Telegram Web Link
Youtube kanalimizda premyera! Video ostidagi "Напомнить" tugmachasini bosib qo’ysangiz, youtube sizga premyeraga 30 daqiqa qolganda eslatib qo’yadi.

Ushbu dars orqali Ko’plik, O’zgarmas va Sinf elementlari huquqi kabi qiziqarli mavzularni ko’ramiz. Ushbu dars Umumiy Dasturlash Teoriyasini yakunlab beradi. Eslatib o’taman keyingi kursimiz “Veb-dasturlash” deb nomlanadi. Ushu kursda PHP, JavaScript kabi tillarni ko’ramiz. Umuman olganda ushbu kursda nimalar bo’lishi haqida keyinroq batafsil yozamiz.

Video - https://youtu.be/3yBgzHLevME

@kadirovDev
#video #umumiy_dasturlash_teoriyasi
Kechagi video "Umumiy Dasturlash Teoriyasi"ning ohirgi darsi edi. Quyida ushbu kursning barcha darslarga yo'llanmalar qo'yaman. Bir hil darslarning yonida videodan tashqari, tekst variantlariga ham yo'llanmalar bor. Ularni ham albatta ko'ring, chunki ko'p qatorlik kodlarni tekst variantida tushunish ancha osonroq.

0 - Kompyuter Tarixi: video
1 - Dasturlash tillari: video
2 - Sanoq tizimlari, bit, bayt, ASCII: video
3 - Print, O’zgaruvchan va Izoh: video
3.1 - Izohlarga javob. Konkatenatsiya: video
4 - Guruhlash va Funksiyalar: video | tekst
5 - Parametr: video | tekst
6 - Ma’lumot turlari: video
7 - Taqqoslash operatorlari. If va Else: video | tekst
8 - Mantiqiy operatorlar va Increment: video
9 - For aylanmasi, Switch va Case: video
10 - Class va Object: video | tekst | test
11 - Interface: video| tekst
12 - Ko’plik va O’zgarmas: video | tekst

Yana bir test

@kadirovDev
#kurs #umumiy_dasturlash_teoriyasi
Shu kunlarda Veb-dasturlash kursini boshlamoqchiligimizni aytgandik. Ho'sh, ushbu kursda nimalarni o'rganasiz?

* PHP dasturlash tili
Hozirgi internetlashgan zamonda bu til eng muhim daturlash tillaridan biri hisoblanadi. Ma'lumot uchun: internetdagi web dasturlar va saytlarning 80% shu tilda yozilgan.

* JavaScript dasturlash tili
Ushbu til brauzerlar uchun ishlab chiqilgan bo'lib, hozirgi kunda qariyib barcha dasturlash yo'nalishlarida keng qo'llaniladi.

* MySQL ma'lumotlar ombori
Har bir dastur ma'lumotlarni qayerdadir saqlashi kerak. Misol uchun foydalanuvchining elektron manzili, ism sharfi va hokazo. Buning uchun MySQL ma'lumotlar ombori tizimi bor. Ma'lumot uchun: Facebook barcha ma'lumotlarini aynan MySQL tizimida saqlaydi.

* HTML va CSS
Bu tillar dasturlash tillariga kirmaydi, ular veb-dasturlarning tashqi ko'rinishini ifodalash uchun ishlatiladi.

* jQuery
JavaScript tilini biror bir kutubxonasiz tasovvur qilish qiyin. Shulardan biri jQuery.

* Bootstrap freymvorki
Ushbu freymvork - dasturning tashqi ko'rinishi uchun kuchli qurol hisoblanadi. HTML, CSS va JavaScript larning tayyor qoliplari jamlagan. Siz tashqi ko'rinish uchun ko'p kod yozmasdan, tayyor chiroyli botstrap elementlaridan foydalanishingiz mumkin.
Veb-Dasturlash kursi ustida ish qizg'in ketmoqda. YouTube kanalimizda ushbu kursning anonsi paydo bo'ldi

Video - https://youtu.be/HgxaEBGyQ5Y

@kadirovDev
#video #veb_dasturlash_kursi
Youtube kanalimizda premyera! Video ostidagi "Напомнить" tugmachasini bosib qo’ysangiz, youtube sizga premyeraga 30 daqiqa qolganda eslatib qo’yadi.

Veb dasturlash deb internetda ishlayotgan dasturlarga nisbatan aytiladi. Ho'sh internetning o'zi nima? Ushbu darsimizda bu haqda bilib olasiz.

Video - https://youtu.be/WVfCySLe5Mg

@kadirovDev
#video #veb_dasturlash_kursi
Youtube kanalimizda premyera! Video ostidagi "Напомнить" tugmachasini bosib qo’ysangiz, youtube sizga premyeraga 30 daqiqa qolganda eslatib qo’yadi.

Ushbu dars orqali keyingi savollarga javob topasiz: Veb dasturlar qanday ishlaydi? HTTP protokoli nima? HTML, CSS, JavaScript va PHP tillari nima uchun kerak?

Video - https://youtu.be/qVM8JJsNxGE

@kadirovDev
#video #veb_dasturlash_kursi
Youtube kanalimizda premyera! Video ostidagi "Напомнить" tugmachasini bosib qo’ysangiz, youtube sizga premyeraga 30 daqiqa qolganda eslatib qo’yadi.

Ushbu darsda PHP-ni kompyuterimizga o'rnatib, birinchi dasturimizni, ya'ni "Hello, world!" so'zini ekranga chiqaramiz.

Video - https://youtu.be/btN1yCxrF2w

@kadirovDev
#video #veb_dasturlash_kursi
Katta dars tayyorlanmoqda. Ushbu darsda HTMLni o'rganamiz. Dars ham video, ham tekst variantlarida bo'ladi. Chunki video da yozilgan kodlarni bajarib ko'rish uchun, ushbu kodlarni yaxshiroq tushunish uchun - tekst varianti ko'proq mos keladi.

@kadirovDev
Keyingi darsimizning matni tayyor bo'ldi. Yozilgan kodlarni tekst variantida tushunish osonroq. Shuning uchun ham, video tayyor bo'lguncha, darsning tekst variantida o'qib, o'rganib turishingiz mumkin.

Ushbu dars orqali HTML tilini o'rganasiz.

Maqola bu yerda: http://myblog.uz/2020/03/12/3-html-veb-dasturlash-kursi/

@kadirovDev
#text #veb_dasturlash_kursi
Koronavirus o'zimizga ham kirib keldi. Maktab va oliygohlar yopildi. O'zimizga ehtiyot bo'lamiz, vahima qilmaymiz, uyda o'tirib youtube orqali dasturlashni o'rganamiz.

O'zlaringni asranglar!

@kadirovDev
Agar ushbu dasturga ishonsak - yahudiy ekanman 😂😂

@kadirovDev
#rasm
Youtube kanalimizda premyera! Video ostidagi "Напомнить" tugmachasini bosib qo’ysangiz, youtube sizga premyeraga 30 daqiqa qolganda eslatib qo’yadi.

Ushbu darsda har bir veb-dasturning o'zagi bo'lgan - HTML tilini ko'ramiz.

Video - https://youtu.be/M2gaVOA29sk

@kadirovDev
#video #veb_dasturlash_kursi
Veb-dasturlash kursining tayyor bo'lgan darslar ro'yxati:

(Eslatib o'tamiz, avval umumiy dasturlash teoriyasini o'rgnishingiz kerak)

Anons - Veb-Dasturlash: video
0 - Internet tarixi: video
1 - Veb dasturlar qanday ishlaydi?: video
2 - PHP-ni o'rnatish: video
3 - HTML: video | tekst
4 - CSS (1-qism): video | tekst
5 - CSS (2-qism): video | tekst
6 - JavaScript: tez kunda...

@kadirovDev
#kurs #veb_dasturlash_kursi
Korona virusi axborot texnologiyalari olamiga qanday ta'sir qildi? Dasturlashni nimadan boshlash kerak? Ushbu va boshqa savollarga javob

Video - https://youtu.be/sRygyfXI2E8

@kadirovDev
#video #izohlarga_javob
Keyingi darsimizning matni tayyor bo'ldi. Yozilgan kodlarni tekst variantida tushunish osonroq. Shuning uchun ham, video tayyor bo'lguncha, darsning tekst variantida o'qib, o'rganib turishingiz mumkin.

Ushbu dars orqali CSS tilini o'rganasiz.

Maqola bu yerda: http://myblog.uz/2020/04/28/4-css-veb-dasturlash-kursi

@kadirovDev
#text #veb_dasturlash_kursi
Youtube kanalimizda premyera! Video ostidagi "Напомнить" tugmachasini bosib qo’ysangiz, youtube sizga premyeraga 30 daqiqa qolganda eslatib qo’yadi.

Ushbu dars orqali CSS tilini o'rganasiz.

Video - https://youtu.be/Qfd6QVEInxI
Matn - http://myblog.uz/2020/04/28/4-css-veb-dasturlash-kursi

@kadirovDev
#video #veb_dasturlash_kursi
Proweb o'quv markazi o'qituvchisi, tajribali dasturchi Azizbek Komilov ( @procodeuz ) intervyu berishimni so'raganda albatta rozi bo'ldim. Chunki savollar endi dasturchilikka kirib kelayotgan o'quvchilar tomonidan berilgan. Azizbekning ham, mening ham niyatim yoshlarni axborot texnologiyalar olamiga kirib kelishiga ko'maklashish. Menimcha qiziq suhbat bo'ladi, barchangizni bugun 21:00 da suhbatimizga taklif etaman.

Video - https://youtu.be/q8x4c4Si3po

@kadirovDev
#video #intervyu
Instagramda "Menga savol bering" formasini qo'ygan edim. Anchagina savollar kelib tushdi. Undan tashqari, oldingi intervyuda hamma savollarga javob berishga ulgurmagan edim. Bugungi videoda barcha savollarga javob berishga harakat qildim

Video - https://youtu.be/tDgKWQb4BYw

@kadirovDev
#video #suhbat
Faqat HTML darsini ko'rganlar tushunadi

@kadirovDev
#rasm
Bugun mening tug‘ilgan kunim. Shu munosabat bilan o‘zimni o‘zim tabriklayman! Baxtimga mingga kiray. Har doim sog‘ bo‘lay. Nima niyat qilgan bo‘lsam - barcha niyatimga yetay deb, - O‘zim!

@kadirovDev
#rasm
2025/07/07 15:21:10
Back to Top
HTML Embed Code: