Telegram Web Link
Shahrisabz shahri va tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta'minotida uzilish kuzatiladi

Nizomiy 35/10kV nimstansiyasidan chiquvchi "Qorasuv" havo elektr uzatish tarmogʻida ta'mirlash ishlari olib borilishi bois Shahrisabz shahrining Uymovut, Qorasuv va Katta Novqat, Shahrisabz tumanining Maktabobod va Mevazor MFY hududlarida soat 13:00 gacha elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍1🔥1👏1
10-sinf o‘quvchilari IELTS sertifikatlarini olishibdi

Shahrisabz tumani 32-sonli umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchilari — Sanaqulova Dilnura, Xoliqova Farzona va Raxmonova Maftuna xalqaro IELTS sertifikatini qo‘lga kiritishdi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍176🔥3
Oylik maoshlarni bermasa AES qanday quriladi?

Oylik maoshlarni 3-4 va hatto 6 oylab kechikish bilan berishi bilan taniqli bo'lgan kompaniyaga Jizzaxda barpo etiladigan atom elektr stansiyasi qurilishiga tayyorgarlik ko'rish uchun subpudratchi etib tanlanibdi. AES qurilishida ham maosh bermasa, ishchilar betonni yaxshi quymasa, Chernobil-2 bo'ladimi?

O'sha "mashhur" Enter Engineering O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasi qurilishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun subpudratchi etib tanlab olingan. Hozirda AES qurilishi rejalashtirilgan maydonda Enter Engineering tomonidan konstruksiyalarni dastlabki yig‘ish uchun mo‘ljallangan qurilish-montaj bazasi barpo etilmoqda. Ushbu baza doirasida qurilish va montaj materiallari uchun omborxonalar hamda beton qorishtirish inshootlari tashkil etiladi.

P.S. Ishchilarga maoshlar vaqtida berilishi nazorat qilinsinda.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍12🔥3👏32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nag'machilarga ishonib yurganlarning ko'zi qachon ochilar ekan?

Odamlarimiz har xil qalang'i-qasang'i tabib deb nom qo'yib olganlarga ishonib, davo izlab boradi. Lekin ularning ko'zbo'yamachi ekanini ko'rib, qanday aldanish mumkin ekaniga tushunmayman.

Umidi ham qolmagan odamni, oxirgi ilinjidan foydalanib aldash jinoyat. Jinoyat qilganlarga jazo berilishi kerak. Har xil firibgarlarga aldanib qolmang! Ularga sizning salomatligingiz kerak emas. Pul ularning vijdoni.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👏6🤔64🔥3
Ayrim mahallalarda elektr ta'minotida uzilish kuzatiladi

Guliston 110/35/10 kv nimstansiyasidan 10 kV Abziyat havo liniyasida tamirlash ishlari olib borilishi sababli soat 09:30 dan 18:00 gacha Abziyat, Bogʻishamol, Avazmalik MFY elektr taʼminotida uzilishlar boʻladi.

Chorshanbe 35/10 kv nimstansiyasidan 10 kV Shovkan havo liniyasida tamirlash ishlari olib borilishi sababli soat 09:00 dan 16:00 gacha Shakarteri, Shiramon MFY elektr taʼminotida uzilishlar boʻladi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
5👍2🔥2👏2
Navbahor mahallasi ichki yo‘llariga asfalt yotqizilmoqda

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq ajratilgan mablag‘lar hisobidan Shahrisabz tumani Navbahor mahallasi ichki yo‘llarida asfaltlash ishlari amalga oshirilibdi.

Mazkur ishlar natijasida avval nosoz va yaroqsiz holatdagi yo‘llar ta’mirlanib, aholining harakatlanishi uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍52🔥1👏1
Shahrisabz tuman soliq inspeksiyasiga rahbar tayinlandi

Shahrisabz shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelgan Iskandar Sa’dullayev Shahrisabz tuman soliq inspeksiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍73🔥3👎2👏2
Shahrisabzda yangi spektakl namoyishi bo‘lib o‘tadi

Shu yilning 11-oktabr, shanba kuni, soat 18:00 da Shahrisabz shahridagi Madaniyat saroyida YANGI SPEKTAKL PREMYERASI namoyish etiladi.

"BEXATO OTILGAN O'Q"
(Tavfiq al-Hakim asari asosida)
1 pardali hajviy asar


Teatr san’atini sevuvchi barcha muxlislarni ushbu qiziqarli va mazmunli tomoshaga taklif etamiz!
Kelib, birgalikda tomosha qilaylik!

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👏85🔥3👍1
Qashqadaryoda ilk nemis bog‘chasi ochildi

Qarshi shahrida ta’lim tizimiga ham xorijiy tajribalarni keng joriy etish va ilg‘or davlatlarning o‘quv-uslubiy yondashuvlarini olib kirish maqsadida Germaniyaning nufuzli “Ernst Klett” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Markaziy Osiyodagi ilk o‘zbek–nemis bog‘chasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tibdi.

Mazkur "Kinderwelt" o‘zbek–nemis bog‘chasining ochilish tadbirida viloyat hokimi Murotjon Azimov, "Ernst Klett” kompaniyasi rahbari Filipp Haussmann boshchiligidagi nemis delegatsiyasi, kompaniya hamkori bo‘lgan tadbirkor Uchqun Sharipov, mas’ullar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Joriy yilning iyun oyida mahalliy 4 nafar tarbiyachilar Germaniyada malaka oshirib kelgan bo‘lib, bugungi ochilgan bog‘cha misolida, o‘zbek va nemis xalqi o‘rtasidagi do‘stlik, ishonch va hamkorlikning yana bir mustahkam poydevori yaratildi.

Ma’lumot uchun, "Ernst Klett” kompaniyasi qariyb 130 yillik tarixga ega bo‘lib, dunyoning 15 dan ortiq davlatida 100 dan ortiq korxonalari mavjud va yillik aylanmasi qariyb 1,5 mlrd yevroni tashkil etadi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍64👏3👎1
Misr tajribasi Kitob tumanida

Kitob tumanida “Misr tajribasi” asosida 5 gektar maydonda “Kara” navi G1 avlod kartoshka urug‘lari olib kelinib, ekilmoqda.

Ayni vaqtda ekinlar barqaror holatda xorijlik hamda mahalliy agronomlar hamkorligida parvarishlanmoqda.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
4👍1🔥1👏1
2025/10/22 08:10:23
Back to Top
HTML Embed Code: