Telegram Web Link
#Xalqaro_teatr_kuni...

27 - mart XALQARO TEATR KUNI munosabati bilan Jizzax viloyat musiqali drama teatrida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 ⚡️Sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Shukurullayev Sardor Shuxratovich ishtirok etib, Jizzax viloyati hokimining soha vakillariga yo‘llagan tabriknomasini o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng, viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Darxanov Azamat Qobilovich so‘zga chiqib, barcha teatr sohasi xodimlarini ushbu sana bilan muborakbod etib, sohada samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlardan bir guruhini tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

🎼Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi ijodiy jamoasi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

YouTube || Facebook || Telegram|| Instagram
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JizzaxMTRK
#Diyor_yangiliklari

🎭27 mart - "Xalqaro teatr kuni"

Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring⬇️
YouTube || Facebook || Telegram|| Instagram
👍1
Jizzax viloyat musiqali drama teatri aktyorlari Vazira Mirzayeva hamda Dilshod Normatov 27-mart — Xalqaro teatr kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi!

Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇👇👇
Telegram| Facebook|Web-sayt|YouTube
👍1
Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy xodimlari viloyatimizning chekka hududlarida bo‘lib, Navro'z sayli, bayram tantanalarida faol ishtirok etib kelishmoqda.
Baxmal tumani Muzbuloq xo‘jaligida o‘zkazilgan Millatlar birdamligi festivali ham shular jumlasidan.
Teatrimiz aktyor va aktrisalari, so‘z ustalari tadbirda tarixiy shaxslar siymosida namoyon bo‘lib, monologlar, spektakllardan parchalar ijro etishdi.

Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇👇👇
Telegram| Facebook|Web-sayt|YouTube
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston xalq artisti, Jizzax viloyat musiqali drama teatri truppa mudiri, shoir Abduraim Lapasov Mahalla tongi dasturida mehmon bo‘ldi.


Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇👇👇
Telegram| Facebook|Web-sayt|YouTube
👍1
"Jizzax haqiqati" gazetasining 2025-yil 26-mart kungi sonida teatrimiz faoliyatiga oid "Ma'rifat ko'zgusi" nomli maqola chop etildi.

Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇👇👇
Telegram| Facebook|Web-sayt|YouTube
👍2
Jizzax viloyat musiqali drama teatri sahnalasjtiruvchi rejissyori Umid Nurmatov bilan hamkorlikda shahar madaniyat va ma’rifat bo’limi qoshida “Turon“ teatr studiyasi ochildi.
27-mart Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Jizzax viloyat musiqali dramma teatrida "Turon" teatr studiyasining ilk sahna asari "Jadid" spektakli namoyish etildi.

Nodira Rashidova qalamiga mansub mazkur asar rejissyor Umid Nurmatov tomonidan sahnalashtirildi.

Yosh aktyorlarning ilk chiqishi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. “Turon“ teatr studiyasi jamoasini ilk chiqishi bilan tabriklaymiz.

Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👇👇👇
Telegram| Facebook|Web-sayt|YouTube
👍2🔥2
2025/07/14 19:51:07
Back to Top
HTML Embed Code: