Telegram Web Link
#yangiliklar

Ilon Maskning shaxsiy mashinasi Mars sayyorasi orbitasini kesib o'tdi
Starman - Tesla mashinasi "haydovichisi", manikenning ismi
Kursda nima o'rgatiladi

Dasturchilik asosi

O'quv markazlari odatda ma'lum bir dasturchilik tilini o'rgatishadi holos. Men esa kursning 2 haftasini dasturchilik asosini o'rgatishga sarflayman. Bu bilim bilan siz hohlagan dasturchilik tilida be'malol dasturlar yoza oladigan bo'lasiz.

PHP dasturlash tili

Keyin PHP tilini o'rganamiz. Hozirgi internetlashgan zamonda bu til eng muhim daturlash tillaridan biri hisoblanadi. Ma'lumot uchun: internetdagi web programmalar va saytlarning 80% shu tilda yozilgan.

MySQL Ma'lumotlar Ombori

Har bir dastur ma'lumotlarni qayerdadir saqlashi kerak. Misol uchun foydalanuvchining elektron manzili, ism sharifi va hokazo. Buning uchun MySQL ma'lumotlar ombori tizimi bor. Ma'lumot uchun: Facebook barcha ma'lumotlarinig aynan MySQL tizimida saqlaydi. Bu tizimda ishlashni ham bir oylik kursimizda o'rganamiz

Front-End

Dasturning tashqi ko'rinishi, uning chiroyli bo'lishi, chiroyli tugmachalari, ranglari - bu odatda dizaynerga bog'liq. Shunga qaramay html, css, JavaScript, jQuery va bootstrap kabi texnologiyalarni ham, qisqa bo'lsada ko'rib o'tamiz.
👍2
Kurs qanday o'tiladi

- Darslar har Dushanba, Seshanba, Payshanba va Juma kunlari o'tiladi
- Skype orqali, kuniga 2 akademik soat
- Uy vaifalari beriladi va o'qituvchi tomonidam tekshiriladi
- Guruhdagi darslardan tashqari, o'quvchi bilan alohida, 8 soatgacha individual darslar ham o'tiladi
- Kurs nihoyasiga yetgach ham, bepul konsultatsiyalar olishingiz mumkin



Batafsil 👉 phpedu.online
Administrator 👉 @kadirovEduPhone
E-mail 👉 [email protected]
👍1
Avtor haqida

Salom, Men Akmal Kadirov

12 yildan buyon dastruchilik bilan shug'ullanaman

Oxirgi 5 yilda Rossiyada Senyor dasturchi sifatida ish yuritgan bo'lsam, hozir yevropaning yirik kompaniyalaridan birida faoliyatimni davom ettirayapman. Shu davrda Rossiya va O'zbekistonda ko'plab shogirdlar tayyorladim. Oxirgi marta vatanimizga qaytganimda ko'rdimki, dasturchilik bo'yichicha intensiv kurslar yo'q. Intensiv deganda bir oy ichida dasturchilikni o'rgatadtigan kurslarni nazarda tutayapman.

Oylab, yillab dasturchilikni o'rganidigan vaqt o'tib ketdi. Bizning kursga qo'shiling va bir oy ichida eng zamonaviy kasb egasiga aylaning.
👍5
Intensiv va oddiy kurslarning farqi nimada?

Oddiy kurslar
uzoq vaqt, erkin dars o'tishga qaratilgan. Odatda haftasiga 2 marta o'tiladi. Vaqti 6 oydan 1 yilgacha. To'lovlar har oy to'lanadi.

intensiv kurslar vaqtingizni tejashga qaratilgan. Shuning uchun ham, kichik vaqt ichida sifatli ma'lumotlar beriladi. Haftasiga 4-5 kun o'tiladi. Vaqti maksimum 1 oy. To'lov bir marta.

Qaysi yo'nalishni tanlash o'quvchining o'ziga bog'liq. Kurs tanlashda eng etibor qaratishingiz lozim bo'lgan narsa bu - o'qituvchi. Ingiliz tili o'rganasimi, yoki dasturchiliknimi, kurs tanlashdan oldin, birinchi novbatda o'qituvchilarni solishtirib ko'ring.



Batafsil 👉 phpedu.online
Administrator 👉 @kadirovEduPhone
E-mail 👉 [email protected]
Firibgarlik sindromi

Firibgarlik, yolg'onchilik sindromi, bu psixologik holat bo'lib, odam o'z erishgan yutugi'ga o'zining harakati, sifati tufayli deb o'ylamaslik.

Qanchalik odam yutuqlarga erishmasin, u o'zini yolg'onchi, firibgar deb biladi va shunchaki omadi kelgan deb hisoblaydi. Aslida esa o'zini yaroqsiz va erishgan yutuqlariga loyiq emas deb o'ylaydi.

Agar bu sindromlik odamni ming kishi ichidan tanlab katta lavozim berishsa, u bu vaqtincha deb o'ylaydi va tez orada asl yuzini boshqalar tushunib qoladi va sharmandalarcha ishdan olib tahslashadi deb o'ylashi mumkin.

Afsuski bu sindrom dasturchilarda keng tarqalgan.

Qanchalik yirik kompaniyalarda odam ishlamasin, qanchalik ko'p maosh berishmasin, qanchalik odamlar uning aqliga, zexniga tan berib hurmat bilan qaramasin, bu sindrom egasi baribir o'zini yaxshi mutaxasis emas va topshirilgan vazifalarni bajara olmayman deb o'ylaydi.

Agar u barcha topshirilgan vazifalarni a'lo darajada bajarsa, u bu safar omadim keldi, lekin yanangi safar omadim kemasligi mumkin deb o'ylaydi. Vijdoni qiynaladi.

Sindrom haqida wikipediyagi maqola (rus tilida): https://ru.wikipedia.org/wiki/Синдром_самозванца
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dasturchi bo'lish aslida qanday, sizni bu narsaga maktabda o'rgatishmaydi (video rus tilida)
👍2
Ko'pchilik dasturlash uchun juda kuchli kompyuter kerak deb o'ylashadi.

Dasturchilar 5ta monitorli kompyuterlardan foydalanishadi deyishadi.

To'g'risi o'zim ham ishxonada 2ta monitordan foydalanaman. Uyda esa ekrani katta bo'lmagan noutbukdan foydalanaman.

Kompyuterning kuchiga keladigan bo'lsak: Ha, kompyuteringiz qancha kuchli bo'lsa shuncha yaxshi. Lekin dasturchining asosiy ishi - bu kod yozish. Ya'ni, elektron bloknotda ham dasturlar yoza olasiz. Shuning uchun ham oddiygina kompyuteringiz bo'lsa ham dasturlar yoza olasiz.

Nega unda dasturchilar ko'p monitorli, kuchli kompyuterlarda o'tirishadi? - degan savol tug'ulishi mumkin. Axir siz ham Matizingiz bo'lsa, Malibu olgingiz kelar, Malibungiz bo'lsa BMW X6 olgingiz kelar. Dasturchilar mashinasi esa - kompyuter!
👍2
Hurmatli bo'lajak dasturchilar!

10 kun ichida kursimiz boshlanadi. Kursga to'lovlarni qabul qilishni boshladik. Eslatib o'tamiz kursga faqat 5 kishi qabul qilinadi.

Tariflar 👉 http://phpedu.online/#generic_price_table

Kursga qo'shilgingiz kelayaptiyu, lekin hali menedjerimiz sizga qo'ng'iroq qilmadimi? Omadingizni qo'ldan boy bermang, bu yerga o'zingiz tanlagan tarifingizni yozib yuboring

Bu yil hisobida boshqa kurs bo'lmaydi.

Kelajagingiz o'z qo'lingizda

Sayt: phpedu.online
Administrator: @kadirovEduPhone
Noxush habar: Saratovda poyezd va avtobus to‘qnashuvi oqibatida besh o‘zbekistonlik halok bo‘ldi.

Afsuzki bunaqa habarlarni oxirgi paytlarda ko'p eshitayapmiz. Rossiyada bo'lganimda ham hamyurtlarimizni qora ishda ko'p ko'rganman. Bechora bola boqish umidida kelgan muhojirlarimizni odam o'rnida ko'rishmaydi.

Umid qilamanki hamyurtlarimiz axborot texnologiyalari sohasida bilimlarini rivojlantirib, qora ish uchun chet ellarga ketmaydigan bo'lishadi. Umid qilaman shu kunlarga ham yetishamiz
Freymvork - bu nima?

Freymvork (ing. Framework) bu tayyor kod. Siz PHP tilini o'rganganingizdan keyin hamma narsani boshidan o'zingiz yozishingiz shart emas. Bepul tayyor kodlardan foydalansangiz bo'ladi.

Masalan foydalanuvchilarni ro'yhatdan o'tkazish kabi qariyib har bir veb-proyektda ishlatiladigan qismlar allaqachon yozib qo'yilgan. Siz o'zingiz yangitdan ro'yhatdan o'tkazish tizimini yozishingiz mumkin, yoki bo'lmasam biror freymvorkdan foydalanishingiz mumkin.

PHP tilida freymvorklar juda ham ko'p, men shularning 3 tasini takidlab o'tgan bo'lar edim:

1. Yii2 - bu freymvork juda o'rganish uchun oson bo'lib, tezda o'rganishga imkon beradi. MDX davlatlarida juda mashxur. Sayti: https://www.yiiframework.com

2. Symfony - Yevropa mamlakatlarida mashxur bo'lib, juda kuchli freymvork hisoblanadi. O'rganish uchun Yii2 ga nisbatan qiyinroq. Sayti: https://symfony.com

3. Laravel - Okean orti davlatlarida, jumladan AQSH va Kanada davlatlarida juda mashxur. Sayti: https://laravel.com/

Bizning kursni tugatgach, boshida freymvork ishlatmasdan, ko'p narsalarni o'zingiz yozishingizni maslaxat beraman. Chunki tayyor narslardan foydalansangiz, sizda rivojlanish bo'lmaydi. Keyinchalik esa, o'z ishingizni tezroq tugatish uchun albatta freymvorklardan birini o'rganishingiz kerak bo'ladi.

Qaysi freymvorkni o'rganish, bu qaysi davlatlar bilan ko'proq ishlamoqchi ekanligingizga bo'g'liq.

Ingilizchani bilasizmi? Unda Symfony o'rganing, chunki yevropa davlatlari MDX davlatlariga nisbatan ko'proq to'laydi.

O'zbekistonda, yoki boshqa biror MDX davlatlari bilan ishlamoqchimisiz? Unda - Yii2 freymvorki sizga to'g'ri keladi.

Shuni unutmanki, ko'p kasb egalari 3-4 yilda bir marta malaka oshirishsa, dasturchi - har doim izlanishda bo'ladi. Bekorga dasturhilar maoshi boshqalarnikiga nisbatan bir necha barobar yuqori emas. Mening o'zim ham kuniga 1-2 soat vaqtimni dasturchilik sohasidagi yangiliklarni, yoki maqolalarni o'qishga sarflayman.
👍3
Меня зовут Амаль, я учился у Акмаля Кадирова программированию когда мне было еще 16 лет (сейчас мне 23). Кадиров Акмаль в первую очередь - хороший преподаватель и наставник. Благодаря его обучению я до сих пор работаю разработчиком уже более 6 лет. Кадиров Акмаль опытный разработчик с огромным стажем на практике сможет дать вам самые полезные навыки. Всем советовал и советую Акмаля как отличного наставника, хорошего товарища, и опытного коллегу!

Амаль Алтыбаев



Mening ismim Amal. Men Akmal Kadirovdan dasturlashni 16 yoshligimda o‘rgana boshlaganman (hozir yoshim 23 da). Akmal Kadirov eng avvalo yaxshi ustoz va murabbiydir. U bergan darslarining sharofati ila men hozirgi kungacha dasturchi bo‘lib ishlayapman. Akmal Kadirov yuqori malakaga ega bo‘lgan tajribali dasturchi sifatida sizga amalda eng muhim bilimlarni o'rgatadi. Men barchaga Akmalni juda yaxshi murabbiy, do‘st va mohir hamkasb sifatida tavsiya qilganman va tavsiya qilishda davom etaman.

Amal Altibayev

O'quvchining ishtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/maroon775/
Facebook: https://facebook.com/maroon775

#oquvchilFikri
Dushanba kuni dasturlash bo'yicha kursimiz boshlanadi. Dasturlashni bir oy ichida o'rganib olish imkoniyatini qo'ldan boy bermaslik uchun - bir kuningiz qoldi. Shoshiling!
MVC (en: Model-View-Controller, uz: Model-Ko'rinish-Boshqaruvchi, ru: Модель-Представление-Контроллер)

Bir dona faylinig ichida dasturning tashqi ko'rinish kodlari, ma'lumotlarni saqlash va ularni o'zgartirish kodlarini joylash oson, lekin to'g'ri yo'l emas. Keyinchalik dasturni o'zgartirishda, uni rivojlantirishda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.

Uning o'rniga ko'p dasturlar MVC sxemasini ishlatishadi. Bunda, tashqi ko'rinish kodlari, dasturning dizayni - View deb nomlanadi va ular hech qanaqa ma'lumtlar saqlamaydi. Bu sxemada ishlash birinchi variantga nisbatan ko'proq vaqtni talab etishi mumkin, lekin dastur sifatini yaxshilaydi.

Ma'lumotlar bilan ishlovchi fayllar esa Model deb nomlanadi va ularda hech qanaqa tashqi ko'rinish kodlari bo'lishi mumkin emas.

Bu ikkala turdagi kodlarni Controller boshqaradi. Controller-da hech qanaqa tashqi ko'rinish kodlari, yoki ma'lumotlarni saqlash mumkin emas.

Misol: Siz foydalanuvchi haqida ma'lumotni ko'rmoqchisiz. Dastur bu ishni Controller-ga topshiradi:

- Controller Model-dan kerakli ma'lumotlarni so'raydi: ism, sharif, manzil va hokazo.
- Model-dan kerakli ma'lumotlar olingach, Controller bu ma'lumotlarni View-ga yuboradi. View bu malumotlarga tashqi ko'rinish beradi, ya'ni oddiy tekstda dizayn paydo bo'ladi.
- Controller View-dan ishlov berilgan ma'lumotlarni olgach uni ekranga chiqaradi.
👍1
Mening ismim A'zamjon, yoshim 33da. Dasturlashni o'rganishga bo'lgan qiziqish menda avvaldan bo'lgan. Ammo bunga imkon va sharoit bo'lmagan. Sababi dasturlashni o'rgatadigan o'qituvchi yoki kursga duch kelmaganman. Akmal akanining dasturlashni o'rgatish bo'yicha telegramdagi e'lonlari menga ayni muddao bo'ldi. Ikkilanmasdan kursga yozildim. Mana bir hafta bo'ldi kurs boshlanganiga, o'zgarishlar katta. Men dasturchilik, dasturlash xaqida o'zim kutganimdan ham ko'proq narsani o'rganayapman. Funksiya, parametrlar, tip, peremenniy, ob'ekt... bu dasturlashga oid atamalar endi menga tushunarsiz emas. Telegram kanalda Akmal akaning shogirdlaridan kelgan izohlarni o'qib, ular aytgan gaplar to'g'ri ekanligiga kurs davomida amin bo'layapman. Haqiqatda Akmal aka o'zidagi bilimini o'zgalarga yetkazib bera olsih qobiliyatiga ekan.

@kadirovDev
#oquvchiFikri
👍1
Bugun taniqli so'z ustasi Obid Asomov hayotdan ko'z yumdi. Ishonish qiyin. Joylari jannatdan bo'lsin.
Telegramda so'rovnomalar imkoniyati paydo bo'lgach, xar xil kanallarda so'rovlar modaga kirdi. Biz ham so'rov o'tkazmoqchimiz.

Kursga kim qatnashish niyati bor?
Anonymous Poll
67%
Men aniq kursda qatnashaman
24%
Men xali ikkilanib turbman
10%
Kursga qatnashish niyatim yo'q
👍3
Kirib kelayotgan yangi yilingiz bilan!

Yangi yilda kim oldiga nima maqsad qo'ygan bo'lsa - barchasiga erishsin!

Kirib kelayotgan 2019-yilda sizlarga ikkita narsa tilayman:
1. Baquvvat sog'lik
2. Tugalmas boylik

Qolganiga o'zlariz erishasizlar :)
👍👍👍

Yangi yil muborak do'stlar!
2025/07/08 21:29:11
Back to Top
HTML Embed Code: