Telegram Web Link
Mana bu narsa fishing (baliq ovlash) deyiladi. Buzg'unchilikning bir yo'li. Mening mail.com saytida pochtam bor. Uning administratordan hat keldi, "pochta parolingizni ancha bo'ldi o'zgartirmaganizga, iltimos o'zgartiring", - degan ma'noda.

Lekin pochta manzilini ko'raychi deb "Administrator" yozuvi ustiga bossam, umuman mail.com ga a'loqasi bo'lmagan odam: [email protected]

Kimdir o'z ismini administrator deb yozgan va aldash niyati bor. Agar ko'k tugmachaga bossam, mail.com dizaynini huddi o'zidek sayt ochiladi. Bir qarashda farqlash qiyin bo'ladi. Domeni ham o'xshash bo'ladi, misol uchun maail.com.

Parol kiritishingizni so'raydi, kiritasiz, sizni xaqiqiy mail.com saytiga yuborishadi. Ya'ni siz xech narsani sezmay qolasiz.

Ularga nima foyda? Ular parol kiritayotganingizda, parolingiz va pochtangiz nomini o'zining bazasiga kiritib qo'yadi. Ushbu bazani katta pulga sotish mumkin. Sotib olganlar sizning pochtangiz ulangan barcha saytlarga sizning nomingizdan kirishi mumkin bo'ladi.

Ayniqsa chet ellarda veb-saytlar orqali ko'p ishlar qilish mumkin bo'ladi, xattoki pulingizni o'g'irlashlari ham.

O'zimizda esa ko'proq bu ishni rashkchi yigitlar qilishadi, sevgilisining odnoklassniki'ga kirib, xatlarini o'qish uchun :)

@kadirovDev
#qiziq
Ishi bor veb-dasturchi va ishsiz veb-dasturchi 😂

@kadirovDev
#qiziq #rasm
Qachondan beri dev.kadirov.org domenida kichik sahifa, sayt qilmoqchi edim. Lekin hech vaqt topa olayotganim yo'q edi. Yaqinda bir o'quvchim Firdavs Olimjonov: "keling o'zim saytizni yozib beraman", - degan taklif berdi.

Agar u o'qiy boshlaganiga hali 1 oy ham bo'lmaganini hisobga olsak, natijasi juda yaxshi. Menimcha bu o'quvchimdan yaxshi dasturchi chiqadi.

Sizlar ham kirib ko'ringlar: dev.kadirov.org

@kadirovDev
Yaxshi habar: Bugun IT-Park rezidentiga aylandim. O'zbekistonda Axborot texnologiyalarini rivojlantirish uchun hizmat qilayotgan ushbu park haqida ko'p gaprisa bo'ladi. Misol uchun IT-Park rezidentlari bir qator soliq va bojxona imtiyozlariga ega. Park haqida kengroq video tayyorlamoqchi edim, lekin afsuski hozirgi pandemiya holatida u yerga tashrif buyurib, video olish imkonim yo'q.

@kadirovDev
#yangiliklar
Axborot texnologiyalarida havfsizlik haqida jonli suhbat qilsam qiziq bo'ladimi?
Anonymous Poll
90%
Ha
10%
Yo'q
Seshanba kuni (14-iyul) soat 20:45 da siz bilan suhbat quramiz.

Ushbu jonli suhbatda axborot texnologiyalardagi xavfsizlik mavzusini yoritamiz. Dasturlar qanday buziladi va qanday qilib buning oldini olishimiz mumkin. Xavfsiz dasturlar yaratish uchun bu narsalarni bilishimiz kerak!

Savollariz bo'lsa oldindan tayyorlab qo'ying, suhbat davomida ularni menga yuborishingiz mumkin bo'ladi.

Video - https://youtu.be/Ad8KcLazCh4

@kadirovDev
#suhbat
Qani, boshladikmi? Hamma efirga!

Video - https://youtu.be/Ad8KcLazCh4

@kadirovDev
Veb-dasturlash muharrirlari

Dastur kodlari oddiy tekst bo'lib, uni oddiy bloknot dasturida ham yoza olasiz. Lekin qo'shimcha qulayliklar bo'lishini istasangiz, biror muharrir (editor, редактор) dan foydalanishingiz mumkin.

Boshida, endi o'rganayotgan paytingizda bunaqa muharrirlardan foydalanishni tavsiya etmayman. Chunki ular ko'p narsani sizning o'rningizga bajarishadi. Shu sabab nima qilayotganingizni o'zingiz tushunmay qolishingiz mumkin.

Lekin dasturlashni o'rganib olgach, biror muharrirdan foydalangan ma'qul. Chunki u sizga dasturlarni tezroq yozishga imkon beradi. Bazi xatolaringizni ham ko'rsatib turadi.

Muharrirlar juda ko'p, quyida veb-dasturlar yozish uchun ishlatiladigan 3 ta eng mashxur muharrirlarni sanab o'tamiz:
1. Eng mashhuri bu so'zsiz - PhpStorm. Bu rostdan ham juda kuchli muharrir bo'lib, qariyb barcha PHP dasturchilari ushbu dasturni ishlatishadi. Minus tomoni u pullik bo'lim, o'rtacha yiliga 80$ to'g'ri keladi. Lekin talabalar uchun 50% chegirmasi bor.

Yuklab olish uchun yo'llanma: https://www.jetbrains.com/ru-ru/phpstorm/download/
2. Agar muharrir uchun pul to'lash niyatingiz bo'lmasa, unda Netbeans - siz uchun! U PhpStrom dan sifati bo'yicha qariyb qolishmaydi va mutlaqo be'pul.

Yuklab olish uchun yo'llanma: https://netbeans.apache.org/download/index.html
3. Yana bir muharrir - Visual Studio Code. Bu Microsoft kompaniyasining mahsuloti bo'lib, menimcha aynan shu sabab negadir obro'yi uncha yaxshi emas. O'zim ishlatib ko'rmaganman, agar siz ishlatgan bo'lsangiz, iltimos fikringizni izoh qilib qoldiring.

Yuklab olish uchun yo'llanma: https://code.visualstudio.com/Download

@kadirovDev
#qiziq #rasm
Kim @kadirovDev kanalida yangi bo'lsa, ushbu kanalda dasturlashni video-darslar orqali bepul o'rganishingiz mumkin

Boshida Umumiy Dasturlash Teoriyasini o'rganing:

0 - Kompyuter Tarixi: video
1 - Dasturlash tillari: video
2 - Sanoq tizimlari, bit, bayt, ASCII: video
3 - Print, O’zgaruvchan va Izoh: video
3.1 - Izohlarga javob. Konkatenatsiya: video
4 - Guruhlash va Funksiyalar: video | tekst
5 - Parametr: video | tekst
6 - Ma’lumot turlari: video
7 - Taqqoslash operatorlari. If va Else: video | tekst
8 - Mantiqiy operatorlar va Increment: video
9 - For aylanmasi, Switch va Case: video
10 - Class va Object: video | tekst | test
11 - Interface: video| tekst
12 - Ko’plik va O’zgarmas: video | tekst

Keyin Veb-Dasturlash kursi bo'yicha videolarni ko'ring:

Anons - Veb-Dasturlash: video
0 - Internet tarixi: video
1 - Veb dasturlar qanday ishlaydi?: video
2 - PHP-ni o'rnatish: video
3 - HTML: video | tekst
4 - CSS (1-qism): video | tekst
5 - CSS (2-qism): video | tekst
6 - JavaScript: tekst

@kadirovDev
Algoritm bo'ycha vazifa. Ushbu vazifa umumiy dasturlash teoriyasini ko'rib chiqqanlar uchun. O'zingizni sinab ko'ring!

Vazifa matni bu yerda: http://myblog.uz/2020/07/21/algoritm-boyicha-topshiriq/

@kadirovDev
#vazifa #umumiy_dasturlash_teoriyasi
Hurmatli dasturchilar. Olgan bilimlaringizni faqat yaxshi yo'lda ishlating.

Oldinroq UzAutoMotors saytini buzishganini aytgan edik. Bu safar korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi saytiga hujum qilishibdi.


@kadirovDev
#rasm #yangiliklar
Youtube kanalimizda obunachilar 3000 dan oshibdi. 3000 ta dasturchi chiqarmikin ulardan?

@kadirovDev
#rasm
Keyingi darsimizning matni tayyor bo'ldi. Yozilgan kodlarni tekst variantida tushunish osonroq. Shuning uchun ham, video tayyor bo'lguncha, darsning tekst variantida o'qib, o'rganib turishingiz mumkin.

Ushbu dars orqali JavaScript tilini va jQuery kutubxonasini o'rganasiz.

Maqola bu yerda: http://myblog.uz/2020/07/27/6-javascript-va-jquery-veb-dasturlash-kursi/

@kadirovDev
#text #veb_dasturlash_kursi
Bugun o'zbek zamonaviy musiqasi asoschilaridan biri Ruslan Sharipov olamdan o'tganligi haqida habar oldim. Musiqa olamida o'zining o'rniga ega, yaxshi sanatkor edilar. Joylari jannatdan bo'lsin

@kadirovDev
Algoritm bo'ycha vazifa. Ushbu vazifa umumiy dasturlash teoriyasini ko'rib chiqqanlar uchun.

Bu safargi vazifa ancha qiyin bo'lib, kim uni bajarsa - demak dasturchi bo'lishga ulguribdi. O'zingizni sinab ko'ring!

Vazifa matni bu yerda: http://myblog.uz/2020/07/30/algoritm-boyicha-topshiriq-bankomat/

@kadirovDev
#vazifa #umumiy_dasturlash_teoriyasi
Mashinasida "o'g'ri" (вор) deb yozilgan rus hakeri Maksim Yakubetsning qayerdaligi haqida ma'lumot berganlar uchun, FBI (AQSh Federal tergov byurosi) mukofot sifatida 5 000 000$ belgilagan.

Maksim - Evil Corp. (Yovuzlik Korporatsiyasi) boshlig'i hisoblanadi.

Yaqinda Garmin (GPS uskunalari ishlab chiqaruvchi) kompaniyasi servislari ishdan chiqishi ortida ham, Maksim va uning guruhi turganligi aytilmoqda. Daily Mail yozishicha, servislar yana asl holatida ishlashi uchun hakerlar 10 000 000$ talab qilishgan.

@kadirovDev
#yangiliklar
2025/07/07 09:08:04
Back to Top
HTML Embed Code: