Telegram Web Link
Turkiy mamlakatlar fuqarolari Turkiyada xorijlik hisoblanmaydi

Bu do‘stlik yo‘lida yana bir qadam sifatida e'tirof etilmoqda. Endilikda Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada “xorijlik” sifatida hisoblanmaydi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an turkiy tilli mamlakatlar fuqarolarining huquqiy maqomini o‘zgartiruvchi farmoyishni imzolabdi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍294🔥3👎2
Kitob tumani soliq inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlanibdi

Soliq qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan Yo‘ldashev Anvar Saparovich Kitob tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Anvar Yo‘ldashev 1980-yilda Kitob tumanida tug‘ilgan. U 2012-yilda Soliq akademiyasini tamomlagan.

Anvar Yo‘ldashev bundan oldin Shahrisabz tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Avvalroq, Shahrisabz shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan Iskandar Sa’dullayev Shahrisabz tuman soliq inspeksiyasi rahbari lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
10👏3🔥2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Profilaktika inspektori xizmat uyida narkolaboratoriya tashkil etibdi

Toshkent shahrida DXX va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash doirasida tezkor tadbir o‘tkazilibdi.

Tadbir chog‘ida Olmazor tumani IIO FMB profilaktika inspektori xizmat xonadonida narkolaboratoriya tashkil etgani fosh etildi. Joydan jami 10 kg 500 gr “Alfa-PVP”, 4 gr “Spays” sintetik narkotiklari, shuningdek, 588 gr suyuqlik, asbob-uskunalar va elektron torozi ashyoviy dalil sifatida olindi. Tekshiruv davomida inspektorning Toshkent tumanidagi yashash uyidan ham yerga ko‘milgan 430 gramm “Alfa-PVP” moddasi topildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ichki ishlar xodimi Telegram orqali sintetik giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan topshiriq olib, narkokur’erlar yetkazib bergan moddalarni yashirin laboratoriyada tayyorlab tarqatgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

P.S. Xalqimizni yaxshi naqli bor: O'zingdan chiqqan baloga, qayga boray davoga...

KESHNEWS
- Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
6👍6🔥2👏2👎1🤔1
Sportchilar xalqaro turnirda yuksak natijalarga erishishibdi

Joriy yilning 7–12 oktyabr kunlari Toshkent shahrida kikboksing bo‘yicha WAKO Jahon kubogi musobaqasining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. Mazkur nufuzli musobaqada 50 dan ortiq davlatdan kelgan 3000 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etishdi.

Quvonarli jihati shundaki, Kitob tumanidagi 1- va 2-son sport maktablari tarbiyalanuvchilari ham xalqaro maydonda o‘z mahoratlarini namoyon etishdi. Ular musobaqada 8 ta oltin, 4 ta kumush hamda 22 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishibdi.

Yutuqlar bilan sportchilarimizni tabriklaymiz!

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👏4👍2🔥21
Shahrisabz tumanida ommaviy diktantlar tanlovi o'tkazilibdi

13-oktabr kuni Shahrisabz tuman hokimligi, tuman IIB, viloyat malaka oshirish markazi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligining 36 yil to‘lishi munosabati bilan Shahrisabz pedagogika institutida “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” shiori ostida ichki ishlar xodimlari hamda mahalla inspektorlari o‘rtasida diktantlar tanlovi o‘tkazilibdi. Tanlov boshida davlat tili qonunchiligi asoslari bo‘yicha semenar ham o‘tkazildi.

Diktantlar o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari tomonidan ishtirokchilarning imlo, tinish belgilari, chiroyli yozuv va mazmunni to‘liq ifoda etish mezonlari asosida baholandi.

KESHNEWS
- Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍3👏21🔥1
Tumandagi ayrim mahallalarda elektr toki 18.00 ga qadar bo'lmaydi

Hisorak-2 110/6 kv nimstansiyasidan 6 kV "S.Murodov" havo liniyasida tamirlash ishlari olib borilishi sababli soat 16:00 gacha Miraki va Amir Temur MFY elektr taʼminotida uzilishlar boʻladi.

Shahrisabz 110/35/10 kv nimstansiyasidan 10 kV "Dayak" havo liniyasida tamirlash ishlari olib borilishi sababli soat 18:00 gacha Xojimaydon va Nurafshon MFY elektr taʼminotida uzilishlar boʻladi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍1🔥1👏1
Shahrisabz shahar IIB boshlig‘i kubogi uchun musobaqa tashkil etildi

Shahrisabz shahrida “Shahrisabz shahar IIB boshlig‘i kubogi” uchun voleybol musobaqasi tashkil etilibdi.

Madaniyat saroyining sport zalida o‘tkazilgan musobaqada shahar maktablarining o‘g‘il va qizlar jamoalari ishtirok etishgan. Jami 25 ta maktabdan 50 ta jamoa (25 tasi o‘g‘il bolalar, 25 tasi qiz bolalar) qatnashib, 400 nafardan ortiq yoshlar musobaqada o‘z mahoratini namoyon qilgan.

🏆 Natijalar quyidagicha: Voleybol (o‘g‘il bolalar):
🥇 1-o‘rin — 6-maktab
🥈 2-o‘rin — 9-maktab
🥉 3-o‘rin — 14-maktab

Voleybol (qiz bolalar):
🥇 1-o‘rin — 1-maktab
🥈 2-o‘rin — 6-maktab
🥉 3-o‘rin — 3-maktab

G‘olib jamoalar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
6🔥3👏3
Mahallalar boyiydigan bo'lmoqda

"Mahallalarga 2 ming kvadrat metrgacha bo‘sh davlat obyektlarini auksionga chiqarish vakolati berilgan. Masalan, Samarqand shahar Shodlik mahallasi 1,5 ming kvadratli bino sotuvidan mahalla budjetiga 5 milliard so‘m tushirgan. “Ko‘ryapsizlarmi, qolgan mahallalarda ham “yettilik” izlansa, 3 mingga yaqin bunday binolarni sotish orqali ancha masalani hal qilsa bo‘ladi”, – dedi Prezident.

Endilikda mahalla raisi va hokim yordamchisi bo‘sh turgan 5 ming kvadratgacha bo‘lgan davlat mulkini auksionga chiqarishi mumkin bo‘ladi. Sotuvdan tushgan mablag‘ning 70 foizi mahallaning o‘zida qoladi va infratuzilmaga sarflanadi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
8👍4👎3🔥3👏1
Matematika fanidan asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi savollar tarqab ketgani uchun qayta o‘tkaziladi

Qayd etilishicha, olimpiada savollari Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzilib, har bir hududda (hududiy boshqarmalarda) markazlashgan holatda chop etilgan.

Ammo hududlardagi Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida tashkil etilgan shtablarda olimpiada savollarini chop etish jarayonida materiallar tarqalib ketgan.

Hozirda bu holatga sababchi bo‘lgan shaxslar aniqlanayotgani va ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortilishi bildirildi.

Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf kesimida (9-10-11-sinf) qayta oʻtkazilishi ma’lum qilindi.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍103🔥2👏2
Bir vaqtlar oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishlatiladigan test savollari ham tarqab ketardi. Kimsan Davlat test markazi shunchalik qattiq himoyalasa ham shunday ishlar yuz berganiga hayron qolish shart emas.

Nafs ustunlik qilgan joyda er-xotin o‘rtasidagi sirlar ham ochilib ketmoqda-ku. Test savollari nima bo‘libdi?!

Olimpiadalar doim shubhalarga boy, g‘oliblikka da'vogarlar yig‘lab-siqtagan voqealar bilan o‘tgan. Birov rozi bo‘lmagan o‘z natijasidan.

Olimpiadalar o‘tkazish tizimini qayta ko‘rib chiqish shart, OTMga kirish imtihonlari shaffoflashdiku.

Shunchaki bolalar sinib ketmasligi shart.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👏12👍64🔥2
Maydanak tog‘ turizm maskanida qurilishlar o'rganilibdi

Qamashi tumanidagi Maydanak baland tog‘ turizm maskanida 20 ta kottej, 10 ta bungalo va 10 ta shale tipidagi uylar, 20 ta kapsula turar joy, zamonaviy restoran, sayr va hordiq uchun piyodalar yo‘laklari va obodonlashtirilgan hududlar barpo etilmoqda.

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍6🔥2👏1
Asosiy fanlar olimpiadasining tuman va shahar bosqichlarida ishlatiladigan testlar shunaqa tartibda olib kelingan

Ammo, lekin, biroq testlar bunaqa olib kelingunga qadar 200 ming so'mdan 800 ming so'mgacha sotilgani aytilmoqda.

Foto: Kitob tumani hokimligi Axborot xizmati

KESHNEWS - Shahrisabzdagi eng yirik media!

Kanalga ulanish 👉@keshnews
Bog'lanish 👉@keshnews_bot
Yirik bozor 👉@keshnewsbozor
👍6😢6👏21🔥1
2025/10/26 13:30:19
Back to Top
HTML Embed Code: