Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2
Jamshid Hasanov
Video message
Qaysidir serial bor edi, shu yerdagi kadr bilan boshlanar edi.

Biladiganlar yozvoringlar)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qachonki kanalda uzoq vaqt post qo’yilmasa)

@khasanov_blog
11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayotimni senga bag’ishladim

Hayotim o’zgargan nuqtalardan biri bu mani katta qilgan ayolga ona deb emas onajon deb murojat qilish bo’lgan

Hayotdan topa olmayotgan kayfimni, u kishini xursand qilib topganman

Sayohatga 3 ta davlat 10 tacha shaharga borgandim

Ular ichidan eng yoqqani Rize bo’lgandi. Undagi Aydar yaylasi bo’lgandi

O’shanda choy ichib, orzu qilgandim, “Qani onamni, oilamni shu yerlarga olib kelsam” deb

Kecha o’sha yaylada, tizzalariga boshimni qo’yim 10 minutcha uxladim

Gaplashib o’tirdik. Manzaradan rohatlandik. Rasmlar tushdik.

Hozir mehmonxonada oyog’ni cho’zib post yozyapman

Ichimda hotirjamlik hissi. Mana shu narsalar manimcha baxt deb nomlansa kerak

Postdagi sarvlavha yandex musicda top 3 da turgan qo’shiqdan olingan

Farqi u qo’shiqda bu gaplar yorga

Man esa onaga aytishni targ’ib qilyapman

Sevmoqchi bo’lsang, onadan boshla. Yaxshilik qilmoqchi bo’lsang, onadan boshla. G’alabalarni baham ko’rishni onadan boshla.

Hayotni bag’ishlashni onadan boshla

Shunda hayotdagi kayfni topasan jo’ra.

Omad!

@khasanov_blog
92🔥1
Trabzonda arab millatiga mansub sayohatchilar ko’p

Mikroavtobusda Feysa ismli Saudiyalik yigit bilan tanishib qoldim.

Arab ekanligini bilganimdan keyin. “Kaifa haluk” deb arab tilida so’rashgandim, mani arabchani biladi deb arabcha gapirib ketdi)

Man ham xuddi tushunadigandek eshitib turgandim, gapini orasida “A’na quraysh” (Men qurayshiyman) deb qolsa bo’ladimi

Darrov kimni avlodisan deb so’radim.

Amr ibn Os (r.a) ning avlodidan ekan

Mana buni tanishuv desa bo’ladi

Keyin u yoq bu yoqdan gaplashib, shu bilan xayrlashdim.

P.S
Bu sahoba men juda ham yaxshi ko’radigan Xolid ibn Valid (r.a) bilan janglarda qatnashganini o’qigandim

@khasanov_blog
41
Deep interview

Hayotdagi oddiy qonun:

Muammo keladi. Uni yecha olsang, davom etasan.

Muammoni hal qilmasang ham davom etasan, faqat ichingda bir og’riq bilan.

Bu og’riqni = baxtsizlik deymiz.

Og’riqni sababi, hal qilinmagan ishning natijasi qanday tugashini bilmaslik. Mavhumlik. Noaniqlik.

Aynan shu haqiqiy og’riqni beradi. “Endi nima bo’larkin” degan o’y tinchlik bermaydi.

Shunday paytlarda man eng ko’p ishlatadigan usul bu, bir o’zim qolib(chiqib ketib) o’zim bilan gaplashaman.

Bo’lishi mumkin bo’lgan eng yomon senariyni ko’zimni oldidan o’tkazaman. Ehtimoliy vaziyatlarni o’ylab ko’raman.

Xulosa shuki: bu dunyodagi man bilan san bo’lishi mumkin bo’lgan eng yomon holat bu haydalish ekan. O’qishdan, ishdan. Do’stlar davrasidan.

Haydalishdan qo’rqish esa, pulsizlikdan qo’rqqanimiz uchun sodir bo’lar ekan.

20:132

Endi esa hotirjam bo’l.

O’zing bilan chuqur intervyularni kanda qilma, javobini topmagan ko’p savollaringni tagiga yetasan.

Erkak kishing barcha dardlari, qorong’u xonada yolg’iz o’zi bilan gaplashmaganlikdan kelib chiqadi. (Bles Paskal)

Omad!

@khasanov_blog
1
Ta’lim reklamalarida qimmat blogerlarni olib keladigan faqatgina reklama videolarini zo’r ishlaydigan ta’lim dargohida 1 yilcha ishlab u yerdan ketdim.

Sababi u yerda asosiy mahsulot - ta’lim yaxshi emas edi.

Pul sifatga emas, reklamaga ko’proq tikilar edi.

Keyin ta’limi kuchli kompaniyaga qo’shildim.

Bu yerda esa asosiy mablag’ ta’lim sifatiga yo’naltirar ekan.

O’qituvchini hurmati, muhit, sifat joyida bo’lgani uchun, ish vaqtimdan tashqari ham ishlab qo’yibman.

Ishdan mazza qilganim uchun bo’lsa kerak.

Bu esa blogdagi aktivligimga ta’sir qilibdi.

Hozir Yunusobodda yana maktab ochyapmiz.

Tibbiyotga yoki Iqtisodga qiziqadigan

Tanishing bo’lsa, ukang bo’lsa, jiyaning bo’lsa bemalol maktabimizga olib kelaver.

Jamshid akani blogidan o’qib keldim desang, birinchi oydagi o’qish pulingni 10% ini man to’layman.

Shu kanalda bo’lganing uchun. Aktiv bo’lmagan paytimda ham, kanalni tark etmaganing uchun.

Lokatsiya bu yerda. Bosing

Qabul bu yerda. Bosing

Maktabda ko’rishguncha jigar :)

@khasanov_blog
22
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
UFC 308 Main card

P.S

Jiyanlar bilan)
3
Yangi qo’shni keldi. Uning mashinasi o’rniga mashinani qo’ydi.

U esa jahl qildi, kibri qo’zg’aldi. “Kim bo’libdi bu kelgindi, kimsan mani o’rnimga-ya, nomimni bilmabdi, endi ko’radi” dedi.

Dars o’tayotgandi. Talabasi xatosini topdi. “Kim bu tirrancha, kimsan mandan xato topsa-ya? Professordan-a?” dedi.

Yo’lda гаи to’xtatdi. Штраф bosdi, qilgan xatosi uchun. Jahl qildi, baqirdi “San kimni nevarasi ekanligimni bilasanmi, familyaga qara nortoy” dedi.



Shu paytgacha ko’p janoza namozlarida qatnashdim.

Unda vafot etgan insonning familyasi uyoqda tursin, ismi ham aytilmas ekan.

Kasbi tilga olinmas ekan. Kimligi qiziq emas ekan.

Qarzlarini birov bo’yniga olar ekanda, qilgan xatolari uchun mag’firat so’rab, so’ngi manzilga kuzatib qo’yilar ekan.

Isming tilga olinmas ekan, qarzdor bo’lib ketar ekansan, kekkayishni, gerdayishni nima keragi bor?!

Qadringni bilib, o’zingni bilib, o’rningni bilib yurganing san uchun ko’proq foyda bo’ladi.

@khasanov_blog
2
Ukam/singlimga maslahat

Katta hayotga kirish arafasidasan

Ko’p orzularingni qisqa vaqtda amalga oshirishni xoylaysan.

Tez va ko’proq bo’lsin deysan.

Tashqaridan aynan shu maqsadlar bilan sani qiziqtirishadi.

“Halol/haromligini so’ramay tur, muhimi tez boyiysan, taqvoga ulgurasan” deyishadi.

Deyishyapti. Aldashyapti. Sodda insonlar ustidan pul qilishyapti.



San nima qilishing kerak?

Tanlagan sohangni xoh offline xoh online bo’lsin, doimiy o’rgan.

Va o’rgat. O’rgansang 10, o’rgatsang 100 karra tezroq o’zlashtirasan.

Boshida bepulga ishlashga rozi bo’l.

Bepul aslida bepul bo’lmaydi, hozirgi zamonda eng qimmat soft skill bo’lgan - tajribani olayotgan bo’lasan.

Ish muhiting, do’stlaring muhiti, kayfga emas, mehnatga moil insonlar bo’lsin. O’z ustida eshshakday ishlaydigan jamoa bilan ishla.

Karrasiga rivojlanasan.

Qiyin tuyulayotgan yo’lni oxirida albatta katta mukofot borligini unutma.

Unutsang, oxiriga bora olmaysan.

Oxiriga bormasang, rivojlana olmaysan.

Albatta qo’shimcha bir tilni o’rgan. Bo’lmasa qolgan o’rganganlaring bir tiyin bo’lib qolishi mumkin.

2-3 yil shu ishlar bilan tez o’tib ketganini bilmay qolasan va yaxshi joydan yaxshi takliflar kela boshlaydi.

Pul katta-katta kelishni boshlaydi. Nafsingni qitiqlab, dunyoga aldashni boshlaydi.

Eng zo’r yo’li kelayotgan pulni qaytib ilmga yoki dunyo va oxirat tijoratiga tikkaning yaxshi.

Shu joyigacha kelsang, qolgan joyiga nima qilishni o’zing bilasan.

Omad!

P.S
Har qanday holatda birovni haqqidan hazar qil. Hazar qilmasang yuqorida yozilganlarni foydasi bo’lmaydi!

(26:183)

@khasanov_blog
3
2025/10/26 04:17:24
Back to Top
HTML Embed Code: