Telegram Web Link
Viloyat IIB boshlig‘i Ko‘kdala tumanida o‘rganishlar olib bordi
Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Ko‘kdala tumanida o‘rganishlar olib borildi.
Dastlab, tuman Agrobank Ko‘kdala filiali faoliyati o‘rganildi. Bu yerda xizmat olib borayotgan qo‘riqlash bo‘limi xodimlarining tungi navbatchilik tartibi, bank binosining himoya tizimi, signalizatsiya vositalari va videokuzatuv kameralarining ishlash holati bilan tanishildi.
Bank binosini qo‘riqlashda xavfsizlik choralarini kuchaytirish, texnik vositalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda xodimlarning harakat algoritmini takomillashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng, viloyat IIB boshlig‘i tumanning markaziy qismida joylashgan savdo majmualari atrofi va qo‘riqlovga olingan hududlarda bo‘lib, bu yerda o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining ishlash holatini ko‘zdan kechirdi. Polkovnik Abduvoxid Ismoilov mas’ullarga savdo hududlarida tungi qo‘riqlash xizmatini kuchaytirish, videokuzatuv tizimini kengaytirish, tadbirkorlar va mahalla faollari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, fuqarolar uchun xavfsiz va osoyishta muhit yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
O‘rganish jarayonida boshqarma boshlig‘i tuman markazida xizmat olib borayotgan tungi xizmat xodimlari faoliyati bilan ham tanishdi. Ushbu xizmatda faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning xizmat samaradorligini oshirish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda aholining tinchligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

— — —
  Вилоят ИИБ бошлиғи Кўкдала туманида ўрганишлар олиб борди

Қашқадарё вилояти ИИБ бошлиғи, полковник Абдувохид Исмоилов раҳбарлигидаги ишчи гуруҳ томонидан Кўкдала туманида ўрганишлар олиб борилди.
Дастлаб, туман Агробанк Кўкдала филиали фаолияти ўрганилди. Бу ерда хизмат олиб бораётган қўриқлаш бўлими ходимларининг тунги навбатчилик тартиби, банк биносининг ҳимоя тизими, сигнализация воситалари ва видеокузатув камераларининг ишлаш ҳолати билан танишилди.
Банк биносини қўриқлашда хавфсизлик чораларини кучайтириш, техник воситаларнинг узлуксиз ишлашини таъминлаш, шунингдек, фавқулодда вазиятларда ходимларнинг ҳаракат алгоритмини такомиллаштириш бўйича тегишли топшириқлар берилди.
Шундан сўнг, вилоят ИИБ бошлиғи туманнинг марказий қисмида жойлашган савдо мажмуалари атрофи ва қўриқловга олинган ҳудудларда бўлиб, бу ерда ўрнатилган видеокузатув камераларининг ишлаш ҳолатини кўздан кечирди. Полковник Абдувохид Исмоилов масъулларга савдо ҳудудларида тунги қўриқлаш хизматини кучайтириш, видеокузатув тизимини кенгайтириш, тадбиркорлар ва маҳалла фаоллари билан ҳамкорликни йўлга қўйиш, шунингдек, фуқаролар учун хавфсиз ва осойишта муҳит яратиш бўйича аниқ топшириқлар берди.
Ўрганиш жараёнида бошқарма бошлиғи туман марказида хизмат олиб бораётган тунги хизмат ходимлари фаолияти билан ҳам танишди. Ушбу хизматда фаолият юритаётган ходимлар билан очиқ мулоқот ўтказилиб, уларнинг хизмат самарадорлигини ошириш, жамоат хавфсизлигини мустаҳкамлаш, жиноятчиликнинг олдини олиш ҳамда аҳолининг тинчлигини таъминлаш масалалари муҳокама қилинди.

— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Bugun, 15 oktabr
☀️ +31°...+15°, Ochiq havo

Hozir: ☀️ +15°, ↙️ 4.1 m/s

Tong: ☀️ +22°
Kun: ☀️ +30°
Oqshom: ☀️ +25°
Namlik: 11%
Shamol: Shimoli-g'arbiy, 4.2 m/s
Bosim: 761 mm sim. ust.

Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 06:45
Quyosh botishi: 17:59
Osoyishtalik_yo‘lida
— — —
Осойишталик_йўлида
— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚#Kodeksni birga o‘rganamiz!

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan,

Ichki
ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksining 🔠 4-bob yigirma ikkinchi bandi

_ _ _
📚#Кодексни бирга ўрганамиз!

🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 20 январдаги “Ички ишлар органларини халқчил профессионал тузилмага айлантириш ва аҳоли билан янада яқин ҳамкорликда ишлашга йўналтириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарорига асосан,

Ички ишлар органлари ходимларининг касбий маданият ва хизмат интизоми Кодексининг
🔠4-боб йигирма иккинчи банди

— — —
Telegram | Website | Facebook | Youtube | TV
#Bilasizmi?

❗️Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish ma’muriy javobgarlikka sabab boʻladi
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 43-modda.

Batafsil
— — —
❗️ Жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлари тўғрисидаги қонунчиликни бузиш маъмурий жавобгарликка сабаб бўлади
Ўзбекистон Республикасининг маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекси 43-модда.

Батафсил
— — —
@kiber_yordamchi_bot
Telegram |   Website | Facebook | Youtube | TV
"Qalqon" jamoatchilik guruhi — xavfsizlik va tartib posboni

Talabalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashda faol ishtirok etish, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Qarshi davlat universitetida “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyat yuritmoqda. “Xavfsiz hudud – xavfsiz talaba” tamoyiliga asoslanib ishlayotgan mazkur guruh tarkibida 20 nafar fidoyi va mas’uliyatli talaba ko‘ngillilar birlashgan.
Bugun universitet rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev hamda profilaktika inspektori M.Jabbarov “Qalqon” guruhi a’zolari bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida oliygoh hududida osoyishtalikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida talabalar xavfsizlikni ta’minlash va sog‘lom muhit yaratish borasida faol ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. “Qalqon” jamoatchilik guruhi o‘z oldiga belgilangan maqsad va vazifalarni samarali bajarishga shay.

— — —
 "Қалқон" жамоатчилик гуруҳи — хавфсизлик ва тартиб посбони

Талабаларни ҳарбий-ватанпарварлик руҳида тарбиялаш, жамоат тартибини сақлашда фаол иштирок этиш, ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш мақсадида Қарши давлат университетида “Қалқон” жамоатчилик гуруҳи фаолият юритмоқда. “Хавфсиз ҳудуд – хавфсиз талаба” тамойилига асосланиб ишлаётган мазкур гуруҳ таркибида 20 нафар фидойи ва масъулиятли талаба кўнгиллилар бирлашган.
Бугун университет ректор маслаҳатчиси А.Жўраев ҳамда профилактика инспектори М.Жаббаров “Қалқон” гуруҳи аъзолари билан учрашди. Суҳбат чоғида олийгоҳ ҳудудида осойишталикни таъминлаш, жамоат тартибини сақлаш, ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш ва жиноятчиликка қарши курашиш йўналишларида амалга оширилиши лозим бўлган вазифалар муҳокама қилинди.
Учрашув якунида талабалар хавфсизликни таъминлаш ва соғлом муҳит яратиш борасида фаол иштирок этишга тайёр эканликларини билдирдилар. “Қалқон” жамоатчилик гуруҳи ўз олдига белгиланган мақсад ва вазифаларни самарали бажаришга шай.

— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Nishon tumanida yoshlar o‘rtasida “IIB kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Musobaqada tumandagi umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan tuzilgan qizlar va o‘g‘il bolalar jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqada g‘oliblarga “Nishon tumani IIB kubogi”, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

— — —
 Нишон туманида ёшлар ўртасида “ИИБ кубоги” мусобақалари бўлиб ўтди

Мусобақада тумандаги умумтаълим мактаблари ўқувчиларидан тузилган қизлар ва ўғил болалар жамоалари ўзаро куч синашди.
Мусобақада ғолибларга “Нишон тумани ИИБ кубоги”, диплом ҳамда қимматбаҳо совғалар билан тақдирланди.

— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
#Diqqat

Joriy yilning 2025-yil 16-oktabr (payshanba) kuni, soat 09:00 da Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosida fuqarolar uchun qabul o‘tkaziladi.

Qabulni Qashqadaryo viloyati IIB JXX Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig'i polkovnik O.X.Muradov o‘tkazadi.

Qabul davomida fuqarolarning yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi muammolar va murojaatlari ko‘rib chiqiladi.


🕐 Sana va vaqt: 2025-yil 16-oktabr, soat 9:00
🏢 Manzil: Qashqadaryo viloyati IIB binosi


Fuqarolarni ushbu qabulda faol ishtirok etishga chaqiramiz!
— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yil 1 oktabrdan moped va skuter haydovchilari "A" toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi shartligi to‘g‘risidagi qaror kuchga kirdi.

2025 yil 01 oktabr kunidan boshlab moped va skuter haydovchilaridan “A” toifadagi haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.

— — —
 Жорий йил 1 октябрдан мопед ва скутер ҳайдовчилари "А" тоифадаги ҳайдовчилик гувоҳномасига эга бўлиши шартлиги тўғрисидаги қарор кучга кирди.

2025 йил 01 октябрь кунидан бошлаб мопед ва скутер ҳайдовчиларидан “А” тоифадаги ҳайдовчилик гувоҳномаси талаб этилади.

— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Telegram |   Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV
2025/10/19 16:31:39
Back to Top
HTML Embed Code: