Telegram Web Link
O'quvchi fikri

Dasturlash va dasturchilar xaqida, qanaqa qilib dasturlashni o’rganish borasida ko’pdan beri o’ylab yurardim. Internet orqali uzundan uzun kodlar va xar xil tushunarsiz terminlarni ko’rganimda o’zimga nisbatan qanaqadir ishonchsizlik paydo bo’lardi. Bundan uch oy oldin YouTube orqali tasodifan Akmal Kadirovni saxifasiga duch kelib qoldim va u yerda shu kunlarda kurs ochilayotgani va joylar chegaralanganini bilib qoldim. Va uzimni sinab kurishga qaror qildim. Va bu qarorimdan xech xam afsuslanmayman. Akmal Kadirov dastlabki kunlardanoq mavzularni sodda va ravon tushushtirib bera olish orqali dasturlash olamiga kirib borishimga zamin yaratib berdi. Akmal Kadirov barcha narsani misollar orqali tushuntirib borishga xarakat qiladi va bu mavzuni tezrok va kulay o’zlashtirib olishga yordam beradi. Darslarning onlayn va o’z vaqtida bo’lib o’tishi xam ancha qulay. Barchasi uchun Akmal Kadirovga raxmat!

Akbar Y., 43 yosh

@kadirovDev
#oquvchiFikri
Qarang, birinchi darsni youtubga joylaganimizga bugun 1 yil bo'libdi. Tug'ilgan kuning bilan KadirovDev!

Shu paytgacha umumiy dasturlash teoriyasi kursi yaratildi, 14ta video: Ko'rish

Veb dasturlashning 7 ta darsi yozildi va ushbu kurs darslari yozilishda davom etmoqda: Ko'rish

Ko'plab jonli suhbatlar va intervyular yozildi: Ko'rish

@kadirovDev
#kurs
Dasturlash olamida ko'plab miflar yuradi va dasturlashni o'rganmoqchi bo'lganlarni bu cho'chitib turadi. Bunaqa yolg'on mish-mishlarga ishonmang:

- Dasturchi bo'lish uchun universitetda o'qish kerak
- Dasturlashni o'rganish uchun yillar kerak
- Geniy bo'lish kerak
- Hech qachon krutoy dasturchilarga yetib ololmayman
- Hamma o'quv markazlari bir, istaganimni tanlayveraman
- Dasturchi bo'lish uchun qarilik qilaman
- Bir til boshqalaridan yaxshi

Bu safargi jonli suhbatimizda ushbu va boshqa juda ko'p miflarni sindiramiz! Suhbat so'ngida har doimgidek savollaringizga javob beraman.

Efir 3-sentyabrga soat 20:15 da boshlanadi.
Video - https://youtu.be/ouBcNZuSRH0

@kadirovDev
#suhbat
Keyingi darsimizning matni tayyor bo'ldi.

Yozilgan kodlarni tekst variantida tushunish osonroq. Shuning uchun ham, video tayyor bo'lguncha, darsning tekst variantida o'qib, o'rganib turishingiz mumkin.

Ushbu dars orqali Bootstrap freymvorkini o'rganasiz.

Maqola bu yerda: http://myblog.uz/2020/08/30/7-bootstrap-1-qism-veb-dasturlash-kursi/

@kadirovDev
#text #veb_dasturlash_kursi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu odamlar meni ko'rsa tomi ketsa kerak-a?

Aslida ular - dunyo qarashi tor odamlar emas, hammasi hurmatga sazovor odamlar. Ayniqsa Yodgor Sa'diev rollarini juda yaxshi ko'ramiz. Shaytanat serialiga teng keladigan serial o'zbek kino olamida haligacha dunyoga kelgani yo'q.

Bir yahudiy donishmanddan "Nega sizlarning xalqingiz 40 yil cho'lda tentirab yurgan?", - deb so'raganimda, u donishmand menga "Ular cho'lda tentirab yurishganiga sabab, Misrda 430 yil davomida qul bo'lgan yahudiylar, cho'lda erkin yurgandan ko'ra, qullikka qaytishga rozi bo'lishgan. Shu sababdan ham cho'lda - ozodlikda tug'ilgan va erkin fikrlaydigan avlodgina va'da qilingan yurtga qadamini qo'ygan", - deb javob bergan edi.

O'zbekiston kelajagi buyuk degan gapni 29 yildan beri eshitamiz. Ushbu kelajak ro'yobga chiqishi uchun demak 11 yil qolibdi. Bu vaqtda biz hurmat qilgan, lekin sovet mentalitetiga ega odamlar avlodi almashib, yosh, 91-yildan keyin tug'ilgan odamlardan deputatlar va hokimlar yetishib chiqadi degan umiddaman.

@kadirovDev
Eslatib o'taman: Bugun (3-sentyabr) saot 20:15 da jonli suhbat quramiz.

Dasturlash olamida ko'plab miflar yuradi va dasturlashni o'rganmoqchi bo'lganlarni bu cho'chitib turadi. Bunaqa yolg'on mish-mishlarga ishonmang:

- Dasturchi bo'lish uchun universitetda o'qish kerak
- Dasturlashni o'rganish uchun yillar kerak
- Geniy bo'lish kerak
- Hech qachon krutoy dasturchilarga yetib ololmayman
- Hamma o'quv markazlari bir, istaganimni tanlayveraman
- Dasturchi bo'lish uchun qarilik qilaman
- Bir til boshqalaridan yaxshi

Bu safargi jonli suhbatimizda ushbu va boshqa juda ko'p miflarni sindiramiz! Suhbat so'ngida har doimgidek savollaringizga javob beraman.

Video - https://youtu.be/ouBcNZuSRH0

@kadirovDev
Hamma tayyormi? Qani boshladik unda: https://youtu.be/ouBcNZuSRH0

@kadirovDev
Do'stlarimiz, ООО Amedia Cloud Technologies kompaniyasi backend dasturchi qidirishayotgan ekan.

Talab qilinadigan bilim:
- OOP va Pattern'lar
- RESTful API'ni tushunish
- Symfony, yoki Laravel freymvorklaridan birini bilish
- SQL tilini bilish va MySQL, yoki PostgreSQL da ishlay olish
- Kamida 2 yillik tajriba bo'lishi kerak

Biz tomondan:
- Qiziqarli va murakkab vazifalar
- Dress-code kabi narsalar yo'q
- Ofitsial ish
- Ish grafigi 5/2, soat 10:00 dan 19:00 gacha
- Ofis Toshkent shaxrida
- Oylik maosh: bilimingizga qarab 700$ dan 1500$ gacha

Siz uchun qiziq bo'lsa, bu yerga yozing: @amedia
Telefon: +998 97 777-70-98
Ko'pchilik qanday qilib men bilan bog'lanish mumkinligini so'rashadi.

Men instgram profilimni o'zim yurg'izaman va savollarizga javob berishim mumkin. Birdaniga javob bermasligim mumkin vaqtim chegaralangan, lekin hech bir xatni javobsiz qoldirmaslikka harakat qilaman. Shu o'rinda bir maslaxat: salom bergach birdaniga savolizni yozing.

Chunki bir hil payt faqat "Assalomu alaykum" degan xatlar olaman. Ushbu xatni jo'natilganiga 2 kun bo'lgan bo'ladi. Alik olaman. Oradan yana bir kun o'tib "Bir savol bersam maylimi?" mazmunida xat olaman. Xullas, savol menga yetib kelguncha oradan bir hafta o'tib ketadi. Buning o'rninga "Assalomu alaykum, bir savolim bor edi. Falonchi narsani nima qilsam bo'ladi", - mazmunidagi xatingizga birdaniga javob olishingiz mumkin.

Instagramdagi loginim: @kadirovDev
Profilga yo'llanma: https://instagram.com/kadirovDev

@kadirovDev
Dasturingiz asosi, ya'ni backend qismi qanchalik kuchli va murakkab bo'lmasin, foydalanuvchi ko'radigan, ya'ni frontend qismi - oson va chiroyli bo'lishi shart

@kadirovDev
#rasm
Tabriklayman! Sen kollejni tamomlading!
Endi sen....
Shunchaki devordagi yana bir g'isht

@kadirovDev
#rasm
Kim @kadirovDev kanalida yangi bo'lsa, ushbu kanalda dasturlashni video-darslar orqali bepul o'rganishingiz mumkin

Boshida Umumiy Dasturlash Teoriyasini o'rganing:

(Bir hil darslarning yonida videodan tashqari, tekst variantlariga ham yo'llanmalar bor. Ularni ham albatta ko'ring, chunki ko'p qatorlik kodlarni tekst variantida tushunish ancha osonroq)

0 - Kompyuter Tarixi: video
1 - Dasturlash tillari: video
2 - Sanoq tizimlari, bit, bayt, ASCII: video
3 - Print, O’zgaruvchan va Izoh: video
3.1 - Izohlarga javob. Konkatenatsiya: video
4 - Guruhlash va Funksiyalar: video | tekst
5 - Parametr: video | tekst
6 - Ma’lumot turlari: video
7 - Taqqoslash operatorlari. If va Else: video | tekst
8 - Mantiqiy operatorlar va Increment: video
9 - For aylanmasi, Switch va Case: video
10 - Class va Object: video | tekst | test
11 - Interface: video| tekst
12 - Ko’plik va O’zgarmas: video | tekst

Bir nechta qo'shimcha testlar: test-1, test-2, test-3, test-4

Keyin Veb-Dasturlash kursi bo'yicha videolarni ko'ring:

Anons - Veb-Dasturlash: video
0 - Internet tarixi: video
1 - Veb dasturlar qanday ishlaydi?: video
2 - PHP-ni o'rnatish: video
3 - HTML: video | tekst
4 - CSS (1-qism): video | tekst
5 - CSS (2-qism): video | tekst
6 - JavaScript: video | tekst
7 - Bootstrap (1-qism): video | tekst
8 - Bootstrap (2-qism): tez kunda...

Kanalda: darslardan tashqari obunachilar bilan jonli suhbatlar, boshqa dasturchilar bilan intervyular va boshqa qiziqarli videolar ham bor
:
- Covid-10 ning axborot texnologiyalari olamiga ta'siri: video
- Procodeuz kanalining mendan olgan intervyusi: video
- Migratsiya ko'rsatuvidagi ishtirokim: video
- Obunachilardan kelib tushgan savollarga javob: video
- Obunachilar bilan jonli savol-javob: video
- Yii freymvork meynteyneri, ya'ni asosiy dasturchisi - Aleksandr Makarov bilan suhbat (рус тилида): video
- Makarov bilan suhbatni o'zbekcha tarjimasi: video
- Obunachilar bilar jonli suhbat: video
- Dasturchilarda ko'p uchraydigan Firibgarlik Sindromi haqida obunachilar bilan jonli suhbat: video
- AQShda ishlayotgan o'zbek dasturchisi Saidbek Arislonov bilan suhbat: video
- Axborot Texnologiyalarida xavfsizlik mavzusida obunachilar bilan jonli suhbat: video
- Dasturchi bo'lish yo'l haritasi mavzusida jonli suhbat: video
- Dasturchi bo'lish yo'l haritasida qoib ketgan savollarga javob: video
- Dasturlash olamidagi miflarni buzamiz! - video


Boshqa mavzudagi maqolalar:
- Dasturchi bo’lish uchun qanaqa kompyuter kerak bo’ladi?: tekst
- PHP 7.4 da nimalar o’zgardi?: tekst

@kadirovDev
#kurs
Youtube kanalimizda premyera! Video ostidagi "Напомнить" tugmachasini bosib qo’ysangiz, youtube sizga premyeraga 30 daqiqa qolganda eslatib qo’yadi.

Ushbu dars orqali Bootstrap freymvorkini o'rganasiz.

Video - https://youtu.be/keFQLjWhgpw
Matn - http://myblog.uz/2020/08/30/7-bootstrap-1-qism-veb-dasturlash-kursi

@kadirovDev
#video #veb_dasturlash_kursi
Youtube kanalimiz ham yaqinlashib qoldi telegramimizga. Obunachilar soni 6000 dan oshibdi.

Hurmatli telegramdoshlar, ha bu instagram, yotube'larimiz sizlardan hafa bo'layapti, mundoq "Подписаться" tugmachasini bosib qo'yinglar ularda ham.

YouTube - youtube.com/kadirovDev
Instagram - instagram.com/kadirovDev

Hurmat bilan, o'sha, siz bilgan odam.

@kadirovDev
#buyamBirGapdaEndi
Rostdan ham, Umumiy Dasturlash Teoriyasini bilgach, biror tilni o'rganish uchun 2 soat yetarli

@kadirovDev
#rasm
O'zbek programmistlari Gigant kompaniyalarda | Microsoft, Google, Facebook, Amazon, Ebay

Esingizdami Saidbek Arislonov bilan suhbat qurgan edik? Saidbek AQShning yirik kompaniyalarida ishlayotgan o'zbek dasturchilari haqida film ishladi. O'ylaymanki bu hammaga ham qiziq va motivatsiya beruvchi manbaa bo'ladi. Keling birgalikda ko'ramiz

Video - https://youtu.be/fX87iHCDyr4

@kadirovDev
Paysend dasturi haqida ko'pchilik eshitgan bo'lsa kerak?

Ushbu dastur orqali chet eldan O'zbekistonga va boshqa davlatlarga pul jo'natishingiz mumkin. Afzallik tomoni yuborilgan pul birdaniga uzcard yoki humo kartalariga kelib tushadi. Bankda, cheksiz ocheredlarda turish kerak emas.

Ho'sh buni sizga nima uchun aytayapman? Gap shundaki Paysend bizga keyingi promo kod orqali ushbu pul o'tkazmalarini komissiyasiz - bepul jo'natish imkonini bermoqda. Pul jo'natayotganda "Save money" tugmasiga bosib, paydo bo'lgan oynada quyidagi promo kodni kiritish kifoya:

Promo kod - e368ae
Android uchun dastur
- https://play.google.com/store/apps/details?id=com.paysend.app

Do'stlaringiz bilan ushbu postni bo'lishing, ular xam pul o'tkazmalarini komissiyasiz bajarishsin!

@kadirovDev
Bugun IntervyuUz kanali bilan suhbatimiz efirga chiqdi. Menimcha yaxshi suhbat bo'ldi. Hammangizni ushbu suhbatni tomosha qilishga chaqiraman

Video - https://youtu.be/9EzoBBcYnS8

@kadirovDev
#suhbat
Bazi muammolar tufayli ohirgi bir oy ichida yangi video ustida ishlamadim.

Buning uchun sizlardan uzr so'rayman. Endi yangi kuch va g'ayrat bilan video tayyorlashda davom etamiz. Hozirda bootstrap darsining davomini chiqarish ustida ishni boshladik.

Kim kanalda yangi bo'lsa ushbu videoni korishdan boshlasin - https://youtu.be/xqKqpZcf-sE
Ushbu videoda dasturchi bo'lish uchun qadamma-qadam nima qilish kerakligni tushintirganman.

Keyin esa manabu ro'yxatdagi videolarni tartib bilan ko'rib boring - https://www.tg-me.com/kadirovDev/220

@kadirovDev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Instagram sahifamiz orqali menga xat yozganlarga murojaat qilmoqchiman.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Youtube 👉 https://youtube.com/kadirovDev
Instagram 👉 https://instagram.com/kadirovDev
MyBlog 👉 http://myblog.uz/author/kadirov
VKontakte 👉 https://vk.com/kadirovDev
Telegram 👉 https://www.tg-me.com/kadirovDev

@kadirovDev
#suhbat
2025/07/07 09:01:30
Back to Top
HTML Embed Code: