Telegram Web Link
1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni

Ikki nafar qashqadaryolik o‘qituvchilar xorij sayohatini yutib olishibdi

KESHNEWS
- Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍16🔥2👏2
Tuman va shahar hokimi o‘rinbosarlari soni qisqartiriladi

Tuman va shahar hokimliklari faoliyatini takomillashtirishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlarining sonini 4 nafar etib belgilash taklif qilinmoqda.

Bugungi kunda tuman hokimlarining 6 nafar o‘rinbosari bor.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
10👏7🔥1
Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarga tabrik yo‘lladi

"Yurtimiz tarixidagi ikki buyuk Renessansni yaratgan ulug‘ mutafakkir va allomalarni ham o‘z vaqtida siz kabi o‘qituvchi va muallimlar tarbiyalab voyaga yetkazgan. Bu ezgu an’analarning davomchilari sifatida siz, azizlar ham bugun jonajon Vatanimizda barpo etilayotgan Uchinchi renessans bunyodkorlarini kamol toptirishga munosib hissa qo‘shasizlar, deb ishonaman", - deyiladi tabrikda.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
3👎2👏2🔥1
Sayyor sud majlisi o‘tkazildi

Besh yildan buyon “qizil” toifada bo‘lgan “Pillakashlik” mahallasidagi “Navro‘z” istirohat bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-253-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida uyushmagan yoshlar hamda huquqbuzarlikka moyil shaxslar ishtirokida sayyor sud majlisi o‘tkazilibdi.

Unda Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudi raisi Navro‘z Ashurov, tergov sudyasi Ubaydulla Nurmatov, shahar prokurori Ravshan Xurramov va IIB boshlig‘i Nuriddin Meyliyev ishtirok etib, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishda huquqiy ong va madaniyatni oshirish haqida fikr bildirishgan.

Majlis yakunida:
• probatsiya hisobida bo‘lgan, tartibga rioya qilgan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 7 nafar mahkum shartli ravishda ozod qilindi;
9 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy ish ko‘rildi: ulardan 7 nafariga jarima, 1 nafariga qamoq jazosi tayinlandi, 1 nafariga esa ogohlantirish berildi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
7👍4🔥2👎1🤔1
Jahonda bo‘lmasa muallim agar,
Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar


Ushbu ikki misra bugungi bayramning mohiyatini ko‘rsatadi. O‘qituvchi va murabbiylar kuni har kuni bo‘lishi shart. Vijdonli va sohasi uchun fidokor ustozlarni bugungi ayyom bilan chin qalbdan tabriklayman!

Ota-onam 40 yillik ustozlar, arab, ingliz tillaridan dars berishgan. O‘zim ta'lim olgan 102-maktab (hozirgi 15-maktab)dagi ustozlarim Bozorova, Haydarova, Xo‘jamova, Turopova, Jabborov, Berdiyev va boshqalarni, Shahrisabz akademik litseyida ta'lim bergan G‘aniyev, Alimardonova, Ko‘paysinova, Vasiyev, Diyorova, Sayfullayev, To‘rayev va boshqalarni bayram bilan tabriklagan holda ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Hayotda o‘rin topishimda minglab ustozlarning o‘rni muhim. Ularning har biriga rahmat deyman.

Ustozlarni qadrlang, ular yorug‘ yo‘lga chiqib olishimizda shamchiroqdirlar.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
🔥104👍4👏2👎1
Shahrisabzdagi ayrim mahallalarda elektr ta'minotida uzilish kuzatiladi

🔹Kesh 110/10kV nimstansiyasidan chiquvchi "Fargʻona" havo liniyasida ta'mirlash ishlari olib borilishi bois Shahrisabz shahrining Sinabogʻ, Marifat, MFY va Shahrisabz tumanining Oqdaryo MFY hududlarida soat 09:30 dan soat 18:00 gacha elektr ta'minotida uzilish kuzatiladi.

🔹Nizomiy 35/10kV nimstansiyasidan chiquvchi "Kunchiqar" havo elektr uzatish tarmogʻida ta'mirlash ishlari olib borilishi bois Shahrisabz shahrining Oqsaroy, Kunchiqar, Uychilik, Teparlik MFY hududlarida 09:30 dan 17:00 gacha elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

🔹Nizomiy 35/10kV nimstansiyasidan chiquvchi "Tezguzar" havo elektr uzatish tarmogʻida ta'mirlash ishlari olib borilishi bois Shahrisabz shahrining Katta Novqat, Oqsaroy, Uychilik MFY hududlarida soat 09:30 dan 18:00 gacha elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
3🔥1👏1
Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram dasturxoni yozilibdi

Shahrisabzdagi “Koba” majmuasida O‘qituvchilar va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazilibdi.

Unda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari, fidoyi pedagog-tarbiyachilar hamda mehnat faxriylari ishtirok etgan.

Tadbir davomida Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev va ishchi guruh a’zolari ustozlarni samimiy qutladi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
6👍5👎2🔥2
Shahrisabz markazida Koreys orkestri konsert dasturi namoyish etildi

Koreys xalq cholg‘ulari orkestri Shahrisabzdagi Oq Saroy majmuasida qashqadaryolik ijodkor yoshlar bilan hamkorlikda konsert dasturini taqdim etibdi.

Ushbu konsertda ikki davlat – O‘zbekiston va Koreya xalqining milliy madaniyati, urf-odatlari, musiqasi va san’atining go‘zal jilolari o‘z aksini topdi.

Koreys xalq cholg‘ulari orkestrining chiqishlari tomoshabinlar tomonidan iliq va jo‘shqin kutib olindi, ularning qalbida unutilmas taassurot qoldirdi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
3👍2🔥2🤔2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarda dron bilan ishlash, uni yasash va ta'mirlash o‘rgatilmoqda

Murotjon Azimov robototexnika va dasturlash sohasi orqali daromad topayotgan maktab o‘quvchilari bilan suhbatlashib, ularning taklif va muammolari tinglabdi.

Viloyat rahbari Qarshi shahridagi 3-maktabdagi qator tadbirlarda ishtirok etgani ma’lum qilingan edi.

Viloyat hokimi robototexnika, yosh dronchi, aviamodelizm va kibersport to‘garaklari bo‘yicha tayyorlangan ishlanmalar bilan tanishibdi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
8👍4👏2
Kitoblik faxriy o'qituvchilar xonadoni eshigiga yorliqlar o'rnatilibdi

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Kitob tumanida faxriy ustozlarga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtirom ramzi sifatida ezgu tashabbus amalga oshirilibdi.

Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan tumanda faoliyat yuritayotgan 2 mingga yaqin fidoyi ustoz va jonkuyar muallimlar xonadonlari eshiklariga minnatdorlik va ehtirom timsoli sifatida maxsus peshlavhalar o‘rnatilibdi.

Shuningdek, ta’lim muassasalari rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida uzoq yillar davomida yosh avlodga bilim va tarbiya berib kelayotgan faxriy ustozlar holidan xabar olindi. Ularning fidokorona mehnati yuksak qadrlanib, samimiy tabriklar yo‘llandi.

Mazkur tashabbus nafaqat ustozlarga bo‘lgan minnatdorlik ifodasi, balki yosh avlod qalbida o‘qituvchiga nisbatan mehr va hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

P.S. Kitob tumani bo'limining ushbu tashabbusi o'ta foydali bo'libdi. Yuzlab nafaqadagi ustozlarga yuksak hurmat belgisi bu. Tashabbusni viloyat doirasida ommalashtirish kerak.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍249👏5👎3🤔1
2025/10/21 12:02:17
Back to Top
HTML Embed Code: