Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Matbuot kotibi | Ahror Sodiqov |Rasmiy (Ahror Sodiqov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE Хабар берганимиздек, Китоб туманида “Республикада юқори авлодли уруғлик картошка етиштириш бўйича дала ўқув-семинари” бўлиб ўтмоқда.
Семинар давомида вилоят ҳокими Муротжон Азимов, Қишлоқ хўжалиги вазири Иброҳим Абдурахмонов ҳамда иштирокчилар “Миср тажрибаси” асосида 5 гектар майдонга экилган картошка даласини кўздан кечирмоқда.
Семинар давомида вилоят ҳокими Муротжон Азимов, Қишлоқ хўжалиги вазири Иброҳим Абдурахмонов ҳамда иштирокчилар “Миср тажрибаси” асосида 5 гектар майдонга экилган картошка даласини кўздан кечирмоқда.
Forwarded from Matbuot kotibi | Ahror Sodiqov |Rasmiy (Ahror Sodiqov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE Семинар иштирокчилари Китоб туманининг “Яккатут” маҳалласидаги иссиқхоналарда етиштирилаётган лимон, мандарин, апельсин ва банан каби цитрус меваларни кўздан кечирмоқда.
Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Qashqadaryo: limonchilikda sabr, mehnat va innovatsiya uyg‘unligi
🌱 Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Kitob tumanidagi “Bahrombek Ixtiyor o‘g‘li” fermer xo‘jaligida limonchilik sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan amaliy seminarda ishtirok etdi.
🍋 Fermer xo‘jaligining 2018-yilda atigi 0,5 gektar yerda boshlangan faoliyati bugunga kelib 5 gektarga yetgan. Eng e’tiborlisi, bu yil yana 5 gektar yangi issiqxona plantatsiyalari barpo etilib, umumiy maydon 10 gektarga chiqdi. Fermerlik faoliyatining ilk yillarida 4 nafar ishchi mehnat qilgan bo‘lsa, bugun ularning soni 20 nafarga, mavsumiy ishchilar esa 80 nafarga yetgan — bu esa, nafaqat hosil, balki bandlik o‘sayotganidan ham darak beradi.
📊 Viloyat miqyosida bugungi kunda 203,4 gektar maydon limonchilik uchun ajratilgan bo‘lib, shundan 83,6 gektari Kitob tumaniga to‘g‘ri keladi. Bu — butun viloyatdagi limonariylarning 41 foizi aynan shu tumanda joylashganini anglatadi.
Vazir Ibrohim Abdurahmonov fermer xo‘jaligidagi issiqxonalar faoliyati bilan tanishar ekan, ularning samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha bir qator takliflarni ilgari surdi. Xususan, issiqxonalarni yer sathidan 1–1,5 metr pastroqqa joylashtirish, o‘z issiqligidan foydalanish orqali energiya tejamkor usulda hosil yetishtirish tajribasini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. Bu yondashuv nafaqat iqtisodiy jihatdan foydali, balki ekologik toza ishlab chiqarish tamoyillariga ham mosdir.
🧭 Fermerning rejalaridan biri ham e’tiborga molik: 2026-yilda 4 gektar yangi issiqxona barpo etilib, unda limon bilan bir qatorda apelsin yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, 500 tonnalik sovitkichli omborxona va 500 tonnalik limon sharbatini qayta ishlash zavodi qurilishi rejalashtirilgan.
❗️Bugungi kunda “Bahrombek Ixtiyor o‘g‘li” fermer xo‘jaligi har gektardan o‘rtacha 50 tonna limon hosili olayotgani, limonlar 3 yilda hosil berguniga qadar esa, bo‘sh qolgan yer maydonlariga pomidor va bodring ekilib, qo‘shimcha daromad keltirilayotgani — fermerlikda har bir qarich yerning unumli foydalanayotganidan dalolat.
✅ Eng quvonarlisi, mazkur xo‘jalikka xalqaro GLOBALG.A.P. (IFA v6 SMART) sertifikati berilgan. Bu sertifikat — mahsulotning organik, ekologik toza va eksportbop ekanligini tasdiqlaydi. Demak, endilikda Qashqadaryoda yetishtirilgan limonlar Yevropa bozorlariga ham bemalol yo‘l oladi.
🌱 Bir paytlar yarim gektarda boshlangan kichik tajriba — bugun butun viloyat uchun namunali loyihaga aylandi. Bu holat shunchaki bir fermerning muvaffaqiyati emas, balki yurtimizda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish, eng muhimi — dehqon mehnatiga bo‘lgan e’tiborning amaliy natijasidir.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram