Telegram Web Link
Milliy sertifikat imtihoni (aprel)
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat

Milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat

📆
Bugun soat 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkazildi.

Ovozli chat 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etdi va ishtirokchilarning savollariga javob berdi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️

⚡️ Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🆔 2025-yil 14-apreldan 🧑‍🔬 kimyo, 🌓 fizika, 🏛 tarix, 🌱 biologiya, matematika va 🌎 geografiya fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi.

✍️ Ro‘yxatga olish 20-aprel 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️21-aprel – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

🗓 Test sinovlarini 3-4-, 24-25-may kunlari oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Test sinovining aniq sanasi, joyi va vaqti ruxsatnoma orqali ma’lum qilinadi

❗️ DIQQAT! Test sinovining aniq sanalari talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2025-yil 15–16-mart kunlari o‘tkazilgan kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Sayyor_qabul

Jizzax viloyatida sayyor qabul

Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar xususan, milliy sertifikat imtihonlari, test topshiriqlari mazmuni hamda imtihonlarda baholash mezonlari yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul Test texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Olimbekov Zafarbek Olimbek o‘g‘li tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkaziladi.

Sayyor qabul 17-aprel kuni soat 10:00 da – Jizzax davlat pedagogika universiteti akademik litseyi faollar zali (Jizzax shahri "Sayiljoyi" MFY Sayiljoyi ko‘chasi 45-uy)da bo‘lib o‘tadi.
⚡️ Guruh nazoratchiligiga seminarda ishtirok etgan talabgorlar diqqatiga!

📣 Bilimni baholash agentligi tomonidan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.

📱 Unga ko‘ra 2025-yil 1-fevraldan 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga ikkinchi tanlov” bo‘limi orqali nomzodlar ro‘yxatga olindi.

📆 Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun barcha hududlarda 24-martdan 1-aprelgacha oflayn tarzda o‘quv-seminar mashg‘ulotlari bo'lib o'tdi.

2025 -yil 21-aprel kuni o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida qatnashgan talabgorlar uchun test sinovlari tashkil etiladi.

📝 Ruxsatnomada nomzodlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.

Izoh: Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar tanlovning suhbat bosqichiga o‘tkaziladi. Test sinoviga kelmagan talabgorlar tanlovdan chetlatiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📅Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Madjit Malikovich Karimov 16-aprel kuni Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilgan yangi binosiga tashrif buyurdi.

📚Mazkur bino yil davomida test sinovlarini o'tkazishga mo'ljallangan bo'lib, tashrif davomida Madjit Malikovich Karimov abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

📝Shu kunning oʻzida Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi binosida o‘quv markaz rahbarlari, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida "Sayyor qabul" o‘tkazildi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔸 Ingliz tili hamda arab tilini bilish darajangizni xalqaro darajada tasdiqlovchi iTEP va Attanal Alarabi imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

🗺 Imtihon endilikda 9 ta hududda ham o‘tkaziladi.

☎️ Murojaat uchun:

🔹 (95) 515-68-68.

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Jizzax viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi

✍️ Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish va hal qilish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 17-aprel kuni Bilimni baholash agentligining Test texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Olimbekov Zafarbek Olimbek o‘g‘li tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkazildi.

📚 Sayyor qabulda Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash milliy test tizimi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi hamda milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

🔰 Sayyor qabulga tashrif buyurgan fuqarolar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va abituriyentlarning murojaatlariga tegishli tartibda huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar agentlik faoliyatida inobatga olinishi bildirib o‘tildi.
#Sayyor_qabul

Samarqand viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi

✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat berish maqsadida hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 18-aprel kuni Bilimni baholash agentligining Test texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Olimbekov Zafarbek Olimbek o‘g‘li tomonidan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi binosida o‘tkazildi.
📚 Sayyor qabulda Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash milliy test tizimi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi hamda milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚📚📚📚📚

📚 Umumta’lim fanlaridan milliy test tizimi hamda chet tillari bo‘yicha repetitsion (diagnostik) test sinovlari uchun ro‘yxatga olish boshlandi

🏢 2025-yil 5- may kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan quyidagi fanlar bo‘yicha navbatdagi repetitsion test sinovlari o‘tkaziladi:

Umumta’lim fanlari:
🌓 fizika
🌎 geografiya
🌱 biologiya

Chet tillari:
🇺🇸 ingliz tili
🇸🇦 arab tili
🇹🇷 turk tili

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🗓 Ro‘yxatga olish muddati - 28-aprel soat 10-00 ga qadar.

📝 Test o‘tkazish kuni 5-may. (Test o‘tkazish joyi va vaqti ruxsatnomada ko‘rsatiladi. Test sinovlaridan uch kun oldin ruxsatnomalar taqdim etiladi.)

🤖 Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

👥 MOCK guruhi @mockbba

☎️ Murojaat uchun:

🔹 (95) 515-68-68.

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 25-28-aprel kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 28-apreldan 23-may kunlariga qadar bo‘lib o‘tadi (shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari).

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/chet-tili-04-22-5

❗️ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

⚠️Talabgorlarni imtihon o'tkaziladigan binoga kiritish imtihon boshlanishidan 30 daqiqa oldin yakunlanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16-aprelda tashkil etilgan diagnostik imtihon natijalari e’lon qilindi.

👉 Natijangizni quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin:
@bba_ilmiy_mock_exam_results_bot

🔴🟢 Keyingi diagnostik imtihonlarda ham faol ishtirok etishingiz — Sizning bilim darajangizni yanada yaxshilash va rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.

💯Kelajakdagi imtihonlaringizda omad tilaymiz!
⚡️ 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 3–4–5-may (shanba-yakshanba-dushanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:00 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 13:00 dan 14:30 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada Soat 14:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).

IZOH: Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda fizika, tarix, matematika va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni may oyi davomida o‘tkaziladi. Aniq imtihon sanalari imtihondan bir hafta oldin e'lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/29 19:08:11
Back to Top
HTML Embed Code: