- Saodat ahli ma’siyat qilgan insonni ko’rsa, zohirda inkor va botinda haqqiga duo qiladi
- Mo’min doim birodariga nasihatgo’y, xolis bo’ladi, birga bo’lganda ham, ortidan ham unga yaxshilik tilaydi
- Nafsingdan kuchli raqobatchi, havoyi xohishdan zararliroq illat yo’q
- Kibr haqiqatni qabul qilmaslikdir
- Quvvat hosil bo’lishi uchun eng foydali ibodat bu zikrdir
- Bandalar so’zlarini tinglashdan voz kech, Allohning kalomiga quloq tut
- To’rt amal qalb jilovini tutishda yordamchi bo’ladi:
Ko’p zikr, sukut, xilvatni ixtiyor etish, yeyish va ichishni ozaytirish
- Kuchlilar senga zulm qilsa, eng Kuchliga murojaat qil va qo’rqma
Aks holda ularni ustingdan hukmron qiladi.
Ibn Atoulloh Sakandariy
@khasanov_blog

1
  Yigit kishisan
Hayotingdagi muammolarni hal qilging
Hammasini joy-joyiga qo’yging
Yoshligingdan orzu qilgan hayotda yashaging keladi
…
Nimadan boshlashni bilmayapsan
Sportdan boshla. Qimmat zallar, qimmat abonamentlardan emas, oddiygina yugurishdan
Bonusiga o’zing bilan o’zing qilgan suhbatga erishasan
O’zing bilan o’zing gaplashgandan keyin, o’zinga konkret vadalar bergandan keyin, qandaydir maqsadni ko’ngilga tugib qo’yasan
Endi esa maqsadga erishish uchun, sasib uxlamaysan, muborak counter-strikeni kamaytirasan yoki umuman yig’ishtirasan
Counterga 1-2 chiqmasang, boshqa chaqirishmaydi
Shu nuqtadan kruging almashadi, o’zinga o’xshagan maqsadlilarni topib olasan
Fikr almashasan, do’stlar topasan. Hayotga boshqa rakursdan qarashni o’rganasan
Kunlik fikrlaringni kundaliginga tushurib borasan, har kuni 24 soat ichida olgan xulosalaringni daftarga yozasan
Ma’lum vaqtdan keyin, daftarni ochib, birinchi betini o’qiganingda,
San endi oldingi yigit emasligingni tushunasan
Sport hayotingni bir qismi bo’lsin. Uni to’g’ridan - to’g’ri organizm uchun bergan foydasidan ham ko’ra
O’zing bilan o’zingni qoldirishi kattaroq natija olib kelishi mumkin

Yangi ma’suliyat = yangi bilim
Yangi bilim = yangi pul
Birinchi kursimda 50/50 risk bilan ish boshlagandim. Abituriyent tayyorlash. Yil oxirida tayyorlagan hamma o’quvchim o’qishga kirgan edi.
Ikkinchi yil kitob yozish ma’suliyatini oldim. Bo’lganda ham boshqacha kitob. Boshlaganda qila olmasam kerak deb o’ylar edim. Ammo o’xshagandi.
Uchinchi yili rus/ingliz tillarida kimyoni o’rgata boshladim. Har darsdan oldin, yurak pulsi bir ko’tarilar edi. Katta tavakkal bilan shartnoma imzolagandim.
Natija: o’quv yili oxirida rahmatlar eshitdim
Bular faoliyatimdagi qiyin kechgan va oltinga teng bo’lgan ilk uch yil
Qandaydir qiyinchilikka duch kelsam, shu yillarni xotirlayman va o’shanda bundan-da qiyin bo’lganini o’zimga eslataman
Yangi ma’suliyat olganingda, yangi bilimlar olishga majbur bo’lasan.
Yangi bilimlar orqali, qimmatli/qiymatli inson bo’lasan
Vaqting qimmatlashadi. Pul o’zi sani qidirb keladi
Hisoblab ko’rsam(post yozayotganda) birinchi oy topgan pulim bilan hozir topayotgan pulim farqi deyarli 250x ekan
Demak, yangi ishlarni sinab ko’rishga qo’rqma. Tavakkal qilishda O’ziga suyan (65:3)
Hech narsaga erishmagan insonlarni, gap so’zlariga e’tibor qilmaslik, hech narsaga erishmay qolishdan sani asraydi.

  O’zbek qo’shiqlarida “man kambag’alni emas, boyni tanladi” mavzusi doim topda turadi
Qo’shiqni tinglayotganlarchi, ular unday emasmi?
Yashash uchun kambag’al davlatni emas, boy davlatni orzu qilamiz. “U yerda sharoitlar zo’r” deymiz, “kam mehnatga ko’p to’laydi” deymiz
Boy bo’lishni uzoq yo’llari(kitob o’qish, til o’rganish, kursga qatnashish)ni emas, qisqa yo’llarini qidiramiz(stavka, trading…)
Ikki xil kompaniyadan taklif tushsa, puli ko’piga chopamiz, ish vaqtida ibodatga ruxsat bormi yo’qmi, qadriyatlari mosmi mos emasmi tekshirmaymiz
Puli ko’plarga boshqa muomila, kamlarga boshqa muomila qilamiz. Odam ajratamiz
Pul topishni iflos yo’llarini o’rgatadiganlarga obuna bo’lamiz, ko’proq kuzatamiz. Ilmni, yaxshilikni, kitobni yorituvchi kontentlardan uzoqmiz
Insofni o’rtaga oladigan bo’lsak, biz aslida o’zimiz shunaqamiz
…
Ayol kishiga ichi to’la bo’lgan muzlatgich, ovqatlari shirin chiqishi uchun zamonaviy oshxona, sanga go’zal ko’rinishi uchun biroz ziynat
Oyda bir-ikki marta samimiy suhbat qiladigan o’zing bo’lsang bo’ldi
U eng baxtli insonga aylanadi
Bu sharoitni qilib berishing uchun sandan milliarder bo’lish emas, yetarli miqdorda pul topish so’ralyapti
Talab esa tabiiy va o’rinli
Shuning uchun mehnat qil. Vaqtni bekorchi va yolg’on xayollar bilan o’tkazma, farzandlaringni buvisini va onasini baxtli qil jigar.

«As David Allen said, “If you’re not sure why you’re doing something, you can never do enough of it.»
«Neuroscience consultant Marilee Springer says, “Multitasking is known to slow people down by 50% and add 50% more mistakes.»
«We can make all our learning more creative and memorable if we use our unlimited imagination.»
«John Medina said, “Hear a piece of information and three days later you’ll remember 10% of it. Add a picture and you’ll remember 65%.»
«When you are interested in a subject and your concentration is at a peak, you can remember mountains of information. It almost feels automatic. Attention deficits are mostly interest deficits.»
Отрывок из книги
Unlimited Memory
Kevin Horsley

  Масиятлардан саклан, гохо улар ризқинг тўхтаб колишига сабаб булиши мумкин.
Ибн Атауллоҳ Сакандарий
@khasanov_blog
Ибн Атауллоҳ Сакандарий
@khasanov_blog
1
  O’quv yili boshida 4 ta ta’lim kompaniyasidan taklif tushdi
Rahbarlarining qadriytlarini, dunyoqarashini surushtirdim, o’tgan yillardagi ishlarini tekshirdim
Tanlovni qildim, afsuslanmadim.
Bilim olishim uchun ustoz qidirdim
Turli variantlar chiqdi, backgroundni, CV sini o’rganib chiqdim
Ma’qulini tanladim, afsuslanmadim.
Kattaroq bosqichga o’tishda cv ning ahamiyati muhimligini topshirib ko’rganlar biladi.
Shu cv ga yolg’on qo’shish eng xato ekanligini esa ko’pchilik bilmaydi.
Hayotda ham shunday.
Do’st tanlashda, qo’shni tanlashda, ishlaydigan muhit tanlashda, bir umr yoningda bo’ladigan yor tanlashda, cv ni yaxshilab o’rganib chiq.
Afsuslanmaysan.
Endi shu o’rganishni maxviy qilsang va ozgina loxni yoqib tursang ikki baravar afsuslanmaysan.
“Har bir insonning hozirgi holatini bilish uchun, uning o’tmishini bilish kerak” Carl Yung

2
  "Цена - это то, что вы платите. Стоимость (ценность) - это то, что вы получаете"
"Price is what you pay. Value is what you get."

O’qilmagan kitoblardan ko’ra, o’qigan kitoblaringni kitob do’konlarida ko’rish, odamga boshqacha “kayf” beradi. 
Yozgan kitobingni ko’rish - umuman boshqa tuyg’u)
P.S
Sizlarda ham shunaqami?
@khasanov_blog
Yozgan kitobingni ko’rish - umuman boshqa tuyg’u)
P.S
Sizlarda ham shunaqami?
@khasanov_blog
1
  Erkinlik sindromi
Toshkentda yashayotganimga 5 yil bo’lar ekan
Bu shaharda qiziq paradoksni yillar mobaynida ko’rib kelyapman
 
Bu shahar:
Hech narsani bilmay kelib, ekspert bo’lib ketganlar
Ekspert bo’lib kelib, hech narsa qila olmaganlar
O’qiyman deb kelib, pul ortidan chopganlar
Ishlayman deb kelib, o’qib ketganlar
Bir tiyinsiz kelib, boyib ketganlar
Pachka ko’kat bilan kelib, bir tiyinsiz qolganlar
“Oilam” deb kelib oilasini buzganlar
“Oilaga hali erta” deb baxtini topganlar
Havaslar ila kelib, ichkilik bilan qizlarga botib ketganlar
Qo’lida butilka bilan kelib, uni sindirib masjidni kanda qilmaydiganlar
Hayoni olib kelib, yirtib otganlar
Hayosiz kelib, tavba qilganlar
Halol bo’lib kelib, harom bo’lganlar
Faxshga botib kelib, Haqni topganlarning
Hikoyalarini o’zida mujassam etadigan shahar
Erkinsan degani gazini bos degani.
“Gazini bos” degani = ikki yo’ldan biri degani

8-sinflar edim, boshqa sinf bollari tashashmoqchi bo’lishdi 
Sabab: kim zo’rligini bilish.
Talpa yig’ildi, borildi, urushildi. Iqtidorli sinfdan oddiy sinfga haydaldik.
Asosiy urushni tashkil qilgan man edim.
Do’stim bor edi. G’arbga taqlid qilar edi. Qo’shiqlarini tinglardi, qalbiga maza bemaza tekstlarni kiritardi. Gaplarida so’kinishlar ko’p edi
Jahon do’stim gamer edi. O’yinlarini u yog’idan kirib bu yog’idan chiqardi. Vaqtini bebaraka qilardi
Jamol do’stim, maydagap edi, hamma bilan tortishardi, vaqtini mazmunsiz o’tqazar edi. Ko’rgan odam undan uzoqlashardi.
…
Yuqoridagilar o’zgardi.
Man oxirgi mushtlashuvimni 4 yil oldin qilganman. Shu bilan boshqa hech kimni qattiq urmadim (O’zimga yaqin olgan shogirdlarimdan tashqari)))
Temur qo’shiq po’shiqni telefonidan o’chirib tashladi. Naushnikida faqat kitob yoki ruhiyatini kuchaytiradigan narsalarni eshitdi.
Jahon, “o’yinni qo’y gaplashib o’tiraylik” degan gapini o’z og’zidan eshitdim
Jamoldek do’stni topish qiyin bo’lib qoldi, maydagaplikan bag’rikenglikka, urushqoqdan yarashtiruvchiga aylandi. Kitobsevar samimiy bola bo’ldi qoldi.
Bizlarni bog’lab turgan narsalar - maktabdagi sinf va masjiddagi gilam.
Hammamiz xatokormiz, adashamiz, oqibatini o’ylamay ish qilamiz
It is okay
Ammo qilar ishni qilib, O’ziga qaytmasak, xatolarimizni tan olmasak, O’zidan kechirim so’ramasak yanada yomonlashib boraveradi.
Xulosa:
1. Insonlarni o’tmishda qilgan xatolari uchun ma’lomat qilma
2. O’tmishing razolat bo’lsa, O’zidan boshqaga yolvorib borma.

Torchilikka sabr qilib yashash, kengchilikda shukr qilib yashashdan osonroq
  Forwarded from 20 yoshimda tushunganimda edi
Pul baxt olib kelmaydi deb yashadi.
Davlat orttirishga intilmadi.
Yaqinini boshiga dard tushganida uni davolashga pul topa olmadi.
To’g’ri,
Pul baxt olib kelmasligi mumkin.
Lekin,
Ko’p baxtsizliklarni oldini olishi ham mumkin.
@mashrabov_aa

Ba’zida biz sog‘ayishni xohlamaymiz, chunki og‘riq yo‘qotgan narsamiz bilan bizni, bog’lab turadigan so‘nggi rishtadir.
Ibn Sino
Ibn Sino
3
  Maktabni bitirding
Katta hayotga qadam qo’yding
Kelayotgan 2-3 yiling, keyingi 20-30 yil uchun juda muhim
Boshida kam oylik berishsa ham tajriba olayotganing uchun rozi bo’lib ishla
Keyinchalik bu pullar 100x-200x bo’lib qaytadi
Savol berishdan qo’rqma, o’rganganlaringni sinab ko’rishdan qo’rqma
Shunda yanada ko’proq narsa o’rgana olasan
Har kuni 15-20 bet kitob o’qi, tengdoshlaringdan 15-20 yilga o’tib ketishing mumkin
Oxiri qorong’u yo’llarga o’zingni urma, chiqish yo’lini topa olmay sarson bo’lasan, chiqa olmay qolishing ham mumkin
Qalamqoshlar bilan ichkillikdan uzoq bo’l
Shunda chalg’imaysan, chalg’imagan inson esa maqsadiga tezroq yetadi
2 kishi uchun yetadigan pul topishni boshlaganingda yangi bosqichga qadam qo’yish haqida o’ylasang bo’ladi
Diling Yorda, qo’ling korda bo’lsin!
Xudoning o’zi madadkor bo’lsin!

Dunyoda baxtli hayot kechirish va oxiratda jannatga erishish har bir musulmonning asosiy maqsadi hisoblanadi. 
Ushbu ulug’ maqsad esa Yaratuvchini tanish va Uning buyruqlarini ado etish bilan hosil bo’ladi.
Abdulqodir Abdur Rahim