Telegram Web Link
YouTube kanalimiz (https://youtube.com/kadirovDev) obunachilari 20 000 dan oshibdi.

Bundan hursandman. Demak, dasturlashga yanada ko'proq odamlar qiziqishmoqda. Agar bugun har bir obunachi kanalimizni 5ta o'rtog'i bilan bo'lishsa - yuz ming odam bo'lar ekan. Bu esa oradan bir necha oy o'tib O'zbekistonda 100 000 ta dasturchi paydo bo'ladi degani.

Sizlarga ikkita savolim bor:

1. Oradan 4-5 oy o'tib 100 000 yangi dasturchi paydo bo'lishiga ishonasizmi?

2. Bu narsa amalga oshishi uchun, YouTube kalamiz linkini nechta tanishingiz bilan ulashishga tayyorsiz?

@kadirovDev
PHP 8.0 taqdim etildi!

JIT kompilyatsiya va ko'plab boshqa o'zgarishlar. Keyingi maqolada yangi PHPda qanaqa o'zgarishlar paydo bo'lganligini bilib olasiz - http://myblog.uz/2020/11/27/php-8-0-chiqarildi/

@kadirovDev
#text
Keyingi darsimizning matni tayyor bo'ldi.

Yozilgan kodlarni tekst variantida tushunish osonroq. Shuning uchun ham, video tayyor bo'lguncha, darsning tekst variantida o'qib, o'rganib turishingiz mumkin.

Ushbu dars orqali Bootstrap freymvorkini o'rganasiz.

Maqola bu yerda - http://myblog.uz/2020/11/28/8-bootstrap-2-qism-veb-dasturlash-kursi/

@kadirovDev
#text #veb_dasturlash_kursi
3-dekabr kuni soat 20:15da obunachilar bilan jonli suhbat uyushtiramiz.

Ushbu suhbat davomida biror yangi dastur g'oyasi kelgach, u g'oyani dasturga aylantirish uchun kim nima ish qilashini bilib olasiz. Keyingi soha egalari nima bilan shug'illanishini tushuntirib berishga harkat qilaman:

- Biznesmen
- Project Manager
- Frontend Dasturchi
- Backend Dasturchi
- Team Lead
- Dasturni Test Qiluvchi
- Tizim Administratori

Har doimgidek mavzudan so'ng sizning savollarizga javob beraman

Video - https://youtu.be/Pc58jUKaOLU

@kadirovDev
Suhbatda 3000 ga yaqin odam ishtirok etdi. Hammalarizga rahmat!

Lekin bazi uzilishlar bo'ldi. O'zbekiston interneti baribir o'zining sifati haqida eslatib qo'ydi. Buning uchun sizdan uzr so'rayman.

Suhbat videosini saqlab qo'ydim - https://youtu.be/Pc58jUKaOLU

@kadirovDev
Ko’pchilik menga «umumiy dasturlash teoriyasini bir kunda ko’rib chiqdim, lekin hech narsaga tushunmadim» degan ma’nodagi xatlarni yozishgan.

Gap shundagi dasturchilar boshqacha fikrlashadi. Huddi matematiklar raqamlar bilan o’ylashganidek. Dasturchi – bu kod yozishni bilgan odam emas, dasturchi – o’zgacha fikrlay oladigan odam. Umumiy dasturlash teoriyasi maxsus – sizni dasturchidek firklashga o’rgatadigan qilib tayyorlangan. Ushbu darslikni ko’rishning xam o’z qoidaari bor

Ushbu maqolada qoidalar bilan tanishib oling - http://myblog.uz/2020/12/09/umumiy-dasturlash-teoriyasining-organish-qoidalari/

@kadirovDev
#text #umumiy_dasturlash_teoriyasi
Youtube kanalimizda premyera!

Video ostidagi "Напомнить" tugmachasini bosib qo’ysangiz, youtube sizga premyeraga 30 daqiqa qolganda eslatib qo’yadi.

Ushbu dars orqali Bootstrap freymvorkini o'rganasiz.

Video - https://youtu.be/21qporeI_wk
Matn - http://myblog.uz/2020/11/28/8-bootstrap-2-qism-veb-dasturlash-kursi/

@kadirovDev
#video #veb_dasturlash_kursi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2020 - yil ko'pchilik uchun o'gir keldi. Kimdir ishini yo'qotgan bo'lsa, kimdir - yaqinlarini. Hayotimizdagi eng og'ri yil shu bo'lsin, kelayotgan barcha yillar bizga baxt, sog'lik va bankdagi hisob raqamlarimizga tugalmas boylik olib kelaversin!

Yangi, 2021-yilda nima niyatlarngiz, rejalaringiz bo'lsa - barchasi siz o'ylagandan bir necha barobar yaxshiroq bo'lib chiqsin.

Yangi yilingiz bilan do'stlar!

@kadirovDev
Mendan ko'pchilik Clone Security haqida fikrimni so'rashardi, men esa ular haqida eshitmagan ekanligimni aytardim.

Mana bugun eshitdim. Ushbu guruh Surxondaryo viloyati saytnini (surxondaryo.uz) buzib, viloyat hokimiga habar qoldirishibdi.

Men buzg'unchilikni yomon ko'raman, lekin O'zbekistonda AT rivoji uchun hamma o'zining dunyoqarashidan kelib chiqib kurashadi.

Nima bo'lganda ham, O'zbekiston yaqin kelajakda AT gigantiga aylanadi - bunga ishonaman. Siz buning uchun nima qilish qo'lizdan keladi?

@kadirovDev
#yangiliklar
Qaribman shekilli, ko'p aql o'rgatayabman :)

@kadirovDev
#rasm #suhbat #buyamBirGapdaEndi
Ekzoskelet

Zamona shunchalik rivojlandiki, o'zi yura olmaydigan (falaj, паралич) odamlar ham endi yura olishi mumkin. Buning uchun ekzoskelet robotlashgan mexanizmlari bor. Boshida odam ushbu skelet yordamida yura boshlaydi. Natijada nervlar aktivlashib odam asta-sekin o'zi, skelet yordamisiz ham yurib ketar ekan.

Huddi ertakka o'xshaydi. Lekin hammasi ham bunday kamalak ranglarida emas. Uning narhi: 50 000$

Termiz shaxrida bir qiz yashaydi, ismi Aykanush. Tug'ma nogiron: Bolalar falaji (ДЦП) 1-guruh.

Uning onasini yaxshi taniyman, yoshligimda dasturchlash uchun kuchliroq noutbuk kerak bo'lganida beminnat olib bergan. Yillar davomida yetim bolalarga, qariyalarga yordam berib kelishini ham bilaman. Bugun esa u bizning yordamimizga muhtoj! Qizini yurib ketishi uchun ekzoskeletga pul yig'moqda.

UzCard: 8600 4904 6177 6163
Visa: 4278 3100 2045 1605
Tel: +998 93 610 80 78 (Olga Lobastova)

Summa kichik emas, lekin toma-toma ko'l bo'lur. Agar pul bo'lisha olmasangiz, ushbu postni tarqating!

@kadirovDev
Ekzoskelet uchun yordam so'rab murojaat qilgan edim.

Qo'lidan kelgan pul ulashdi, boshqalar maqolani tarqatishga yordam berishdi. Hammangizga katta rahmat aytmoqchiman. Olga ham "Shogirtlaring juda yaxshi bolalar ekan, ularga keyingi so'zlarimni yetkaz" - deb iltimos qildi. Mana uning so'zlari:

"Bizning iltimosimizga odamlar shasht bilan javob berayotganini ko'rsam, mashhur temirchi Shoaxmad Shomahmudov va uning rafiqasi haqidagi "Sen yetim emassan" filmi yodimga tushadi. Ular ulug' vatan urushi davrida har xil millatga mansub 15 bolani boqib olishib, oxirgi non ushog'igacha bo'lishishgan edi. Va men, shu paytgacha qiyinchilik va sinovlardan o'tgan xalqimizning yuragi va qalbi o'zgarmaganini ko'rayapman. Men xalqimiz va vatanimiz bilan faxrlanaman. Hammalaringizga ko'ksim yerga tekkuncha ta'zim qilaman"

Ekzoskeletga yig'ish kanali - @ekzoskeletdlyaaykanush

To'g'ri, barcha summa yig'ilishiga hali bor. Lekin bu savob ishga qanchadir hissamizni qo'shganimizdan hursandman.

Bolalar - rahmat!

@kadirovDev
Izohlarda va shaxsan o'zimga IT-park haqida juda ham ko'p savollar beriladi.

Odatda ularga o'zim ham park haqida ko'p ma'lumotim yo'qligini, IT-Park'ning o'ziga murojaat qilishlarini so'rayman.

Video darslarim tayyor bo'lguncha bilasizlar har xil jonli efirlar, suhbatlar, maqolalar va shunga o'xshash IT olamidagi materiallar tayyorlayman.

Bu safar IT-Parkka tashrif buyurishga qaror qildik.

Agar savollaringiz bo'lsa, ushbu postga izoh sifatida qoldiring. Yaxshi savollarni saralab, ularni park xodimlariga beramiz

@kadirovDev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IT-Park bilan suhbat

SIzlardan IT-Park haqida ko'plab savollar kelardi. Lekin, men ham park faoliyati haqida kam ma'lumotga ega edim. Shuning uchun ham parkka tashrif buyurdik va sizlardan kelgan savollarni berdik. Menimcha juda informativ suhbat bo'ldi.

Suhbatimiz premyerasi Yakshanba kuni, 31-yanvarda soat 19:45 da bo'ladi. Hammangizni tomosha qilishga taklif qilamiz!

Video - https://youtu.be/36bD4CbAbxk

@kadirovDev
#suhbat #video
IT-Park bilan suhbat

Premyeraga 15 daqiqa qoldi. Eslatib o'tamiz: suhbatni bugun, 31-Yanvar soat 19:45 da tomosha qiling

Video - https://youtu.be/36bD4CbAbxk

@kadirovDev
Dasturlashni o’rganayotganda ko’p uchraydigan savollarga – javob

Instagram akkauntimga juda ko'p savollar keladi. Ko'pchilik bir hil narsani so'rashadi. Ko'p uchraydigan savollarni bir joyga to'plab - javob yozdim.

Ushbu maqolani bu yerda topishingiz mumkin - http://myblog.uz/2021/02/01/dasturlashni-organayotganda-kop-uchraydigan-savollarga-javob/

@kadirovDev
#text
2025/07/06 19:45:58
Back to Top
HTML Embed Code: