Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmasada, mast holatda transport vositasini boshqargan haydovchi o‘z aybini yashirish maqsadida yo‘l-patrul xizmati inspektoriga pora bergan vaqtda mas’ul xodimlar tomonidan qo‘lga olindi.
— — —
Ҳайдовчилик гувоҳномаси бўлмасада, маст ҳолатда транспорт воситасини бошқарган ҳайдовчи ўз айбини яшириш мақсадида йўл-патрул хизмати инспекторига пора берган вақтда масъул ходимлар томонидан қўлга олинди.

— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Ajrim yoqasidagi kelib qolgan oilalar muammolari o‘rganildi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Umida Abdullayeva Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, Qarshi shahridagi “Oila maskani”da viloyat, tuman va shahar darajasidagi mutasaddi rahbarlar, psixologlar hamda mahalla tizimi va Ichki ishlar organlari vakillari ishtirokida ajrim yoqasida kelib qolgan oilalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida turli sabablar natijasida munosabatlari izdan chiqqan yoki ajrim arafasida turgan oilalarning muammolari atroflicha o‘rganildi. Ayrim oilalar bilan alohida suhbatlar tashkil etildi, ularga psixologik, huquqiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi.
Tadbirda oila mustahkamligini ta’minlash, ajrim holatlarini kamaytirish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat, totuvlik va sabr-toqatni kuchaytirish, farzand tarbiyasida ota-ona mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, muammolarni ijobiy hal etish uchun mahalla va davlat idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, har bir oila bilan individual ishlash tizimini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuv yakunida ajrim yoqasida turgan bir qator oilalarga yarashish va munosabatlarni qayta tiklash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi. Umida Abdullayeva tomonidan oilalarni mustahkamlash, ayollar va yoshlar bilan ishlashda manzilli yondashuvni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

— — —
Ажрим ёқасидаги келиб қолган оилалар муаммолари ўрганилди

Оила ва хотин-қизлар қўмитаси раисининг биринчи ўринбосари Умида Абдуллаева Қашқадарё вилоятида бўлиб, Қарши шаҳридаги “Оила маскани”да вилоят, туман ва шаҳар даражасидаги мутасадди раҳбарлар, психологлар ҳамда маҳалла тизими ва Ички ишлар органлари вакиллари иштирокида ажрим ёқасида келиб қолган оилалар билан учрашув ўтказди.
Учрашув давомида турли сабаблар натижасида муносабатлари издан чиққан ёки ажрим арафасида турган оилаларнинг муаммолари атрофлича ўрганилди. Айрим оилалар билан алоҳида суҳбатлар ташкил этилди, уларга психологик, ҳуқуқий ва маънавий кўмак кўрсатилди.
Тадбирда оила мустаҳкамлигини таъминлаш, ажрим ҳолатларини камайтириш, эр-хотин ўртасида ўзаро ҳурмат, тотувлик ва сабр-тоқатни кучайтириш, фарзанд тарбиясида ота-она масъулиятини ошириш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.
Шунингдек, муаммоларни ижобий ҳал этиш учун маҳалла ва давлат идоралари ўртасидаги ҳамкорликни кучайтириш, ҳар бир оила билан индивидуал ишлаш тизимини янада самарали ташкил этиш бўйича тегишли тавсия ва кўрсатмалар берилди.
Учрашув якунида ажрим ёқасида турган бир қатор оилаларга ярашиш ва муносабатларни қайта тиклаш бўйича амалий ёрдам кўрсатилди. Умида Абдуллаева томонидан оилаларни мустаҳкамлаш, аёллар ва ёшлар билан ишлашда манзилли ёндашувни кучайтириш зарурлиги таъкидланди.

———
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz giyohvadlikka qarshimiz!
— — —
  Биз гиёҳвадликка қаршимиз!

— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Forwarded from Not necessarily
Yakkabog‘ tuman “Jambul mahallasida JIB tuman sudining sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda mahallada yashovchi bir guruh huquqbuzarlik sodir etgan fuqaroning ma’muriy ish materiallari ko‘rib chiqilib, tegishli choralar ko‘rildi.
Tadbirda tuman IIB rahbariyati va sudning tergov sudyasi tomonidan fuqarolarning huquqi bilimi va tushunchasini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazilib, ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar berildi.

— — —
Яккабоғ туман “Жамбул маҳалласида ЖИБ туман судининг сайёр суд мажлиси бўлиб ўтди.


Унда маҳаллада яшовчи бир гуруҳ ҳуқуқбузарлик содир этган фуқаронинг маъмурий иш материаллари кўриб чиқилиб, тегишли чоралар кўрилди.
Тадбирда туман ИИБ раҳбарияти ва суднинг тергов судьяси томонидан фуқароларнинг ҳуқуқи билими ва тушунчасини ошириш мақсадида тарғибот тадбири ўтказилиб, иштирокчиларнинг саволларига атрофлича жавоблар берилди.

— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Giyohvandlik vositalarini yetishtirganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi
Giyohvandlik moddalarini yetishtirish jinoyatini sodir etgan kitoblik B.S. jazodan qochib qutullish maqsadida yashirindi. Natijada unga nisbatan Kitob tumani IIB huzuridagi TB tomonidan qidiruv e’lon qilindi. Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbilari natijasida qochoq Toshkent viloyatidan ushlanib, VSH ga joylashtirildi.

— — —
Гиёҳвандлик воситаларини етиштирганликда айбланиб қидирувда бўлган шахс ушланди

Гиёҳвандлик моддаларини етиштириш жиноятини содир этган китоблик Б.С. жазодан қочиб қутуллиш мақсадида яширинди. Натижада унга нисбатан Китоб тумани ИИБ ҳузуридаги ТБ томонидан қидирув эълон қилинди. Туман ИИБ ходимлари томонидан олиб борилган тезкор қидирув тадбилари натижасида қочоқ Тошкент вилоятидан ушланиб, ВСҲга жойлаштирилди.

— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Endi firibgarlar tomonidan jo‘natilgan fayllar.apk emas .jar ko‘rinishida bo‘ladi
— — —
❗️  Энди фирибгарлар томонидан жўнатилган файллар.apk эмас .jar кўринишида бўлади
— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jinoiy javobgarlikdan qochib yashiringan fuqaro ushlandi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan Chiroqchi tumanida yashovchi J.X. yashirindi. Oqibatda unga nisbatan sud qidiruv e’lon qilindi.
Tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda qochoq Chiroqchi tumani hududidan ushlanib, VS'Hga joylashtirildi.

— — —
Жиноий жавобгарликдан қочиб яширинган фуқаро ушланди

Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 266-моддаси 1-қисмида кўрсатилган жиноятни содир этган Чироқчи туманида яшовчи Ж.Х. яширинди. Оқибатда унга нисбатан суд қидирув эълон қилинди.
Туман ИИБ ходимлари томонидан ўтказилган навбатдаги тадбирда қочоқ Чироқчи тумани ҳудудидан ушланиб, ВСҲга жойлаштирилди.

— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Bugun, 19 oktabr
☁️ +24°...+10°, Bulutli

Hozir: ☀️ +10°, ↖️ 2.1 m/s

Tong: ☀️ +16°
Kun: ☁️ +23°
Oqshom: ☁️ +20°
Namlik: 24%
Shamol: Shimoli-g'arbiy, 3.7 m/s
Bosim: 765 mm sim. ust.

Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 06:49
Quyosh botishi: 17:53
Osoyishtalik_yo‘lida
— — —
Осойишталик_йўлида
— — —
⚠️
Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash

Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, ya’ni ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga, shuningdek gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga, guvohga, jabrlanuvchiga, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga ulardan yoki boshqa uchinchi shaxsdan biror-bir axborot olish, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik ko‘rsatuvi olish maqsadida, ularni sodir etilgan qilmish uchun o‘zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror-bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim o‘tkazish yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazish, —
Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, ya’ni ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga, shuningdek gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga, guvohga, jabrlanuvchiga, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga ulardan yoki boshqa uchinchi shaxsdan biror-bir axborot olish, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik ko‘rsatuvi olish maqsadida, ularni sodir etilgan qilmish uchun o‘zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror-bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim o‘tkazish yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazish, —
muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlikni qo‘llagan holda yoxud shunday zo‘rlikni qo‘llash tahdidi bilan;
b) milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy kamsitish zamiriga asoslangan har qanday sabab bo‘yicha;
v) bir guruh shaxslar tomonidan;
g) takroran;
d) keksa shaxsga yoki nochor ahvoldagi shaxsga, voyaga yetmagan shaxsga yoxud homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
e) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
j) hayotga va sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ashyolar qo‘llanilib;
z) dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar badanga og‘ir shikast yetkazilishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi tomonidan "xavfsiz internet yordamchisi" telegram boti ishlab chiqildi. kiberhujumga uchrab zararlangan telegram akkauntlari nomidan siz kuzatib borayotgan kanal va guruhlarga zararli .apk ilova yoki fishing havola yuborilgan taqdirda "Xavfsiz internet yordamchisi" telegram boti uni avtomatik tarzda aniqlab o‘chiradi. Sizlarni ham ushbu "Xavfsiz internet yordamchisi" telegram botidan foydalanishingizni tavsiya etamiz
— — —
Қашқадарё вилояти ички ишлар бошқармаси Тезкор-қидирув хизмати Киберхавфсизлик бўлими томонидан "хавфсиз интернет ёрдамчиси" телеграм боти ишлаб чиқилди. киберҳужумга учраб зарарланган телеграм аккаунтлари номидан сиз кузатиб бораётган канал ва гуруҳларга зарарли .apk илова ёки фишинг ҳавола юборилган тақдирда "Хавфсиз интернет ёрдамчиси" телеграм боти уни автоматик тарзда аниқлаб ўчиради. Сизларни ҳам ушбу "Хавфсиз интернет ёрдамчиси" телеграм ботидан фойдаланишингизни тавсия этамиз
— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
2025/10/25 15:21:43
Back to Top
HTML Embed Code: