Telegram Web Link
📚 “Jadidlar izidan” tanlovining Kitob tuman bosqichi o‘tkazildi

Bugun Kitob tumanida “Jadidlar izidan” respublika tanlovining tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda, keng ishtirok va yuqori tayyorgarlik bilan tashkil etildi.

Mazkur tanlov o‘quvchilarni jadid bobolarimizning ilm-ma’rifat yo‘lidagi fidoyiligi, millat ravnaqiga qo‘shgan hissasidan ibrat olishga, shuningdek, tarixiy merosimizni chuqur o‘rganishga undaydi.

🕯 Ma’lumot uchun: 2024-yilda o‘tkazilgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovi g‘olibasi kitoblik Azimova Jasmina bo‘lgan edi. Joriy yilgi tanlov ham yosh kitobliklar o‘rtasida qizg‘in bellashuvlar va ilmiy mushohadalar ruhida o‘tdi.

Tanlov ikki bosqich — test sinovi hamda savol-javob shartlari asosida tashkil etilib, ishtirokchilar jadidchilik harakati, ma’rifatparvarlik g‘oyalari va tarixiy shaxslar hayoti haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

🏆 Natijalar quyidagicha:

7–8–9-sinflar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin – Xoshimova Malika (4-maktab)
🥈 2-o‘rin – Masharipova Zaxro (49-maktab)
🥉 3-o‘rin – Fayzullayeva Dilnoza (28-maktab)

9–10-sinflar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin – Quvvatova Parizoda (1-maktab)
🥈 2-o‘rin – Yorboboyeva Mehribon (44-maktab)
🥉 3-o‘rin – Salohiddinova Xonzoda (4-maktab)
🥉 3-o‘rin – Qahhorova Nazokat (39-maktab)


G‘olib va sovrindor o‘quvchilar faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

📖 “Jadidlar izidan” tanlovi nafaqat bilim sinovi, balki yoshlarimizda milliy g‘urur, tarixga ehtirom va ilmga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlovchi muhim ma’naviy maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kitob tumani bozorlarida tozalash tadbirlari amalga oshirilmoqda

Kitob tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, tozalikni ta’minlash hamda obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida tuzilgan ishchi guruh tomonidan bozorlar faoliyati muntazam o‘rganilmoqda.

Bugun Kitob tumani hokimligi, tuman davlat soliq inspeksiyasi hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tumandagi “Kitob dehqon bozori” MCHJ hududida va unga tutash yo‘l yoqasida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish jarayonida erta tongdan hududda aholining erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilayotgan, tadbirkorlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan ayrim ko‘chma savdo qurilmalari va shunga o‘xshash holatlar aniqlanib, ularni qisqa vaqt ichida bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga qat’iy ogohlantirishlar berildi.

Mazkur ishlar tumanda tartib-intizomni mustahkamlash, aholiga qulay sharoit yaratish va sanitariya holatini yaxshilashga xizmat qiladi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️
Ochiq elektron savdolariga marhamat!

🟢Kitob tumani bo'yicha yangi 117 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarilmoqda.

👉Yerlarni ko‘rish

🟢
Bundan tashqari, e-auksion.uz platformasi orqali tuman boyicha ko‘chma savdo obyektlari o‘rnatish uchun 95 ta yangi lotlar savdoga qo`yilgan.

👉Savdolarda qatnashish

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/22 21:30:11
Back to Top
HTML Embed Code: