Telegram Web Link
Shahrisabz shahrida saralash 18-oktyabr kuni soat 10:00 da bo'ladi

Madaniyat markazida bo‘lib o‘tadigan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti shahar bosqichida ishtirok eting!

📌 Ishtirok etish uchun nomzodlar tanlovning Shahrisabz shahar bosqichi 18-oktyabr sanasiga qadar qabul komissiyasiga o‘z hujjatlarini taqdim etishlari lozim.

Erishilgan yutuqlar, hujjatlar to‘plami va fotolavhalar bilan birga Shahrisabz shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limiga topshiriladi.

Batafsil ma’lumot uchun: +998 (91) 320-43-71

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
5👍2👏2👎1
Kitobda moped va skuterlar haydovchilari jarimaga tortilmoqda

Joriy yilning 1-oktyabridan boshlab qonunchilikka muvofiq ayrim turdagi transport vositalarini boshqarish tartibida o‘zgarishlar belgilandi. Jumladan, dvigatelining ish hajmi 25 sm³ va undan ortiq, lekin 50 sm³dan oshmaydigan, shuningdek elektr dvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, biroq 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 km va undan ortiq, lekin 50 km/soatdan oshmaydigan transport vositalari — ya’ni moped va skuterlarni boshqarish uchun endilikda tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish majburiy hisoblanadi.

Mazkur tartib yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarimizning hayoti va salomatligini asrashga xizmat qiladi. Chunki amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, haydovchilik guvohnomasiz boshqarilayotgan transport vositalari ko‘plab noxush hodisalar, yo‘l-transport hodisalari kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan Kitob tumani Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi barcha fuqarolarga murojaat qilib, yana bir bor shuni eslatib o‘tadi:

▪️yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish;
▪️transport vositalarini qonunda belgilangan tartibda boshqarish;
▪️haydovchilik guvohnomasisiz transport vositasini boshqarmaslik zarur.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎28👍127👏3🔥1😢1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2👏2
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Trampga berilmadi. Mukofot venesuelalik ayolga berildi.

Tinchlik boʻyicha 2025-yilgi Nobel mukofotiga venesuelalik Mariya Korina Machado sazovor bo‘ldi. U Venesuela xalqi uchun "demokratik huquqlarni targ‘ib qilishdagi tinimsiz mehnati hamda diktaturadan demokratiyaga adolatli va tinch o‘tishga erishish yo‘lidagi kurashi" uchun taqdirlandi.

Donald Tramp endi keyingi yil uchun harakat qilsa kerak. Sababi mukofot bitta.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
🔥8👍3👏31
Tuman hokimi o'rinbosari hacharchilar bilan paxta terdi

Kitob tumanidan Mirishkor tumaniga ko‘ngilli hasharchilar guruhi yuborilib, ular qizg‘in mehnat jarayoniga o‘z munosib hissalarini qo‘shmoqda.

Kitob tuman hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Gulbahor Begimova paxta dalalarida mehnat qilayotgan hasharchilar bilan uchrashib, ularning fidokorona mehnatlarini yuqori baholadi hamda ularga samimiy minnatdorlik bildiribdi.

Uchrashuv davomida tuman hokimi o'rinbosari hasharchilar bilan bir safda paxta terimvida ham ishtirok etib, ularning mehnatiga ruhiy ko‘mak bo‘lgan.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
8👎6👏3🔥2🤔2👍1
Kitob tumani Madaniyat saroyida "Bahor" davlat raqs ansambli konserti bo'lib o'tadi.

Konsert 11-oktabr kuni, 15:00 da bo'lib o'tadi.

KESHNEWS
- Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍51👎1🔥1👏1🤔1
Shahrisabz tumanidagi ayrim mahallalarda elektr ta'minotida uzilish kuzatiladi

Madanyat 35/10 kv nimstansiyasidan 10 kV Xisorak havo liniyasida tamirlash ishlari olib borilishi sababli soat 09:00 dan 18:00 gacha Hisorak, Sarchashma, Gʻelon, Koʻl MFY da elektr taʼminotida uzilishlar boʻladi.

Oqsuv 110/35/10 kv nimstansiyasidan 10 kV Miraki havo liniyasida tamirlash ishlari olib borilishi sababli soat 09:00 dan 16:00 gacha Miraki MFY elektr taʼminotida uzilishlar boʻladi.

Chorshanbe 35/10kv dan chiquvchi 10 kV Xazara, Paxta punk, Anday, Chuqun, Yoshlik havo elektr uzatish tarmog‘ida  tamirlash ishlari bajarilishi bois xafsizlik texnikasi qoidalariga asosan havo elektr uzatish tarmog’i o‘chiriladi. Shu  bois Shahrisabz tumanining Mevazor, Chorshanbe, Chuqun, Obod, Qoʻshchinor, Xazara, Oqoltin MFY da soat 09:00 dan 18:00 gacha elektr ta'minotida uzilishlar bo‘ladi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
5
Shahardagi elektr liniyalarida ta'mirlash ishlari o‘tkaziladi

Kesh 110/10kV nimstansiyasidan chiquvchi Beruniy 10 kV havo tarmogʻida ta'mirlash ishlari olib borilishi bois Shahrisabz shahrining Nomozgoh, Pillakashlik va X.Baxshi MFY hududlarida soat 09:30 dan soat 18:00 gacha elektr ta'minotida uzilish kuzatiladi.

Nizomiy 35/10kV nimstansiyasidan chiquvchi "Markaz" havo elektr uzatish tarmogʻida ta'mirlash ishlari olib borilishi bois Shahrisabz shahrining Bogʻibahor, Gʻalaba, Ipak yoʻli, Kamolot, X.Baxshi va Ziyokor MFY hududlarida soat 13:00 dan 14:00 gacha elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
3👎3
Amfiteatrda madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

"Qashqadaryolik yoshlar, tayyormisiz? Unda bu kecha sizniki!" shiori ostida tashkil etilgan madaniy-musiqiy targ‘ibot tadbiri barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldiribdi.

Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda Ucell kompaniyasi hamkorligida unutilmas musiqiy shou tashkil etilibdi. Unda taniqli estrada yulduzlari o‘zlarining rang-barang dasturlarini namoyish etdilar.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍4👎2🔥2👏2
2025/10/27 08:16:04
Back to Top
HTML Embed Code: