Telegram Web Link
Xalqaro grantlar(hozircha faqat matematika bo`yicha) va ularga tayyorgarlik bo`yicha websayt


Deyarli bir oydan buyon matematika fanidan yosh talabalarimizni xalqaro darajaga ko`tarish maqsadida sinov tayyorgarliklari olib boryapmiz. Barcha uchun foydali bo`lishi uchun tayyorgarlik materiallari va foydali grantlar linklari bo`lgan va muhim maslahatlar-u kerakli kitoblar haqida ma'lumotlar berilib boriladigan bir websayt ham yaratildi:

https://sites.google.com/view/grantsforuzbeks-math/

Ushbu sayt hozircha faqat matematik yoshlar uchun, keyinchalik boshqa yo`nalishlarda ham shunday ishlar olib borishga harakat qilamiz. Alloh xayrli qilsin!

Ma'lumot uchun: sayt asta-sekinlik bilan to`ldirib boriladi, kamchiliklar uchun oldindan uzr so`raymiz!

@karimraximov
🔥40👍203🤣1🏆1
Forwarded from Laziz Abdullaev
Bir necha kishi Toptal imtihonlari haqida so'rab yozishgan edi. Ancha oldin yozilgan, lekin hech qayerda e'lon qilinmagan "blogcham"dagi maqolani ulashsam balki foydali bo'lar:

https://laziz.abdullaev.dev/toptal/

"Blogcham"ni ilmiy va ilmiy-ommabop kontentlar bilan "blog"ga aylantirish rejalarim bor, yana xabar beraman 🙂

@lazizabdullaev
👍222
Yaqinda yaratilgan saytimizning bizning yoshlar

https://sites.google.com/view/grantsforuzbeks-math/bizning-yoshlar?authuser=0

bo`limidagi xorijda tahsil olayotgan matematik yoshlarimiz ro`yxatini asta-sekin to`ldirib borayapmiz. Alloh nasib qilsa bu ro`yxatdagi yoshlar sonini yillar davomida oshirib boramiz.

@karimraximov
👍37🏆7🔥4😁1
Qishloqdagi voqea!

Bir qishloq bor
. U qishloqdagi Amiraka degani "bu qishloqni xo`jayini men" desa Volodya degani esa menman deydi. Lekin butun qishloq biladiki Amiraka ham Volodya ham bunga arzimaydigan xudbinlardir.

Amirakani o`g`li bor-Isroil. Ancha vaqtlar oldin qishloqdagi birovni uyini "meniki bu" deb kirib olib uy egalarini uyni chekka bir xonasiga qamab qo`ygan. Yillar davomida ularga zug`m o`tqazib kelmoqda, ularni bolalarini o`ldirib o`zlarini tillarini kesib qishloqdagilar bilan gapirolmaydigan qilib qo`ygan. Bu zug`mga chidolmagan uyning asl egalari yaqinda bir bosh ko`tardi, Isroilning tili burro va otasi Amiraka bo`lgandan keyin butun qishloqqa "qaranglar bularni, bizga zulm qilyapti" deb o`zlarini mazlum qilib ko`rsatayapti va uyning asl egalarini yoshu qarisi qolmay ustiga bomba yog`dirayapti. Eng yomoni deyarli butun qishloq ahli shunga qarsak chalib qo`llab quvvatlab o`tiribdi.


Hech bir sabab, hech bir sabab yosh bolalar va begunoh insonlar ustiga o`ylab o`tirmasdan bomba yog`dirishga sabab bo`la olmaydi(bu gap Volodyaga ham tegishli). Buni shunchaki qabul qilayotganlarda qandaydir psixologik kasallik bor.

@karimraximov
👍56🔥15🤬6💯3👏1
Forwarded from Fikrat
Millatni ichidan chiqqan xoinlar mag'lub qilishi mumkin, lekin... ilmsizlik, g‘iybatga "o'tirib qolish" va hasad kabilar "tezroq yiqitadi", afsus..
@fikrat
👍22💯10
Fikrat
Millatni ichidan chiqqan xoinlar mag'lub qilishi mumkin, lekin... ilmsizlik, g‘iybatga "o'tirib qolish" va hasad kabilar "tezroq yiqitadi", afsus.. @fikrat
Yuqori darajadagi ilmli bo`lishga katta potensiali bo`lgan yoshlarning pulni ortidan quvlab ketishi umumiy ilmsizlikning shakllanish sabablaridan biri deb o`ylayman!

@karimraximov
👍51🔥62💯1
Forwarded from Laziz Abdullaev
I do math (as a profession) but I may not solve Rubik's cube in hours and can't win you in chess.

I do software engineering (as a profession) but I don't know how to install Windows OS and can't hack your institution's online exam platform to retrieve answers for you.

Frequently asked questions :)

@lazizabdullaev
💯22😁14👍7
Asrlar davomida o‘zining raqobatbardoshligini isbotlagan Islom g‘oyasi egalari deb hisoblanadigan musulmonlar - Falastin, Shinjon, Kashmir va Rohinja masalasida yig‘i-sig‘i va ming‘ir-sing‘ir dan boshqasiga yaramayotgan ekan, demak Islomni yetkazishda juda katta manipulyatsiya bor.

Algebra va meditsina ... kabi ilmlarning tamal toshini qo‘ygan Islom ulamolarinng avlodlari bugun - xotin ko‘paytirish, markabda bahslashish va uyining qavatiga qavat qo‘shish bilan band ekan, demak Islomni yetkazishda misli ko‘rilmagan darajada manipulyatsiya bor.

@Hamid_Sodiq
👍42💯11👏3🔥1🤬1
Laziz bilan bir xayrli loyiha ustida ish boshladik. Loyiha kattaroq bo`lganligi uchun bizga beminnat yordam beradigan yordamchilar kerak bo`lmoqda. Bizga

Frontend dasturchisi
(frontend developer) va Web dizayni (web designer) sohalarda tajribasi bo'lgan dasturchilar kerak.

Talab emas lekin yaxshi bo'lardi agar:
- Kamida 1 ta haqiqiy loyihada tajribasi bo'lsa;
- Mustaqil va jamoa a'zosi sifatida ishlay olsa.

Talablar qat'iy emasligining sababi boshlanayotgan loyihaning (hozircha) hech qanday moliyaviy dastakga ega emasligi.

Loyiha o'zbek ta'lim tizimidagi yetishmovchilik va kamchiliklarni tahlil qilgan holda yurtimizda bilimning mintaqalashganligi (hududlarda ilm olishga sharoitlar teng emasligi) va bilim olishda o'zbeklar uchun chet tili to'sig'ini yengillashtirishga bag'ishlangan.

Yaxshi, lekin bundan sizga nima foyda?
1. Tajriba istagida bo'lganlar uchun tajriba;
2. Tajribasi yetarlicha bo'lganlar uchun esa yurt va ilm yo'lida ezgu amal;
3. Balki moliyalashtirib ham qolinar, kim bilsin)

Loyiha birinchi ishini boshlashi uchun 3-4 oy talab qilinadi, shuncha vaqt sabr bilan ishlay oladigan yordam berish istagida bo`lganlar iltimos biz bilan "discussion" guruhimizda yoki @Karimraximovaloqabot orqali bog`laning:


@lazizabdullaev @karimraximov
👍41🔥2
O'zingiz bilan faxrlanishni to'xtating!


Falastindagi go'daklarni beshafqatlik bilan o'ldirishayotganini ko'rib 5-6 ta brendni baykot qilishdan boshqa hech narsa qo'lingizdan kelmayaptimi? Unda o'zingiz bilan faxrlanishni to'xtating. Millat o'laroq juda ham kuchsiz ekanligimizni, ilmda orqada ekanligimizni tan oling. Potensial ilmli bo'lish imkoningiz bo'la turib, millat kelajagiga kuchli ta'sir qilish imkoningiz bo'la turib pul topish dardida yashab yuribsizmi? Unda millatning shunday kuchsiz holatda ekanligiga aybdorlar ilmni ortidan ketmagan ajdodlar va kelajakda yanada pastga sho'ng'isa bunga aybdorlarlardan biri aynan siz bo'lishingizni unutmang va tan oling.

Yosh bolalarni shavqatsizlar qanday ahvolga solayotganini ko'rgingiz kelmay bu haqida eshitgingiz kelmay, "qo'y shuni ko'rsatma qo'y shu haqida gapirma yuragim ezilib ketadi" deyapsizmi, unda ilmsizligingizni, umuman olganda jamiyat o'laroq ilmda orqadaligimizni tan oling.

Xo'p tan oldim, keyin nima qilaman dersiz. Tan olish juda muhim! Jamiyatdagi umumiy ilmsizlik bu kasallik, kasal ekanligingizni tan olganizdan keyingina u bilan kurashishni boshlaysiz. Ilmli bo'lishni siz boshlab bering men uchun farzandim ilmli bo'ladi demang, kuniga 1 soat kitob o'qing va moshinayu ovqatlaru futbolu boksni muhokama qilgandan ko'ra kitob haqida tarix haqida, ilm haqida suhbatlashing. Shuni o'zi ko'p narsani o'zgartiradi.

Ajdodlaringiz bilan, farzandlaringiz bilan, nevaralaringiz bilan va O'zingiz bilan faxrlanishni to'xtating va ilm olishni, ilm ulashishni, ilmni targ'ib qilishni boshlang!

@karimraximov
👍887💯6🔥5
Forwarded from Fikrat
"Мен"лар ҳақида
"Мен бўлмасам бундай даражага чиқа олмасдиларинг", "бу ерда асосий одам мен", "менсиз ишларинг битмайди" дегувчиларга: "бизсиз" ривожланган давлатларга боқинг. Улар нафақат олдинга ўтиб кетишди, балки ҳали ҳам ривожланишда илдам
@fikrat
💯48👍8🔥3🤬2👏1
Xaos
(ozgina ilmiy ammo qiziq)

Ilmiy ishlarimning bir qismi dinamik sistemalarni o'rganishga bag'ishlanadi. Undagi ayrim narsalarni sodda qilib tushuntirishga harakat qilaman. Misol uchun yashab turgan dunyomiz vaqtga bog'liq holda dinamik ravishda o'zgarib boradi. Ya'ni u o'zgaruvchisi ko'p bo'lgan juda murakkab dinamik sistema tashkil qiladi. Dinamik sistema stabil va xaotik bo'lishi mumkin. Stabil holat deganda kichkina o'zgarish kelajakda hech nimani o'zgartirmasligini tushunamiz, va bu holatda kelajakda nima bo'lishini bashorat qila olamiz.

Xaotik holatda esa kichkina o'zgarish kelajakda katta o'zgarishlarga olib kelishi mumkin va kelajak haqida nimadir bashorat qilish qiyin. Misol uchun siz "Kapalak effekti" haqida eshitgan bo'lishingiz mumkin. Kapalak effekti degani, bir joyda kapalakning qanot qoqishi vaqt o'tgandan keyin boshqa bir joyda dovul keltirib chiqarishi mumkin degani. Kapalak effekti xaotik sistemada kuzatiladi.

Bizning dunyo dinamikasi ko'p jabhalarda xaotik. Misol uchun, ota-onaning kichkina harakati kelajakda farzandiga shu bilan birga millatining kelajagiga katta tasir qilishi mumkin. Ota-ona bolalari oldida telefon o'ynamasdan shunchaki kitob o'qib yoki hech bo'lmaganada kitob o'qiganday qilib o'tirsa bolalar ota-onasiga qarab ilmga qiziqib millat kelajagiga ta'sir qiladigan bir kadr bo'lib yetishishlari ehtimoli katta, bu bir kichik o'zgarish lekin vaqt o'tib katta natija beradi.

Endi entropiya haqida

Entropiya bu sodda qilib aytganda xaosni darajasini aniqlab beradigan ko'rsatkich. Sistemada entropiya qancha katta bo'lsa kichkina o'zgarish katta natija berishi shuncha tez kuzatiladi. Qancha vaqt o'taversa bizning dunyo umumiy entropiyasi shuncha kattarib boraveradi. Shu uchun hozirda ko'p falokatlar tez-tez kuzatilayapti va bir kichkina o'zgarish tezda katta natijalarga olib kelayapti, kambag'al tezda boy, boy esa tezda kambag'alga aylanib qolayapti.

Xulosa qilib aytganda hozirgi dunyoda hech bir harakatingizni kichik sanamang, har bir kichik yaxshi harakatingiz sizga katta yaxshilik, kichik yomonligingiz esa katta yomonlik olib kelish ehtimoli juda katta.

@karimraximov
👍67💯9🔥52🏆1
3 yil yashagan shaharcham Piza shaharchasining mashhur Piza minorasida Falastinning katta bayrog'ini ko'rib eski hamshaharlarim va do'stlarim Falastinni qo'llayotganini ko'rib xursand bo'ldim:

https://youtube.com/shorts/jHFiDi28dWk?si=f5G0CasiH51dLUlh

@karimraximov
👍49🔥52👏1🤣1
Oqimga qarshi suzmang, oqimga qarshi yuring!

Oxirgi paytlarda yoshlarda ta'lim olishga bo`lgan hafsala ancha past bo`layotganini, atrofidagilardan ozgina yaxshiroq bilishi ko`nglini xotirjam qilayotganini ko`rishimiz mumkin. Yoshlarni ilm olishga bo`lgan beparvoligi juda achinarli holat. Yanada achinarlisi shundaki ular o`zini yaxshi ilm olyapman deb o`ylaydi, aslida o`zlarini imkoniyatlarini juda ham oz qismidan foydalanayotganligini o`zlari uncha tushunishmaydi. Ta'lim sistemasi bir daryo oqimi, u har doim ham to`g`ri yo`nalgan deb bo`lmaydi va oqim sizni har doim ham to`g`ri manzilga olib boravermaydi.

Talabalar va magistrlarga murojaat qilmoqchiman: sizlarni yaxshi o`qitishmayotganligi, ayrim narsalar mantiqsizligi yoki atrofdagilaringizdan ozgina yaxshi bilishingiz sizni kuchli va yuqori darajadagi ilm olishdan to`xtatib qolmasligi kerak. Oqim noto`g`ri yo`nalgan bo`lsa unga qarshi suzish shart emas, daryodan chiqing va oqimga qarshi daryo bo`ylab yuring. Bu oqimga qarshi suzishdan ancha oson. Demoqchimanki, dars yaxshi o`tilmasa, ta'lim sistemasi yaxshi yo`lga qo`yilmagan bo`lsa, kimlar bilandir dars yaxshi o`tilsin, ta'lim sistemasini to`g`rilanglar deb tortishgandan ko`ra, tinchgina o`zingiz alohida maqsad qo`yib harakat qilsangiz ancha oson. Shunday harakat qilgan yoshlar bilan ko`p ishladim va hozirda aynan shularni ilmda yutuqlarga erishganini ko`rib turibman.

@karimraximov

Ilmiy ishlar ko`payib ketganidan post yozishga vaqt topolmay eski postni qaytadan ulashayapman
👍80🔥8💯4🤬1
Fransiyada birga ilmiy ish olib borgan shogirdim Fransiyaning Toulouse universitetida phd himoya qilayapti.


@karimraximov
👍117👏11🔥8
Ozginadan keyin (Toshkent vaqti bilan 17:10 da) Fikrat ko'rsatuvida "Million dollarlik masala" haqida gaplashamiz:

https://www.youtube.com/live/UcSJOv8rvds?si=NWTlNQTiCQ0o7nyn

@karimraximov
👍35
ChatGPT ko'paytirishni bilmasligini bilasizmi? ChatgGPT Mental arifmetikani kalkulyator qilsin menemas desa kerakda!

ChatGPT matematikada ilm qilishiga hali borga o'xshaydi!!!

@karimraximov
😁40👍14🤬1🏆1
2025/10/21 20:21:52
Back to Top
HTML Embed Code: