovozli chat

📆
2025-yil 6-yanvar kuni soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz)da  ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi formati bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Diagnostiktest
Oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun test sinovlariga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?

❇️ Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

♻️ Oliy ta'lim muassasasiga kirish orzusidagi abituriyentlar, ustozlar va ota-onalar! Tayyorgarlik jarayonida egallagan bilimingizni sinab borishingiz va test materiallari bilan tanishib borishingiz uchun albatta diagnostik test materiallaridan foydalanishingiz zarur bo‘ladi.

Diagnostik test materiallaridan foydalanish uchun my.uzbmb.uz/service/10 ga murojaat qilinadi.

Test materiallari va test topshiriqlari aynan test sinovlarida foydalaniladigan formatda ishlab chiqilgan.

Ro‘yxatdan o‘tib buyurtma berishda biror muammoga duch kelsangiz 72 226 12 96 telefon raqami orqali yoki @dtm_jizzax_bot bot manziliga yozib bizga murojaat qiling.

BBA Jizzax viloyati bo'limining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Youtube
#Ovozli_chat
Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha ovozli chat

📆
Bugun soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz)da  ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi formati bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tili(turk tili) imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

🔔Chet tili(turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 12-yanvar kuni;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 13-yanvardan 22-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-01-08

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#video_chat
Kimyo fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha videochat

📆
Bugun soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz)da  videochat o‘tkaziladi.

Videochat kimyo fanidan milliy sertifikat imtihonining yangi formati bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kimyodan milliy sertifikat
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat

2025-yil 9-yanvar kuni kimyo fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat

2025-yil 9-yanvar kuni kimyo fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Testsinovlari
Turk tilidan milliy sertifikat imtihoni o‘tkaziladi

📆 Ma'lumki, 12-yanvar kuni Turk tilidan milliy sertifikat test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Turk tilidan milliy sertifikat imtihoni ham endi ko‘p darajali formatda otkaziladi.

Jizzax viloyatida test sinovlari Jizzax politexnika institutining ma'ruzalar zali binosida o‘tkaziladi.

📌 Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/KtxE7az2CQFDvi4d9

Hurmatli talabgorlar test sinovlari o‘tkaziladigan binoga ruxsatnoma ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmasdan kelishlaringiz so‘raladi.
Kelish vaqti:
1-smenada soat 07:30 ga qadar;
2-smenada soat 12:30 ga qadar.


BBA Jizzax viloyati bo'limining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Youtube
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 19-yanvar kuni;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 20-yanvardan 31-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-01-15

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 25–26-yanvar (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Talabgorlar diqqatiga!

❇️ 2025-yildan boshlab kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari yangi formatda o‘tkaziladi. Talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida kimyo va biologiya fanlaridan namunaviy test topshiriqlari(o‘zbek tilida) e’lon qilingan edi.

❇️ Mazkur fanlardan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar quyidagi havolalar orqali qoraqalpoq va rus tillaridagi namunaviy test topshiriqlari bilan ham tanishishlari mumkin:

👉 kimyo fanidan namunaviy test topshiriqlari;

👉 biologiya fanidan namunaviy test topshiriqlari.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Biologiya milliy sertifikat 2
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat

2025-yil 21-yanvar kuni biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat

2025-yil 21-yanvar kuni biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi

2025-yil 20-yanvar kuni Jizzax viloyatida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi.

BBA Jizzax viloyati bo'limining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Youtube
#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 26-dekabrdan 2025-yil 17-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 27–29-yanvar kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 12-yanvardan 22-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan turk tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 30-yanvardan 3-fevralga qadar my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun tanlov

📣 Bilimni baholash agentligi 2025-yilda Agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun 2-tanlovni e’lon qiladi.

Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqich — nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.

2️⃣-bosqich — nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va yakuniy nazorat sinovi o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

3️⃣-bosqich — nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.

📌 Mazkur tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

📆 Buning uchun talabgorlar 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining "Guruh nazoratchiligiga 2-tanlov" bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

❗️ Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Munosabat

Ma’lumki, 25–26-yanvar kunlari kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilgan edi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda talabgorlar tomonidan turli munosabatlar bildirildi. Shundan kelib chiqqan holda Bilimni baholash agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Talabgorlarga umumta’lim fanlaridan bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori bilan tartibga solinadi.

Mazkur qarorning 3-bandiga asosan umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni berish uchun tuziladigan test savollari davlat ta’lim standartlariga mos ravishda hamda ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilishi belgilangan va savollar talabgorlarning bilim darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan.

Test topshiriqlari fan ekspertlarining ijod mahsuli hisoblanadi va u darsliklar emas, balki o‘quv dasturlari asosida shakllantiriladi.
Pedagogik o‘lchovlar nazariyasiga ko‘ra faqat qiyinlik darajasi past bo‘lgan test topshiriqlari bilan talabgorlarning bilim darajasini baholashning imkoni mavjud emas. Shu sababli nafaqat O‘zbekiston Respublikasida, balki rivojlangan mamlakatlar tajribasida ham bilim darajasi maqsadga muvofiq bo‘lgan meʼyorda - turli qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari bilan aniqlanadi. Bundan tashqari standartlik va qiyinlik darajalari meʼyorini taʼminlash uchun test variantlarida test topshiriqlari spetsifikatsiya asosida dasturda qamrab olingan mavzular va qiyinlik darajalari bo‘yicha taqsimlanadi.

Xususan, biologiya hamda kimyo fanlaridan qisqa javobni talab etuvchi ochiq test, kengaytirilgan javobni talab etuvchi ochiq test (ya’ni yozma ish), yopiq test topshiriqlaridan foydalanilgan.

Test tuzuvchilar test topshiriqlarini kiritayotganda bu topshiriqlarni bajarish uchun qanday ko‘nikmalar (malakalar, kompetensiyalar) ishga solinishi lozimligini tahlil qilishadi, bu ko‘nikmalar testning maqsadi bilan qay darajada mos ekanligiga baho berishadi.

Xorij tajribasini o‘rganish hamda aprobatsiya natijalarini hisobga olgan holda kimyo va biologiya fanlaridan milliy test sinovi tizimi uchun test spetsifikatsiyasi qayta ishlab chiqildi va Bilimni baholash agentligining 2024-yil 24-dekabrdagi 9-son Ilmiy-metodik kengashida tasdiqdan o‘tkazildi.

Yozma ishlarni bajarish uchun ketadigan vaqt me’yorlari xorij tajribasini o‘rganish hamda aprobatsiya natijalarini hisobga olgan holda (3 ta yozma ish uchun 80 daqiqa) belgilangan.

Test sinovi natijalari Rash modeli asosida ilmiy tahlil qilinadi, tahlil natijalariga ko‘ra test topshiriqlarini takomillashtirish, Rayt xaritasiga ko‘ra test variantida har bir qobiliyat darajasiga mos test topshiriqlari mavjud bo‘lishi yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi. Mazkur takliflar Bilimni baholash agentligining Ilmiy-metodik kengashida muhokama qilinadi. Ilmiy tahlillar asosida test topshiriqlari qayta ishlanadi. O‘tkazilgan har bir milliy sertifikat imtihonidan so‘ng talabgorlarning test natijalari tahlil qilinadi va tahlil natijalari agentlikning rasmiy veb-saytida talabgorlar diqqatiga havola qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/01 12:55:26
Back to Top
HTML Embed Code: