Telegram Web Link
⚡️ Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar:

🔵 yerlardan belgilangan maqsadda foydalanmaganlikda;

🔵 yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlikda;

🔵 qishloq xo‘jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar bilan ifloslantirganlikda;

🔵 yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda;

🔵 yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda;

🔵 vaqtincha egallab turilgan yerlarni qaytarish muddatini buzganlikda yoki yerlarni belgilangan maqsadda foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda;

🔵 davlat yer kadastri ma’lumotlarini buzib ko‘rsatganlikda;

🔵 yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanganlikda, yerlarning holatini yaxshilash hamda tuproqni suv va shamol eroziyasidan va tuproq holatining yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaganlikda;

🔵 yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazishning belgilangan tartibini buzganlikda;

🔵 sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaganlikda.

#Kadastr #huquqiy_asos #javobgarlik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
OLIY TA’LIMDA HAMKORLIK

🇺🇿Mamlakatimizda malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan bu borada oliy ta’lim tashkilotlari bilan uzviy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

◼️Kuni kecha TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida o‘quv rejada belgilangan fanlardan reyting nazoratlarini to‘liq topshirgan va belgilangan mavzuda bitiruv malakaviy ishini bajargan Kadastr (hududlar davlat kadastri) bakalavriat taʼlim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari bitiruv malakaviy ishlarini himoya qildilar.

◼️Davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibida universitet professor-o‘qituvchilar bilan bir qatorda DKP Toshkent shahar boshqarmasi mas’ul xodimlari ham ishtirok etib, jarayonlarning shaffof va adolatli o‘tishiga munosib hissa qo‘shishdi.

#Kadastr #oliy_ta_lim_hamkorlik_aloqalari #Bitiruvchi2025

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

OAV biz haqimizda

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun asosida amalga oshirilayotgan ishlar "O'zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" informatsion dasturida.

#Kadastr_agentligi #ozbekiston24 #axborot24

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

⭕️ Unda Toshkent shahri va viloyat markazlarida birorta hokim bo‘sh joylarni topib, yashil hudud, odamlar toza havoga chiqib o‘tiradigan joylar, sport maydonchalari, fontanlarni ko‘paytirishni o‘ylamayotgani tanqid qilindi.

Bor sport maydonchalari va bolalar o‘yingohlari, uylar orasidagi yashil hududlar qurilish uchun berib yuborilayotganidan odamlar norozi.

Misol uchun, barcha ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarni boshqaruv kompaniyalariga biriktirib berish bo‘yicha topshiriq berilgan. Lekin, Toshkent shahri hokimining 5 maydagi qarori bilan 9 ming 802 ta ko‘p qavatli uylarning faqatgina bino ostidagi yerlari kadastr bilan biriktirilgan.

“Maqsadi bitta – qolgan yerlarni qurilish qilish uchun tadbirkorlarga sotish! Qani topshiriq nazorati? Qani qonunning kuchi?”
– dedi Prezident.


❗️ Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadovga, adliya vaziri A.Toshqulovga “O‘zbekkosmos” va Kadastr agentligi bilan birgalikda qaysi hududda “yashil” hudud, sport maydonchasi, bolalar o‘yingohi boshqa maqsadlar uchun berib yuborilgan bo‘lsa, hammasini aniqlab, joyiga qaytarish topshirildi.

Ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarni boshqaruv kompaniyalariga berish bo‘yicha hokimlarning qarorlarini o‘rganib, qonunga zidlarini bekor qilish vazifasi qo‘yildi.

⭕️ Sirdaryo tumani hokimi 9 ta idora xodimlari, Savdo-sanoat palatasi, bank, soliq, kadastr vakili va yetakchi tadbirkorlardan iborat “Islohotlar shtabi”ni tuzadi.

“Islohotlar shtabi” uch oyda tumanning 38 ta mahallasi kesimida loyiha, infratuzilma, moliyaviy manba, kadrlar masalasini qamrab olgan uch yillik dastur tayyorlaydi. Kelgusi yil uchun byudjet, infratuzilma, ishlab chiqarish, xizmat, investisiya va bandlik dasturlari shu asosda tasdiqlanadi.

Natijasiga qarab, bu yangi tajriba kelasi yildan butun respublikada yo‘lga qo‘yiladi.

Yana bir muhim yangilik – ishchan va jozibador muhit yaratish uchun 1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi, xodimlarga ishiga qarab oylik ustama va qo‘shimcha bonus beriladi.

“Lekin, qars ikki qo‘ldan chiqadi. O‘ziga yuklatilgan vazifani bajara olmagan xodimlarga chora ko‘riladi. Ana shunda hamma intizom va reja bilan ishlashga o‘rganadi.

Viloyat, tuman hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, vazirlar, bank rahbarlari yaxshilab eshitib olsin: yarim yil yakuni bilan “g‘alvirni suvdan ko‘tarib”, kim nima ish qilgani bo‘yicha qattiq so‘rov qilaman”,
- dedi davlatimiz rahbari ma’ruzasi yakunida.


📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KO'CHMAS MULK TARIXI HAQIDA MA’LUMOTNOMA OLISH

💠 Siz onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishingiz mumkin.

🌱 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

📃 Xizmatni ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar:
Talab etilmaydi

🕔 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni davomida

Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga ko‘chmas mulk tarixi ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 380-son qarori

#Kadastr #kadastr_xizmatlari #video

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bosh prokuratura tomonidan ma’muriy sudlarda kadastr organlari qarorlari va mansabdor shaxslarning harakatlariga oid ishlar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

🔍 O‘rganish natijasida qonun buzilishi holatlari, ularning kelib chiqish sabablari hamda bunga imkon yaratgan shart-sharoitlar aniqlangan. Aniqlangan holatlarni bartaraf etish yuzasidan bugun Kadastr agentligida mas'ullar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'ilishda qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash maqsadida:

📌 Kadastr agentligi tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

📎 Rejada:
— Huquqbuzarliklar sabablari tahlili
— Ichki nazoratni kuchaytirish
— Mansabdor shaxslar mas’uliyatini oshirish
— Fuqarolar bilan ishlash tartiblarini takomillashtirish kabilar belgilangan.


🌟 Kadastr agentligi qonuniylik, ochiqlik va fuqarolar huquqlarini himoya qilish tamoyillariga qat’iy rioya qilishda davom etadi.

#Kadastr_agentligi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида режалаштирилган қурилиш ва жамоат транспорти лойиҳалари тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с проектами строительства и развития общественного транспорта, запланированными в Ташкенте.

#Mirziyoyev #taqdimot #qurilish #transport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/07/13 22:27:49
Back to Top
HTML Embed Code: