Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 126 272 ta;
😄Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 13 660 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 2 125 ta;
🫥Jarayondagi yerlar soni - 6 071 ta;
✔️E'tirof etilganlar soni - 870 ta.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

JAMOATCHILIKKA E’LON QILINGAN YERLAR TO‘G‘RISIDAGI MA’LUMOTLAR MFY BINOSIDA


🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining tuman filial xodimlari tomonidan O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan xatlov ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

▶️ Xatlov natijalari asosida shakllangan obyektlar ro‘yxati etirof.kadastr.uz saytida va mahalla fuqarolari yig‘inlari binosida e’lon qilinib, aholiga ochiq shaklda taqdim etilmoqda.

▶️ Foto: Shayxontohur tumani.

⚡️ Eslatib o‘tamiz, manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar e’tirozlari mavjud bo‘lgan taqdirda, elektron yig‘majilddagi ma’lumotlar jamoatchilikka e’lon qilingan kundan e’tiboran 1 oy ichida ular bo‘yicha vakolatli tashkilotlarga shikoyat qilishi mumkin.


#Kadastr #Qonun_937 #E_tirof #Shayxontohur

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
KADASTR AYOLLARI UCHUN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

◼️Tasdiqlangan rejaga muvofiq, 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i F.G'ofurov hamda bosh yuristkonsult O.Anvarov tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun davra suhbati o‘tkazildi.

◼️Tadbirda poytaxt kadastri ayollari orasida korrupsiyaga qarshi faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, mehnat va ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

◼️Shuningdek, ayol xodimlar uchun zarur mehnat sharoitlarini yaratish, ular duch kelayotgan muammolarni hal etish, xizmat vazifalarini bajarishda ziddiyatli vaziyatlarda xotin-qizlar va erkaklar uchun huquqiy himoyani ta’minlash kabi muhim masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #davra_suhbati #xotin_qizlar

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📊 2022–2025 yillarda “YERELEKTRON” AAT tizimiga kiritilgan va elektron onlayn-auksionga chiqarilgan yer uchastkalari bo‘yicha ma’lumot:

📥 Tizimga kiritilgan jami yer uchastkalari:
🔹 241 794 ta (umumiy maydoni 18 039 ga)

🗓 2025-yil davomida kiritilgan:
🔸 24 802 ta (maydoni 5 810 ga)

Auksion savdolariga chiqarilganlar:
🔹 107 100 ta (maydoni 8 056 ga)

📆 2025-yilda auksionga chiqarilganlar:
🔸 14 984 ta (maydoni 1 102 ga)


📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Хalqaro iqtisodiy forumda Kadastrning ishtiroki


🇷🇺Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli tadbir – an’anaviy XXVIII Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi mas'ullaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro forumda dunyoning 140 dan ortiq xorijiy davlatlaridan iqtisodiyot yo‘nalishidagi vazirlik, tashkilot va muassasalaridan vakillar qatnashib, forum doirasida mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishning aniq vazifalari, iqtisodiyotga innovatsion texnologiyalarni joriy etish istiqbollari, jahon bozori talablari masshtabiga mos ravishda amaliy takliflarni ishlab chiqish singari yo‘nalishlar muhokama etilmoqda.

⭐️🌟 Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi vakillari xalqaro forumning “Земельные ресурсы страны: экономический потенциал” mavzusidagi panel sessiyada ishtirok etib, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon hamda Serbiya Respublikasi va boshqa davlatlarning mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlari bo‘yicha bergan ma’lumotlari asosida fikr almashdi.


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev ushbu forumda “Инновационные подходы по эффективному управлению земельными ресурсами в Республике Узбекистан” mavzusida maʼruza qilib, Respublikamizda yer va kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi.

#DavKadastrPalata  #xalqaro_hamkorlik #Rossiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IJTIMOIY TARMOQDAGI SAHIFALARIMIZGA OBUNA BO‘LING!

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga obuna bo‘ling!

⚡️ Bu orqali Siz kadastr tizimiga oid eng so‘nggi xabarlar va boshqa foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Sahifalarimizni QR-kod📱orqali oson topasiz.

Foydali ma'lumotni yaqinlaringizga ham ulashing!!! 🛫


#Kadastr #ijtimoiy_tarmoq_sahifalar

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi doirasida amalga oshirilgan xatlov natijalari

🗓️2025-yil 19-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘RQ-937-sonli qonun ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan xatlov jarayonida jami 392 390 ta obyekt inventarizatsiyadan o'tkazildi.

▫️Mazkur xatlov Qonunda belgilangan tartibda aholi turar joylari va boshqa obyektlarni aniqlash, hisobga olish hamda ularga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

XATLOV ISHLARI DAVOM
ETMOQDA

🌏 O‘RQ-937-sonli Qonunga binoan tasdiqlangan reja-jadval asosida Toshkent shahrida ham ko‘chmas mulklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu xatlovlar fuqarolarning mulkiy huquqlarini kafolatlash, qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.


▶️ Yuqoridagi videoda Yangihayot tumanidagi xatlov jarayonlari aks etgan.

#Kadastr #Qonun_937 #Yangihayot #xatlov2025 #video

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 127 502 ta;
😄Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 13 786 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 2 085 ta;
🫥Jarayondagi yerlar soni - 5 811 ta;
✔️E'tirof etilganlar soni - 912 ta.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
BOSHQARMADA “MEN DONORMAN” AKSIYASI

◼️Bugun “Qon preparatlari” Ilmiy ishlab chiqarish korxonasi vakillari “Donorlar kuni”ni o‘tkazish uchun ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida bo‘ldi.

🫥 Ushbu xayrli aksiyada poytaxt kadastri tizimining ko‘plab ko‘ngilli xodimlari faol ishtirok etib, donor vazifasini bajardilar. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, donorlik orqali qonga muhtoj bo‘lgan bemorlarning dardiga malham bo‘lish – chin odamiylik belgisidir.

Zero, qon topshirilishi nafaqat insonning o‘ziga foydali, balki buning ortidan bir necha hayotlar saqlab qolinib, donorga ehtiyoji bor insonlar salomatligini tiklashlarida katta yordam bo‘lishi mumkin.

#Kadastr #salomatlik #donorlik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

XATLOV JARAYONLARINING SHAFFOF O‘TISHI YO‘LIDA


Xabaringiz bor, tasdiqlangan reja-jadval asosida O‘RQ-937-sonli Qonuniga binoan xatlov ishlari davom etmoqda.


🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev Bektemir, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida bo‘lib, xatlov jarayonlarining shaffof hamda to‘g‘ri amalga oshirilayotganini yaqindan o‘rgandi.

◼️Kadastr xodimlariga xatlov ishlarida korrupsiya, ta’magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishlari yuzasidan ko‘rsatma berildi.

◼️Aholi bilan muloqotda esa xatlovdan ko‘zlangan pirovard maqsad fuqarolarning qonunda belgilangan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklariga nisbatan egalik huquqlarini qonuniy e’tirof etilishi ekanligi tushuntirildi.

#Kadastr #Qonun_937 #korrupsiyaga_qarshi_kurash #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
2025/07/14 11:30:27
Back to Top
HTML Embed Code: