Telegram Web Link
📢 6-iyun kuni gapirish sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!

📅 2025-yil 6-iyun Qurbon hayiti munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilindi.

🎙 Shu munosabat bilan 6-iyun kunidagi chet tili bo‘yicha gapirish imtihonlari quyidagi sanalarga ko‘chirildi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – faqat 13-iyun kuniga;
Namangan viloyati – 9-12-iyun kunlariga;
Farg‘ona viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Buxoro viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Xorazm viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Surxondaryo viloyati– faqat 13-iyun kuniga;
Qashqadaryo viloyati– faqat 10-iyun kuniga;
Samarqand viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Toshkent shahri – faqat 10-iyun kuniga;


📍Talabgorlar gapirish imtihonini topshirishi uchun belgilangan kunlardan birida ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqt va manzilga kelishi lozim!

❗️Bu faqat 6-iyun kuniga tegishli bo'lib, boshqa kunlari imtihon topshiruvchilarda hech qanday o'zgarishlar mavjud emas.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝2025-yil 23-24-25-may kunlari matematika va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍🕸

2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlandi


📄 2024-yildan boshlab, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilangan.

📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

🗓 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlamagan abituriyentlar yakuniy tanlovga qo‘yilmaydi.

🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Bunaqasi birinchi marotaba!!!
Bir ovozli chatda barcha hududiy bo‘lim masʼullari bir yerda


#qabul2025 #ovozlichat

🎙 Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha ovozli chat o‘tkaziladi

Ertaga 2025-yil 11-iyun kuni soat 20:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi BAA|Andijon kanali (@bbaandijon)da OVOZLI CHAT o‘tkaziladi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligining barcha HUDUDIY (Andijon, Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm, Navoiy va QQR) bo‘lim mas’ullari ishtirok etadi va savollarga javob beriladi.

Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Siz o‘z hududingiz bo‘yicha ham o‘zingizni qiziqtirgan savollarga tegishli masʼullardan batafsil javob olishingiz mumkin.

👍👍👍👍👍
Telegram🌐YouTube | 🌐Facebook |
Forwarded from huquqplus.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊

🗓 2025-yil 17-iyun kuni Bilim va malakalarni baholash agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida xodimlarning iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etildi.

🔹 Seminar davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi Ravshan Yuldashev tomonidan mavzuga oid tushuntirish va ma'ruzalar taqdim etildi.

🎯 Tadbir Agentlik xodimlarining iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va siyosiy bilimlarini yanada oshirishga xizmat qildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat
Qabulning birinchi bosqichi (abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish) bo‘yicha ovozli chat

📆
2025-yil 20-iyun kuni 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish va sertifikatlarning qo‘llanishi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.

🖥 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimida 2025-yil 19-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

👨‍🏭Test sinovlarida jami 437 nafar talabgor ishtirok etdi. 2 nafar talabgor tartib-qoidalarni buzganligi uchun chetlatildi.

❇️ Talabgorlar imtihon natijalarini shu vaqtning o‘zida bilishadi hamda test sinovlari qaydnomasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
OTMlariga ro‘yxatdan o‘tish
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat
Qabulning birinchi bosqichi (abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish) bo‘yicha ovozli chat

📆
2025-yil 20-iyun kuni 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkazildi.

Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish va sertifikatlarning qo‘llanishi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etdi va savollarga batafsil javob berildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🗣Majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun telegram boti ishlamoqda!

Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMning bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun @BMB_Quiz_bot telegram boti ishga tushirilgan.

❗️Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

❄️Ushbu botdagi yangilangan variantini /start buyrug‘i orqali faollashtirish mumkin!

👉🏻 @BMB_Quiz_bot 👈🏻

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2025/07/08 00:17:50
Back to Top
HTML Embed Code: