Telegram Web Link
Shahrisabz tumanidagi ayrim mahallalarda elektr ta'minotida uzilish kuzatiladi

Madanyat 35/10 kv nimstansiyasidan 10 kV Xisorak havo liniyasida tamirlash ishlari olib borilishi sababli soat 09:00 dan 18:00 gacha Hisorak, Sarchashma, Gʻelon, Koʻl MFY da elektr taʼminotida uzilishlar boʻladi.

Oqsuv 110/35/10 kv nimstansiyasidan 10 kV Miraki havo liniyasida tamirlash ishlari olib borilishi sababli soat 09:00 dan 16:00 gacha Miraki MFY elektr taʼminotida uzilishlar boʻladi.

Chorshanbe 35/10kv dan chiquvchi 10 kV Xazara, Paxta punk, Anday, Chuqun, Yoshlik havo elektr uzatish tarmog‘ida  tamirlash ishlari bajarilishi bois xafsizlik texnikasi qoidalariga asosan havo elektr uzatish tarmog’i o‘chiriladi. Shu  bois Shahrisabz tumanining Mevazor, Chorshanbe, Chuqun, Obod, Qoʻshchinor, Xazara, Oqoltin MFY da soat 09:00 dan 18:00 gacha elektr ta'minotida uzilishlar bo‘ladi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
5
Shahardagi elektr liniyalarida ta'mirlash ishlari o‘tkaziladi

Kesh 110/10kV nimstansiyasidan chiquvchi Beruniy 10 kV havo tarmogʻida ta'mirlash ishlari olib borilishi bois Shahrisabz shahrining Nomozgoh, Pillakashlik va X.Baxshi MFY hududlarida soat 09:30 dan soat 18:00 gacha elektr ta'minotida uzilish kuzatiladi.

Nizomiy 35/10kV nimstansiyasidan chiquvchi "Markaz" havo elektr uzatish tarmogʻida ta'mirlash ishlari olib borilishi bois Shahrisabz shahrining Bogʻibahor, Gʻalaba, Ipak yoʻli, Kamolot, X.Baxshi va Ziyokor MFY hududlarida soat 13:00 dan 14:00 gacha elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
3👎3
Amfiteatrda madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

"Qashqadaryolik yoshlar, tayyormisiz? Unda bu kecha sizniki!" shiori ostida tashkil etilgan madaniy-musiqiy targ‘ibot tadbiri barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldiribdi.

Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda Ucell kompaniyasi hamkorligida unutilmas musiqiy shou tashkil etilibdi. Unda taniqli estrada yulduzlari o‘zlarining rang-barang dasturlarini namoyish etdilar.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍4👎2🔥2👏2
Germaniya hamkorlik tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilibdi

Miraki shaharchasida Shahrisabz tuman hokimi Samad Xasanov hamda Germaniya Iqtisodiyot va hamkorlikni rivojlantirish vazirligi vakili Karolina Probst boshchiligidagi Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Shahrisabz tumanida amalga oshirilgan master-rejalar doirasidagi ishlarning natijadorligi hamda kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tuman hokimi Samad Xasanov uchrashuv chog‘ida kelgusidagi hamkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, turizm qishloqlarining o‘ziga xos madaniyati va tabiiy go‘zalligini asrab qolgan holda yangi turizm manzillarini yaratish bo‘yicha takliflarini ilgari surdi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
6
G‘elon. Tarifga til ojiz

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
20👍15🔥4👏1
Kitob tumanida kartoshkachilik va limonchilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan Respublika dala-o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Kitob tumani qishloq xo‘jaligi sohasida yirik Respublika miqyosidagi tadbirlardan biriga mezbonlik qildi. Unda Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, respublikamizning kartoshkachilikka ixtisoslashgan tuman hokimlari, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, agrar soha mutasaddilari, fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etibdi.

Seminar ishtirokchilari dastlab tumanning “Zarafshon” hududida bo‘lishdi. Bu yerda “Misr tajribasi” asosida 5 gektar maydonda “Kara” navi G1 avlod kartoshka urug‘lari ekilgan bo‘lib, “Respublikada yuqori avlodli urug‘lik kartoshka yetishtirish bo‘yicha dala-o‘quv seminari” o‘tkazildi. Tadbir davomida soha mutaxassislari va ilmiy xodimlar zamonaviy agrotexnik yondashuvlar, hosildorlikni oshirish, urug‘lik materiallar sifatini yaxshilash va ularni mahalliylashtirish borasidagi tajriba va ilmiy yutuqlar bilan o‘rtoqlashishdi.

Seminar ishtirokchilari keyingi manzil sifatida “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan “Bahrombek Ixtiyor o‘g‘li” fermer xo‘jaligiga tashrif buyurishdi. Mazkur xo‘jalik tomonidan 10 gektar maydonda barpo etilgan issiqxonalarda limon, mandarin, apelsin va hatto banan kabi sitrus mevalari yetishtirilmoqda. Shuningdek, qator oralari samarali foydalanilib, poliz ekinlaridan ham yuqori hosil olinmoqda.

Issiqxonada zamonaviy purkovchi va tomchilatib sug‘orish tizimlari joriy etilgan bo‘lib, bu yondashuvlar suv va o‘g‘it kabi resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
6👍2🔥2👏1
Turkiy mamlakatlar fuqarolari Turkiyada xorijlik hisoblanmaydi

Bu do‘stlik yo‘lida yana bir qadam sifatida e'tirof etilmoqda. Endilikda Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada “xorijlik” sifatida hisoblanmaydi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an turkiy tilli mamlakatlar fuqarolarining huquqiy maqomini o‘zgartiruvchi farmoyishni imzolabdi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍294🔥3👎2
Kitob tumani soliq inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlanibdi

Soliq qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan Yo‘ldashev Anvar Saparovich Kitob tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Anvar Yo‘ldashev 1980-yilda Kitob tumanida tug‘ilgan. U 2012-yilda Soliq akademiyasini tamomlagan.

Anvar Yo‘ldashev bundan oldin Shahrisabz tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Avvalroq, Shahrisabz shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan Iskandar Sa’dullayev Shahrisabz tuman soliq inspeksiyasi rahbari lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
10👏3🔥2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Profilaktika inspektori xizmat uyida narkolaboratoriya tashkil etibdi

Toshkent shahrida DXX va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash doirasida tezkor tadbir o‘tkazilibdi.

Tadbir chog‘ida Olmazor tumani IIO FMB profilaktika inspektori xizmat xonadonida narkolaboratoriya tashkil etgani fosh etildi. Joydan jami 10 kg 500 gr “Alfa-PVP”, 4 gr “Spays” sintetik narkotiklari, shuningdek, 588 gr suyuqlik, asbob-uskunalar va elektron torozi ashyoviy dalil sifatida olindi. Tekshiruv davomida inspektorning Toshkent tumanidagi yashash uyidan ham yerga ko‘milgan 430 gramm “Alfa-PVP” moddasi topildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ichki ishlar xodimi Telegram orqali sintetik giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan topshiriq olib, narkokur’erlar yetkazib bergan moddalarni yashirin laboratoriyada tayyorlab tarqatgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

P.S. Xalqimizni yaxshi naqli bor: O'zingdan chiqqan baloga, qayga boray davoga...

KESHNEWS
- Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
6👍6🔥2👏2👎1🤔1
2025/10/19 08:09:00
Back to Top
HTML Embed Code: