Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKP STATISTIKASI


⭐️🌟 Davlat kadastrlari palatasiga Respublika bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etamiz.

📊Hisobot davri: 2025-yil, yanvar - iyun

✔️ Mazkur xizmatdan ushbu havola orqali foydalanishingiz mumkin: https://my.gov.uz/uz/service/248

#DavKadastrPalata   #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev tomonidan📍Yangihayot tumani filialida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

📃 Unda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmoni va PQ–147-son qarori mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.

◼️“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonun ijrosini adolatli va mas’uliyat bilan bajarish zarurligi ta'kidlandi.

◼️Shuningdek, korrupsiya illatining huquqiy oqibatlari aniq hayotiy misollar orqali tushuntirilib, filial xodimlariga xizmat faoliyati davomida korrupsiya va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi.

💠 Bu kabi profilaktik tadbirlar boshqarmaning boshqa tuman filiallarida ham olib borilmoqda.


#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 146 326 ta;
😄 Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 17 485 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 3 232 ta;
🫥 Jarayondagi yerlar soni - 8 160 ta;
✔️ E'tirof etilganlar soni - 1 387 ta.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🗣 ⭐️Kadastr agentligining UZKAD axborot tizimida texnik ishlar amalga oshirilishi munosabati bilan bugun soat 13.00 dan 15.00 gacha navbatdan tashqari profilaktika o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu vaqt oralig'ida ayrim turdagi xizmatlar vaqtinchalik to'xtatilishi haqida ogohlantiramiz.

🟢Texnik ishlar yakuni bo'yicha qo'shimcha axborot beriladi.

#Kadastr_agentligi #e_lon #texnik_ishlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
YERGA OID HUQUQBUZARLIKLARNI BARTARAF QILISH MEXANIZMLARI

📊 Yuqoridagi infografika orqali O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi O‘RQ-997-sonli Qonuni ahamiyati, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni bartaraf qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

#Kadastr #infografika #huquqiy_asos #Qonun_997

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Joriy yilning 5-mart sanasida, 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 📄 PF–43-son “Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

🔹Mazkur Farmonga muvofiq:
Milliy markaz ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida ijro etuvchi organ etib belgilangan;
ommaviy baholash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bunda dastlab Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari baholanadi (2025–2026 yillarda).

📌 Ommaviy baholash tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari:

▪️Respublikadagi mavjud 8 milliondan ortiq turar va noturar joylar, 7 millionga yaqin yer uchastkalarining iqtisodiy aktiv sifatidagi qiymatini aniqlash;

▪️Ko‘chmas mulk obyektlarini ma’lum bir maqsadlar uchun tasarruf etishda bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash;

▪️Ko‘chmas mulk qiymatini aniqlashda avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish va inson omilini kamaytirish;

▪️Ko‘chmas mulk bozoriga oid ishonchli, to‘liq va davriy ravishda yangilanib boradigan axborot bazasini yaratish.

🔎Baholash qanday amalga oshiriladi?
🔹Dastlab ko‘chmas mulk bozori holati, oldi-sotdi shartnomalar va boshqa ma’lumotlar tahlil qilinib, hudud narx bo‘yicha zonalashtiriladi;
🔹Kadastr agentligi tomonidan taqdim qilingan ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxati o‘rganiladi va ko‘chmas mulklar segmentlariga qarab guruhlashtiriladi;
🔹Bozor ma’lumotlardan kelib chiqib, baholash yondashuvi tanlanadi va baholash ishlari amalga oshiriladi.

🔝Telegram | 🔝Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
⚡️ Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar:

🔵 yerlardan belgilangan maqsadda foydalanmaganlikda;

🔵 yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlikda;

🔵 qishloq xo‘jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar bilan ifloslantirganlikda;

🔵 yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda;

🔵 yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda;

🔵 vaqtincha egallab turilgan yerlarni qaytarish muddatini buzganlikda yoki yerlarni belgilangan maqsadda foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda;

🔵 davlat yer kadastri ma’lumotlarini buzib ko‘rsatganlikda;

🔵 yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanganlikda, yerlarning holatini yaxshilash hamda tuproqni suv va shamol eroziyasidan va tuproq holatining yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaganlikda;

🔵 yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazishning belgilangan tartibini buzganlikda;

🔵 sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaganlikda.

#Kadastr #huquqiy_asos #javobgarlik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKP STATISTIKASI

⭐️ 🌟 Davlat kadastrlari palatasining 2025-yil 1-iyul holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha erkak mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 5 302 342 tani tashkil etadi.

📊 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p erkak mulkdorlar Samarqand viloyatida, eng kam mulk egalari esa Sirdaryo viloyatida ekanligini ushbu infografikada  ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi #gender

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 147 105 ta;
😄 Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 17 583 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 3 277 ta;
🫥 Jarayondagi yerlar soni - 8 365 ta;
✔️ E'tirof etilganlar soni - 1 387 ta.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

YER NAZORATI TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA


⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Uchtepa tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlarida 📍"Ko‘kcha Oqtepa" MFY, Ko‘kcha darboza ko‘chasida 302 kv.m. yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy qurilish ishlari bajarilganligi aniqlandi.

Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi. Natijada aniqlangan holatning ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi ta’minlandi.

📃 Eslatma: O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O‘RQ-937-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar ko‘rib chiqiladi.


#Kadastr #yer_nazorati #Uchtepa

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼 
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Ko‘chmas mulkni bo‘lish qay tartibda amalga oshiriladi?

Javob: Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.

💬 Jismoniy va yuridik shaxslarga ijara, doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlarida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarining bino va inshoot bo‘lmagan bo‘sh qismini alohida qismlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.

#Kadastr #sizdan_savol

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз Бунёдкор кўчасидаги ободонлаштириш ишлари билан танишди.

Президент ознакомился с благоустроительной работой на улице Бунёдкор.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🌟Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etuvchi 20 ta davlat kadastri orasida Madaniy meros obyektlari davlat kadastri alohida ahamiyat kasb etadi.

🕌 Madaniy meros obyektlari davlat kadastrining shakllanganlik holati bilan infografika orqali tanishib oling.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
💬 Ortiqcha egallangan yer uchastkasi — yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan yer uchastkasi maydonidan ortiq bo‘lgan, yer uchastkasining chegarasidan tashqarida, unga tutash hududda joylashgan yer maydoni.


🌏 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonuni.

#Kadastr #atamalar #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKP STATISTIKASI

⭐️ 🌟 Davlat kadastrlari palatasining 2025-yil 1-iyul holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha ayol mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 2 144 362 tani tashkil etadi.

📊 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p ayol mulkdorlar Toshkent shahrida, eng kami esa Sirdaryo viloyatida ekanligini ushbu infografikada  ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi #gender

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 148 247 ta;
😄 Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 17 490 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 3 313 ta;
🫥 Jarayondagi yerlar soni - 8 608 ta;
✔️ E'tirof etilganlar soni - 1 387 ta.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🗂🗂🗂🗂 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV ISHLARI DAVOM
ETMOQDA

🌏 O‘RQ-937-sonli Qonunga binoan Toshkent shahrida ham xatlov ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

Xatlov ishlari yurtimizdagi yer va mulklarni aniq ro‘yxatga olish, ularni huquqiy tartibga solish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

▶️ Foto: Sergeli tumanidagi xatlov jarayonlaridan.


#Kadastr #Qonun_937 #Sergeli #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xizmatlaridan foydalanish uchun DXMga murojaat qilasiz


🌟 Kadastr xizmatlaridan foydalanishda — Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, uy-joyga kadastr hujjatlarini olish yoki boshqa tegishli kadastr xizmatlaridan foydalanishda Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali murojaat qilinadi.

➡️ Agar sizda yuqoridagi kadastr xizmatlaridan foydalanishda noqonuniy holatlar, pora talab qilish, xizmat ko‘rsatishda manfaatlar to‘qnashuvi uchrasa, darhol 1097 qisqa raqamlariga murojaat qiling.

Sizning murojaatingiz maxfiy saqlanadi va qonun doirasida ko‘rib chiqiladi.

#DavKadastrPalata  #DXM #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

XATLOV JARAYONLARINING SHAFFOF O‘TISHI YO‘LIDA


🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev 📍Uchtepa tumani, "Hayratiy" MFYdagi xatlov jarayonlarining shaffof hamda to‘g‘ri amalga oshirilayotganini yaqindan o‘rgandi.

◼️Kadastr xodimlariga ta’magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur topshiriq hamda tavsiyalar berildi.

◼️Aholi bilan muloqotda esa xatlovdan ko‘zlangan pirovard maqsad fuqarolarning qonunda belgilangan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklariga nisbatan egalik huquqlarini qonuniy e’tirof etilishi ekanligi tushuntirildi.

#Kadastr #Qonun_937 #korrupsiyaga_qarshi_kurash #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ–937-sonli Qonuni doirasida:

📊 470 788 ta obyekt kadastrchilar tomonidan xatlovdan o‘tkazildi.

📌 Xatlov ishlari izchil davom etmoqda.

🕐 Hisobot 2025-yil 12-iyul holatida.

#Kadastr_agentligi #Etirof #Qonun_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
2025/07/13 04:52:29
Back to Top
HTML Embed Code: