Telegram Web Link
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish

Yurtimizda mahalla institutini rivojlantirish, joylardagi ijtimoiy muammolarni joyida hal etish va aholi farovonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimizning 18.03.2025-yildagi PQ-111-sonli Qaroriga asosan tuman-shahar hokimi va ularning o‘rinbosarlari tomonidan shaxsan o‘rganishi lozim bo‘lgan mahallalar bo‘yicha haftalik grafik reja asosida tuman hokimining o‘rinbosari D.Nurimbetova "Madinyat" MFYda bo‘lib mahalla faollari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tuman mahallalarida ayniqsa kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish va sabablarini bartaraf etish hamda aholining huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida qilinishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuvda barcha mahallalarda jinoyatchilikni aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

🌐Telegram  Instagram Facebook  YouTube  Threads
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi

Qonliko‘l tumanida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha tuman shtabining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman hokimi B.Sultаnov va tuman prokurori M.Tileumuratov ishtirok etib, mavsumiy ishlarga mas’ul tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida dolzarb vazifalarni muhokama qildi.
Yig‘ilishda aholini barqaror issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash, yo‘l va suv ta’minoti tizimlarini to‘liq shay holatga keltirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Belgilangan vazifalar ijrosini nazoratga olish, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni muddatidan oldin bartaraf etish yuzasidan mutasaddilar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.
Yig‘ilishda qayd etilganidek, kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazish nafaqat davlat idoralarining, balki har bir fuqaroning mas’uliyatli ishtirokini talab etadi.

🌐Telegram  Instagram Facebook  YouTube
Qonliko‘l tumanida bajarilgan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar, qurilish ishlari haqida
2025-yilning yanvar-avgust oylarida Qonliko‘l tumanida qurilish ishlari 63,7 mlrd. so‘mlik ishlar bajarilib, o‘sish sur’ati 2024-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 115,5% ni tashkil etdi.

🌐Telegram  Instagram Facebook  YouTube
Qonliko‘l tumanida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari haqida
2025-yilning yanvar-avgust oylarida Qonliko‘l tumanida 324,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va shu bilan birga o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,1% ni tashkil etdi.

🌐Telegram  Instagram Facebook  YouTube
Forwarded from Karakalpakstan.uz
Ismaylova Umida Joldasbay qizi yangi uyga ega bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 9-avgust kuni qabul qilingan “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning munosib hayot sharoitini yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu doirada Qonliko‘l tumanida ham bir qator yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar uchun amaliy yordamlar ko‘rsatilib, ularning hayotida yangi sahifa ochilmoqda.

Bugun ana shunday ezgu tashabbuslardan biri sifatida Ismaylova Umida Jo‘ldosboy qiziga “Do‘stlik” MFY hududidan 2 xonali zamonaviy turar joy topshirildi.

Tantanali topshiruv marosimida tuman hokimi, Inson ijtimoiy himoya markazi xodimlari, sektor rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi. Ular Umidani yangi maskani bilan tabriklab, unga baxt, farovonlik va kelajakdagi ishlariga muvaffaqiyat tiladilar.

Umida Ismaylova esa o‘ziga bildirilgan e’tibor va ishonch uchun cheksiz minnatdorlik bildirib,

“Bu uy – hayotimdagi eng katta sovg‘a. Prezidentimiz va barcha mutasaddilarga samimiy rahmat aytaman. Men bu ishonchni albatta oqlayman,” — dedi.


Veb-sayt|Telegram | Instagram | Facebook
Yoshlarning qiziqishi bo‘yicha sayohatlar tashkil etilmoqda.

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-163-sonli farmonida yoshlarning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tuman markazida joylashgan "Nietulla" MKga "Jańa qala" QFY hududida joylashgan 15-sonli maktab bitiruvchi yoshlarining sayohati tashkil etildi.
Bitiruvchilar asosan tish davolash ishlari bilan tanishib, kelajakda ushbu kasbni tanlashdagi qiyinchiliklar va o‘quv jarayonlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘ldi.

🌐Telegram  Instagram Facebook  YouTube
2025/10/22 00:01:24
Back to Top
HTML Embed Code: