Telegram Web Link
Qandayini tanlay?

Yigit bola o’z onasiga o’xshash qizni yoqtirib qolishga moyil ekan

O’xshashlik: sohaga, dunyoqarashga bog’liq bo’lishi mumkin.

Ishdan kelyapsan, onang bilan ayoling meditsinaga oid nimanidir gaplashib o’tiribdi, do’stlardek.

Boshqacha bo’lsa kerak-a?)

2. Aktiv o’rganish.

Kundalik vaqtida doimiy o’rganuvchi insondan yomonlik chiqishi qiyin.

Chunki uni bo’sh vaqti yo’q.

Bo’sh vaqti yo’q = bekorchi gapga vaqti yo’q

Hamma ig’vo, fitna, g’iybatning manbasi esa bekorchi gapdan chiqadi.

Shuning uchun doimiy nimanidir o’rgan va o’rganadiganini tanla.

3. Farzand.

1-2 yillik hayotdan keyin, ikki kishini bog’lab turadigan asosiy rishta - uchinchi kishi dunyoga keladi.

Shu rishtani tarbiyasiga, ilmiga, e’tiqodiga etiborsiz bo’lsang,

Eng muhim rishtaga e’tiborsiz bo’libsan.

Rishta buzildi, oila buzildi. (Alloh saqlasin)

Farzandni go’zal tarbiya qilish ota-onaga bog’liq. Tarix, tadqiqotlar, tajribalar esa ko’proq onaga bog’liq deydi.

P.S
Dinimizda tushgan eng birinchi so’z bu “iqro”. To’g’ri ustoz, to’g’ri muhitdan doimiy ta’lim olib, Eng birinchi buyruqqa amal qiladigan odam, Ma’rifatni topadi, anglaydi, o’rgatadi.

Bundan xavotir olma jo’ra.

@khasanov_blog
3
Ulug’lar aytgan:

Sen ham, mol dunyoying ham otangnikidur
4
Boshlash kerak

Избранное da bir nechta postlar bor, sarlavha topa olmaganim uchun kanalga tashlamaganman

“O’sha paytda nima uchun qilmagandim-a” degan afsuslarimni tagida, boshlashga duxim yetmagani yotadi.

Shu bilan tugasa ham mayli edi.

Biror narsani boshlamay kechiktirish ruhiy bosimga ham olib keladi

Daromad kamayishi yiligi 10 ming $ + bo’lishi mumkin

Atrofdagilar bilan munosabatlar buzilishi, ishonch yo’qolishi mumkin

Shuning uchun, reja qilganlaringni boshlayver.

Ideal bo’lmasligi mumkin, ko’nglidagidek bo’lmasligi mumkin

Lekin

Ishni boshlab qilgan xatolaring, hech narsa qilmay yurishingdan 1000x foydali bo’ladi.

@khasanov_blog
7
G’ishmat tekis suvli hovuzda suzdi, bemalol suzdi, qiynalmay suzdi

Dengizga chiqdi, to’lqinlar joyidan qimirlatmadi

Nafasi qaytdi. Cho’kishiga sal qoldi.

Lekin har kuni urindi. Turli usullarni sinab ko’rdi. You tubedan darsliklar ko’rdi, suzib yurganlardan borib o’rgandi

Kunlar o’tib, G’ishmat to’lqinlarda erkin suza oladigan yigit bo’ldi.

Aylanib eski hovuziga bordi. Suzib ko’rdi. Ariqda yurganday bo’ldi.

Oldingiga nisbatan yaxshigina kuchayganini sezdi.



Hayotda ham shunday, katta muammolarga qarshi turishni o’rgansak

Kichik muammolarni bir tuplab cho’ktira oladigan monstr bo’lamiz

P.S
Smooth sea never made a skilled sailor.

@khasanov_blog
4🔥1
Bazida “anuv inson kibr ekan” deymiz.

“Nimaga unday deyapsan?” desa

“Savolimga qisqa javob berdi. O’zini olib qochdi” deymiz.

Holat bo’ladi:

O’zimiz ham kimdandir uzoqroq yurishga intilamiz.

“Nimaga o’zingni olib qochyapsan” desa

“Axir u qora. Unga yaqin yursam qorayib qolishim mumkin” deymiz.



O’ylamaymizki balki biz ham kimdir uchun qoradirmiz.

Balki o’zimizni oq deb o’ylab yurgandirmiz.

Islohni o’zingdan boshla jigar.

@khasanov_blog
🔥65
If everything around seems dark, look again, you may be the light.

Some people have found God in the depth of their sin, while some have lost Him in the height of their blessings.



Agar atrofingdagi hamma narsa qorong‘idek tuyulsa, yana bir bor qaragin — ehtimol, o‘zing nurdirsan.

Ba’zi odamlar o‘z gunohlarining tubida Xudoni topgan, ba’zilari esa ne’matlarining cho‘qqisida Uni yo‘qotgan.

Mavlono Rumiy
11🔥5
ЧИФИР

Чай - источник философии и разума.
11🔥5
Oxirgi oylarda ko’p savol javoblar tashkil qildim.

Bir narsani aniqlash va immunitet hosil qilish uchun.

Shu yildan boshlab kam-kamdan mediaga chiqishni boshladim.

Balki keyingi yil to’liq kirib ketarman.

Aynan mana shu nuqtada:

Sani hate qiladiganlar, ishingdan kir qidiradiganlar

Xudo saqlasin kofir va munofiqqa chiqaridagnlar topiladi.

O’sha paytda gangib qolmaslik uchun, o’sha paytda orqaga ketmaslik uchun

Vaksina olish kerak edi.

Shu vaksina olindi.

@khasanov_blog
1🔥5422
Agar qaysidir blog/kanal faqat luxury hayotni, baxtlilikni, qimmat yeb ichishni ko’rsatayotgan bo’lsa,

U kanalni tark etaver. Chunki admini/adminkasi yolg’on gapiryapti.

Hayot har doim ham ular ko’rsatayotgandek emas.
🔥3329
The master was once the beginner
2🔥2821
“Qishki kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakda shom azoni eshitiladir…

…O’zbek oyim qora kiyib ta’ziya ochadir.”


O’tkan kunlardagi birinchi va oxirgi jumla.

1. Ma’no: Umr azon va namoz o’rtasidagi qisqa bir vaqt. Kunlar tez o’tadi.

O’zbek oyim qora kiyib ta’ziya ochadir.”


Ayol kishiga O’zbek ismi qo’yilganini ko’rmaganmiz.

2. Ma’no: ona vatan, qora kiyib ta’ziya ochishga majbur bo’ladi. Bosqinchilarning qatag’oni natijasida.

Asarda azon aytilishi yozilgan, lekin undan keyin namoz o’qilishi haqida yozilmagan.

3. Ma’no: biz Ilohiy chaqiriqqa javob bermay qo’yganmiz. Javob bermayapmizki, hayotimiz turmushimiz alg’ov dalg’ov.

Asarda Kumush zahar bilan vafot etadi. Zaynab tomonidan. Qora choponlilar qipchoqqa qilich ko’taradi.

4. Ma’no: o’zimizni o’zimiz o’ldiryapmiz. Itiffoq emasmiz. Ittifoq emasmiz-ki, uchinchi tomondan hammamiz birdek bosilamiz.

Qodiriyni asarlarida Otabek Kumush, Anvar Ra’no qahramonlari bor. E’tibor berilsa, bek ismining oxirgi harfi bilan begoyimning ismi boshlanyapti

5. Ma’no: Erkak kishining uzviy bir qismi va uning davomi uning sevgani, uning ayoli bo’lishi kerak.

Shunaqa gaplar.

P.S
O’tkan kuning, o’tkan kundir.
O’z boshinga yetgan kun!

https://www.tg-me.com/jama_hasanov/s/217

@khasanov_blog
30🔥15
Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz ustozlar!
33🔥16
“Nima desam ekan” deb o’ylash, “Nega shunday deb qo’ydim” deb pushaymon yeyishdan yaxshiroqdir.

Buzurjmehr
28🔥17
“Oyna” jurnali 1914-yil. 21-son

Behbudiy
🔥3113
O’qiyotgan kitoblarimni badiiy, falsafiy, tasavvufiy qilishga harakat qilyapman.

Ikki qator o’qiysan 20 minut o’ylaysan. Tafakkur qilasan.

O’tkan umringni, shqir-shqir ko’z oldingdan o’tkazasan.

She’r qilib yozilganlarini yodlashga intilasan. Xotiringda doim saqlashni xohlaganing uchun.

Unutmaslik uchun.

Amal qilishni boshlaysan. Muallif kuchi, o’zidan so’zi kuchliligidan bo’lsa kerak.

1. Hikmatlar. (Ahmad Yassaviy).
2. Guliston. (Sadiy Sheroziy)
3. Nafsga emas, Haqqa qara. Kelinjak toji. (Ibn Ataulloh Sakandariy)

Axmado sen so‘fi bo‘lsang so‘filig‘ oson emas.
Xaq rasul so‘fiy bo‘lib Dunyo molin suygan emas.
Dunyoni suygan kishi beshak biling inson emas.
So‘fi naqsh bo‘ldung vale hargiz musulmon bo‘lmading.

P.S
O’qi!
 
@khasanov_blog
🔥2315
A calm mind, a fit body, and a house full of love.

These things cannot be bought.

They must be earned.



Sokin qalb, sog‘lom tana va muhabbatga to‘la uy.

Bu narsalarni sotib olib bo‘lmaydi.

Ularni faqat mehnat bilan topish mumkin.

Naval Ravikant
28🔥12
Insonlar kerak bo’lmagan narsalarni olish uchun, kerak bo’lmagan ishlarni qilishadi.
1🔥237
Bu bola hozir Dubaida.

Ko’p vaqtlarimiz birga

Sayohatlarimiz birga

Sirlarimiz, dardlarimiz birga bo’lar edi.

Erkak deganda ko’zimni oldiga keladigan kam sonli mujiklardan.

Oilasi uchun, orzularidan kechgan oilaparvar mard bola.

Xudo bergan ne’matlarimdan biri.

Shunchaki esladim. Ishlaringa omad jigar!

❤️🫂
142🔥23
Клянусь Аллахом, трусость не продлит мне жизнь, а храбрость не уменшит ее.

Халид ибн Валид (да будет доволен им Аллах).
1🔥2410
2025/10/26 13:29:06
Back to Top
HTML Embed Code: