Telegram Web Link
Navbahor mahallasi ichki yo‘llariga asfalt yotqizilmoqda

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq ajratilgan mablag‘lar hisobidan Shahrisabz tumani Navbahor mahallasi ichki yo‘llarida asfaltlash ishlari amalga oshirilibdi.

Mazkur ishlar natijasida avval nosoz va yaroqsiz holatdagi yo‘llar ta’mirlanib, aholining harakatlanishi uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍52🔥1👏1
Shahrisabz tuman soliq inspeksiyasiga rahbar tayinlandi

Shahrisabz shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelgan Iskandar Sa’dullayev Shahrisabz tuman soliq inspeksiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍73🔥3👎2👏2
Shahrisabzda yangi spektakl namoyishi bo‘lib o‘tadi

Shu yilning 11-oktabr, shanba kuni, soat 18:00 da Shahrisabz shahridagi Madaniyat saroyida YANGI SPEKTAKL PREMYERASI namoyish etiladi.

"BEXATO OTILGAN O'Q"
(Tavfiq al-Hakim asari asosida)
1 pardali hajviy asar


Teatr san’atini sevuvchi barcha muxlislarni ushbu qiziqarli va mazmunli tomoshaga taklif etamiz!
Kelib, birgalikda tomosha qilaylik!

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👏85🔥3👍1
Qashqadaryoda ilk nemis bog‘chasi ochildi

Qarshi shahrida ta’lim tizimiga ham xorijiy tajribalarni keng joriy etish va ilg‘or davlatlarning o‘quv-uslubiy yondashuvlarini olib kirish maqsadida Germaniyaning nufuzli “Ernst Klett” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Markaziy Osiyodagi ilk o‘zbek–nemis bog‘chasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tibdi.

Mazkur "Kinderwelt" o‘zbek–nemis bog‘chasining ochilish tadbirida viloyat hokimi Murotjon Azimov, "Ernst Klett” kompaniyasi rahbari Filipp Haussmann boshchiligidagi nemis delegatsiyasi, kompaniya hamkori bo‘lgan tadbirkor Uchqun Sharipov, mas’ullar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Joriy yilning iyun oyida mahalliy 4 nafar tarbiyachilar Germaniyada malaka oshirib kelgan bo‘lib, bugungi ochilgan bog‘cha misolida, o‘zbek va nemis xalqi o‘rtasidagi do‘stlik, ishonch va hamkorlikning yana bir mustahkam poydevori yaratildi.

Ma’lumot uchun, "Ernst Klett” kompaniyasi qariyb 130 yillik tarixga ega bo‘lib, dunyoning 15 dan ortiq davlatida 100 dan ortiq korxonalari mavjud va yillik aylanmasi qariyb 1,5 mlrd yevroni tashkil etadi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍64👏3👎1
Misr tajribasi Kitob tumanida

Kitob tumanida “Misr tajribasi” asosida 5 gektar maydonda “Kara” navi G1 avlod kartoshka urug‘lari olib kelinib, ekilmoqda.

Ayni vaqtda ekinlar barqaror holatda xorijlik hamda mahalliy agronomlar hamkorligida parvarishlanmoqda.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
4👍1🔥1👏1
Falastinlik migrantdan chiqqan Nobel mukofoti sohibi

Bu yilgi kimyo bo'yicha Nobel olganlardan biri Omar Yagi Iordaniyada falastinlik qochqinlar oilasida tug‘ilgan. 15 yoshida AQShga immigratsiya qilib bakalavrni ham PhDni ham davlat universitetlarida qilgan.

Yoshligida suvsiz, chiroqsiz, bir xonani ichida o'nlab odamlar va boqadigan chorva bilan birga yashagani, otasi oltinchi sinfni zo'rg'a tugatgani, onasi yozish-o'qishni bilmasligiga qaramay ilm tufayli barcha narsaga erishibdi. Hamma narsa 10 yoshida maktab kutubxonasiga kirib bir kitobni qo'liga olgach undagi molekulyar tuzilmalarga qiziqib qolganidan boshlangan ekan.

Bu hikoyada ilmning o'rnini ham, immigrantlarning o'rni va immigratsiyaning muhimligini ham ifoda etsa bo'ladi. Iqtidorlar hamma yerda bor. Ularning potensialini ochishga biroz imkoniyat berilsa bas deb yozadi @uzbekonomics kanali muallifi.

"Ilm dunyodagi eng katta tenglashtiruvchi kuchdir"

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
6👍4🔥2
Ulochda quyosh elektr stansiyalari qurish uchun yerlar sotuvga chiqarildi

Shahrisabz tumani Uloch MFY hududidan har biri 7,5 gektarlik tadbirkorlik uchun yer uchastkalari e-auksion.uz saytiga savdoga chiqarildi. Ushbu yerlarda quyosh elektr stansiyalarini qurish rejalashtirilgan bo'lib, boshlang'ich narxi 3,2 milliard so'mdan qilib belgilangan.

Auksion savdolari 16-20 oktabr kunlari o'tkaziladigan savdolarda qatnashish uchun 4 foiz miqdorda zakalat kiritish talab etiladi. Yerlar 49 yilga ijaraga huquqi asosida sotilmoqda.

https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=18596168
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=18596170
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=18675217

KESHNEWS
- Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
4🔥2👏2
14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlar diqqatiga! Siz “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga da’vogar bo‘lsangiz?

Unda joriy yilning 20-oktyabr kuni soat 09:00 da Shahrisabz tuman “Mevazor” MFYdagi 16-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tadigan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti tuman bosqichida ishtirok eting!

Ishtirok etish uchun nomzodlar tanlovning Shahrisabz tuman bosqichi 20-oktyabr sanasiga qadar qabul komissiyasiga o‘z hujjatlarini taqdim etishlari lozim.

Taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar:

Pasport yoki guvohnoma;
Ta’lim olayotgan muassasadan o‘qiyotgani haqida ma’lumotnoma;
Ota-onasining pasport nusxasi;
Ta’lim muassasasidan tavsifnoma;
Yashab turgan MFYdan fikrnoma;
6 dona foto surat (3×4 o‘lchamda);
Erishilgan yutuqlar, hujjatlar to‘plami va fotolavhalar bilan birga Shahrisabz tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limiga topshiriladi.


📞 Batafsil ma’lumot uchun:
+998 (90) 963-63-26

KESHNEWS
- Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
6👏2🔥1
Shahrisabz shahri, Shahrisabz va Kitob tumanlarida elektr tokida uzilish kuzatiladi

🔹Ulug’bek 110/35/10kV nimstansiyasida ta'mirlash ishlari olib borilishi bois Shahrisabz shahrining Fayziobod, Uymovut, G’alaba, Kamolot, Namaton, Sinabog’, Oq daryo, Kesh, Pillachilik, Sanam, Barhayot hamda Ma’rifat MFYlari hamda Shahrisabz tumanining Abziyat, Avazmalik hamda Bog’ishamol MFYlari, Kitob tumaning Surum, Obod, Nurafshon, Sariosiyo, Xalqlar Do’stligi, Charmgar, Guliston hamda Beshqozoq MFY hududlarida soat 09:00 dan 18:00 gacha elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
4👎2👏2👍1🔥1😢1
Shahrisabz shahrida saralash 18-oktyabr kuni soat 10:00 da bo'ladi

Madaniyat markazida bo‘lib o‘tadigan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti shahar bosqichida ishtirok eting!

📌 Ishtirok etish uchun nomzodlar tanlovning Shahrisabz shahar bosqichi 18-oktyabr sanasiga qadar qabul komissiyasiga o‘z hujjatlarini taqdim etishlari lozim.

Erishilgan yutuqlar, hujjatlar to‘plami va fotolavhalar bilan birga Shahrisabz shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limiga topshiriladi.

Batafsil ma’lumot uchun: +998 (91) 320-43-71

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
5👍2👏2
Kitobda moped va skuterlar haydovchilari jarimaga tortilmoqda

Joriy yilning 1-oktyabridan boshlab qonunchilikka muvofiq ayrim turdagi transport vositalarini boshqarish tartibida o‘zgarishlar belgilandi. Jumladan, dvigatelining ish hajmi 25 sm³ va undan ortiq, lekin 50 sm³dan oshmaydigan, shuningdek elektr dvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, biroq 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 km va undan ortiq, lekin 50 km/soatdan oshmaydigan transport vositalari — ya’ni moped va skuterlarni boshqarish uchun endilikda tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish majburiy hisoblanadi.

Mazkur tartib yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarimizning hayoti va salomatligini asrashga xizmat qiladi. Chunki amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, haydovchilik guvohnomasiz boshqarilayotgan transport vositalari ko‘plab noxush hodisalar, yo‘l-transport hodisalari kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan Kitob tumani Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi barcha fuqarolarga murojaat qilib, yana bir bor shuni eslatib o‘tadi:

▪️yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish;
▪️transport vositalarini qonunda belgilangan tartibda boshqarish;
▪️haydovchilik guvohnomasisiz transport vositasini boshqarmaslik zarur.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎28👍127👏3🔥1😢1
2025/10/19 22:18:06
Back to Top
HTML Embed Code: