Telegram Web Link
#Tadbir

♻️ Joriy yil 1-iyun kuni Jizzax shahar Yoshlar shaharchasida Jizzax viloyat hokimligi Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan 1-iyun "Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni" munosabati bilan bolalar o'rtasida "Velomarafon" musobaqasi tashkil etildi.

🎼 Marafonning musiqiy kuchasida Jizzax shahar 1-son madaniyat markazi qoshidagi "Sangzor" estrada xalq havaskorlik jamoasi a'zolari, "Estrada vokal" to'garagi a'zolari ijro qilgan kuy-qo'shiqlar kechaga tashrif buyurishgan bolajonlarga o'zgacha shukuh bag'ishladi.

Jizzax shahar Madaniyat bo'limi matbuot xizmati

👉 @ www.tg-me.com/Jizzshahar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Respublika bolalar kutubxonasida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni o‘tkazilgan tadbir

Saida Mirziyoyeva bu tashabbus va bayramona kayfiyat uchun Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasiga minnatdorchilik bildirdi.

@daryo_live
Syanxe shahriga Jizzax viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya tashrifi samarali boʻldi

Davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga tashriflari chogʻida ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun olib borgan oqilona siyosati tufayli bugungi kunda davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik oʻz samarasini berib kelmoqda.

Jizzax viloyatida ham Xitoylik tadbirkorlar tomonidan koʻplab ishlab chiqarish korxonalari bugungi kunda oʻz faoliyatini olib bormoqda. Xitoylik ishbilarmonlar bilan viloyatimiz tadbirkorlari oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash hamda mazkur davlatdagi ilgʻor texnologiyalarni olib kirish yoʻli bilan aholi turmush sharoitini yaxshilash, viloyatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish maqsadida viloyat hokimi E.Saliyev boshchiligida 25ga yaqin mutasaddi va tadbirkorlar mazkur davlatda amaliy tashrif bilan boʻlib turishibdi.

Xususan, viloyat hokimi E.Saliyev boshchiligidagi delegatsiya Syanxe shahridan oʻz tashrifini boshladi

Batafsil👉https://goo.su/9Tpuf4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifining 2-kunida bir qator kompaniyalarga borib, ularning ishlab chiqarish hajmi va imkoniyatlari bilan tanishdi.

Xususan, Xianghe Qiangsheng Electric Vehicle Co. Ltd 250 xil turdagi elektr skuterlar ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurildi.

Kompaniya maydoni 60 000 metr kvadrat bo'lib, jami 700 nafar xodim ishlaydi.

10 yillik eksport tajribasiga ega ushbu kompaniya hozirgi kunda 30 dan ziyod davlatlarga eksportni amalga oshiradi, (Gollandiya, Hindiston va boshqalar) shu jumladan O'zbekistonga ham.

Kompaniya 80% lokalizatsiyalashgan, zavodda ham qo'l mehnati ham robotlar ishlaydi. 1 kunda 1500 dona turli xil skuter ishlab chiqariladi.

Bir marta to‘liq quvvatda o'rtacha 100 km atrofida yo'l bosadi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni vaqtda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev boshchiligida Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib turgan delegatsiya a'zolari ushbu mamlakatdagi yirik qurilish kompaniyalarining faoliyati bilan tanishdi.

Jumladan, Jizzax viloyatida bunyod etilayotgan Yangi O'zbekiston massivi qurilishida Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish va ularning ilg'or texnologiyalaridan samarali foydalanish maqsadida kompaniyalarng qurilish sohasidagi salohiyati, texnologiyasi, zamonaviy imkoniyatlari va ilg'or ish tajribalari o'rganildi.

Ushbu kompaniyada qurilishda ishlaydigan ishchilarning o'rtacha ish haqi 1800 AQSH dollari atrofida, kompaniya 200 metrgacha bo'lgan ko'p qavatli binolarni qurish imkoniyatiga ega. Bu hududda 1m² uy narxi 1500 AQSH dollarini tashkil etadi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyati hokimi E.Saliyev boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasidagi navbatdagi manzili Hongyuan Dongsheng Stone Co.Ltd kompaniyasining marmar toshlarga qayta ishlov berish Shourumi bo‘ldi.

Bu yerdagi barcha mahsulotlar 100% tabiiy tog' jinsidan iborat. Ushbu kompaniyaning Braziliya, Turkiya, Ispaniya, Rossiya va Afg'oniston davlatlarida karyerlari mavjud. Shourumda lyuks turdagi mahsulotlar ham mavjud ekan.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
2024/06/03 08:57:39
Back to Top
HTML Embed Code: