Telegram Web Link
#hayotiy

Yangi kiyim kiysang, albatta, birinchi kunidayoq biror narsa to‘kilib ketadi.

@joyikelganda
#hayotiy

'Keyinroq qilaman' degan ishlaring oxirida: yoki unutiladi, yoki yig‘ilib ketib, bosh og‘rig‘iga aylanadi.

@joyikelganda
#inglizchasidan

The best way to solve problems is to ignore them.

@joyikelganda
#hayotiy

Yostiqning salqinroq joyini topib uxlagan odam – hayotda yarim baxtni topa olgan odam!

@joyikelganda
#savol

Juda kulguli hazil eshitganingizda beixtiyor so'kinib keyin kulasizlarmi sizlar ham?

@joyikelganda
#hayotiy

"Biror narsa yeb olaman, keyin ishlayman" degan odam – ovqatdan keyin "keyinroq qilaman" deb uxlab qoladi.

@joyikelganda
#masalanda

Har qanday narsa bo‘yicha ikkita fikr bor: biri sizniki, ikkinchisi esa noto‘g‘ri.


@joyikelganda
#hayotiy

To‘g‘ri yo‘l har doim ham eng yaqin yo‘l emas – ayniqsa, Google Mapsda.

@joyikelganda
#masalanda

Hayot – shunchaki kutish. Uyga borish uchun avtobusni kutasan, so'ng ovqat isishini kutasan, keyin esa dam olish kunini kutasan..

@joyikelganda
#shunchaki

Do‘stlarim shunaqa yaxshi odamlar: qarz so‘rasam, ular ham mendan so‘raydi.

@joyikelganda
#hayotiy

Baxt – hamma narsa joyida bo‘lishi emas. Baxt – hamma narsa chalkash bo‘lsa ham, xotirjam yashay olishdir.

@joyikelganda
#hayotiy

Vaqt o‘tkazish oson… lekin yo‘qotganing vaqt emasligini keyin tushunasan.

@joyikelganda
#maslahat

Ayol kishi yoningizda "Ehh, qanchalar ahmoqman-a?!" deb aytsa, siz buni ma'qullashingiz kerak degani emas!

@joyikelganda
#hayotiy

Yaxshi odam bo‘lish oson. Lekin buni har kuni takrorlash - bu umuman boshqa masala.

@joyikelganda
#maslahat

Barcha qilgan yaxshiliklaringga yaxshilik kutadigan bo‘lsang, birovning janozasiga borma, baribir u senikiga kelmaydi.

@joyikelganda
#masalanda

Ba'zan baxtiyor bo‘lish uchun hech narsa qilmaslik ham kifoya.

@joyikelganda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufga berilgan savollar ekan. Hali ham dolzarb:

– Shayx hazratlari, bahorda laylak pasayib uchsa nima bo‘ladi?

Laylak pasayib uchgan bo‘ladi.


– Shayx hazratlari, Qur'onda sumalak haqida biror narsa yozilganmi?

Qur'oni Karim pazandachilik kitobi emas, u insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi kitob!


– Shayx hazratlari, anjir daraxtini yoqsa bo‘ladimi?

Bo‘ladi, yaxshi yonadi!


– Odam kiyib yuradigan ishtonini yostig‘ining ustiga qo‘yib yotsa nima bo‘ladi?

Nima bo‘lardi, sal balandroq bo‘ladi!


– NIKE krossovka kiysam bo‘ladimi?

O'lchami to‘g‘ri kelsa kiying!


– Shayx hazratlari, hozirda bosh urishtirib ko‘rishish urfga kirdi, bu mumkinmi?

Ha, yorilmasa mumkin!


– Shayx hazratlari, chet eldagi madrasalarda, masalan: Turkiyada ta'lim olib kelsa bo‘ladimi? Kelgandan keyin muammo bo‘lmaydimi?

Bo‘ladi.


– Shayx hazratlari, xaloda kesak bilan poklanib, kesakni hojatxonaga tashlasa nima bo‘ladi?

' Chalob ' degan tovush chiqadi!


– Shayx hazratlari, nima uchun bizning mazhabimiz Hanafi mazhabi?

Imomimizning nomlari Abu Hanifa bo‘lgani uchun!


– Shayx hazratlari, men baliq tutishni yaxshi ko‘raman, ilmoqqa chuvalchangni tiqish gunoh emasmi?

Yo‘q gunohmas, lekin birovlarning vaqtini olish gunoh!


– Shayx hazratlari, tarvuzni sotib olayotganda uning sifatini bilish uchun chaqmolatib olsa bo‘ladimi?

Ha bo‘ladi, faqat uyga olib borguningizgacha suvi oqib ketadi!

@joyikelganda
#oʻzim_haqimda

Eng yaqin do‘stimga janozam o‘tganidan keyin telefonimni olib, janozamga kelgan hamma odamga "Kelganlaringiz uchun rahmat" deb SMS yozib chiqishini vasiyat qilib qoldirmoqchiman )

@joyikelganda
2025/10/31 14:35:53
Back to Top
HTML Embed Code: