Telegram Web Link
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 15-16-fevral kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 17-fevraldan 11-martga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-02-12

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👨‍🦯 Ko‘zi ojiz talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini baholash malaka imtihoni o‘tazildi

❇️ Joriy yilning 14-fevral kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ko‘zi ojiz hamda zaif ko‘ruvchi talabgorlar uchun qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan maxsus dastur yordamida chet tilini bilish darajasini baholash malaka imtihoni o‘tkazildi.

Test sinovlarida talabgorlarning Tinglab tushunish hamda Gapirish ko‘nikmalari baholanib, test sinovlarini bajarish uchun talabgorlarga jami 45 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlari jarayonida talabgorlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. Har bir talabgor uchun tashkiliy masalalarda ko‘maklashish uchun 1 nafardan guruh nazoratchisi biriktirildi.

Talabgorlar test sinovlarining tashkillashtirish jarayoni haqida hamda imtihon o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan maxsus dasturning imkoniyatlari haqida ijobiy fikrlarni bildirdilar.

BBA Jizzax viloyati bo'limining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Youtube
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 22–23-fevral (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#natija #chet_tili

⚡️ Ko‘zi ojiz shaxslar uchun o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 14-fevral kuni bo‘lib o‘tgan ko‘zi ojiz shaxslar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

📝 Imtihon natijalariga ko‘ra 37 nafar talabgorning 2 nafari C1, 11 nafari B2, 10 nafari B1 darajadagi sertifikatga ega bo‘ldi.

❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 2426-fevral kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2025-yil 25–26-yanvar kunlari o‘tkazilgan kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

📣 Chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 2-mart kuni;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 3-14-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-02-27

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Diagnostiktest
Abituriyentlar diqqatiga !

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliy va professional ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish uchun o‘tkaziladigan test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yilgan.

Har bir abituriyent mazkur diagnostik test materiallariga buyurtma berib, diagnostik test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Dagnostik test sinovlari orqali siz,
🔹 o‘z bilimingizni sinab borishingiz;
🔹 test materiallari bilan ishlash ko‘nikmasini o‘zingizda shakllantirib borishingiz;
🔹 test topshiriqlari bilan tanishib borishingiz mumkin.

Diagnostik test materiallariga my.uzbmb.uz veb-saytidan "Diagnostik test" bo‘limiga kirib "Diagnostik test materiallariga buyurtma berish" bo‘limi orqali onlayn buyurtma berishingiz mumkin.

☎️ Buyurtma berish masalasida 72 226 12 96 telefon raqami orqali ma'lumot olishingiz mumkin.

BBA Jizzax viloyati bo'limining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Youtube
#Ovozli_chat
Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat

📆
Ertaga (12-mart kuni) soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga javob beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 15–16-mart (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diagnostik test xizmati elektron shaklda yo‘lga qo‘yildi

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari o‘tkaziladi.

🖥 Mazkur xizmat hozirga qadar qogʻoz shaklida ko‘rsatilgan boʻlib, endilikda ushbu xizmatdan elektron shaklda foydalanish mumkin.

Bunda barcha "Diagnostik test materiallarini elektron shaklda olish" xizmati orqali diagnostik test sinovi topshirib, uning natijasini "Diagnostik test sinovlari natijasini onlayn tekshirish" xizmati orqali tekshirishlari mumkin.

📚 Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazish va OTMlarga kirish test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

2025-yil 26-fevralda kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.uzbmb.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Guruh nazoratchiligiga ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!

📣 Bilimni baholash agentligi tomonidan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.

📱 Unga ko‘ra 2025-yil 1-fevraldan 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga ikkinchi tanlov” bo‘limi orqali nomzodlar ro‘yxatga olindi.

📆 Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun barcha hududlarda 24-mart kunidan oflayn tarzda o‘quv-seminar mashg‘ulotlari boshlanadi.

O‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnoma nomzodlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

📝 Ruxsatnomada nomzodlar qachon, qayerda seminarda ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.

Izoh: o‘quv-seminar mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#natija #chet_tili

⚡️ Ko‘zi ojiz shaxslar uchun o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 14-mart kuni bo‘lib o‘tgan ko‘zi ojiz shaxslar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2025-yil 22–23-fevral kunlari o‘tkazilgan matematika, fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili (turk tili) imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 2-14-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 5-6-aprel kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 7-25-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya):
https://telegra.ph/Chet-tili-04-01-4

❗️ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

⚠️Talabgorlarni imtihon o'tkaziladigan binoga kiritish imtihon boshlanishidan 30 daqiqa oldin yakunlanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Guruh nazoratchiligiga nomzodlar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlari yakunlandi

📆 2025-yil 24-martdan 1-aprelga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida guruh nazoratchiligiga nomzodlar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

📝 O‘quv-seminar mashg‘ulotlari guruh nazoratchiligiga 2-tanlovga ro‘yxatdan o‘tgan (2025-yil 1-fevraldan 1-martga qadar) nomzodlar uchun har kuni 2 smenada tashkil etildi.

Unda guruh nazoratcihligiga 2-tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning 6,2 ming nafardan ziyodi ishtirok etdi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇸🇺🇸🇺🇸 😊😊😊

Chet tilini (🇺🇸 ingliz, 🇸🇦 arab, 🇹🇷 turk tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi


2025-yil 14-aprel kuni soat 9:00 da Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan tashkil etiladigan chet tilini (ingliz, arab, turk tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🗓 Ro‘yxatga olish muddati — 07-aprel soat 10-00 ga qadar.
To‘lov qilish muddati — 07-aprel soat 10-00 ga qadar.
✍️ Test o‘tkazish kuni — 14-aprel.

🤖 Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

👥 MOCK guruhi @mockbba

☎️ (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
2025/07/13 01:34:36
Back to Top
HTML Embed Code: