Telegram Web Link
Ajoyib xushxabar!

Xabaringiz bor deyarli 2 oy oldingi postda Singapur milliy universiteti(NUS) PhD dasturiga o`zbek matematik talabalari topshirish imkoniyatlari haqida xabar bergan edim. Allohga shukurki allaqachon ikki yosh matematiklarimiz NUSning matematika fakulteti phd dasturi grantini yutishdi, va nasib qilsa avgust oyidan o`qish va ilmiy ishlarini boshlab yuborishadi. Undan tashqari Alloh nasib qilsa yanvar oyidan yana bir o`zbek talabamiz yanvar oyida boshlanadigan phd dasturiga qabul qilinishi kutilmoqda.

Shuni takidlashim lozimki yoshlarimizning ushbu dasturga qabul qilinganligida mening tavsiyam emas asosan yoshlarimizning o`zlarining kuchli ilm egalari ekanligi asosiy ahamiyat kasb etdi.


@karimraximov
👍95👏14🎉12🔥8😢1
Uzoq safar+ajoyib asar=yoqimli mashaqqat!


@karimraximov
👍785👏1
Forwarded from Hakimjon Saidov
Fizika professori tomonidan yozilgan foydali blog (barcha uchun juda foydali fikrlar), uning bakalavrdan to universitetga professor bo’lib ishga qabul qilinishigacha bo'lgan 17-yillik yo'li haqida (Nima yaxshi ishlar va qanday xatolar qilgani haqida). Blogning bir qismi uning o'qish va ish safarlarida olingan fikrlar(=maslahatlar).

Link: https://gravityandlevity.wordpress.com/2019/03/25/what-it-means-and-doesnt-mean-to-get-a-job-in-physics/

Undan ba'zi fikrlar:

" Men nimani to'g'ri qildim?

1. Men texnik ko'nikmalardan ko'ra avvalo ilmiy tushunchalarni tushunishni ustun ko’rdim
2. Fizikani bilish va tadbiq qilish dan tashqari, fizika haqida qanday gapirishni o'rgandim
3. Yaxshi ma'ruzalar tayyorlash uchun juda ko'p mehnat qildim
4. Do'stlar topdim o’z sohamga yaqin va bu do'stlikni saqlash uchun ko'p harakat qildim
5. Tanilgan, yaxshi natijalarga erishgan olimlarga ulardan o’rganish (mentorlik) va hamkorlik qilish uchun yaqinlashdim/ular bilan ishladim, va bu insonlar bilan sifatli/yaxshi ishlashga harakat qildim
6. Men o'zimdan aqlli insonlarni topganda, ulardan o'rganishga harakat qildim (Kibr bu eng yomon narsa, ilm o’rganishga qo’ymaydi)
7. Men sahiy, ochiq va do'stona edim, va raqobatlashuvchi bo’lishdan yoki hammasini o’zimniki qilishdan qochdim
8. Men yangi g’oyalarni yaratishga harakat qildim
9. O’ta zarur bo'lganda shaxsiy hayotim va shaxsiy munosabatlarimni ham fido qilishgacha tayyor edim (Bu eng qiyin tanlov va yozish ham og’ir, lekin shunchalik ishimni yaxshi ko’rardim) "

@saidovhakimjon
👍142
O`z qadringni o`zing bilmasang boshqalar nimaga seni qadrlashi kerak?

Valodya va uning oilasini juda katta olma bog`i bor. Ular avvallari olmalarni faqatgina o`zlari terib sotardi. Ular olmalarni 20 foizinigina terib sota olardi qolganiga ulgurmasdi, chunki ishchi kuchi kam edi. Keyinchalik ular qo`shnilarini ishga yollashdi va foydasi 4 barobarga oshib ketdi. Chunki endi olmalarni hammasini terib, sotish imkoni bor edida, undan tashqari qo`shnilar juda kam maoshga ishlashardi. Qo`shnilardan biri Dehqonqul Valodya ularga qanchalik zug`m qilsa ham mehnatini qadriga yetmasa ham "Valodya aka zo`r shu kishi bizani boqayapti, shu kishi bo`lmasa biz nima qilardik" deb bod-bod qaytarardi. Vaholanki Dehqonqulning yordami bilan Valodya yanada boyiyotgan edi, Dehqonqulsiz Valodya zarar ko`rardi.

Rizq Allohdan ekanligini va o`z mehnati qadrini bilmagan essiz Dehqonqul-a.....

Shu o`rinda Rossiya bizni boqyapti,ularsiz nima qilardik deyayotgan do`stlar, tushuninglar iltimos Rossiya bizni boqmayapti. Bizni tayyor va arzon ishchilarimiz bo`lmasa ularni iqtisodiyotiga katta zarar. Ularga keraksizki sizga ish berayapti.

Yevropalik bir professor bilan qochoqlar masalasida gaplashganimda u shunday degandi "qochoqlar bu tayyor ishchilarku, ularni bog`chasiga maktabiga va hokazo ulg`aygancha bo`lgan xarajatlariga pul to`lamaysan, tayyor ulg`aygan arzon kadr keladi va uni davlatingga to`g`ri integratsiya qilsang bo`ldi. Boshqa davlatdan kelib ishlaydiganlar davlat uchun juda arzonga tushadi." Shu uchun Yevropa juda ochiqlik bilan Ukrainalik qochoqlarni qabul qilayapti, chunki ukrainlar Yevropa davlatlariga osongina integratsiya qiladi.


Aytgancha Dehqonqul ismi Tog`ay Murodning "Otamdan qolgan dalalar"idan chopildi

@karimraximov
👍59💯10😁43👏2
Najmiddin Erbaqon "G'oyam" kitobi

Va nihoyat Najmiddin Erbaqonning "G'oyam" kitobini o`qib tugatdim. Menga odatda bir kitobni tugatish uchun juda ko`p vaqt ketadi, asosiy vaqtim kitobdagi faktlarni to`g`ri noto`g`ri ekanligini tekshirish va undagi qilingan ilmiy mulohazalar qanchalik mantiqli yoki mantiqdan yiroqligini tahlil qilishga ketadi.

G`oyam asari menga juda yoqdi, sababi juda ko`p:
1) bu kitob aniq fanlar professori tomonidan yozilganligi;
2) kitobni yozgan inson haqiqiy vatanparvar musulmon;
3) kitobda kuchli ilmiy mulohazalar va da'volar keltirilgan;
...

Bilasizmi kitob muallifi Turkiya uchun juda ko`p ishlarni amalga oshirgan, hozirgi sanoatlashgan Turkiyani sanoatlashishi yo`lida juda kuchli kurashgan, millatni sevgan halol inson. U bosib o`tgan hayot yo`lini bilsangiz juda ajablanasiz, qanchalar to`sqinlik bo`lmasin haqiqat va millat kelajagi uchun juda qattiq kurashgan. Uni qamashsa ham partiyalarini yopib yuborishsa ham, siyosatga qaytib, qayta-qayta partiya ochib millat uchun kurashgan.

Ushbu kitobdan juda ko`p xulosalar chiqardim, shulardan ikkita muhimi:

1. Bizning millat, millat bo`lib shakllanishi uchun aynan shunday insonlar kerak!
2. (Juda muhimi) Siyosiy partiyalar ochishni juda soddalashtirish kerak. Shunda bizning millatdan chiquvchi Erbaqonlar uchun yo`l ochilgan bo`larmidi. Agarda Amir Temur bizning davrda tug`ilganda, hozirgi qoidalarni murakkabligiyu mavjud partiyalarning lanjligidan yangi partiya ocholmay yo siyosatshunoslikdan dars berib yoki qilichbozlik sportiga qatnashib yurgan bo`larmidi.


@karimraximov

Fikr va mulohazalar uchun @Karimraximovaloqabot
👍42💯6😁32🔥1
Qarz!

Keling ikki xil turdagi qarz oladiganlar haqida fikrlashaylik:

1. O'zini yaxshi tijorati bor, pulni qanday aylantirishni biladi. Qancha ko'p pul aylantirsa shuncha ko'p foyda oladi. Bu holda bundaylarga qarz bergan ham ularni o'zi ham foyda qiladi.

2. Tijoratni bilmaydi. Qarz oladi va tijorat qilaman deydiyu lekin pullarni qarindosh urug'lariyu do'stlari bilan yeb yuboradi. Bundaylarni ko'pini ko'rganman, hatto uylarini sotib qarzlarini to'lashga majbur bo'lgan hollarni bilaman.

Davlat qarzi!

Davlat qarzi ko'p bo'lgani yaxshi deyishadi. Albatta bu yaxshi agar davlat pulni 1-holdagi kabi ishlatsa. Agarda 2-holdagi kabi bo'lsa ahvolimiz chatoq, kuni kelib qarzlarimizdan juda qimmatli narsalarimizni berish bilan qutulishimizga to'g'ri keladi.

@karimraximov
👍28💯7🔥6😢6😁5
Bismillah deb kechgi mutoala uchun keyingi kitobni boshlaymiz!

@karimraximov
👍55👏7🔥5
Тушуниб тушунмасдан диний қўшиқ эшитгани учун, 2-3-4 йиллаб оммавий қамалаётганлар дунёда фақат Ўзбекистонда бўлса керак. Мусулмон бўлмаган диктатураларда ҳам, диний қўшиқни тушуниш даражаси, онгга таъсири, ҳаракатларга таъсири ўрганилади. Лекин, Ўзбекистонда эмас.

Олий Суд статистик маълумотларига кўра, Ўзбекистонда қамашлар сони йилига 100%га ўсиб бораяпти. Мисол учун, 2019 йилда 6900 одам жиноий айбловлар билан қамалга бўлса, 2022 йилда 18 минг одам қамалган.

Маъмурий қамоқлар, 2019 йилда – 27 минг бўлса, 2022 йилда 80 мингдан ошган. Деярли ҳар йили бир бараварга ўсиш!

Бу просто даҳшат, қўрқинчли статистика! Ёки ҳокимиятда кимлардир бу маъмуриятни зимдан, оммавий норозиликлар орқали йиқитиб, супуриб-сидириб ташламоқчимикин? Шунга замин яратяптимикин?

@Rabbimov_rasmiy
👍21😢10💯2😁1
#live

Hakimjon bilan tushlik ustida ilmiy suhbat!

@karimraximov
👍49🔥12🏆3👏1
Yakshanba kuni (23/07/2023) O`zbekiston vaqti bilan soat 09:00 da Hakimjon bilan o`zimizcha bir telegramda podkast qilib ko`rmoqchimiz. Podkast mavzusi "Ilmiy izlanish faqat olimlar uchunmi?"

Barcha qiziquvchilar qatnashishi mumkin!

@karimraximov
🔥33👍132😁2👏1
Live stream scheduled for
👍15😁1🎉1
Live stream started
Live stream finished (2 hours)
👍11😢5😁3🔥2💯1
Ajoyib guruh

Bu yil 2019 yil O'zMU matematika fakultetida o'qishni boshlagan, raxbarligimdagi oxirgi guruhim bo'lgan maxsus guruh talabalari o'qishni tamomlab bakalavr diplomiga ega bo'lishdi. Ularning har birida alohida-alohida turli ko'rinishdagi potensialni ko'rganman, juda energiyaga boy yoshlar bo'lgan ayniqsa 1 kurs bo'lganlarida. Hozir ular katta hayotga turli yo'llar orqali qadam qo'yishmoqda. Ayrimlari ta'lim berish, ayrimlari ta'lim olishni davom qilgan holda(hech bo'lmaganda bittasi Singapurga NUSga phdga kelayapti), ayrimlari butkul boshqa sohalarda o'zini ko'rsatish maqsadida keyingi hayotlarini davom qildirishni niyat qilmoqdalar.

3 yil avval ular men uchun ajoyib video ham qilishgandi, bu video bo'lmaganda ham sizlar har doim esimda bo'lasizlar yoshlar!

Insha'Allah barchangiz bu davlat va millat uchun manfaatli kadr bo'lib yetishasizlar! Alloh madadkor bo'lsin!

@karimraximov
👍69🏆7🔥6👏32
Bilasizmi Zahiriddin Muhammad Boburni endi tushunganday bo`layapman. O`zimizdagi tarvuzga o`xshagan tarvuzdan hamma joyda topsa bo`larkan, buni ko`p davlatlarda ko`rdim. Lekin qovun! O`zbekistondagi qovunday qovun hech qayerda yo`q bo`lsa kerak, hozircha o`zimiznikidayini topolmadim boshqa davlatlardan. Biz faxrlanishni yaxshi ko`ramizku, shu uchun bizni qovunlarday qovun hech qayerda yo`q deb, qovunlarimizdan faxrlanib ketdim.


Aytgancha bu postni yuqoridagi tarvuz va qovun haqidagi postlarga umuman aloqasi yo`q shunchaki o`zimizni qovunni sog`inib ketdi odam!

@karimraximov
😁76👍9💯6🔥2😢2
Biz Hakimjon bilan o`zimizcha yana podkast qilmoqchimiz, bu safargi podkast mavzusi "Motivatsiya". Podkast Yakshanba (30.07.2023) kuni O`zbekiston vaqti bilan soat 09:00da bo`lishi rejalashtirilgan!

Barcha qiziquvchilar qatnashishi mumkin!

@karimraximov
👍37🔥13👏5
Forwarded from Hakimjon Saidov (Hakimjon Saidov)
Yo'lda ketayotib, shu manzara diqqatimni tortdi - yiqilmoqchi bo'lgan daraxtni iplar yordamida tortib ushlab turishibdi. O'zimcha o'yladim, bular hech ishini osonlashtirishni o'ylamaskanda, nimaga shartta kesib tashlamaydi hayronman...Bular bir borib bizda malaka oshirib kelishi kerak, nima deysizlar? 😉

Hafta oxirida barchaga maroqli hordiq tilayman 😁

@saidovhakimjon
😁38👍14🤣9👏3💯1
2025/10/24 20:24:56
Back to Top
HTML Embed Code: