This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktab ishratxonaga aylanmasin!
Maktab jamiyat kelajagi poydevori, unda aysh qilishga hech kimning haqqi yo‘q.
Kechagina ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar ko‘pchilikni hayratga soldi. Sababi maktab direktori ishga kirmoqchi bo‘lgan o‘qituvchiga jinsiy aloqa taklif qilmoqda. Bu kabi razil ishlarni taklif qilgan rahbar nafaqat ishdan olinishi, qaytib ta'lim tizimiga yaqinlashtirilmasligi kerak.
Bu kabilarga dars ham berilmasin. Birovning ayoliga ko‘z suzganlar, ertaga birovning bolasiga suykalishdan ham tortinmaydi.
Menejerlik kursida o‘qitib, sertifikat berayotganlar nomzodlarning psixikasini ham sinovdan o‘tkazsin.
@keshnews

😢15❤9🤔8👎3🔥3
Vaxshiylik. Bunaqa xabarlarni tarqatish kerak. Pedofillarni kastratsiya qilish xususida qonun qabul qilinishi shart. Bir marta nomusga tegish, jinsiy zo‘ravonlik qilgan shaxs ochiqda shunchaki yurmasligi kerak.
Yana shu vaxshiy tomonidan 7 yoshli qizchaning nomusiga tegilishi qonunlarimiz bolalarni himoya qila olmayotganini bildiradi.
Qonunlar qattiq bo‘lishi zarur!

🔥23❤7😢6👏2
Shahrisabz shahriga “Amir Temur” ordeni topshirilganiga 29 yil to'ldi.
Shahrisabz davlat muzeyi qo‘riqxonasi ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tomonidan 1996-yil 28-avgustda imzolangan farmon asosida ta’sis etilgan “Amir Temur” ordeni hamda ushbu farmon nusxasi faxrli o‘rin egallagan.
Mazkur farmonga muvofiq, 1996-yil 18-oktabr kuni Shahrisabz shahri “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlangan. Farmonda shunday so‘zlar bitilgan:
“Shahrisabz shahri ahlining Temuriylar davri ulkan madaniy va ma’naviy merosini, noyob tarixiy yodgorliklarini asrab-avaylash, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari qilib tarbiyalash va ularni ozod mamlakatimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib voyaga yetkazish ishiga qo‘shgan alohida xizmatlarini e’tiborga olib, hamda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Shahrisabz shahri “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlansin.”
Mazkur hodisa mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ajdodlarimiz merosiga, milliy qadriyatlarimiz va buyuk tariximizga bo‘lgan chuqur hurmat va e’tiborning yorqin ifodasi bo‘ldi.
1996-yil 18-oktabr kuni Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi tantanalari doirasida Shahrisabz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida Amir Temur haykali tantanali ravishda ochilgan. Shu kuni ushbu sanani “Shahrisabz shahri kuni” sifatida nishonlash taklifi ilgari surilgan.
Shundan buyon har yili 18-oktabr sanasi Shahrisabz shahrida keng nishonlanib, Sohibqiron Amir Temur merosiga bo‘lgan ehtirom, shahar tarixiga bo‘lgan faxr va g‘ururni ifoda etuvchi muhim sana sifatida qadrlanib kelinmoqda.
Shahrisabz davlat muzeyi qo‘riqxonasi filiali mudiri
Zafar Jalolov

❤17👍4🔥3👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tez tibbiy yordam shifokorlari va jamoasi bizga eng ko‘p ko‘mak beruvchilar. Ulardan Alloh rozi bo‘lsin!
Vaqti kelsa yaqiningiz bera olmagan ko‘makni ko‘rsatishadi. Ular sabab qanchadan qancha insonlar hayoti saqlab qolinadi.
Ularning kundalik faoliyatida uchraydigan qiziq voqealar esa alohida mavzu.

👏7❤4👍4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥳 Renessansss o'quv markazidan ajoyib yangilik!
✅ Endi siz O'zbekiston va dunyo universitetlariga grant asosida o'qishga kirish imkoniyatini beruvchi SAT sertifikatiga Qashqadaryoning o'zida tayyorlanishingiz mumkin.
🔥 Markazimizning 3 yilligi munosabati bilan 30 kishiga 30% chegirma e'lon qilganmiz. Joylar soni cheklangan.
📤 SAT sertifikatidan 1450 ball darajani qo'lga kiritgan o'qituvchilardan dars olishlik uchun hoziroq pastdagi havola orqali ro'yxatdan o'ting.
Ro'yxatdan o'tish
Bog'lanish uchun:
📞99-877-26-13
@roziyevmuzaffar

❤5👏4🔥3
Shahar prokurori bog‘chada o‘rganish o‘tkazdi. O‘rganishlar davom etadi
Shahrisabz shahar prokurori Ravshan Xurramov rahbarligida ishchi guruhi a’zolari tomonidan 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning sog‘lom ovqatlantirish jarayoni, oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi holati o‘rganilib, mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Bu kabi o‘rganish va nazorat tadbirlari Shahrisabz shahridagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davom etishi qayd etildi.

👍13❤4😢3🔥1
“Yashil maktab” volontyorlari ekologik aksiya o‘tkazishibdi
“Yashil maktab” tashabbusi doirasida faoliyat yuritayotgan volontyorlar Shahrisabz shahrida ekologik plogging aksiyasini tashkil etishdi. Tadbir davomida temir yo‘l bekati atrofidagi yo‘laklar (trotuarlar), suv yo‘llari (lotoklar) chiqindilardan tozalandi.
Mazkur aksiya nafaqat atrof-muhitni toza saqlash, balki aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirishga ham xizmat qildi. Volontyorlarning ushbu tashabbusi ko‘pchilik tomonidan iliq kutib olindi.

👍6🔥2👏1