Telegram Web Link
O‘zbek tili - milliy g‘ururimiz

Qonliko‘l tumani 14-sonli Madaniyat uyi va shu hududda joylashgan 22-sonli umumta’lim maktabi hamkorligida 21-oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda til - millat ruhi, davlat obro‘si va jamiyat jipsligidagi muhim omil ekani ta’kidlandi. O‘quvchilar va madaniyat uyi ijodkorlari tomonidan ona tilimizni ulug‘lovchi qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zarurligi haqida fikrlar bildirildi.
Bayramona ruhda o‘tgan ushbu tadbir xalqimizning ma’naviyatini yuksaltirish, ona tiliga bo‘lgan muhabbat va g‘urur tuyg‘usini yanada oshirishga xizmat qildi.

🌐Telegram  Instagram  YouTube
21-oktyabr O’zbek tili bayrami kuni

21 oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Qonliko‘l tumani 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bayram kechasi tashkil etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi ahamiyati, uni yanada rivojlantirish bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar haqida batafsil to‘xtalib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi. Tadbir o‘quvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, davlat tilimizni ulug‘lovchi she’riy misralar bilan davom etdi.

🌐Telegram Instagram Facebook YouTube Threads
#Chellenj

#O‘zbek_tili_36_yosh

️O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga yil 36 yil to‘lishi munosabati bilan Qonliko‘l tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida #O‘zbek_tili_36_yosh chellenji.

🌐Telegram Instagram Facebook YouTube Threads
Hisobot berish konserti búlib útdi

   Qonliko‘l tumani "Sarı altın" Madaniyat markazida to‘garakka qatnashuvchi o‘quvchilarning "Hisobot berish" konserti bo‘lib o‘tdi.
️ "Hisobot berish" konsertida Madaniyat markazi direktori F.Nurimbetova  so‘zga shiqib to‘garak o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda turli tanlovlar o‘tkazilayotganini ta’kidladi.
️Shuningdek yil davomida bo‘lib o‘tgan ko‘rik-tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan bir qator faol o‘quvchilar, ularning ustozlari faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib o‘tildi. So‘ng qiziqarli konsert dasturi mehmonlar e’tiboriga havola etildi. O‘z farzandlarining ijro etgan raqslari, kuylagan qo‘shiqlaridan mamnun bo‘lgan ota-onalar konsert so‘ngida ustozlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar.

🌐Telegram  Instagram Facebook  YouTube  Threads
2025/10/22 13:47:33
Back to Top
HTML Embed Code: