Telegram Web Link
Shahrisabz “Butunjahon hunarmandlar shahri” maqomi berilishi mumkin

Shahrisabz shahriga “Butunjahon hunarmandlar shahri” maqomini berish masalasini ko‘rib chiqish maqsadida Butunjahon hunarmandlar Kengashi (WCC AISBL) xalqaro o‘rganish hay’ati a’zolari vohamizga tashrif buyurdi.

Muzokaralar davomida ekspertlar va Qashqadaryo viloyat hokimining o‘rinbosari A.Zakirov o‘rtasida viloyatda hunarmandchilik hamda turizm sohasini rivojlantirishga oid qator masalalar muhokama qilindi. Xalqaro ekspertlar tomonidan bir nechta muhim tavsiyalar ham bildirildi.

Tez orada shaharga Butunjahon hunarmandlar shahri maqomini berish masalasi yakuniga yetkazilib, qaror qabul qilinishi xabar qilindi.

KESHNEWS
- Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
9👍9🔥3
Kadastr filiali rahbarlari rotatsiyasi amalga oshirilibdi

Shahrisabz shahar va Shahrisabz tumanidagi Kadastr filiallarida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i G‘ayrat Hamroyev rahbarligida tashkiliy yig‘ilish o‘tkazilibdi.

Yig‘ilishda Kadastr agentligi direktori buyrug‘iga asosan:

Shahrisabz shahar filiali boshlig‘i Yashin Ismoilov Shahrisabz tumani filiali boshlig‘i lavozimiga,

Shahrisabz tumani filiali boshlig‘i Sanjar Qiyomov esa Shahrisabz shahar filiali boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilganligi ma'lum qilindi.

Shuningdek, Mirishkor va Muborak tumanlari filiallari rahbarlari ham rotatsiya tartibida o‘zaro lavozim almashdilar.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
10👎4🔥1👏1
Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishga haqqi bor!

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram. Demak, bugun xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishga haqli.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
🤔2
Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalaridan birining hojatxonasi ekani aytilmoqda.

Bunaqa zamonaviy hojatxonalar do'stlar uchun qurilgan bo'lishi mumkinku, axir.

Ko'chada gapi tugamaydigan o'rtoqlar, bu yerda ham gurunglashib hojat chiqarishlari reja qilingan bo'lsa kerak.

P.S. Bunaqa hojatxona qurish uchun farosat bino fundamenti tagida qolib ketgan bo'lishi kerak. Lekin bitta to'siq qo'yilsa hammasi joyida bo'ladi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👎15👍7😢63🔥2👏2🤔1
1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni

Ikki nafar qashqadaryolik o‘qituvchilar xorij sayohatini yutib olishibdi

KESHNEWS
- Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍16🔥2👏2
Tuman va shahar hokimi o‘rinbosarlari soni qisqartiriladi

Tuman va shahar hokimliklari faoliyatini takomillashtirishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlarining sonini 4 nafar etib belgilash taklif qilinmoqda.

Bugungi kunda tuman hokimlarining 6 nafar o‘rinbosari bor.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
10👏7🔥1
Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarga tabrik yo‘lladi

"Yurtimiz tarixidagi ikki buyuk Renessansni yaratgan ulug‘ mutafakkir va allomalarni ham o‘z vaqtida siz kabi o‘qituvchi va muallimlar tarbiyalab voyaga yetkazgan. Bu ezgu an’analarning davomchilari sifatida siz, azizlar ham bugun jonajon Vatanimizda barpo etilayotgan Uchinchi renessans bunyodkorlarini kamol toptirishga munosib hissa qo‘shasizlar, deb ishonaman", - deyiladi tabrikda.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
3👎2👏2🔥1
Sayyor sud majlisi o‘tkazildi

Besh yildan buyon “qizil” toifada bo‘lgan “Pillakashlik” mahallasidagi “Navro‘z” istirohat bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-253-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida uyushmagan yoshlar hamda huquqbuzarlikka moyil shaxslar ishtirokida sayyor sud majlisi o‘tkazilibdi.

Unda Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudi raisi Navro‘z Ashurov, tergov sudyasi Ubaydulla Nurmatov, shahar prokurori Ravshan Xurramov va IIB boshlig‘i Nuriddin Meyliyev ishtirok etib, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishda huquqiy ong va madaniyatni oshirish haqida fikr bildirishgan.

Majlis yakunida:
• probatsiya hisobida bo‘lgan, tartibga rioya qilgan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 7 nafar mahkum shartli ravishda ozod qilindi;
9 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy ish ko‘rildi: ulardan 7 nafariga jarima, 1 nafariga qamoq jazosi tayinlandi, 1 nafariga esa ogohlantirish berildi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
7👍4🔥2👎1🤔1
Jahonda bo‘lmasa muallim agar,
Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar


Ushbu ikki misra bugungi bayramning mohiyatini ko‘rsatadi. O‘qituvchi va murabbiylar kuni har kuni bo‘lishi shart. Vijdonli va sohasi uchun fidokor ustozlarni bugungi ayyom bilan chin qalbdan tabriklayman!

Ota-onam 40 yillik ustozlar, arab, ingliz tillaridan dars berishgan. O‘zim ta'lim olgan 102-maktab (hozirgi 15-maktab)dagi ustozlarim Bozorova, Haydarova, Xo‘jamova, Turopova, Jabborov, Berdiyev va boshqalarni, Shahrisabz akademik litseyida ta'lim bergan G‘aniyev, Alimardonova, Ko‘paysinova, Vasiyev, Diyorova, Sayfullayev, To‘rayev va boshqalarni bayram bilan tabriklagan holda ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Hayotda o‘rin topishimda minglab ustozlarning o‘rni muhim. Ularning har biriga rahmat deyman.

Ustozlarni qadrlang, ular yorug‘ yo‘lga chiqib olishimizda shamchiroqdirlar.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
🔥104👍4👏2👎1
Shahrisabzdagi ayrim mahallalarda elektr ta'minotida uzilish kuzatiladi

🔹Kesh 110/10kV nimstansiyasidan chiquvchi "Fargʻona" havo liniyasida ta'mirlash ishlari olib borilishi bois Shahrisabz shahrining Sinabogʻ, Marifat, MFY va Shahrisabz tumanining Oqdaryo MFY hududlarida soat 09:30 dan soat 18:00 gacha elektr ta'minotida uzilish kuzatiladi.

🔹Nizomiy 35/10kV nimstansiyasidan chiquvchi "Kunchiqar" havo elektr uzatish tarmogʻida ta'mirlash ishlari olib borilishi bois Shahrisabz shahrining Oqsaroy, Kunchiqar, Uychilik, Teparlik MFY hududlarida 09:30 dan 17:00 gacha elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

🔹Nizomiy 35/10kV nimstansiyasidan chiquvchi "Tezguzar" havo elektr uzatish tarmogʻida ta'mirlash ishlari olib borilishi bois Shahrisabz shahrining Katta Novqat, Oqsaroy, Uychilik MFY hududlarida soat 09:30 dan 18:00 gacha elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
3🔥1👏1
Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram dasturxoni yozilibdi

Shahrisabzdagi “Koba” majmuasida O‘qituvchilar va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazilibdi.

Unda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari, fidoyi pedagog-tarbiyachilar hamda mehnat faxriylari ishtirok etgan.

Tadbir davomida Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev va ishchi guruh a’zolari ustozlarni samimiy qutladi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
6👍5👎2🔥2
2025/10/24 05:27:51
Back to Top
HTML Embed Code: